Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Magistratura uchun kvotalar qachon e’lon qilinadi?

Magistratura uchun qabul boshlanganiga 9 kun bo‘ldi. Bugungacha 7 ming 300 dan ortiq abituriyent hujjat topshirdi. Lekin haligacha kvotalar ma’lum emas. Shuning uchun ham haligacha tizimda birorta ariza qabul qilinmay turibdi.

Bakalavriatda tarixda ilk marta kvotalarni e’lon qilmasdan, qabulni yakunladik. Hademay kvotasiz testlarni ham boshlasak kerak. Bu holatga "Joriy yilda faqat fan tanlandi" deb bahona ham qildik, mayli.

Ammo magistratura-chi? U yerda qabul tizimi o‘zgargani yo‘q-ku. Qanaqa qilib kvotani bilmasdan hujjat topshirish mumkin? Nahotki bu haqda o‘ylamaysizlar?

Bunaqasi avval bo‘lmagandi. Kechikish bo‘yicha yangi darajaga chiqildi. Yildan yilga ahvol yaxshilanish o‘rniga, faqat orqaga ketyapti. Keyingi yillar qanaqa bo‘larkin, odam o‘ylasa qo‘rqib ketadi.

✍️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli abituriyentlarga ESLATMA!

⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomani ikki xil shaklda yuklab olish mumkin

Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashadigan abituriyentlar uchun ham alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi. Unda kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan.

Ruxsatnomani quyidagi ikki xil shaklda:

➖har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan (1-rasm);
➖yoki abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamga yuborilgan SMS xabardagi havola orqali (2-rasm) yuklab olish mumkin.

Shu o‘rinda abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

Eslatma: imtihonlar respublika bo‘yicha belgilangan grafik asosida 19-iyulga qadar (shu kuni ham) 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ DIQQAT, bugun akademik litseylarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni

✅ Bugun, 10-iyul kuni AKADEMIK LITSEYLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilari 23:59 ga qadar my.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!
     
❗️Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

✅Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali  berilmoqda.

⚡️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlarga test sinovlarida omad tilaymiz!!!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!       ❗️Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. 📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00…
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ Ertaga, 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️ Bunda nomzodlar platformada:
➖ oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖ diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖ hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

☝️ Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahalladagi xotinlardan soʻrab koʻringlarchi, magistratura kvotalari qachon chiqar ekan 🤨

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun oliy ta’lim muassasalarida alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlarga kirish imtihonlarining 6-kuni

Eslatib o‘tamiz, imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy ta’lim muassasasida 19-iyulga qadar o‘tkaziladi. Imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko’rsatilgan ruxsatnomani har bir abituriyent my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin. Abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Akademik litseylarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi

Yakuniy raqamlar (10-iyul soat 23:59 holati)ga ko‘ra, akademik litseylarga jami 44 462 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 52%i o‘g‘il, 48%i qiz bolalar.

Ma’lumot uchun bu yil litseylarga jami 15 430 nafar qabul kvotasi belgilangan.

Eslatma:
❌ Prezident qaroriga binoan, akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan.
✅ Qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali bir marta amalga oshiriladi.

📌 Test sinovlari o‘tkazishning aniq sanalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.

Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.

Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.

❗️ XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).

Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Bir kuni bu sodir bo'ladi!

📥 Telefoningizni qo'lingizga olasiz va siz talabalikka tavsiya etildingiz degan so'zlarni o'qiysiz.

❔ Keyin-chi, undan keyin nima qilishingiz haqida o'ylab ko'rganmisiz?

Talabalikka erishganingizdan keyin qanday orzularingiz bor? Keling, shu to'g'risida biroz suhbat quraylik :)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ Hurmatli abituriyentlar!

☝️ Sizlarga 2024-yil 14-iyul kuni boshlanadigan test sinovlari oldidan omad tilagan holda, quyidagilarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.

⏰ Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.

📌 O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

❌ Test sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!

‼️ Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi!!!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar

👨‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Reyting 2024-yil uchun (TOP-1000).pdf
1.3 MB
⚡️ Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2024-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan (TOP-1000) oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Hurmatli abituriyentlar!

🗣 Sizlarga 2024-yil 14-iyul kuni boshlanadigan test sinovlari oldidan omad tilagan holda, quyidagilarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.

⏰ Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.

📄 O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

❌ Tez sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!

❗️ Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmayd!!!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Joriy yilda bittagina o'zgarish bor. San'at sohasida o'tish bali oshirilibdi. O'tgan yili san'at sohasida o'tish bali 80 ball edi, joriy yilda 93 ball etib belgilanibdi. Boshqa yo'nalishlarda o'zgarish yo'q.

Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:

1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.

ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ertadan test sinovlari boshlanadi

Yuz ming abituriyent orziqib kutgan kun keldi. Ertaga, 14-iyulda test sinovlariga start beriladi.

🗣 Sizlarga 2024-yil 14-iyul kuni boshlanadigan test sinovlari oldidan omad tilagan holda, quyidagilarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.

⏰ Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.

📄 O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

❌ Tez sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!

❗️ Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmayd!!!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Imtihonga qachon va nimalar bilan borish kerak?

Imtihonlar 2 smenada, ertalab 8:00 dan 11:00 gacha va 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.

1-smenadagilar 6:30 da, 2- smenadagilar 13:30 da kelishi tavsiya qilinadi. Abituriyentlar 3 bosqichli tekshiruvdan o‘tishadi va bunga ko‘p vaqt ketadi.

Imtihonga suv, ruchka, qog‘oz va boshqa buyumlar bilan kirishga ruxsat berilmaydi. Shaxsiningizni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi yetarli.

Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga yangilangan haydovchilik guvohnomasi bilan ham imtihonga kirish mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM