Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Ba’zilarning kallasidan faqat sartarosh foydalanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❓ Ota-onang sen uchun harakat qilishyapti, sen-chi?

💭 Ularning mehnati va g‘amxo‘rligi sening kelajaging uchun. Har bir orzularing uchun ular kecha-yu kunduz tinim bilmaydi.

Sen esa... O‘zingga bir boq. Qilayotgan ishlaringdan faxrlana olasanmi?

❓ Hech bo‘lmasa, ota-onangning ishonchini, ularning shuncha qilgan sa’y harakatlarini oqlashingga ishonasanmi?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz universitet yotoqxonasida sirka kislotasi ichib, o‘z joniga qasd qildi

Joriy yilning 4 dekabr kuni Buxoro muhandislik institutining 4-bosqich talabasi, Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi 23 yoshli J.K. institut yotoqxonasida sirka kislotasidan zaharlanishi oqibatida ahvoli yomonlashgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, K.J. 23:35 lar atrofida shifoxonada vafot etgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍5😭3
⚡️ Guruh nazoratchiligiga tanlov

‼️ Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazorachisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tish 6-dekabrdan 15-dekabrga qadar davom etadi.

👍 Mazkur tanlovda 2024–2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi.

🔗 Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oliy ta’lim muassasalarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

“Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-421-son, 04.12.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.

2025/2026-o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:

🟢“Maktab ligasi”;
🟢“Talabalar ligasi” va “Oliy ta’lim kubogi”;
🟢“Rektor kubogi”.

🏢 Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi.

✅Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
❗️Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

“Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-428-son, 10.12.2024-yil) qabul qilindi.

⚡️ Unga ko‘ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

📁 Muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat ko‘rsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

🗓 2025/2026-o‘quv yilidan:

🔹qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va atrof-muhit muhandisligi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash salmog‘i oshiriladi;

🔸talabalarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;

♦️Ta’lim xizmatlari markazi tashkil etib, talabalarga o‘qish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar bo‘yicha barcha zarur xizmatlarning “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi;

🔹iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etiladi.

📚 Yuqoridagi OTMlarda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
⚡️ Bakalavriat bo‘yicha Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari tasdiqlandi!

2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.

💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Insoniyat ahmoqlashib bormoqda — OECD tadqiqot o’tkazib quyidagilarni aniqladi:

— Hozir sayyoramizning har beshinchi aholisi o’qish va arifmetik vazifalarni boshlang’ich sinf o’quvchisi darajasida bajara oladi;

— Ishchilarning qariyb uchdan bir qismi o’z ishlari uchun yetarlicha malakaga ega emaslar: ularda ko’nikmalar yoki bilim yetishmaydi;

— Bir qator mamlakatlardagi zumerlarda (16–24 yosh) savodxonlik darajasi kuchli pasaygan;

— Hatto so’nggi 100 yil davomida o’sib borayotgan IQ darajasi hozirda dunyoning ba’zi qismlarida pasayib bormoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
⚡️ Kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish topshirig‘i berildi

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish o‘tkazilmoqda.

Yigʻilishda, kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.

Oliygoh rektorlari ham kambagʻal oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni oʻqitishga bosh-qosh boʻladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Bugun ingliz, nemis, fransuz, ispan, uyg'ur va hind tili bo'yicha chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

Bugun, 14-dekabr kuni ingliz, nemis, fransuz, ispan, uyg'ur va hind tili bo'yicha chet tili imtihonlarida ishtirok etish bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olishning oxirgi kuni.

💴 To‘lov 15-dekabrgacha amalga oshirilishi lozim.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 28-29-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) baldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz, notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda.

Aslida esa attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilganligini hamda fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina, eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan ishtirokchilarga (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilganligini maʼlum qilamiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠🔠🔠

O‘qishdagi asosiy qiyinchiligingiz nima?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 💙💙💙

⚡️ Qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Eslatib o‘tamiz, barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😭3
⚡️ Bugun, 20-dekabrdan uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi

Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).

Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.

Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Ma’lumot uchun, 2 ta uzrli sabab quyidagilar:
➡️talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
➡️davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 Hozirda respublikamizda 208 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, talabalar soni 1 mln 400 ming nafardan ortdi

◾️ 183 ta ta’lim yo‘nalishi va 546 ta mutaxassislik bo‘yicha malaka talablari, 1 278 ta o‘quv reja va 4 mingdan ortiq o‘quv dasturlari tasdiqlandi.

🔠Bundan tashqari, 7 ta oliygohdagi 39 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Shu bilan birga, Top-500 ga kirgan 9 ta xorijiy oliygoh bilan hamkorlikda 15 ta qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi.

🔠Xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga jalb qilish ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, 4 970 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirdi, 2 510 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb etildi.

🔠Shuningdek, kasbiy ta’lim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. 14 673 nafar ishsiz fuqaro 38 ta kasbga o‘qitildi.

🔠418 ta kasbiy ta’lim tashkilotida 7 677 ta korxona bilan 30,8 ming nafar o‘quvchi 114 ta kasb bo‘yicha dual ta’limga jalb etildi.

🔠Hududlarda 4 ta innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 55 taga yetkazildi.

🔠Oliygohlarda 27 364 o‘rinli talabalar turar joyi va 10 500 o‘rinli o‘quv binolari yaratildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Rasman: Kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bаzаviу va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiуmatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni hаm) etib belgilandi:

➖ to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

➖ o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiу o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarini tаmomlаgаn yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

❗️ Eslatma: Bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⚡️ Yangi yil bayramida olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 6 kun dam oladi.

Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida"gi  qarori bilan 2025-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi  hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2 yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

🔺 28-dekabr, shanba — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

🔺 29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

🔺 30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🔺 31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔺 1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;

🔺 2-yanvar, payshanba — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ Prezident davlat stipendiyalariga talabgorlar oʻrtasida saralash tanlovi oʻtkaziladi

Respublika oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan, salmoqli natijalarga erishgan 2-bosqich tayanch doktorantlarni (PhD) qoʻllab-quvvatlash va munosib ragʻbatlantirish maqsadida 2024-yilning 27-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar oʻrtasida saralash tanlovi tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkazilishi belgilangan:

✅Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)
✅Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)
✅Texnika va texnologiya (2 ta kvota)
✅Sogʻliqni saqlash (1 ta kvota)
✅Qishloq xoʻjaligi (1 ta kvota).

2024-yilning 1-31-oktyabr kunlari stipendiya.edu.uz portali orqali 72 ta xujjat kelib tushdi. Shundan 68 nafar talabgor hujjati qabul qilindi.

Talabgorlar 17 dekabr kuni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, Oʻzbekiston tarixi boʻyicha maxsus test sinovlarini topshirdi. Test sinovlarida 68 nafar nomzoddan 64 nafari ishtirok etdi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM