Audio
⚡️ 9-avgust kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishning tanlov bosqichi bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan quyidagi savollarga javoblar berildi.
03:12 Tanlov yakunlangandan so‘ng, mandat qachon e’lon qilinadi?
05:24 Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga alohida kvota beriladimi?
07:26 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha qachon imtihon o‘tkaziladi va ruxsatnoma e’lon qilinadi?
09:08 Harbiy imtiyoz orqali grantga o‘qishga kirgan abituriyent granti to‘rt yilga amal qiladimi?
11:30 Yo‘nalish tanlash yakunlanganda so‘ng, o‘zimiz tanlagan yo‘nalish bo‘yicha nechinchi o‘rinda turishimizni aniqlay olamizmi?
14:00 Tanlov ustuvorligi nima?
16:59 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida savollar mazmuni qanday tartibda bo‘ladi?
18:50 Xotin-qizlarga beriladigan 4 foizli kvota haqida ma’lumot?
20:26 4 foizli kvota qancha ball qo‘shadi va hamma universitetlarga o‘tadimi?
24:30 56.7 balldan kam to‘plagan abituriyent ham tanlovda ishtirok etadimi?
25:02 Maqsadli grant kvotalari umumiy kvotalardan tashqari hisoblanadimi?
33:05 Apellatsiya tartibi qanday bo‘ladi?
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
❗️ Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘nggi kuni
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun 10-avgust soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.
Hurmatli abituriyentlar! Sizdan bugun soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashingizni so‘raymiz!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun 10-avgust soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.
Hurmatli abituriyentlar! Sizdan bugun soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashingizni so‘raymiz!
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba.uz | Ta'lim portali
Abituriyentlar avvalgi yillardagidek tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin. Bu Bilimni baholash agentligining mutaxassislari tomonidan agentlikning rasmiy telegram kanalida bo‘lib o‘tgan ovozli suhbatda ma’lum qilindi.
Ushbu jarayon imtihonning ikkinchi, ya’ni tanlov bosqichi yakunlangandan bir necha kun o‘tib boshlanadi. Shundan keyin abituriyentlar tanlagan beshta yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganligi, qolgan abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatma! Imtihonning tanlov bosqichi kecha 10-avgust kuni soat 23:59 da yakunlandi. Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shundan:
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 22-dekabrda “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan.
Mazkur Farmonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanishini ma'lum qilamiz.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Лавозим_малака_тавсифлари_01_08_2024_238_буйруқ.pdf
453.1 KB
2024-yil 1-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Ushbu buyruqning 12-ilovasi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.
Endi maktab direktorilikka nomzodlardan kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kamida 5 yillik pedagogik stajdan tashqari menejerlik sertifikati ham talab qilinadi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Keyingi yillarda oliy ta’limda amalga oshirilgan islohotlar natijasida tizim muassasalariga qabul jarayonlarining shaffofligi ta’minlandi. O‘z o‘rnida raqobat muhiti ham paydo bo‘ldi
Abituriyentlarni ro‘yxatga olishning onlayn tarzda amalga oshirilishi, yangicha yondashuvga asoslangan bu yilgi qabuldagi yangiliklar, islohotlardan ko‘zlangan maqsad va natijalar bo‘yicha O‘zA muxbiri Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan suhbat qildi.
Intervyuni o‘qish: https://uza.uz/posts/624201
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uza.uz
Raqamlashtirilgan imtihonlar shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi
2024-2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) q
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining O‘zAga ma’lum qilishicha, 2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlarning o‘qish javoblari joriy yil 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida “Umumiy kvotada grant uchun ajratilgan ulushining taqsimlanish tartibi qanday?” savoliga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari javob berishdi.
"Davlat granti ulushi joriy yilda yoʻnalishlar uchun umumiy kvotaning qanchadir ulushida taqsimlanishi belgilangan.
Buni tushuntiradigan boʻlsak, yurisprudensiya yoʻnalishiga grant ulushi 10 foiz deb belgilangan. Toshkent davlat Yuridik universitetini misolida koʻradigan boʻlsak, kvota soni 600 ta va uning 10 foizini 60 ta davlat granti kvotasiga toʻgʻri keladi.
Ushbu koʻrsatkichni oʻtgan yilgi grant soni bilan solishtirsak, bir necha barobarga oshgan. Yaʼni, statik holatda grant taqsimlanganda, koʻplab oliygohlarga kam grant berilayotgan edi.
Hozirgi ulush eng maksimal holat, yaʼni bir OTMning biror yoʻnalishiga ajratilishi mumkin boʻlgan grantning eng koʻp miqdori shu boʻlishi mumkin.
Toshkent davlat yuridik universitetiga ajratilgan umumiy 600 ta kvotaning 10 foizini oladigan boʻlsak, 60 ta grant olishi mumkin. Shunda ham agar eng bilimli va yuqori natija olgan abituriyentlar yuridik universitetini tanlagan boʻlsa. Agar ular Diplomatiya, Milliy yoki Transport universitetini tanlagan boʻlsa, bu yerda grant soni 60 taga ham yetib bormasligi yoki teskarisi boʻlishi mumkin.
Shundan xulosa qilish mumkinki, respublika boʻyicha yurisprudensiya yoʻnalishiga ajratilgan grant soniga koʻra, shu yoʻnalishga hujjat topshirgan abituriyentlarni eng yuqoridan saralaganda, shu sonda turgan abituriyentlarning hammasi ham davlat granti asosida oʻqishga kiradi degani emas.
Chunki abituriyentlarda tanlov ustuvorligi, OTMlarda abituriyentlar qamrovi hamda grant ulushi bor. Deylik, qaysidir abituriyentga Yuridik universitetda kontraktda oʻqish Milliy universitet yurisprudensiya yoʻnalishida grantda oʻqishdan ustunroq boʻlishi mumkin. Boshqa bir abituriyentga esa qaysi OTM boʻlishidan qatʼi nazar grantda oʻqish muhim boʻlishi mumkin. Shuning uchun abituriyentlarga tanlash uchun davlat granti va taʼlim yoʻnalishi ustuvorligi taqdim etilgan.
Xulosa qilib aytganda, respublika boʻyicha grant sonidan turgan abituriyentlarning hammasi ham grantga kiradi degani emas va bu ularning tanlovi"
– deydi Bilimni baholash agentligi mutaxassisi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.
Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin vaqt ichida mandat e'lon qilinishi kutilmoqda...
Tayyorgarlikni boshlaymiz)
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Tayyorgarlikni boshlaymiz)
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “Korzinka” savdo majmuasi avtoturargohida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Y. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi O‘sh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1😭1
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba.uz | Ta'lim portali
Ilmni qadrlash bunday boʻlibdi 👍 Safar umra travel jamoasi rahbariyati, nemis tilidan olimpiada chempioni Rayyona Ibrohimovaga 2 kishilik umra sayohatini sovgʻa qilishdi. Uning oʻzi ota-onasiga taqdim etishligini soʻragan. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 ht…
Safar Travel jamoasi nemis tili olimpiadasi gʻolibasi Rayyona Ibrohimovaga 2 kishilik umraga yoʻllanma sovgʻa qilishgan edi. U oʻz navbatida ota onasiga berishini soʻragandi.
Bundan ilhomlangan Safar travel rahbariyati Rayyonaga yana qoʻshimcha yoʻllanma sovgʻa qilishgan.
Kechagina Ibrohimovlar oilaviy umraga joʻnab ketishdi.
Bizni farzandlarimizdan ham shunday ilmli insonlar yetishsin.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Bundan ilhomlangan Safar travel rahbariyati Rayyonaga yana qoʻshimcha yoʻllanma sovgʻa qilishgan.
Kechagina Ibrohimovlar oilaviy umraga joʻnab ketishdi.
Bizni farzandlarimizdan ham shunday ilmli insonlar yetishsin.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Bemalol uxlayvering, mandat ertaga eʼlon qilinar emish.
Qoʻyni soʻyish uchun hamma narsa tayyor, faqat qassob hali kelmabdi🚙
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Qoʻyni soʻyish uchun hamma narsa tayyor, faqat qassob hali kelmabdi
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1