Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📞Qabul va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha savollarga vazirlik “Call-center” xizmati mutaxassislari javob bermoqda

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Murojaatlar markazi (Call-center) xizmati tashkil etilgan bo‘lib, unda telefon qo‘ng‘iroqlariga bir vaqtning o‘zida 6 nafar mutaxassis javob berishi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda fuqarolar tomonidan oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, kasbiy (ijodiy) intihonlar va talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha +998712306464 telefon raqami orqali kelib tushayotgan savollarga mutaxassislarimiz javob berib kelishmoqda.

Ma’lumot uchun, “Call-center” xizmati yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar (tushlik 13:00-14:00) faoliyat ko‘rsatadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫠 Xushnudbek aka UzBMBni yaxshilab qopga solib tepkilabdi
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

UzBMB huquq fanidan savollar yuzasidan bayonot berdi. Bayonot yolg‘on va safsatadan iborat

Xullas, bayonotda 2 ta masala aytilgan:

1) qonun hujjatlaridan savol tuzishimiz mumkin — bu YOLG‘ON;

2) savollarimiz "chyotkiy", hech qanaqa muammosi yo‘q — bu SAFSATA.

Birinchi yolg‘onga kelsak, UzBMB saytida huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatida faqat 5 ta manba berilgan xolos. Ularning 4 tasi darslik, 1 tasi O‘zbekiston Konstitutsiyasi.

Ushbu manbalarda mavjud bo‘lmagan birorta savol berishga UzBMBning haqqi yo‘q.

Pastda kichkina izohda aytilgan gapni esa mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilishyapti. Ya’ni izohda savollar eng oxirgi o‘zgarish va qo‘shimchalarni inobatga olib tuziladi deyilgan. Lekin bu degani biz istalgan normativ-huquqiy hujjatdan savol tuzishga haqqimiz bor, degani emas. Bu shunchaki yuqoridagi 5 ta manbadan savol tuzilayotganda qonunchilikdagi o‘zgarishlarga qaraymiz degani.

Masalan, 3 yil oldin chiqqan darslikda senatorlar soni 100 ta ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 65 nafarga tushgan. Demak, shunaqa payti darslikdagi eski ma’lumotdan savol tuzilmaydi, degani.

Ammo UzBMBdagi "aqllilar" o‘zicha bu izohni istalgan qonun hujjatidan savol tuza olamiz, deb o‘ylashibdi.

Lex.uz saytida 132 mingdan ortiq hujjat bor. Sal kallani ishlatsanglar bo‘lmaydimi? Qanaqa qilib, abituriyent 132 mingta hujjatni o‘qib chiqadi? Abituriyent Yer kodeksidan yoki Byudjet qonunidan savol tushishini qayerdan bilsin?

Xullas, UzBMBning bu ishi huquqiy asosga ega emas va bu qonun buzilishi, deb baholanishi kerak.

Ikkinchi safsataga kelsak, UzBMB savolda qaysidir qilmish uchun Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda qanaqa jazo berilgani, ya’ni sanksiyasi so‘ralganini to‘g‘ri deb hisoblashini aytibdi.

Bo‘pti, kelishdik, bitta ish qilamiz. Agar Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, Oliy sud raisi Baxtiyor Islamov, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov JK va MJtKdagi hamma moddaning sanksiyasini yoddan bilsa, men shunchaki qoyil qolaman va adashibman deb uzr so‘rayman. Agar ular ham yoddan bilmasa, unda UzBMB xatosini tan oladi, kelishdikmi?

Bilaman, men aytgan ishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu misolni shunchaki bironta sudya, prokuror yoki tergovchi kodekslardagi sanksiyalarni yodlamasligini tushuntirish uchun aytdim.

Sanksiyalar yuridik oliygoh talabalariga ham yodlatilmaydi, sanksiyalar sudyalar va organ xodimlarining imtihon va attestatsiyalarida ham so‘ralmaydi. Umuman yuristlar orasida sanksiya yodlash degan amaliyot yo‘q, baraka topgurlar!

Qaysi "farzandi yo‘q" ekspert abituriyentlar uchun bunaqa savollarni tuzdi, qaysi "miyasi o‘tlagan" kottakon bunaqa savollarni tasdiqladi, hayronman.

Bu Yangi O‘zbekistonda yangicha muhit olib kirishni maqsad qilgan yangi davr test tizimi uchun sharmandalikdan boshqa narsa emas.

O‘zimiz yoshlarga shunaqa ahmoqona savollarni beramiz-da, keyin PISA kabi xalqaro imtihonlarda o‘quvchilarimizning fikrlashi eng oxirgi o‘rinlarda ekanidan hayron bo‘lamiz. Aslida mana shunaqa savollar tushayotgan test tizimi yoshlarimizni zombiga aylantirib, mantiqiy fikrlashini o‘ldiryapti.

Uyalinglarey... Yana o‘zini oqlashiga o‘lamanmi.

Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonda davlat universitetlarining 20 tasi yopiladi

Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov YouTubeʻdagi “Lolazor” podkastida maʼlum qildi.

Vazirning taʼkidlashicha, respublikada oʻqitish standartlariga javob bermaydigan qator davlat OTMlari mavjud. Ayni paytda ularni roʻyxatga olish va yopish reja qilinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev talabga javob bermaydigan, davlatga tegishli 20 ta universitetni yopishni topshirgan. Ularning roʻyxati yaqinda shakllanadi.

“Qaysi universitetlarning bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash koʻrsatkichi past boʻlsa, yopiladi. Bu koʻproq viloyatlardagi filiallar bilan bogʻliq jarayon. Uzoq tumanlarda universitetlar ochilgan. Ularda kadr yoʻq, salohiyat juda past. U yerlarga professor-oʻqituvchilar bormaydi. Talabalarning koʻpchiligi oʻsha universitetlarga oʻqishini boshqa OTMga ʻperevodʻ qilish uchun kiradi. Chunki filiallarda oʻqishga kirish bali past. Xayolida u yerda oʻqish emas, bu yoqqa koʻchib kelish”, — dedi Sharipov.

Shuningdek, vazirning aytishicha, yuqorida aytilayotgan OTMlar bitiruvchilarining 5–10 foizi ish bilan taʼminlanmoqda. Chunki u universitetlarni bitirganlarga talab yoʻq.

“Shuncha binoga, oʻqituvchiga xarajat qilinmoqda. Ayniqsa, texnika sohasida kadr tayyorlaydigan boʻlsak, talabalar 6–7 million soʻm kontrakt puli toʻlaydi. Lekin har birining xarajatlari davlatga 20 million soʻmga tushadi. Hozir Oʻzbekistonda 67 ta xususiy, 111 ta davlat OTMlari bor. Ayrim oliygohlar yopilishi sabab davlat va xususiy OTMlar soni teng boʻladi”, — deydi u.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova shu mavzuda kelayotgan savollarga javob berdi:

00:27 O‘qishimni viloyatimga ko‘chirayotgan edim. Qaysi elektron tizim orqali o‘qishni ko‘chirish uchun ariza bersam bo‘ladi?

01:07 O‘qishni ko‘chirish uchun qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?

01:57 Yaqinda turmush qurganman, turmush o‘rtog‘im viloyatda yashaydi. Shu sababli o‘qishimni viloyatimga ko‘chirsam bo‘ladimi?

02:55 2 yildan beri Qozog‘istonda tahsil olaman. O‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirsam bo‘ladimi?

04:02 Grantda o‘qiyman o‘qishni ko‘chirganimdan keyin "kontrakt" bo‘lib ko‘chmaymanmi?

04:52 Talaba xorijiy tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishida 1-kursni tamomladi. Shu yo‘nalishda sirtqi ta’lim mavjud bo‘lmagani sababli u o‘qishini boshqa universitetning ingliz filologiyasi yoki tarjima nazariyasi yo‘nalishining sirtqi ta’limiga ko‘chirmoqchi. Buning imkoni bormi?

05:33 Qachondan boshlab ta’lim shaklini sirtqiga ko‘chirish uchun ariza topshirsa bo‘ladi? Arizani onlayn topshirsa bo‘ladimi?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Turizm sohasida oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta’lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtiriladi. Bu sohada oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi. Talabalarga bir vaqtning o‘zida ixtisosligi bo‘yicha ishlab, kasbiy ko‘nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.

Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, Sharqshunoslik, Jahon tillari va “Ipak yo‘li” oliygohlarida
gidlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Abituriyent qaysi hollarda imtihondan chetlashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (03.04.2018 yildagi 261-son) qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilangan.

❌ Unga ko‘ra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:

🔸 test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

🔸 test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

🔸 test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;

🔸 test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;

🔸 test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

🔸 test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa....Bundan tashqari, abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Akademik litseylarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar uchun yana bir qulaylik

Sizda bir vaqtning o‘zida vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali (shaxsiy kabinetingizdan) kasb-hunar maktablariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud.

Bunda akademik litseylarning saralash imtihonlaridan o‘ta olmagan taqdirda kasb egallash istagida bo‘lgan o‘quvchilar kasb-hunar maktablariga qabul tanlovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Buning uchun o‘quvchilar my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul kuniga qadar (shu kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari tavsiya etiladi

💻 Qabul bo‘yicha videoyo‘riqnoma BU YERDA👈
🔗 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun havola BU YERDA👈

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek akadan yana 1ta shedevr
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

UzBMB o‘zini jinnilikka solishni zo‘r eplayapti. Huquq sohasidagi vakolatli davlat organlari ham pozitsiyasini aytishi kerak

Huquq faniga oid e’tirozlar bo‘yicha UzBMB naq 3 marta bayonot berdi. Uchalasida ham asosiy savolga javob yo‘q, faqat aravani quruq olib qochib, safsata to‘qishdan boshqasiga o‘tmayapti. Yoki ular e’tiroz nimadaligini tushunmayapti yoki tushunsa ham, atayin o‘zini tushunmaslikka olyapti.

Shaxsan mendagi asosiy e’tiroz: nima uchun testda kodekslarda keltirilgan turli huquqbuzarliklar uchun jazo qismidan savol bergansizlar? Sanksiya qismini hech kim hech qayerda so‘ramaydi.

4 yillik oliy ta’limdagi talabadan ham so‘ralmaydi, magistrdan ham so‘ralmaydi, doktorantdan ham so‘ralmaydi, sudyadan ham so‘ralmaydi, prokurordan ham so‘ralmaydi, tergovchidan ham so‘ralmaydi, advokatdan ham so‘ralmaydi, professoru akademikdan ham so‘ralmaydi.

Huquqning "h" harfini ham tushunmaydigan, istalgan matndan test tuzsa bo‘ladi, deb o‘ylaydigan uquvsizlargina buni testda savol qilib berishi mumkin, xolos.

❓Nega oliy ma’lumotli, butun boshli inson taqdirini hal qiladigan yuristlar bilishi shart bo‘lmagan narsani kechagina maktabni tugatgan o‘smirlardan so‘rayapsizlar?

Nima deyayotganimni tushunyapsizlarmi o‘zi?

Tuyaqushga o‘xshab qumning ichiga tiqib olgan boshingizni ko‘tarib, mundoq bir atrofga ham qaranglar. Agar gaplarimiz "yetib kelmayotgan" bo‘lsa, unda ana Oliy sud bilan, Bosh prokuratura bilan, Adliya yoki Ichki ishlar vazirligi bilan, Davlat xavfsizlik xizmati bilan bog‘lanib, ulardan so‘rab ko‘ringlar. Ular ham yangi xodimlarni ishga olayotganda, attestatsiyadan o‘tkazayotganda test qiladi, ularda ham bevosita o‘quv jarayoni bilan shug‘ullanadigan akademiya, universitet va oliy maktab bor, professional huquqshunos pedagoglar bor. Ulardan bir og‘iz telefon qilib so‘ranglar.

"Biz kechagina maktabni tugatgan o‘quvchilarga kodeksdagi falon qilmish uchun nima jazo beriladi, degan savolni berdik, testda sanksiya qismini so‘radik, shu to‘g‘rimi? 1-2 ta g‘alamis blogerlar o‘zicha e’tiroz bildiryapti" deb so‘rab ko‘ringlar. Keyin ularning javobini eshitinglar. Katta ehtimol bilan "aqldan ozib qolibsizlar, qaysi qo‘ling singir bunaqa test tuzdi" degan javobni eshitsangiz kerak.

UzBMB saytida e’lon qilingan huquq fanidan namunaviy test savollarini ko‘rib chiqdim. Bironta sanksiyaga oid savol yo‘q ekan. Konstitutsiyadan boshqa bironta begona qonundan ham savol yo‘q. Hammasi bir chiroyli, maktab o‘quvchisi darajasidagi savollar. Ammo joriy yilda testda tushgan savollar mutlaqo boshqa.

Xullas, o‘zingizni jinnilikka solib, bo‘lgan-bo‘lmagan bayonotlar bergandan ko‘ra, avval huquq sohasidagi vakolatli organlar bilan bog‘lanib, ulardan fikr olinglar. Bo‘lajak huquqshunoslarga kelgusida ular ish beruvchi bo‘ladiku, shuning uchun testning adekvat o‘tishi ularni ham qiziqtirishi kerak.

Agarda men aytgan tashkilotlar "maktab bitiruvchilari kodeksdagi sanksiyalarni yoddan bilishi kerak, bizga shunaqa o‘quvchilar kerak, chunki hamma xodimimiz sanksiyani yoddan bilishi shart" deb xulosa berishsa, unda barcha aytgan gaplarim uchun ochiq tarzda uzr so‘rayman.

So‘ranglar, oldin bir martagina so‘ranglar. Keyin gaplashamiz sizlar bilan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Farg‘onada Prezident bilan uchrashgan qiz grant asosida o‘qishga qabul qilinibdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan vakillar Farg‘onaga kelib, qizga davlat granti asosida, hech bir imtihonsiz o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikatni tantanali topshiribdi.

Sen bo‘lsa kechalari bilan uxlamasdan o‘qib yotibsan, So‘taqo‘zi...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 4-kun DTM natijalari e’lon qilindi! Endi maxsus botlar yordamida 4 xil usulda ko‘rish mumkin!

📆 2024-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallamizda Germaniyadan ko'chib kelgan oila bor. Bitta farzandi 3-sinfda o'qiyapti. Qolgani uning tilidan

Bu yerda bayramlar juda ko'p bo'lar ekan. Kelganimga 1 yil bo'ldi, har oy qanaqadir bayram. Ba'zi oylarda 2-3 ta bayram. Germaniyada 2 yil o'qigan bo'lsam, atigi 1 marta bayram bo'lganini eslayman.

Yana bu yerda o'qituvchilar dars vaqtida chiqib ketaverar ekan. Xohlagan odam ham kirib kelaverar ekan. Sinfimizga direktor, zamdirektor, militsiya xodimlari, kimnidiri dadasi, ayasi xohlagan vaqti kirib kelaveradi. Uyoqda unaqa emas edi.

Bu yerda o'qituvchilar ko'p baqirar ekan

Nurbek Yuldoshev

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura turdosh yo'nalish 2024.pdf
1.4 MB
⚡️ 2024/2025-oʻquv yili MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi.

💬 Ushbu roʻyxat orqali qaysi taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasasi MAGISTRATURASI mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olishingiz mumkin.

✅ Shuningdek:

🔹 respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸 turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Abituriyentlar diqqatiga!

Boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi...Ayni kunlarda vazirlikning Murojaatlar markazi (71-230-64-64) va Ishonch raqami (1006) orqali turli sabablar bilan test sinovlariga qatnashmagan abituriyentlar, ularning yaqinlari tomonidan qo‘shimcha imtihon belgilab berish yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Qayd etish kerakki, hukumatning 261-son qaroriga muvofiq test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan abituriyent sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilishi mumkin emas.

Shuningdek, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.

Shu bois, hurmatli abituriyentlardan test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihonlar o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelishlarini so‘raymiz.

Ma’lumot uchun, Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan.

Bunda test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning aniq manzili, joylashuvini bilib olishingiz mumkin.
👉 https://t.me/TalabaUz/11545

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi...“Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-265-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi

❗️ Qarorga ko'ra, Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini qo'shib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi.

🎓 Muhandislik, qishloq xo'jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

🏢 2024/2025 o'quv yilidan Universitetda Ilg'or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi. Bunda, yirik ishlab chiqarish korxonalari Ilg'or muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

📝 2025/2026 o'quv yilidan:

🔹 Universitet professor-o'qituvchilari va doktorantlarini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi;

🔹 Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlariga o'qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillarda o'qitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.

✅ Universitetga xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta'lim muassasalari orasida birinchi 300 talik ro'yxatga kirgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotining dasturi asosida o'z ta'lim dasturlarini shakllantirish huquqi beriladi.

📖 Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 o'quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan

Ayrim telegram kanallarda oʻqishcha kira olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan (super) kontakt asosida oʻqishga kirishi mumkin degan xabar bilan oʻtgan oʻquv yili uchun tasdiqlangan miqdorlar eʼlon qilinmoqda.

OTMlarga kirish imtihonlarida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori har yili taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bayoni bilan belgilandi. 2024-2025 o‘quv yili uchun miqdorlari hali tasdiqlanmagan va e’lon qilinmagan.

Yaʼni ushbu miqdor joriy yilda oʻzgarishi mumkin. Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari tasdiqlansa kanalimiz (@TalabaUz) orqali xabar beramiz.

2023/2024-o‘quv yili uchun belgilangan super kontakt miqdorlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
👉 https://t.me/TalabaUz/11044

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavr KVOTA-2024.pdf
4.2 MB
⚡️ Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

🤔 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🤔 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun:

🔵 bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul boʻyicha:
➖umumiy qabul parametrlarini;
➖qoʻshimcha qabul parametrlarini;
➖oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini;
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini;

🔵 hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy qabul parametrlarini tasdiqlanishi belgilandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ф-36 (2).pdf
6.3 MB
⚡️ Magistratura uchun davlat granti

2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh

Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qancha farqi bor:

🔢 Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;

🔢 Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;

🔢 Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, sirtqi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.

Joriy yilda yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.

❓ Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?

Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.

❓ Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?

Davlat qabul komissiyasi 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:

➖ umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
➖ qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
➖ maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖ o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
➖ umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.

❓ Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?

Joriy yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

❗️ Keling aniq misolda ko‘ramiz.

Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 115 ta grant kvotasi ajratilibdi. Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.

Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov qo‘yiladi. Masalan, 115 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 115 ta kvotaning yarmini, ya’ni 57 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.

‼️ XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Bosh vazir raisligidagi Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.

✍️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
❗️ Imtiyozga ega abituriyentlar ham ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish balidan kam bal to'plasa talaballika tavsiya etilmaydi

Prezidentining "2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi farmoyishi asosan:

davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025 o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)dan nega diskvalifikatsiya qilindi?

Bir necha kun avval telegram kanalimda O‘zbekiston terma jamoasining Ostona shahrida 7-14-iyul kunlari 35-Xalqaro biologiya olimpiadasidan sharmandali holatda diskvalifikatsiya qilingani haqida yozgan edim. Ko‘pchilik sababini so‘rab yozdi. Lekin men vazirlikning rasmiy munosabati bildirilmay turib tafsilotlari haqida yozishdan o‘zimni tiygan edim.

Ana endi izoh bersam bo‘ladi, boisi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining o‘zi holat haqida yozib chiqdi.

O‘zbekiston nega IBOdan chetlatildi? Chunki biznikilar g‘irromlik qilishdi, shu sabab haydaldik. Voqea qanday bo‘lganini tushuntiraman. Odatda olimpiadaga har bir davlatdan to‘rt ishtirokchi boradi. O‘quvchilar bilan terma jamoa ustozlari (team leaders) ham birga borishadi. Bu gal bizdan besh nafar ustoz ketgandi.

IBOda savollar ingliz tilida tuziladi. Ertaga nazariy imtihon degan kuni o‘quvchilarning telefon va kompyuterlari olib qo‘yiladi, internetdan batamom ihotalanadi. Bu vaqtda terma jamoa ustozlari tuni bilan ertaga tushadigan nazariy savollarni o‘z tillariga tarjima qilib chiqishadi. Tarjima tugagach materiallar tashkilotchilarga topshiriladi. To imtihon o‘tmaguncha ustozlar o‘z o‘quvchilari bilan ko‘rishtirilmaydi, gaplashtirilmaydi.

Bizdan borgan ustozlar tarjima qilinayotgan matnga o‘quvchi uchun to‘g‘ri javobni topishiga yordam beradigan savolda yo‘q bo‘lgan belgilar qo‘yishgan. Bu holat bilishim bo‘yicha bizdan borgan to‘rt o‘quvchidan biri uchun maxsus qilingan. Imtihon o‘tgan. Shundan so‘ng hakamlarda natijalar shubha uyg‘otgan. Savollar kitobini olib tekshirib ko‘rishganda to‘g‘ri javoblarga ortiqcha belgi qo‘yilganini payqashgan. Hamma ishkal shu yerdan boshlangan. Hakamlar bizni ustozlarga g‘irromlik qilishganini isbotlab berishgan, biznikilarning tan olishdan boshqa choralari qolmagan 🤦‍♂️.

Shu sabab biz IBO2024 dan sharmandalarcha chetlashtirildik. IBO qo‘mitasi bizning ustozlar bundan avvalgi yillarda ham g‘irromlik qilgan bo‘lishi mumkinligini iddao qilmoqda. Bu ham tekshirilishini va agar shunday hol aniqlansa berilgan medallar bekor qilinishini aytishgan va O‘zbekistonni IBOga a'zo 80 davlat ro‘yxatidan chiqarib yuborishgan.

Mana hammasi qanday bo‘lgan edi. To‘g‘risi bu juda sharmandali hol, shunday emasmi? Bir o‘quvchiga yordam beraman deb butun boshli davlatni sharmanda qilishdi.

Yana bir kichik eskartma. Bu O‘zbekistonning IBOdan diskvalifikatsiya qilingan birinchi holat emas. Xuddi shunday g‘irromlikni 2010-yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan olimpiadada ham qilganmiz va o‘shanda ham natijalarimiz bekor qilingan edi. Lekin bu gal a'zolikdan ham chiqarib yuborildik.

Eng qiziq joyi 2027-yil IBO bizda, O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi (olimpiada kunlari hali aniqlashtirilmagandi). Hozirgina IBO saytini qarasam 2027-yilgi olimpiadaga mezbonlik qilish Polshaga berilibdi.

Akademik halollik juda ham muhim shart. Ilm-fanda akademik halollikka rioya qilmas ekanmiz, oqibati hech qachon yaxshi bo‘lmaydi. Mana shunday bir umr yuzimiz qora bo‘lib yuraveramiz.

Bir aqlli inson aytganidek, "Bitta ahmoq quduqqa tosh tashlaydi, endi uni qirqta aqlli ham chiqara olmaydi".

✍️ Baxtiyor Sheraliyev

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM