Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OTM rahbarlari vaqtining 70 foizini talabalarga bag‘ishlashi zarur

Prezidentning yoshlar bilan muloqotida oliy ta’limga doir ilgari surilgan eng muhim tashabbuslar yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari munosabat bildirishdi (video).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangilik: AyTi'ni o'rganish uchun yangicha o'quv tizimi joriy qilindi

AyTi sohasi hozirgi texnologiyalar zamonida eng talabgir va daromadli sohalardan biridir. Yurtimizda shunday kasb egalarini bir qator TOP AyTi markazlari yetishtirib bermoqda. Ularning biri Najot Ta'lim markazi — dasturlash sohasini o'rganish uchun yangi formatda o'qitish tizimi ishlab chiqdi.

✅ Veb Praktikum dasturlashni to'liq amaliyot asosida o'rgatadigan kurs. Unda Frontend va Backend qism o'quvchilari integratsiya qilinib, birga kamida 4 ta loyiha tayyorlashadi.

Ya'ni bir loyihaning server qismini backend dasturchilar tayyorlasa, uning interfeys qismini frontend dasturchilar tayyorlaydi. Noldan kursning oxirigacha 2-3 ta ustoz yordamida dasturlashni amaliyot qilib o'rganiladi.

Kurs imkoniyatlari:
— Real loyihalar tayyorlash
— IT kompaniya muhitida jamoaviy ishlash
— Bepul HR suhbatlari kursi
— Frilans ishlash va mijoz topish bo'yicha videodarslik

📌 Kursga IQ test va ingliz tilidan imtihon asosida qabul qilinadi. Agar ingliz tilidan sertifikatingiz bo'lsa, ingliz tili imtihonidan ozod etilasiz.

Imtihon 1-mart soat 11:00 va 15:00 da bo'lib o'tadi. Imkoniyatdan foydalanib, imtihonga qatnashing va dasturlashni amaliyot qilib o'rganing!


👉 Imtihonga ro'yxatdan o'tish

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika fanidan – yozma;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
➖Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
➖Tarix fanidan – yozma;

Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:

➖ Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
➖ Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📢 RAMAZON OYI 1 MARTDAN BOSHLANADI

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi.

🌙 Mazkur qarorga ko‘ra, 2025 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

🤲 Alloh taolo Ramazon oyida qiladigan ibodat, duo va barcha solih amallarimizni qabul etsin, ajr-mukofotlarini ko‘paytirsin.

🤲 Yaratgan xalqimizga tinchlik, barqarorlik va ofiyatni nasib qilsin. Ramazon muborak!

✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🌙 Mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlari bilan tanishing!

Farg‘ona –– 20:20
Namangan –– 20:20
Andijon –– 20:20
Toshkent v. –– 20:30
Toshkent sh. –– 20:30
Sirdaryo –– 20:30
Jizzax –– 20:30
Samarqand –– 20:30
Qashqadaryo –– 20:40
Surxondaryo –– 20:40
Navoiy –– 20:40
Buxoro –– 20:40
Xorazm –– 21:00
Qoraqalpog‘iston R. –– 21:10

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ramazon oyi muborak boʻlsin, aziz talabalar!

✨ Ramazon – o‘zimizni rivojlantirish, ilm va ma’rifat sari intilish, sabr va shukr qilish oyidir. Ushbu muborak oyda harakatlaringiz barakali, ilm yo‘lingiz yorug‘, orzu-maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin!

📖 Ilm olish ham ibodat ekanini unutmang! Ramazon oyida vaqtni unumli o‘tkazib, ilm olishni davom etaylik. Ilmingiz sizga, oilangizga va jamiyatga foyda keltirsin!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
❗️ Boshqa tildagi yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlarga ham o‘zbek tilidan imtihon majburiy bo‘lishi mumkin

Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarining majburiy fanlar blokiga o‘zbek tili fani kiritilishi mumkin.

Hozirda majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) fani mavjud. Bu degani, masalan, abituriyent rus yo‘nalishiga (yevroguruh) hujjat topshirsa, unda majburiy blokda 10 ta savol rus tilidan tushadi. Kelgusida abituriyentlar boshqa istalgan tildagi (rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) yo‘nalishga hujjat topshirganda, majburiy blokda o‘zbek tilidan ham savollar berilishi mumkin.

Hozircha bu reja, rasman tasdiqlangani yo‘q. Lekin men ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, imtihonlarda davlat tili bir chetda qolib ketmasligi shart va zarur! Faqat bunaqa yangilikni joriy yilgi qabuldan emas, balki kelgusi yillardagi qabuldan boshlash kerak. Abituriyentlarga yangi shartlarga moslashish va tayyorlanish uchun vaqt qoldirish lozim. Menimcha, shunaqa qilishsa ham kerak.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Turkiya muftiysi Mehmet Go‘rmez:

"Masjidda jamoat bilan namoz qilinganda orqa saflarda qiqirlagan bolalarning ovozi yo‘q bo‘lsa, kelajak avlod uchun havotir qiling.

Shuning uchun har qanday musulmon bolaning ko‘nglida va tasavvurida masjid bilan bog‘liq yomon taasurot qoldiradigan so‘z va harakat qilmasin!"


Sanjar Xo'ja

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
Pedagoglarning hisobot hujjatlari qisqartirildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-fevraldagi “Texnikumlar va akademik litseylar pedagog xodimlarining shaxsiy yillik ish rejasi boʻyicha namunaviy hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 76-son buyrugʻi bilan pedagoglarning shaxsiy yillik ish rejasi hujjatlari namunalari tasdiqlandi.

Bunda, pedagoglarning 9 ta shaklda yuritadigan hujjatlar 3 taga tushirildi. Texnikumlar va akademik litseylar pedagog xodimlar 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab ushbu hujjatlar asosida faoliyat yuritadi.

🖥Ushbu hujjat namunalarini edu.profedu.uz platformasidan yuklab olishingiz mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Sun’iy intellekt bilan muloqot qilish orqali ingliz tilida og’zaki nutqni yaxshilash uchun Sesame neyrotarmog’i chiqdi, u gapirish ohangi deyarli odamnikidan farq qilmaydigan eng yaxshi ovozli chatbot hisoblanadi.

Neyrotarmoq ovoz toni va tembrni o’zgartira oladi, u hatto pichirlab gaplashishni ham biladi, ingliz tilida so’zlashuvni yaxshilamoqchilar uchun ayni muddao.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
❗️ Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimi takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori (130-son, 28.02.2025 y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
⚡️ Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrgacha:

✔️ Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi:
➡️oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;
➡️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;
➡️yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;
➡️pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagoglar;

2️⃣ Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
➖ pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
➖ yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
➖ oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

✅ Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani pedagoglari, pensiya yoshidagi pedagoglar hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglar belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
❗️ Ramazon oyida ro‘za tutuvchilarga salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun 5 ta tavsiya:

1️⃣ Ovqatlanishdan oldin bir stakan suv ichib bir necha daqiqa kutib turing;

2️⃣ Asosiy taomdan avval salat iste’mol qilish;

3️⃣ Ovqatni shoshilmay, sekin iste’mol qilish lozim;

4️⃣ Ovqatdan keyin darhol shirinlik yeyish tavsiya etilmaydi, chunki bu hazm qilishni qiyinlashtiradi;

5️⃣ Iftor va saharlik orasida umumiy 1,5-2 litr suv ichish maqsadga muvofiq.

Ushbu qoidalarga amal qilish organizmni to‘g‘ri oziqlantirishga yordam beradi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3😭1
Universitetni tugatsam, katta hayot boshlanadimi?

Ko‘pchilik uchun universitet hayoti – yoshlikning eng shiddatli va beparvolik davri. Lekin diplom qo‘lga tegishi bilan hammasi o‘zgaradimi? Haqiqiy hayot endi boshlanadimi?

Aslida, hayot universitetdan keyin boshlanmaydi, u doim davom etib kelgan. Lekin universitetni bitirish – yangi "LEVEL"ga o‘tish demak. Bu bosqichda:

✅ O‘zingiz uchun mustaqil qarorlar qabul qilishingiz kerak bo‘ladi. Endi har bir qadam o‘zingizga bog‘liq.
✅ Ish topish yoki biznes boshlash mas’uliyati paydo bo‘ladi. Kimdir orzu qilgan kasb(hunar)ini topadi, kimdir yangi yo‘l izlaydi.
✅ Moliyaviy erkinlik – endi daromad topish, xarajatlarni rejalashtirish o‘z qo‘lingizda bo‘ladi.
✅ Hayotiy maqsadlar aniqroq bo‘lishi kerak. Chunki endi bilim olish emas, uni ishlatish muhim.
Shunday ekan, katta hayot universitetdan keyin boshlanmaydi – u hozirdan boshlanadi! Muhimi, hozirdan o‘z ustingizda ishlang va kelajakka tayyor bo‘ling.

🖥 Siz nima deb o‘ylaysiz? Universitet hayotga tayyorlaydimi? Haqiqiy hayot undan keyin boshlanadimi? Fikrlaringizni yozib qoldiring!


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Toshkentdagi OTM rektorlari sport musobaqasida qatnashdi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent shahrida joylashgan OTM rektorlari o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqasi o'tkazildi.

Bu tadbir kelgusida sport sohasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirishga turtki bo‘lib, OTMlarda sportni ommalashtirishga xizmat qiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🌙 Ramazonning ilk Jumasi muborak bo'lsin!

🤍 Alhamdulillah, Ramazonning birinchi Jumasiga yetib keldik! Bu kun nafaqat eng fazilatli kunlardan biri, balki duolar ijobat bo‘ladigan, qalblar poklanadigan va ruhimiz yanada tetiklanadigan muborak kundir.

✨ Bugungi kunda nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 Qur’on tilovati – har bir o‘qilgan oyat qalbimizga nur va taskin beradi.
🔹 Salovat aytish – Juma kuni Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo ﷺ ga ko‘proq salovat aytish tavsiya qilingan.
🔹 Ehson va sadaqa – imkon qadar boshqalarga yaxshilik qilish bu kunda yanada savobli bo‘ladi.
🔹 Ko‘p duo qilish – bugun qilgan duolarimiz ijobat bo‘lishi umidida Allohga iltijo qilaylik.

🤲 Alloh taolo bugungi Juma kunida qilgan ibodat va duolarimizni qabul qilsin, qalblarimizni nur bilan to‘ldirsin! Ramazon oyining har bir kunida ezgulik va baraka bo‘lsin!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌧 Yomg‘ir – Qalbga sokinlik beradigan mo‘jiza

Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda, osmon va yer o‘rtasida sokinlik hukm suradi. Go‘yo tabiat ham nafasini ichiga yutib, ichidagi g'uborlarini chiqarib yuborayotgandek.

💧 Yomg‘ir bu –
☹️ O‘tgan xotiralar va unutilmas damlar
☺️ Qalbga huzur beradigan sokinlik va xotirjamlik
💪 Yangi qadamlar uchun imkoniyat
🤗 Allohning rahmati
📖 Ilhom beradi – kitob o‘qish yoki yozish uchun eng yaxshi vaqt
🌱 Tabiatni yangilaydi, daraxt va gullarga hayot baxsh etadi.

🌦 Ba’zi odamlar yomg‘ir ostida yurishni yoqtiradi, ba’zilari esa oyna ortidan kuzatishni. Siz qaysi toifadansiz?


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3