Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❓ Bakalavriat uchun o‘tish ballari qachon tasdiqlanadi?

✅ JAVOB: Hech qachon. O‘tish bali qaysidir hujjat asosida tasdiqlanmaydi. U ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan abituriyentlarning olgan ballari natijasida tabiiy shakllanadi.

Shu sababli o‘tish bali necha ball bo‘lishini hech kim oldindan bilmaydi. Beshta yo‘nalish tanlayotganda siz o‘tgan yilgi ballarga qarab mo‘ljal olishga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin, lekin bu ham aniq emas, ball qaysidir yo‘nalishda ko‘tarilishi, qaysidadir tushishi mumkin.

Lekin baribir o‘tgan yilgi ballarga qarab ish tutish shunchaki quruq tavakkal qilishdan yaxshiroq.

✍️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kvota_magistratura-2024.pdf
1.7 MB
⚡️ KVOTA-2024

✅ MAGISTRATURA

2024/2025-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 17 500 ta.

Davlat granti: 9 365 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 092 ta, rus tili – 1 273 ta,

Kontrakt: 8 135 ta;
shundan, o‘zbek tili – 6 539 ta, rus tili – 1 596 ta

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ Davlat granti uchun chegara nima degani?

Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman.

Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin.

Keling, aniq misol bilan tushuntiraman.

• Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 115 ta;
• Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi — 10%;
• Toshkent davlat yuridik universiteti jami kvotasi — 650 ta.

Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi.

Bu degani, bitta oliygoh yurisprudensiya yo’nalishi uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi.

Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universitetiga jami 650 ta kvota ajratilgan.

❗️ Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi.

TDYU mana shu 650 ta kvotaning maksimum 10% qismini grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 65 ta grantgacha olishi mumkin. Qolgan 585 ta kvota kontrakt bo’ladi.

65 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq.

1️⃣ Aytgancha, joriy yilda TDYU uchun yagona yurisprudensiya yo’nalishiga qabul bo’ladi. Avvalgi yillardagi kabi fakultetlar kesimida kvota tasdiqlanmagan. Talabalar keyinchalik fakultetlarga ajratiladi.

Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 115 ta grantning 65 tasini TDYU olsa, qolgan 50 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi.

O’tgan yili Yuridik universitetga 25 ta davlat granti uchun kvota berilgandi. Bundan ko’rinib turibdiki, yangi tizim, ya’ni grant kvotasini oliygohlar kesimida emas, yo’nalishlar kesimida tasdiqlash amaliyoti aqlli abituriyentlarga ko’proq imkoniyat beryapti. Bu yaxshi.

✍️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤭 Hammangizga ushbu she'rni baralla aytib yurish nasib qilsin:

Oʻqishga ham kirib olding, 
Qaddingni tut talaba, 
Talabalik oltin davring, 
Davringni sur talaba. 

Garchi vatan farzandisan, 
Fakultetda arzandaasan. 
Shunday ekan qadringni ham, 
Sal bilib yur talaba. 

Talabasan noming ulugʻ, 
Boʻlsa hamki chontak quruq, 
Dilda gʻurur, dilda surur, 
Handon erur talaba. 

Dada, oyi assalom deb, 
Hamyon boʻm boʻsh pul tamom deb, 
Baʼzan ota-onanga ham, 
Xat yozib tur talaba. 

Yetmay qolsa stipendiya, 
Gʻamga botmay ishlat miya, 
Mardikorlik bozoriga,
Yoʻlingni bur talaba. 

Boʻlmoq kerak gapga usta, 
Bir gap aytsa starsta,
Oʻz bilganingdan qolmasang ham, 
Xo'p-xo'p deb tur talaba. 

Togʻlar boshi qorsiz boʻlmas, 
Talaba degan semiz boʻlmas. 
Chunki hech vaqt qorni toʻymas 
Rost gap shudir talaba.
 
Jonga tegsa leksiyalar, 
Boshlanganda sessiyalar, 
Ahvolinga maymun yigʻlar, 
Shoʻring qurur talaba. 

"Zachot" dardi bir balodir, 
Imtixon ham bir balo. 
Senga qolsa ikkovi ham, 
Asli bir goʻr talaba. 

Oʻynashmagin domla bilan, 
U seni yengar bir hamla bilan. 
Semestrning oxirida, 
Oʻzingdan koʻr T A L A B A!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati e’lon qilindi

1️⃣ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi – 176,28 ball;
2️⃣ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi – 161,65 ball;
3️⃣ Temurbeklar maktabi (DXX) (Yunusobod tumani) - 152,29 ball;
4️⃣ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi – 151,87 ball;
5️⃣ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi – 151,23 ball;
6️⃣ Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi – 150,61 ball;
7️⃣ Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi – 150,44 ball;
8️⃣ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi – 149,37 ball;
9️⃣ Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi – 148,71 ball;
1️⃣0️⃣ Farg‘ona viloyati chet tillariga ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi - 147,33 ball.

Ushbu maktablarga faoliyat olib borayotganlar barcha ustozlarni mehnatlari e‘tirofi bilan muborakbod etamiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍🥋 Diyora Keldiyorova amaldagi Olimpiada chempionini mag’lub etdi

Dzyudochimiz Diyora Keldiyorova (-52 kg) ikkinchi bosqichda Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, 🇯🇵yaponiyalik Uta Abe bilan kuch sinashdi.

Abe 5 yildan buyon mag’lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan edi va bugun ushbu mag’lubiyatsiz seriyaga Diyora juda chiroyli usul bilan chek qo’ydi.

Hamyurtimizga keyingi bahslarda omad tilaymiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi

1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
2. Toshkent shahri — 74,6 ball
3
. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball
4. Namangan viloyati — 68 ball
5. Xorazm viloyati — 68 ball
6. Navoiy viloyati — 67,2 ball
7. Samarqand viloyati — 67 ball
8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
9. Jizzax viloyati — 65,5 ball
10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
11. Toshkent viloyati — 64 ball
12. Andijon viloyati — 63,5 ball
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball
14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Minimal o’tish bali o’zgarmadi

Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

✅ Unda ko‘ra:

🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

P/S: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

Bundan avval joriy yildan boshlab minimal ball oshirilishi haqida xabar berilgandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov “O’zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilgan edi.

Vazirning so’zlariga ko’ra, joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanishi kerak edi.

Ammo negadir minimal ballni oshirmasdan, eskicha saqlab qolishga qaror qilingan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Joriy yil bitiruvchilarining 60 foizi 56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yil bitiruvchilarining kirish test sinovlarida qayd etgan natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, bu yilgi sinovlarda jami 378 574 nafar joriy yilgi bitiruvchilar ishtirok etgan.

Ularning 226 151 nafari ya’ni 59,74 foizi maksimal ballning 30 foizini ya’ni 56,7 ball va undan ko‘p to‘play olgan bo‘lsa, 152 114 nafari ushbu natijani qayd etolmagan.

Hududlar kesimida bu boradagi eng yaxshi natija Buxoro viloyati (69 foiz), Toshkent shahri (68,5 foiz) va Navoiy viloyati (65,4 foiz) ulushiga to‘g‘ri kelgan.

Eng past natijalar esa Sirdaryo (55,3 foiz), Farg‘ona (54,3 foiz) hamda Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.

👉 Hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi

👉 OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ Abituriyent grantni tanlasa, kontraktda o‘qiy olmaydimi?

◼️ Tanlov ustvorligini tanlash —
abituriyentlar uchun yaratilgan eng qulay imkoniyatlardan biri. Bunda abituriyent bilimiga qarab avval grantda o‘qish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Qanday qilib tanlash mumkin?

Abituriyent OTMga hujjat topshirayotganda 2 xil usuldan birini tanlashi mumkin:

1️⃣ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

2️⃣ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

📌 Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

Qisqa aytganda, abituriyent 1-usulda eng avval faqat grantga balli yetadigan joylarni, 2-usulda esa ham grant, ham kontraktga balli yetadigan joylarni tanlagan holda talaba bo‘lishi mumkin.

Masalan, abituriyent grant ustuvorligini tanlagan: u Toshkent tibbiyot akademiyasiga kontrakt, Samarqand tibbiyot institutiga esa grant o‘qishga kirdi. U grant ustuvorligini tanlagani uchun avtomatik ravishda Samarqand tibbiyot insituti talabasi bo‘ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

Bunda kontrakt miqdorlari o‘rtacha yaxlitlangan holda 15% atrofida oshirilgan. Ma’lumot uchun, to‘lov-kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon oshirilmay kelinayotgan edi.

Eslatma: moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Joriy yil xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun 1 200 ta kvota ajratildi (oldingi yillari 1000 ta edi)

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizli kvota

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

🌟 Jami: 3 898 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

➖ kunduzgi – 2 560 ta;
➖ sirtqi – 1 043 ta;
➖ kechki – 183 ta;
➖ masofaviy – 112 ta.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM