Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Eslatma

Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 20-dekabrdan boshlanadi

✅ Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

➖ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➖ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;

➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.


Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
⚡️Akkreditatsiyadan o'tmagan nodavlat oliygohlarning ayrim yo'nalishlari yopiladi

Ta'lim to'g'risidagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.


Unga ko'ra, kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra muayyan taʼlim dasturida aniqlangan qoʻpol kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ushbu taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyatini davom ettirish va qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

❓ Bu nima degani?

Nodavlat oliygohlarining ta'lim yo'nalishlarida o'qitilayotgan o'quv dasturlarida qo'pol xatolar aniqlansa, uni to'g'irlash uchun muxlat beriladi. Mana shu muddatda ham kamchiliklar bartaraf etilmasa, ushbu yo'nalish butkul yopiladi. Yangi qabul amalga oshirilmaydi, mavjud kurs talabalari majburiy boshqa yo'nalishlarga o'qishlari ko'chiriladi. Ya'ni ushbu ta'lim yo'nalishida faoliyatni davom ettirishga yo'l qo'yilmaydi.

Ayni vaqtda bir nechta nodavlat oliygoh (ayniqsa dars soati 80 minutdan kam bo'lgan)larda mana shu kamchiliklar mavjud. Yil yakuniga qadar kamchiliklarni bartaraf etishlari keyingi faoliyatlari uchun maqbul variant hisoblanadi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tarbiya fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, pedagogika ta’lim fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash, ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.


✅ Ishlashi mumkin bo'lgan muassasalar:
➖ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➖ ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida;
➖ mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida;
➖ davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

✅ Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin:

👉 umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tarbiya fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
👉 o‘rta maxsus va professional ta’limda pedagogika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
👉 O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida laborant sifatida faoliyat yuritish kabi ishlari bilan shug‘ullanish;
👉 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
👉 mahallada yoshlar yetakchisi;
👉 ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib faoliyat olib borish
👉 umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, metodist sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.


🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Nomdor stipendiyalar soni 13 ta

📋 Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
➖ pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy;
➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;
➖ texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;
➖
tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;
➖
gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;
➖
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;
➖
tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;
➖
kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;
➖
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;
➖
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;
➖
Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
➖
barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

✔️ Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor.


🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
⚡️Jizzax davlat pedagogika universiteti 3,5 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ'ning xabar berishicha, Jizzax pedagogika universitetining Zarbdor tumanida joylashgan sirtqi boʻlim binosida tabiiy gazdan foydalanish holati koʻzdan kechirilganda, binoda oʻrnatilgan gaz uskunalarining quvvati gaz hisoblash uskunasining maksimal hisoblash quvvatidan ortiq ekani aniqlandi.

Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va dastlabki xulosalarga koʻra 3 milliard 520 million soʻmlik zarar hisoblandi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
Xalqaro talabalar uchun eng katta stipendiyalarni taqdim etadigan universitetlar

AQSH dunyodagi eng qimmat taʼlimga ega davlatlar qatorida. Amerikaliklar ko'pincha universitetda ta'lim olish uchun kredit olishadi. Bu xalqaro talabalar uchun oson emas, chunki norezidentlar uchun narxlar ancha yuqori. Ammo stipendiya tufayli siz xarajatlarning 100 foizini qoplashingiz mumkin.

1. Haverford kolleji, o'rtacha stipendiya - $76,600
https://www.haverford.edu

2. Vashington va Li universiteti, o'rtacha stipendiya - 75,605 dollar
https://www.wlu.edu

3. Wesleyan universiteti, o'rtacha stipendiya - $75,536
https://www.wesleyan.edu

4. Dartmut kolleji, o'rtacha stipendiya - $75,460
https://home.dartmouth.edu

5. Dyuk universiteti, o'rtacha stipendiya - $72,325
https://duke.edu

6. Amherst kolleji, o'rtacha stipendiya - $71,655
https://www.amherst.edu

7. Vassar kolleji, o'rtacha stipendiya - $71,036
https://www.vassar.edu

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi

"Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-309-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.

📑Qarorga ko‘ra, Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 seysmik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror qurilish sohasi  bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash;

🔹 tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.

🔹 boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

🔗 Institut faoliyati o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.

❗️Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va o‘z faoliyatiga mos ixtisosliklar bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Akkreditatsiyadan o'tmagan nodavlat oliygohlarning ayrim yo'nalishlari yopiladi

Ta'lim to'g'risidagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.


Unga ko'ra, kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra muayyan taʼlim dasturida aniqlangan qoʻpol kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ushbu taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyatini davom ettirish va qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

❓Bu nima degani?

Nodavlat oliygohlarining ta'lim yo'nalishlarida o'qitilayotgan o'quv dasturlarida qo'pol xatolar aniqlansa, uni to'g'irlash uchun muxlat beriladi. Mana shu muddatda ham kamchiliklar bartaraf etilmasa, ushbu yo'nalish butkul yopiladi. Yangi qabul amalga oshirilmaydi, mavjud kurs talabalari majburiy boshqa yo'nalishlarga o'qishlari ko'chiriladi. Ya'ni ushbu ta'lim yo'nalishida faoliyatni davom ettirishga yo'l qo'yilmaydi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#sarkazm
O'z fikrini bildirish - gap qaytarish!
Xo'p bo'ladi deb tursang bo'lgani.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍2
⚡️ Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Nizom bilan:

➖tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;

➖tyutorlarning huquq va majburiyatlari;

➖tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;

➖hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.

2025-yilda:
➖har bir kurs vakillaridan iborat “Kurs qo‘mitalari” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning muammolari va qiziqishlari doimiy o‘rganiladi;

➖talabalarning bildirgan fikrlari asosida “Muammolarni bartaraf etish dasturi” ishlab chiqiladi;

➖talabalar uchun maxsus ijtimoiy platforma va mobil ilovalar yaratiladi;

➖medialaboratoriyalar faoliyati tashkil etiladi;

➖“Yetakchi va faol talabalar maktabi” tashkil etiladi;

➖“Bir ziyoli — 10 talabaga ma’naviy ustoz” tizimi joriy etiladi;

➖musiqa va raqs ansambllari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

➖2025/2026-o‘quv yili davomida “O‘zbekiston Qahramonlari” darslari tashkil etiladi

2026-yilda:

➖“Amir Temur vorislari” sport ko‘rik-tanlovini o‘tkazish nizomi ishlab chiqiladi

➖har bir hududdagi bitta OTMda “Harbiy sport maydonchalari” tashkil etiladi;

➖tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash indikatorlari ishlab chiqilib, reyting tizimi joriy etiladi;

➖eng yuqori reytingga ega tyutorlarni rag‘batlantirish, eng past ko‘rsatkichli tyutorlarga jazo choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;

➖eng samarali faoliyat yuritgan tyutorlar xorijga tajriba almashish uchun yuboriladi;

➖tyutorlar faoliyatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi raqamli platforma yaratiladi.

Bundan tashqari, har yili “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:

Xusanov Azimjon Nozimjonovich — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʻlim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Azimjon Xusanov ma'lum muddat Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mirgatsiya agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Xodjayev Baxshillo Kamolovich Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori edi.

https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍3
⚡️ TALABA VA OʻQUVCHILAR UCHUN QISHKI TAʼTIL MUDDATLARI BELGILANDI!

Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda oʻquvchilarining joriy oʻquv yili uchun qishki taʼtil muddati tasdiqlandi.

❇️ Unga koʻra:

✳️  Qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
✳️  Oʻqishlar 2026-yil 12-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

❇️ ENG MUHIMI:

✳️ 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va oʻquvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yoʻl chiptalari sotuvi yoʻlga qoʻyiladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat auditi oliy maktabi tashkil etiladi

☑️ Farmonga ko'ra 2027 yil 1 yanvardan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishdan boshlab, loyihalarni foydalanishga topshirishga qadar barcha jarayonlar to‘liq raqamlashtiriladi. Bunda:

🔹 rivojlantirish dasturlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Kapital qo‘yilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimida elektron shakllantiriladi;

🔹 Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish “Shaffof qurilish” platformasida amalga oshiriladi;

🔹 buyurtmachi va pudratchilar o‘rtasida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalarni kelishish “Shaffof qurilish” platformasida ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida “Kapital qo‘yilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi.

📙 2026 yil 1 iyuldan avtomobil yo‘llari qurilish jarayonlari doirasida kosmik tasvirlar va dronlar yordamida qurilish hamda moliyalashtirish hajmlarini solishtirish asosida monitoring qilinadi.

🏛 2026/2027 o‘quv yilidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ta’lim yo‘nalishi shaklida Davlat auditi oliy maktabi tashkil etiladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍1
⚡️ RASMAN: Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo'ladi

Prezident farmoniga ko'ra, quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
↪️2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;
↪️2026-yilda: barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):  2-yanvar – juma;
↪️olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba.

Demak, quyidagi kunlarda rasman dam olish bo'ladi:


➡️31-dekabr (chorshanba);
➡️1-yanvar (payshanba);
➡️2-yanvar (juma);
➡️3-yanvar (shanba);
➡️4-yanvar (yakshanba).


🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy oliygoh talabalari soni 716 mingga yetdi

Bu haqida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma'lum qildi.

Yurtimizda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari 74 taga, ulardagi talabalar soni esa 716 mingga yetdi – deydi vazir


🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
😭4👍2
Xushxabar! Yana bir o‘quvchimiz Harvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga kirdi

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi!

Dilafro‘z 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Ayni damda u Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. Uning yutuqlari talaygina. SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja olgan.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍8
⚡️ Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

✅ Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi.

➖ Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.

❗️2026-yil 11-yanvar yakshanba dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
❓Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkaziladi?

✅ JAVOB:
2026-2027-o‘quv yilida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari quyidagi fanlar va ballar taqsimotida bo‘lib o‘tadi:

1️⃣ Oliy diniy ta’lim muassasalari (TII, Mir Arab, Imom Termiziy):

➖ Arab tili (test): 30 ta savol × 3,1 ball = 93 ball;
➖ Fiqh va aqoid (test): 30 ta savol × 2,1 ball = 63 ball;
➖ O‘zbekiston tarixi (test): 30 ta savol × 1,1 ball = 33 ball.

2️⃣ Hadis ilmi maktabi:

➖ Arab tili (test): 30 ta savol × 3,1 ball = 93 ball;
➖ Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki): 63 ball;
➖ O‘zbekiston tarixi (test): 30 ta savol × 1,1 ball = 33 ball.

3️⃣ O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari:

➖ Xorijiy til (test): 30 ta savol × 3,1 ball = 93 ball;
➖ O‘zbekiston tarixi (test): 30 ta savol × 2,1 ball = 63 ball;
➖ Ona tili va adabiyot (test): 30 ta savol × 1,1 ball = 33 ball.

Imtiyozlar va sertifikatlar:

🔹 B2 sertifikati: O‘rta maxsus muassasalarda xorijiy tildan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lganlarga imtihonsiz maksimal ball beriladi.
🔹 Magistratura: Toshkent islom instituti magistraturasiga Arab tili bo‘yicha kamida C1 darajadagi sertifikat talab etiladi.

🎓  Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
👍3