Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga kirish test sinovlari

Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari
ga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2024-yil 26-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kasb-hunar maktablariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakuni raqamlarda

Yakuniy raqamlar (20-iyul soat 23:59 holati)ga ko‘ra, kasb-hunar maktablariga jami 136 376 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan, kunduzgi ta’lim shakli uchun 121 893 ta, dual ta’lim shakli uchun 14 483 ta ariza yuborilgan.

Ma’lumot uchun bu yil kasb-hunar maktablariga jami 123 570 nafar o‘quvchi qabul qilish reja qilingan.

Batafsil infografikada
👆

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari

📆 2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovlari 2024-yil 27-iyul kuni 09:00 da bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

✅ Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

👉 huquq fanida — 3,1 balldan (jami 62 ball);
👉 chet tili fanida — 2,1 balldan (jami 42 ball);
👉 IQ bo‘yicha — 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari

📆 “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi Harbiy-akademik litseylarga kirish test sinovlari 2024-yil 27-iyul kuni 2-smenada bo‘lib o‘tadi va 15:00 da boshlanadi.

☝️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 14:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan harbiy-akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Rasmiy Uzum Market ham telegramda o'z web3 loyihasiga start beribdi.

Darajaga qarab siz pul mukofotlariga ega bo'lasiz.

Botga kirish uchun:
@UzumBosbot
@UzumBosbot
📌 Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Andijon viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Buxoro viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Jizzax viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Namangan viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Navoiy viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Qashqadaryo viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Samarqand viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Sirdaryo viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Surxondaryo viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Farg‘ona viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Xorazm viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar.

Ruxsatnomangizdagi yuqorida ko’rsatilgan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik bo‘ladi

Bu haqda Prezident Qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra,  2024/2025-o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimida o‘quv jarayonlari “blok-modul” tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etiladi.

✅ Bunda, o‘quv jarayonlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ulushi quyidagicha bo‘lishi nazarda tutilgan:

● 1-bosqichda – 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy;
● 2-bosqichda  – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
● 3-bosqichda  – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy bo‘lishi nazarda tutiladi.


✔️ 2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini ko‘rsatish ob’yektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.

2027-yil 1-yanvargacha turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining amaliyot bazalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ Bilasizmi?

diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnoligiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mlnga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

✅ bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

✅ diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 106 256 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

✔️Shundan:

➖ 45 ta kollej uchun — 15 ming 977 ta;

➖ 218 ta texnikum uchun — 90 ming 279 ta.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOLLEJ QABUL KVOTASI KECHKI.pdf
298 KB
⚡️ Kollejlarga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

➡️ Respublika bo‘yicha kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 60 ta etib belgilandi.

✔️ Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOLLEJ QABUL KVOTASI SIRTQI.pdf
352.6 KB
⚡️ Kollejlarga SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

➡️Respublika bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 4 050 ta etib belgilandi.

✔️ Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOLLEJ QABUL KVOTASI DUAL.pdf
354.9 KB
⚡️ Kollejlarga DUAL ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

➡️ Respublika bo‘yicha dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 2 280 ta etib belgilandi.

✔️ Shundan:

➖ davlat granti asosida — 600 ta;
➖ to‘lov-kontrakt asosida — 1 680 ta.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TEXNIKUM QABUL KVOTASI KUNDUZGI.pdf
970.6 KB
⚡️ Texnikumlarga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

➡️ Respublika bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 67 725 ta etib belgilandi.

✔️ Shundan:

➖ davlat granti asosida — 30 441 ta;
➖ to‘lov-kontrakt asosida — 37 284 nafar.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TEXNIKUM QABUL KVOTASI KECHKI.pdf
284.1 KB
⚡️ Texnikumlarga KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

➡️ Respublika bo‘yicha kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 1 450 ta etib belgilandi.

✔️ Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TEXNIKUM QABUL KVOTASI SIRTQI.pdf
488.2 KB
⚡️ Texnikumlarga SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

➡️ Respublika bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 13 105 ta etib belgilandi.

✔️ Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TEXNIKUM QABUL KVOTASI DUAL.pdf
505.1 KB
⚡️ Texnikumlarga DUAL ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

➡️ Respublika bo‘yicha dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 7 940 ta etib belgilandi.

✔️ Shundan:

➖ davlat granti asosida — 5 480 ta;
➖ to‘lov-kontrakt asosida — 2 460 ta.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TEXNIKUM QABUL KVOTASI YURIDIK-IJTIMOIY.pdf
286.9 KB
⚡️ Texnikumlarga davlat granti asosida qo‘shimcha qabul parametrlari

➡️ Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2024/2025-oʻquv yili kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari, “Mehribonlik uyi”va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi jami 59 ta etib belgilandi.

✔️ Mazkur ta’lim shakli faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin

Prezidentning (24.05.2024-yil PF-81-son) Farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Bu tartib mazmunan, super-kontrakt orqali o’qishga qabul qilingan talabalarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Chunki, ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Bu jarayonda, 1-kursda o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan talabalar keyingi yildan grant asosida tahsil olishi mumkin.

Ta’kidlash lozim, mazkur tartib faqatgina 2024-25 o‘quv yilidan boshlab OTMga qabul qilingan talabalarga amal qiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartibning nizomi Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlanishi lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlandi

Jami 12 kun davomida testlar o’tkazildi.

Ertaga oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. Shunda barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi.

Shundan so’ng abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo’nalishni tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.

15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari tahlili e’lon qilindi

🔰 Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari va uning qoplanish holati tahlili e’lon qilindi.

📊 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tahliliga ko‘ra, o‘rtacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyasiz o‘qitish xarajatlari 13 mln 640 ming so‘mni tashkil qiladi. O‘rtacha to‘lov kontrakt qiymati esa 7 mln 446 ming so‘m, ya’ni xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.

✅ Tahlilda ko‘rsatilishicha, hech bir sohada kontrakt miqdori yillik xarajatlarni to‘liq qoplamaydi.

📉 Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yo‘nalishlar ro‘yxatida huquq (81,2 foiz), jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar (81,2 foiz), jahon siyosati (81,2 foiz), iqtisod (75,6 foiz) va axborot texnologiyalari (75,6 foiz) yo‘nalishlari o‘rin olgan.

📈 Bu borada eng kichik ulush esa arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish (46,7 foiz), sport faoliyati (36,1 foiz) hamda san’at (27 foiz) kabi yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi.

📌 Ta’kidlash lozim, tahlilda har bir talabaga to‘lanadigan yillik stipendiya miqdori 6 mln 214 ming so‘m qilib hisoblangan. Shuningdek, o‘qish xarajatlari yana nimalardan tashkil topgani haqida ma’lumot berilmagan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM