Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Davlat katta kuch, resurslarini to‘g‘ri yo‘naltirsa juda katta xayrli ishlar qilishi mumkin. Shuning isbotini Yoshlar Ishlar Agentligi misolida guvoh bo‘lyapmiz.

Avval "Ibrat Farzandlari" loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Undan keyin "Mutolaa" loyihasi ish boshladi.

Endi esa "1000 Kitob" loyihasi boshlanibdi.

Xalqning puli jamiyat uchun foydali bo‘lgan mana shunday xayrli ishlarga sarflanishi qanday yaxshi.

Bu loyiha to‘g‘risidagi suhbatlarni ko‘rib ancha umid uyg‘ondi. Biz nolib yozg‘irib o‘tirganda ba’zilar chalg‘imay uzoq muddatli xayrli ishlar bilan band bo‘lmoqda.

O‘zi o‘ylab yurardim. Qaniydi ma’rifatparvar boylar mablag‘ to‘plab Sanjar Nazar chop etishni niyat qilib qo‘ygan kitoblarni tarjima qilib nashr etishiga yordamlashsa deb orzu qilardim.

Mehrinoz Abbosova boshchiligida "1000 Kitob" loyihasi aynan shu maqsadda boshlanibdi.

O‘zbek zabon jamiyatidagi (vatandagi va xorijdagi) eng ilg‘or ziyolilar tanlab olinib shu ishga jalb etilibdi. Ular ichida Hamid Sodiq ham bor. Juda xursand bo‘ldim, ishlariga rivoj tilaymiz, Alloh muvaffaqiyatli qilsin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CAU Xalqaro nemis tili olimpiadasi g‘olibi uchun 100% ta’lim grantini belgiladi
Xalqaro nemis tili olimpiadasida 62 davlatdan kelgan ishtirokchilar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallagan Rayyona Ibrohimovaning ta’lim olishi uchun Markaziy Osiyo Universiteti tomonidan 800 million so‘m mablag‘ ajratilidi (bu reklama emas).

P.S. Mana bo`lar ekanku ta`limni ham qo`llab quvvatlasa!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shunchaki sabr qilib davom eting…

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya

📆 2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 2024-yil 6-8-avgust kunlari https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

✔️ Apellatsiya shikoyatlari 2024-yil 12-avgust kunidan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.

❗️ Ariza bergan talabgorlar  shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni

✔️ Bugun talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

👨‍💻 Talabalar bugun (5-avgust) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin.

❗️ Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar uchun davlat granti - 2024_.pdf
177 KB
⚡️ Xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota va sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari

Ehtiyojmand oilalardagi xotin
-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti hududlar va sohalar kesimida tasdiqlandi.

✅ Jami: 2 000 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🤔 Aniq va tabiiy fanlar – 453;
🤔 Texnika fanlari – 253;
🤔 Tibbiyot fanlari – 301;
🤔 Boshqa yo‘nalishlar – 993.

Hududlar bo‘yicha:

🤔 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
🤔 Andijon viloyati – 183;
🤔 Buxoro viloyati – 112;
🤔 Jizzax viloyati – 81;
🤔 Qashqadaryo viloyati – 193;
🤔 Navoiy viloyati – 60;
🤔 Namangan viloyati – 165;
🤔 Samarqand viloyati – 227;
🤔 Surxondaryo viloyati – 155;
🤔 Sirdaryo viloyati – 50;
🤔 Toshkent viloyati – 177;
🤔 Farg‘ona viloyati – 221;
🤔 Xorazm viloyati – 110;
🤔 Toshkent shahri – 155.

❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

📝 Mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

✍️ Yuqoridagi pdf faylda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Besh yil stajga ega xotin-qizlar (yo‘nalishlar) - 2024_.pdf
167.9 KB
⚡️ Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi.

Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

❗️ Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim.

Ma’lumki, joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan.

Yuqoridagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan).

‼️ Hurmatli abituriyentlar! Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim.

PS. Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda tanishish mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓ O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?

✅ Javob: my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

➖ 2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);

➖ 2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);

➖ so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

✅2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.


🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablar) sabablarga koʻra rad etilgan.

⭐️Shuni inobatga olib, 1–30-iyul kunlari magistr.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 6–8-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

❌Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.

Manba

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar diqqatiga! Yotoqxona uchun ariza topshirishga shoshiling!

⚡️ 2- va undan yuqori kurs talabalari uchun talabalar turar joyiga joylashish uchun ilk taqsimot 15-avgust sanasidan boshlanadi

Joriy yilning 1-avgustidan 15-avgustigacha kelib tushgan arizalar o‘rtasida dastlabki taqsimot o‘tkaziladi.

Unda Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng ustuvorliklar ketma-ketligi asosida boshqalarga beriladi. Keyingi yakuniy taqsimot 25-avgustda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Talabgorlar arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/18289

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❓Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

💠 JAVOB: Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:

✅ 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

✅ 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

✅ 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

✅ 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

📋 Asos: Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoni.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarning shartnoma pullarini to‘layotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozlari qo‘llanishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasida talabalarning shartnoma pullarini to‘layotgan aka-uka va opa-singillarga ham soliq imtiyozini qo‘llash ya’ni ularning daromadlariga soliq solmaslik nazarda tutilmoqda.

Hozirgi paytda bunday imtiyoz faqatgina talabalarning ota-onalariga nisbatan qo‘llanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilingan edi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UEnter Innovatsion markazi kanaliga obuna bo'ling va shaxsiy rivojlanish hamda o'z biznes g'oyalaringizni amalga oshirish uchun imkoniyatlardan foydalaning: t.me/uenteruz
———
Подписывайтесь на канал Инновационного центра UEnter и используйте возможности для саморазвития и реализации ваших бизнес идей: t.me/uenteruz
❓ O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?

✅ Javob: my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

➖ 2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);

➖ 2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);

➖ so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ey baraka topgurlar, mandat hali chiqqani yo'q.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Imtiyozga ega abituriyentlar va umumiy qabul parametrlari doirasida o‘tish ballari

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozga ega abituriyentlarning 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tish ballarini bilish imkoniyati yaratildi.

🌎 Havola: https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2023

— — —

Shuningdek, mandat.uzbmb.uz saytiga 2023-2024-o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlari doirasida o‘tish ballari ham joylashtirildi.

🌎 Havola: https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2023

— — —

Bundan tashqari my.uzbmb.uz sayti orqali umumiy qabul parametrlari doirasida so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

🌎 Havola: https://my.uzbmb.uz/university/1

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘istonda O‘zbekiston oliygohi filiali ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochdilar.

Mazkur ta’lim muassasalarida talab yuqori bo‘lgan texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanadi.

"O‘zbek va qozoq oliygohlari filiallarining o‘zaro ochilishi ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanayotganidan yana bir dalolat bo‘ldi", deyiladi prezident matbuot xizmati bergan xabarda.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Abituriyentlarnining 43,5 foizi 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok eta olmaydi

AOKAda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida berilgan maʼlumot koʻra:

2024-2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan 740 352 nafar abituriyentdan 418 ming nafardan ortig‘i yoki 56,5%(2023-yilda 53.3%) 56,7 dan yuqori ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan.

321 ming nafardan ortig‘i yoki 43,5% (2023-yilda 46.7%) abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘la olmagan.

Abituriyentlarning 210 nafari (2023-yilda 119 nafar) 189 va undan yuqori ball to‘pladi (shundan 91 nafari 189 dan yuqori ball to‘plagan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari hisoblanadi).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

⚡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

🛠 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan talabgorlar arizalarini 9-avgust soat 23:59 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

⏱ To‘lovni amalga oshirish esa 10-avgust soat 13:00 da to‘xtatiladi.

💡 Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabgorlardan my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlarini kuzatib borishlari so‘raladi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish hamda to‘lovni amalga oshirish mumkin, biroq yangi ariza topshirish imkoniyati yo‘q.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kimyo hayotimizdagi jarayonlarni chuqurroq o‘rgatadi” – olimpiadachi yosh kimyogarlar

Daler Rahimov va Saida Abdullayeva Xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekiston hisobiga oltin va kumush medallarni yozib qo‘yishning uddasidan chiqishdi.

📹 HD format

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM