Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❓ Nima uchun ayrim yo’nalishlarda sirtqi ta’lim chiqmayapti?

✅ JAVOB: chunki 5 ta yo’nalishning sirtqisiga topshirish uchun 5 yillik pedagogik staj talab etiladi.

Bular:

➖ boshlang‘ich ta’lim;
➖ tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
➖ musiqa ta’limi;
➖ jismoniy madaniyat;
➖ texnologik ta’lim.

Ushbu yo’nalishlarning sirtqi shakliga 5 yillik pedagogik staji bo’lmaganlar topshira olmaydi. Staj faqat sirtqida talab etiladi, yuqoridagi 5 ta yo’nalishning kunduzgi, kechki va masofaviy shakliga istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

Shuningdek, mana shu 5 ta yo’nalishdan boshqa yo’nalishlarning sirtqi shaklini istalgan abituriyent tanlay oladi, hech qanaqa staj talab etilmaydi.

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi va UzBMB bazasida avtomatik o’zi chiqadi.

✍️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kasbiy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish davom etmoqda

✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar hamda tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

➖ Joriy yilning 25 iyulidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinadi.

❗️ Murojaatlarni yuborish 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.

👉 Ma’lumot uchun: joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida muvaffaqiyatli o‘tgan 4 896 nafar stajyor-o‘qituvchilarning sertifikatlari ularning shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.

💬 Eslatib o‘tamiz: Navbatdan-tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan (56 baldan kam ball to‘plagan) stajyor-o‘qituvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirib ketildi Haniya Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashishi uchun Tehronga kelgandi. * Sotqinlar doim yonimizda bo’lgan 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇…
SO‘NGRA...
Imoduddin Zankiyni suyuqasd qilib o‘ldirishdi.
So‘ngra uning o‘g‘li Nuriddin Zankiy o‘ldi.
So‘ngra Shomdagi davlatchalar Salohiddin Ayyubiyga qarshi til biriktirishdi. Salohiddin bir necha marta suyuqasdlardan qutilib qoldi.
So‘ngra nima bo‘ldi?!
Quddus ozod qilindi!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'limni reklamasi ta'limni umuman tushunmaydigan vayner, ashillachi yoki aktyorga qolishi va odamlarni uning gapiga ishonib ilm dargohi tanlanishi maktab va oliy ta'lim ochgan odamning qadriyatini aniq ko'rsatib beradi.

Agar siz ham vaynerni gapiga qarab ta'limni tanlayotgan bo'sez bilinki ularga pul berilsa xohlagan boshqasini va boshqa narsalarni ham huddi shunday reklama qilib beraverishadi.

Ilm dargohini boshqacha reklamalari ham bor. Kreativlik yetishmagan marketing jamoalarda albatta shunaqa oson yo'llar tanlanadi.

Ko'zimizni kattaroq ochamiz.

✍️ Abdusamad Muminov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Saida Normuratova, Bekzod Nuriddinov, Rayyona Ibragimova va Diyora Keldiyorova kabi fan va sport olimpiadalarida natija qilayotgan, umuman hayotini muvaffaqiyat bilan, töğri qurayotgan minglab yoşlarimizning ota-onalariga ming rahmat.

Aslida, yoşlarni töğri yölga solib yuboriş maktablarning tizimli, fundamental vazifasi bölişi kerak.

Maktab yoşlarda olim, hunarmand, sportçi yöki tadbirkorlik qobiliyatini vaqtida aniqlab, toifalarda tayyorlaş, maktabni tugatganidan keyin öqiş uçun grantlar, biznesni boşlaş uçun boşlanğiç moliya yoki uskunalar körinişda birinçi fundamental turtkini berolmasa, byudjetdan ketayotgan trillionlab investitsiyalar özini oqlamayapti deb hisoblanişi kerak.

Maktablar bolalarni oliy ta’limga emas, hayotga tayyorlaş maskani sifatida özgarişi zarur.

Maktab bitiruvçilarining 80 foizi muvaffaqiyat uçun oliy ta’lim olişdan boşqa yölni bilmasa, imtihonga kirsayu, ularning yarmi eng quyi talabga ham javob bermasa - maktabda nimalardir teskari işlayapti degani.

Yoşlarni maktabdanoq, behuda, befoyda, sun’iy tanlovlarda mağlublarga aylantirib taşlayvermasdan, haqiqiy raqobat - hayot musobaqalarida ğolib bölişga tayyorlaş haqida öylaşimiz kerak.

©️ Alişer Qodirov

To’g’ri fikr. Maktab va oliygohlar yoşlarning vaqtini behuda narsalar bilan isrof qilmasdan, katta hayotga tayyorlaşi kerak. Buning uchun esa chirib ado bo’lib ketgan ta’lim tizimimizni tubdan isloh qiliş zarur.

©️ Yo’ldoşbek Ibrohim

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

📝 2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh
: 👉 https://t.me/TalabaUz/11510

📱 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Converted audio
Oʻqib olim boʻlar edimi?

Makkani kim oʻradi?

Ishlatilgan noutbuk...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘lib-tirilib testlarga tayyorlangandik” — Bir guruh abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini sudga bermoqchi

Huquq fanidan davlat imtihonida qatnashgan abituriyentlarning noroziligi davom etyapti. Ular Bilimlarni baholash agentligi darslikka kiritilmagan savollardan foydalangani, testlarda to‘g‘ri javoblar soni bitta emasligi, imtihondagi testlar namunaviy testlardan farq qilganini aytyapti.

📹 To’liq videoni tomosha qiling

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥Kelajagingizni yaratadigan global IT ta'limi imkoniyati!
AKITA fakulteti Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Koreya Xalqaro Sanoat Hamkorlik Instituti (KIIIC) hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, bunda Koreyaning ilg‘or IT texnologiyalari va ta'lim tajribasi O‘zbekiston talabalari uchun taqdim etiladi.

AKITA (Academy of Korea IT Alliance) O‘zbekiston-Koreya IT ta'limida yangi ufqlarni ochmoqda!

AKITAning o‘ziga xos imkoniyatlari:
✅
100% Koreya taʼlim tizimi: Haqiqiy va mukammal koreys taʼlimini olish imkoniyati: Koreyalik professorlardan toʻgʻridan-toʻgʻri maʼruzalar va Oʻzbekistonda Koreya universiteti madaniyati bilan bevosita tanishish imkoniyati.
✅
Bir vaqtda ham oʻqib, ham ishlash imkoniyati: AKITAda o‘qish davomida Koreya va Oʻzbekistonning eng katta IT-kompaniyalarida ishlash imkoniyati.
✅
2+2 dasturi: Dunyoning TOP-1000 universitetlar ro‘yxatiga kiruvchi Koreyaning Yeungnam universiteti bilan 2+2 dasturi.
✅
Ikki tomonlama diplom: Turin Politexnika Universiteti va Yeungnam Universiteti diplomlarini 4 yil ichida olishingiz imkoniyati.


2024-2025-o‘quv yili uchun AKITA yo‘nalishlari:
💎
Dasturiy injiniring (Dasturiy ta’minot)
💎
Sun'iy Intellekt (Sun’iy intellekt ma'lumotlari ilmi)
💎
Axborot tizimlari va texnologiyalari
(Axborot va kommunikatsiya muhandisligi)
💎
Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi (Ijodiy veb/Ilovalar ishlab chiqish)
💎
Dizayn (Media dizayni )


AKITA bilan birga orzularingiz ro‘yobi sari yo‘l oling!
✅
Xalqaro darajadagi IT ta'limi
✅
Koreyada o‘qish va madaniyatni o‘rganish imkoniyati
✅
Bitiruvchilar uchun mahalliy va xorijiy yetakchi IT kompaniyalarida ishlash imkoniyati


✍️ Havola boʻylab oʻting va hoziroq 10% chegirma bilan hujjat topshiring!

Yorqin kelajagingizni AKITA bilan birga yarating!

🌐Batafsil ma'lumot: www.akita.uz saytida
📞Call-markaz: +998(55)519-07-77
📍Manzil: Toshkent viloyati, Yangibozor shaharchasi, AKITA kampusi

📝Facebook | 💻Instagram | 🌐Website | 📝Telegram

#AKITA #ITTalim #GlobalImkoniyat #OzbekistonKoreyaHamkorligi #amaliyot #Koreya #abituriyent #talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Polosondan Germaniyaga yo‘l: 16 yoshli o‘zbek qizi olimpiada g‘olibi bo‘ldi

Andijon tumanining Poloson mahallasida yashovchi, o‘qituvchilar oilasida ulg‘aygan Rayyona Ibrohimova Germaniyaning Gyottingen shahrida o‘tkazilgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

📹 Videoni tomosha qiling

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilmni qadrlash bunday boʻlibdi 👍

Safar umra travel jamoasi rahbariyati, nemis tilidan olimpiada chempioni Rayyona Ibrohimovaga 2 kishilik umra sayohatini sovgʻa qilishdi. Uning oʻzi ota-onasiga taqdim etishligini soʻragan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Hurmatli abituriyentlar!

Ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test topshiriqlari yuzasidan turli xil e'tirozlar bildirilmoqda.

Ma'lumki, joriy yildan oliy va professional ta'lim muassasalariga qabul ikki bosqichda - avval test, keyin tanlov tamoyili asosida o‘tkazilmoqda. 2024-yil 27-iyuldan abituriyentlar uchun tanlov bosqichi boshlangan bo‘lib, bu jarayon 10-avgust(shu kuni ham)ga qadar davom etadi. Shundan so‘ng bir hafta muddatda tanlov natijalari e'lon qilinadi.

O‘z natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 10 kun muddatda shaxsiy kabinetlari orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi. Apellatsiya shikoyati bergan abituriyentga apellatsiya kuni va vaqti haqida xabarnoma yuboriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan savollar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldiradi.

Abituriyent apellatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin. Alohida ta'kidlash lozimki, apellatsiya jarayonida abituriyent uchun qayta test sinovi o‘tkazilmaydi!

Agentlik belgilangan tartib asosida barcha e'tirozlarni ko‘rib chiqishga va tegishli tartibda javob qaytarishga tayyorligini ma'lum qiladi. Abituriyentlardan e'tirozlari yuzasidan o‘rnatilgan tartibda murojaat qilishlari so‘raladi.

©️ Bilim va malakalarni baholash agentligi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarga 500 ta kvota.pdf
158.8 KB
⚡️ Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar
uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

✅ Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida).

❗️ Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Public Research Institutes Modernization (PRIM)” tanlov grant dasturi ishga tushirildi

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Jahon banki “MUNIS” loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan davlat ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant dasturi e’lon qilindi.

PRIM dasturi maqsadi – ilmiy tashkilotlar salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) sektori, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini institutsional rivojlantirish.

Dastur doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlar:

1-komponent: Ilmiy infratuzilmani takomillashtirish;
2-komponent: Kadrlar salohiyatini oshirish;
3-komponent: Strategik rejalashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish;
4-komponent: Bilimlarni o‘rganish va almashish tadbirlarini tashkil etish;
5-komponent: Ilm-fan va biznes sohalari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish;
6-komponent: Targ‘ibot ishlari va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish

📌 Grant summasi – 1 ta davlat ilmiy tashkiloti uchun $200 000 gacha;

📌 Ariza topshirishning oxirgi muddati – 20.09.2024-y.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/17688

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarini tanlash bosqichi, talabalarni yotoqxonalar bilan ta’minlash, onlayn ariza berish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumot.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova.

Matnli o‘qish: https://gov.uz/edu/news/view/17745

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyaning Gyottingen shahrida o‘tkazilgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Rayyona Ibrohimovaga Odinaxon Muhammad Sodiq (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni qizlari) hadya taqdim etdilar.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM