Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

✅ Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️ Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

✅Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin vaqt ichida mandat e'lon qilinishi kutilmoqda...

Tayyorgarlikni boshlaymiz)

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun, soat 17:00da ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha yuborilgan arizalarni tahrirlash yakunlanadi

🔰 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislikka) qabul uchun my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 16-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari lozim.

☝️ Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️ Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati mavjud emas.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “Korzinka” savdo majmuasi avtoturargohida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Y. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi O‘sh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1😭1
⚡️ Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ Abituriyentlar 2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e'lon qilingandan so‘ng uni shaxsiy kabinetlari orqali bilish bilan birgalikda, 5100 raqamiga ID raqamini jo‘natib ham aniqlashlari mumkin.

☝️ Abituriyentlarda natijalarni kutmasdan ham hozirdan 5100 raqamiga SMS so‘rovini yuborish imkoniyati mavjud. Bunda abituriyentga natijalar e'lon qilingandan so‘ng SMS-xabarnoma (xizmat pulli, bitta SMS narxi 3 000 so‘m) keladi. 

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba.uz | Ta'lim portali
Ilmni qadrlash bunday boʻlibdi 👍 Safar umra travel jamoasi rahbariyati, nemis tilidan olimpiada chempioni Rayyona Ibrohimovaga 2 kishilik umra sayohatini sovgʻa qilishdi. Uning oʻzi ota-onasiga taqdim etishligini soʻragan. 🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇 ht…
Safar Travel jamoasi nemis tili olimpiadasi gʻolibasi Rayyona Ibrohimovaga 2 kishilik umraga yoʻllanma sovgʻa qilishgan edi. U oʻz navbatida ota onasiga berishini soʻragandi.

Bundan ilhomlangan Safar travel rahbariyati Rayyonaga yana qoʻshimcha yoʻllanma sovgʻa qilishgan.

Kechagina Ibrohimovlar oilaviy umraga joʻnab ketishdi.
Bizni farzandlarimizdan ham shunday ilmli insonlar yetishsin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Bemalol uxlayvering, mandat ertaga eʼlon qilinar emish.

Qoʻyni soʻyish uchun hamma narsa tayyor, faqat qassob hali kelmabdi 🚙

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Kasbiy sertifikat ko'rsatma.pdf
289.6 KB
❗️Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilinmaydi

Hukumat qarori(02.02.2024 №87)ga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma- bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi hamda qaror bilan tasdiqlangan reglamentda “talabgor — kasbiy sertifikat olishga da’vogar bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotidagi stajor-o‘qituvchi yoki mutaxassis lavozimidagi o‘qituvchi” — ekanligi belgilab qo‘yilgan.

❌ Biroq, ayrim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktorlari tomonidan pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, turli sabablarga ko‘ra ish joyini o‘zgartirayotgan nomzodlarni ham stajor-o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish hamda oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan pedagoglarni kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan, vazir o‘rinbosari imzolagan xatda hududiy boshqaramalarga mazkur ko‘rsatib o‘tilgan tavsiya asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari rahbarlariga tegishli tushuntirish ishlarini olib borish hamda muammoli holatlar yuzaga kelganda bartaraf etish choralarini ko‘rish so‘ralgan.

MMTVning 2023-yil 9-avgustdagi 02-01/3-1188-son xatida stajor-o‘qituvchini ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha zarur tasviyalar berilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil

O'qishga kirolmagan qizlar, to'ylar muborak bo'lsin😜

Do'stlarga ulashing👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
6😁12
⚡️ Talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egalaridan daromad solig‘i undirilmaydi

Soliq kodeksining 378-moddasida soliq solinmaydigan daromad turlari keltirilgan bo‘lib, ushbu moddaning 19.1-bandida soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi deb ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi asosga ko‘ra, talabalarni o‘z uylariga ijaraga qo‘yish orqali ijara haqidan daromad topayotgan shaxslarning ushbu daromadlaridan daromad solig‘i olinmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun davlat grantiga o‘tish ballari quyidagicha bo‘ldi (tavsiyanomasi borlar uchun):

Mudofaa vazirligi — 72,9 ball (775 ta kvota);

Ichki ishlar vazirligi — 68,1 ball (174 ta kvota);

Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 71,9 ball (226 ta kvota);

Davlat xavfsizligi xizmati — 76,7 ball (488 ta kvota);

Prezident davlat xavfsizligi xizmati — 114,9 ball (35 ta kvota);

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi — 69,6 ball (35 ta kvota);

Milliy gvardiya — 68 ball (697 ta kvota);

Harbiy prokuratura — 128,6 ball (9 ta kvota).

ESLATMA: bu ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota emas, ularning o‘tish ballari OTM kesimida chiqadi.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
❓ Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?

✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.

Joriy yilda ham xotin-qizlar uchun maxsus 2 mingta qo‘shimcha davlat granti uchun joy ajratilgan (xalq orasida 4%lik grant deyiladi).

Va bu 2 mingta o‘rin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan.

‼️ Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi ‼️

Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.

Ikkinchidan,
xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.

Izoh: bu yerda siz topshirgan yo‘nalish qaysi fanlar guruhiga kirishi ham muhim. Afsuski, kvotalarning sohalarga taqsimlanish tufayli baʼzi hududlarda 69 ball bilan ham grantga kirishgan, ba’zi joylarda 160 ball bilan ham tavsiya etilmagan 🤦‍♂️ Har yili shunday bo’lmoqda.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Ustuvorlik masalasida tushuntirish

Mandat natijalari chiqqach, javoblar sahifasidagi yozuvlar bo‘yicha ayrim tushunmovchiliklar bo‘layotgan ekan.

Kimlardir men ta’lim yo‘nalishi ustuvorligini tanlagan edim, lekin davlat grantiga o‘tib qolibdi, yoki teskarisi bo‘ldi deyishmoqda.

Shu sababli ushbu ma’lumot sizga foydali bo‘lsa kerak:

Agar javoblar varaqangizda "BARCHA yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Davlat granti" ekanligini anglatadi. Ya’ni barcha yo‘nalishda avval davlat granti ko‘rib chiqilgan, keyin kontraktga o‘tilgan;

Agar javoblar varaqangizda "HAR BIR yo‘nalishda" degan yozuv bo‘lsa, bu tanlov ustuvorligi "Ta’lim yo‘nalishi" ekanligini anglatadi. Ya’ni birinchi yo‘nalish bo‘yicha grant va kontrakt ko‘rib chiqilgan va keyin ikkinchi yo‘nalishga o‘tilgan.

Demak, yana bir xulosa qilamiz:

BARCHA so‘zi bo‘lsa — davlat granti ustuvorligi;

HAR BIR so‘zi bo‘lsa — ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha

✔️ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

😀 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️Professional ta’lim muassasalariga tanlov bugundan boshlanadi

✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️1-kursga tavsiya etilganlar diqqatiga!

2024/2025-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi.

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.

Biroq, ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o‘z ishini boshlamadi.

Mazkur ishlar tez orada yakuniga yetkazilgandan so‘ng, 1-kursga tavsiya etilganlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

☝️ Ma’lumot o‘rnida, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi.
👉 Batafsil: https://t.me/TalabaUz/11665

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
❗️Joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi

Prezidentning PF-81-son farmoniga asosan my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25-iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, bugun 18-avgustdan kollej va texnikumlarga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida mutaxassislik fanlari (1- va 2-fan)ga mos kollej yoki texnikumning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim. Shundan so‘ng abituriyentlar OTMga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM