Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Murojaatlar botimizga shunday ko'rinishdagi xabarlar kelmoqda, "rostmi" deb!

Bunaqa yolg'on ma'lumotlarga ishonmanglar!!!

Yuqorida rasmiy qarorni berib o'tib ketdik!

@TalabaUz - talaba va abituriyentlar uchun ishonchli kanal💯👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali pinned «#RASMAN Davlar granti asosida tahsil oladigan talabalar diqqatiga! ✅1-kursga qabul qilingan talabalarga 2019-2020 o'quv yili 1-semestr yakuni bo'yicha fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichlari ma'lum bo'lgunga qadar, stipendiyaning bazaviy miqdorida oylik…»
​​​​Toshkentda Markaziy Osiyolik talabalar uchun mo‘ljallangan universitet tashkil etiladi

Oliy va o‘rta maxsus vazirligi Shinxan universiteti (Koreya Respublikasi) bilan Toshkent shahrida universitetning filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kelishuvga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Shinxon universiteti filiali ish boshlaydi. Birinchi bosqichda universitetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:

👉 Hamshiralik ishi;
👉 Xalqaro turizm menejmenti;
👉 Yangi to‘qimachilik materiallari texnologiyasi.

Toshkent shahridagi Shinxan universitetida dastlab o‘zbekistonlik yoshlar tahsil oladi. Keyinchalik universitetga qo‘shni davlatlar, xususan Markaziy Osiyolik yoshlarni ham qabul qilish choralari ko‘riladi.

© Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir bor ekan bir yo'q ekan. Yaqin bir zamonda, "4" baholik grantda, "5" baholik grantda va kontraktda o'qiydigan talabalar yig'ilishibdi. Shundan so'ng....😁😁

Qolganini videoda ko'rib olarsiz...

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#stipendiya_masalasi

Bahs davom etmoqda)

TATU talabasi - Izzatho'ja Asomiddinovga javob berdi...

Nima sababdan Izzatho'ja Asomiddinovni "G'o'ddaygan" deya baholadi?

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#obunachimizdan
#Stipendiya_masalasi

《Telegram kanallarida baxs munozaralarga sabab bo'layotgan kontrakt va stipendiya summasi yuzasidan barcha talabalarga shu post orqali yuzlanmoqchiman.

Bu borada katta bir O'zbekiston talabalaridan tarkib topgan guruhlar ham shakllangan ekan. Bularning maqsadi esa kontrakt va stipendiya ekanligi BULARNING DARDLARI stipendiya ya'ni PUL ekanligi achinarli hol. Bu esa UYAT. Izzatxo'ja Asomiddinovga ham qoyil qolmadim. Ikki tomonlama ikki xil fikr bilan talabalar orasidagi munozaralarni kuchayishiga sababchi bo'ldi.

Kecha kimdir audio murojat bilan Izzatxo'ja Asomiddinov ga G'O'DAYGANSIZ degan gapiga na kulgiz keladi na yig'lagiz. Baqirib chaqirib chiqqan munosabatiga achindim. Yana guruh sardori ekan. Afsus oliy ta'limga qanaqa kelajak "oqsuyaklari" yig'ilgan ekan. RIZQni berguvchi ALLOH.. Kim aytadiki bizni MUSULMON deb. Dinda ham aytiladi sizni boshqarayotganlarga ITOAT qiling deb. Sizlar kimsizlarki janob "TALABALAR" telegramda kanal guruhlar tuzib hukumat qaroriga norozichilik bilan chiqib mutasaddilar ortidan turli xil fikr bildirgani. Men ham sizlar qatori talabaman. Grand asosida tahsil olaman. Yozgi smestrni 5 bahoga yopganman. Lekin 750000 stipendiyamning 400000 bolib qogani meni zarracha hafa qilmadi ham havotirga ham solmadi. Chunki meni bilimim u pul bilan o'lchanmaydi. O'sha stipendiyani olmagan taqdirimda ham men yashay olaman.

Axir 1 so'msiz pul to'lamasdan davlat budjeti hisobiga o'qiyapmizku. Hukumat tayinlagan 400ming stipendiyaga noshukrlik qilayapmiz bu no'nko'rlik emasmi? Men o'ylagandimki budjetdagilarga stipendiyasiz bo'lib qolsa kerak deya. Agar shunday bo'lgan taqdirda ham ajablanmasdim ham afsuslanmasdim ham.

Stipendiyasiz ham kun kechirsa bo'ladi. Bu gapimdan boy bo'lsa kerak stipendiyasiz deya baralla gapiryapti dersiz. Lekin men ham oddiy bir o'rta hol oila farzandiman. Otam ham onam ham davlat ishida ishlamaydi. Hech qanday tadbirkor ham emas. Ma'lumoti ham o'rta. Lekin oilada 3 nafar farzand bo'lsak uchchalamiz ham oliy ta'limda o'qiymiz. Opam ham ukam ham kontraktda o'qiydi. Mana ALLOHga shukr hamma qatori yashayapmiz. To'g'ri kontrakt bir qancha muammo tug'dirishi mumkin edi. Lekin stipendiyasiz yoki oyma-oy to'lash mumkinligi juda katta yordam bo'ldi. Opam ham ukam ham a'lo bahoga o'qishadi. Stipendiyani bir xil qilib belgilanganligi umuman tashvishlantirmadi. Aksincha hursand bo'ldik. Eng asosiysi KORRUPSIYA degan balodan qutilamiz. Necha minglab talabalar vijdonan ta'n olsin sessiyani pul bilan yopadi. Aslida hamma ayb hukumat qarorlarida emas. Hamma ayb dangasa bilimsiz talaba sening o'zingda, ustoz deya ulug' nomga dog' tushurayotgan ey poraxo'r "USTOZ" senda. Hukumatning PREZIDENTNING niyati bitta. U ham bo'lsa korrupsiyani yo'q qilish.
Korrupsiya bizlarning qon qonimizga singib, jamiyatga tomir otib ulgurgan. Ayniqsa oliy ta'limda. Stipendiyaning bir xilliga o'sha korrupsiyani bir muncha yo'qolishiga yordam berar.
Sessiyada qanchadan qancha korrupsiya pullari o'z egalarini topadi. Ko'zingni och talaba, ustoz. Sen berayotgan va sen yeyayotgan o'sha pul harom. Ikki tomon ham aybdormiz bu uchun. Hali bunga javob berishimiz ham bor.
Undan ko'ra xalqqa , ajdodlarga , Prezidentga , ota onamizga mos farzand bo'laylik. Hukumat qarorini qo'llab-quvvatlab rioya qilaylik. Bu ketish bo'lsa jamiyat tanazzulga uchrashi ham hech gap emas. Chunki birdamlik yo'q joyda nizo ,fitna yuzaga keladi.

Nima bo'lganda ham hukumat qarorini qo'llab quvvatlayman.

Undan ko'ra bilimimizni kuchaytiraylik. Mutahasislikni yaxshi o'raganib kelajakda o'z o'rnimizga ega kadr bo'laylik. 1-2-3 balki 4 yildir baribir tamomlab ketamiz. 4 yillik vaqt o'tadi ketadi. Ana shu vaqt davomida kerakli narsalarga sarflaylik qimmatli vaqtlarimizni. Gapim so'ngida buyuklarimizning gapini sizlarga ham eslatmoqchi bo'ldim:》

"MENGA BIR KAMON BERING. TAFAKKURDAN, IYMONDAN BO'LSIN O'QLARI. N A F S I M N I NISHONGA OLAY!!!!!"

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​Telegram’да нотаниш
контактлар пайдо бўляптими?
Бартараф этамиз


Айрим ҳолларда Telegram фойдаланувчилари шундай муаммога дуч келишади: контактлар сафидан аллақачон ўчириб юборилган, баъзан эса ҳатто умуман нотаниш контактлар пайдо бўлиб қолади. Қуйида шу муаммонинг юзага келиш сабабларини ва ундан қутулиш йўлларини кўриб чиқамиз.

Нега шундай бўлади?

Мессенжер орқали «Фалончи ҳам Telegram’га қўшилди» қабилидаги хабарлар сизга ҳам келгандир, ҳойнаҳой. Баъзан умуман нотаниш контактлар смартфоннинг «Телефон китобчаси», яъни қурилманинг ўзидаги контактлар рўйхати билан синхронлашади; бу ҳолат  iOS-гаджетларда ҳам, Android-девайсларда ҳам учрайди.

Булинг сабаби шундаки, Telegram тизими ҳар бир аккаунт учун ўз серверида телефон рақамларининг махфий рўйхатини сақлаб қўяди. Улар SIM-картадан, «Телефон китобчаси»дан, бошқа мессенжерлардан, Google ва Apple ID аккаунтларидан кўчириб олинади.

Нимага керак бу?

Telegram’га янги фойдаланувчи қўшилганида, мессенжер бу ҳақда у билан «боғланган» барча аккаунт эгаларини хабардор қилишни кўзда тутади. Бир қарашда ғалати туюлса-да, мазкур мессенжерни энди ишлата бошлаганлар ўзларининг таниш-билишларини Telegram’да ҳам тезда топиб олишлари учун бу керак.

Хуллас калом, Telegram’да «бегона» контактлар қуйидаги ҳолларда пайдо бўлади, яъни, иккита аккаунтнинг контактлари бир-бирига ўтиб қолади:

ўрнатилган смартфон ёки планшетга бошқа SIM-карта қўйилса;

Мазкур мессенжер ўрнатилган қурилмада бошқа бировнинг Telegram’даги, Google ёки Apple ID’даги аккаунти орқали кирилса;

Сиз бошқа бир девайсда ўз Telegram-аккаунтингизга кирсангиз.


Қандай қутулса бўлади?

Telegram серверидаги махфий рўйхатни тозалашнинг кескин усули – ўз Telegram-аккаунтингизни ўчириб юборишдир. Шунда ҳаммасидан биратўла қутуласиз.

Лекин бундай қилишни тавсия этмаймиз, зеро, ортиқча контактлардан қутулишнинг осонроқ йўллари ҳам бор. Бунинг учун, смартфонингизнинг операцион тизимига боғлиқ ҳолда, қуйидаги усуллардан бирини қўллашингиз мумкин.

iOS тизимли девайслар учун контактларни сервердан ўчиришнинг содда усули: Telegram’нинг бош саҳифасини очасиз. «Шестерняча» шаклидаги созламалар белгичаси устига тез-тез 10 мартадан кўпроқ босасиз. Очилган менюда «Сервердаги контактларни тозалаш» («Reset Server Contacts») опциясини танлайсиз.

Android тизимли гаджетлар учун Telegram-контактларни сервердан ўчиришнинг осон йўли: клиентни очиб, бош менюни босасиз. «Шестерняча» шаклидаги белгичаси орқали созламаларга ўтасиз ва энг охиригача тушасиз. Шу ерда Telegram’нинг версияси ҳақидаги хира рангли ёзув бор, ўшанинг устига озроқ вақт – вибрацияли сигнал бўлгунича босиб турасиз. Кейин уни қўйиб юборасиз ва иккинчи марта ҳам худди шунча вақт босиб турсангиз, «Тузатиш менюси» («Меню отладки») сарлавҳали ойнача чиқади.

Ундаги «Контактларни қайта юклаш» («Перезагрузить контакты») бандини, кейин эса – «Импорт қилинган контактларни бекор қилиш» («Сбросить импортированные контакты») бандини танлайсиз.

Айримларини танлаб ўчириш ҳам мумкин

Telegram’га қўшилиб қолган контактларнинг ҳаммасини бирваракайига эмас, балки улар орасидан айримларини танлаб ўчириш керак бўлса, бунинг учунhttps://web.telegram.org/ манзили орқали мессенжернинг веб-версиясини очишингиз керак бўлади.

Унинг юқори чап бурчагида жойлашган, учта горизонтал чизиқча шаклидаги меню тугмачасини босасиз. «Контактлар» («Contacts») бандини танласангиз, ойнача шаклида контактлар рўйхати чиқади. Шу ойначанинг юқори ўнг томонидаги «Таҳрирлаш» («Edit») тугмачасини босасиз, сўнг битта-битта танлаб, пастки ўнг бурчакдаги «Ўчириш» («Delete») тугмачасини босасиз – вассалом!

КАНАЛГА УЛАНИШ👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#РEПОСТ

Суратдаги отахон бугун "Минор" масжидига пешин НАМОЗИНИ ЎҚИШГА КEЛГАНЛАРИДА мазалари қочиб, оғир аҳволга тушиб қолибди.

ТЕЗ ЁРДАМ ЧАҚИРИБ 17-ШИФОХОНАГА ОЛИБ КEТИШДИ.

ИСМЛАРИДАН БОШҚА ҲEЧ НАРСАНИ ЭСЛОЛМАЯПТИ.

ИСМ-ФАМИЛИЯСИ ЖЎРАЕВ ТОЙИРЖОН ЭКАН.

Сизлардан илтимос,
ШУ ОТАХОННИНГ ЯҚИНЛАРИНИ БИЛАДИГАНЛАР БЎЛСА, ХАБАР БEРИБ ҚЎЙИНГЛАР.

Мурожаат учун:
+998 93 5564227
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab abiturientlar 2 bosqichda test sinovi topshirishadi:

✅ 1 bo‘limda majburiy 3ta fan:
— Ona tili va adabiyoti;
— O‘zbekiston tarixi;
— Matematika;

1 bo'limda sertifikat beriladi va shu sertifikat ikkinchi imtixon uchun yo'llanma vazifasini bajaradi .Bu sertifikat 3 yil amal qiladi

✅ 2 bo‘limda tanlagan 2ta mutaxassislik fanlaridan test topshiradi.

💥💥Eslatma: Abituriyent Majburiy fanlarning har biri uchun yetarlicha foizda ball to'play olishi kerak. Agarda yetarlicha foizda ball to'play olmasa, Asosiy imtixonlarga qoyilmaydi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tezkor Diqqat ❗️Iltimos faqat tezroq!

Yaqin ortogimizga 4-guruh (+ bolsa yanayam yaxshi) qoni juda zarur... Hozir axvoli juda ogir 4 - guruh qoni topilmayabdi .😔Boshqa qon gruppalarni qoyib kordik lekin tasir qilmayabdi kirishib ketishi qiyin bolyabdi.Iltimos savob yolida yordam beringizlar... Hech bo`lmaganda shu iltimosimizni barcha guruh va kanallarga tarqatishda yordam beringlar!!!
Murojaat uchun tel.: +998 94 466 44 14
​NamDUda Rossiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma tibbiyot fakulteti ochildi

Namangan davlat universiteti tarixida ilk marotaba xorijiy davlat OTM bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etildi. Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Yekaterinburg shahri Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma tibbiyot fakulteti ochildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Yangi qo‘shma fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlanadi:

👉 davolash ishi;
👉 pediatriya;
👉 stomatologiya;
👉 farmatsevtika.

Qo‘shma tibbiyot fakultetida talabalar 5 yil tahsil olishadi.

O‘qishning dastlabki ikki bosqichi Namangan davlat universitetida, qolgan 3 ta bosqich Ural davlat tibbiyot universitetida olib boriladi.

Bitiruvchilarga ikkita davlatda ham tan olinadigan ikki hamkor universitetning diplomi beriladi.
©@eduuuz

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
⚡️Super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda🤗

Yaqinda qabul qilinishi rejalashtirilayotgan Davlat qabul komissiyasi qarori bilan, super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda ekan.

Bunga sabab super-kontrakt narxlari stipendiyasiz to‘lanadigan kontrakt miqdoriga nisbatan belgilanar ekan.

Shunchaki misol uchun:

O‘tgan yili super-kontrakt miqdori 11 mln so‘mning 15 barobari, ya’ni 165 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, joriy yilda 1 yillik stipendiya miqdori (4,8 mln so‘m) chegirib tashlanib, 6 mln 200 ming so‘mning 15 barobari, ya’ni 93 mln so‘m etib belgilanadi.

Boshqacha aytganda super-kontrakt miqdorlari quyidagicha arzonlashadi:

10 barobarda - 48 mln so‘mga;
15 barobarda - 72 mln so‘mga;
20 barobarda - 96 mln so‘mga;
25 barobarda - 120 mln so‘mga.


Faqat birgina jihati, joriy yildan boshlab Davlat qabul komissiyasi super-kontraktning faqat minimum miqdorini belgilab beradi, OTMlar shu minimumdan kam bo‘lmagan holatda super-kontrakt narxini o‘zlari mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ladi.
©@Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali pinned «⚡️Super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda🤗 Yaqinda qabul qilinishi rejalashtirilayotgan Davlat qabul komissiyasi qarori bilan, super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda ekan. Bunga sabab super-kontrakt narxlari stipendiyasiz to‘lanadigan…»
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
✅Россиядаги 26та ОТМ талабалари ўқишини Ўзбекистонга имтиҳонсиз кўчириши мумкин

✏️27.04.2019 йилдаги Вазирлар Маҳкамасининг 360-сонли қарори билан талабалар ўқишини кўчириш тартибига ҳам ўзгариш киритилди.

✏️Хусусан, халқаро тан олинган ташкилотларнинг ОТМлар рейтингида биринчи 1000 талик рўйхатидан жой олган Россия Федерацияси ОТМларида таълим олаётган талабаларнинг аризаларига мувофиқ уларнинг ўқиши Ўзбекистон ОТМларига синовларсиз, яъни тест, ёзма ишсиз тўлов-контракт асосида кўчирилиши белгиланди.

✏️Демак, янги тартибга кўра, эндиликда TOP-1000 дан жой эгаллаган Россиядаги ОТМларда таҳсил олаётган талабалар ҳеч қандай тўсқинликларсиз, қўшимча имтиҳонлар топшириб ўтирмасдан, шунчаки ариза бериш орқали ўқишини юртимизга кўчиришлари мумкин.

✏️«Россиядаги қайси ОТМлар TOP-1000 таликка кирган?» деган савол кўпчиликни қизиқтириши табиий албатта. Шуни инобатга олиб, бизда тан олинадиган QS, ARWU ва THE халқаро рейтингларида кучли 1000 таликка кирган Россия ОТМлари рўйхатини шакллантириб чиқдим. Унга кўра, Россиянинг қуйидаги 26 та ОТМларидан ўқишни имтиҳонсиз кўчириш мумкин бўлади:

1. Bauman Moscow State Technical University
2. Far Eastern Federal University
3. Higher School of Economics (HSE University)
4. ITMO University
5. Kazan (Volga region) Federal University
6. Lobachevsky State University of Nizhni Novgorod
7. Lomonosov Moscow State University
8. MEPhI (Moscow Engineering Physics Institute)
9. Moscow Institute of Physics and Technology (MIPT / Moscow Phystech)
10. Moscow State Institute of International Relations (MGIMO University)
11. Moscow State University
12. Novosibirsk State Technical University
13. Novosibirsk State University
14. Peter the Great Saint-Petersburg Polytechnic University
15. Plekhanov Russian University of Economics
16. RUDN University
17. Saint Petersburg State University
18. Samara National Research University (Samara University)
19. Samara State Aerospace University
20. Saratov State University
21. Southern Federal University
22. The National University of Science and Technology MISIS
23. Tomsk Polytechnic University
24. Tomsk State University
25. Ural Federal University - UrFU
26. Voronezh State University

Маълумот ўрнида: юқоридаги рўйхат ҳар йили қайта тасдиқланади (кўпайиши ёки камайиши мумкин).
Ⓜ️@xushnudbek

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Yangi o‘quv yili uchun «super-kontrakt» tartibi haqida nimalar ma’lum?

Bu haqida kun.uz sayti xabar berdi.
Ayni kunlarda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kira olmaganlardan oshirilgan kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga qabul qilinish uchun OTM rektorlari nomiga arizalar qabul qilinmoqda. Belgilangan tartibga ko‘ra, abituriyentlar oshirilgan kontrakt asosida qo‘shimcha qabulga kirish uchun test natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab 1 oy ichida ariza berishlari kerak. Shu bois, o‘qishga kirish istagida bo‘lganlarda oshirilgan kontrakt tartibi bo‘yicha ko‘plab savollar tug‘ilmoqda.

Oshirilgan kontrakt asosida OTMlarga qo‘shimcha qabulning joriy o‘quv yili uchun tartibi, to‘lov summalari hali rasman ma’lum qilinganicha yo‘q. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shimcha qabulning 2019 ─ 2020 o‘quv yili uchun tartibi 15 oktyabr sanasiga qadar ma’lum qilinadi. («Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari OTMlar tomonidan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritilishi kerak. Qo‘shimcha qabul bo‘yicha qaror 20 oktyabr sanasiga qadar qabul qilinadi).

Hozircha oshirilgan kontrakt borasida quyidagilar ma’lum:

Oshirilgan kontrakt to‘lovini ikkiga bo‘lib amalga oshirish mumkin. Ilgari super-kontrakt uchun belgilangan summaning hammasini bir martada to‘lash talab etilar edi. Joriy o‘quv yilidan boshlab oshirilgan kontrakt summasini ikkiga bo‘lib to‘lash imkoni beriladi.

Super-kontrakt uchun ham ta’lim krediti ajratiladi. Talabalarga kontrakt to‘lovini to‘lashda qulaylik yaratish uchun beriladigan ta’lim krediti oshirilgan kontrakt asosida o‘qiydiganlar uchun ham tatbiq etilishi kutilmoqda. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov to‘lov-shartnoma asosida o‘qishning yangi tartibiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilgan edi.
Stipendiyasiz to‘lov oshirilgan kontrakt uchun ham amal qiladi. 2019 yil sentyabr oyidan boshlab kuchga kirgan stipendiyasiz to‘lov (bunda kontraktning umumiy summasidan oylik 400 ming so‘mlik stipendiyaning bir yillik summasi chegirib qolinadi) shakli oshirilgan kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlar uchun ham amal qiladi. Oshirilgan kontrakt uchun stipendiyasiz kontrakt miqdori ─ 6 million 200 ming so‘m asos qilib olinadi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;

1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2 barobar;

2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;

3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3 barobar.

Kirish imtihonlarida Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal balldan (56,7) kam bo‘lmagan ball to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan 25 baravarigacha to‘lovni amalga oshirishadi.
Imtihonda Davlat komissiyasi belgilagan minimal balldan (56,7) kam ball yig‘gan abituriyentlar amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 baravariga teng bo‘lgan summani to‘lash orqali o‘qishga qabul qilinishlari mumkin.

Oshirilgan kontrakt asosida o‘qish uchun faqat birinchi yo‘nalishni tanlash mumkin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashevning ma’lumot berishicha, o‘qishga kira olmagan abituriyent o‘zi imtihon topshirgan, lekin kira olmagan uchta yo‘nalishning faqatina birinchisiga oshirilgan kontrakt asosida qabul qilinish uchun ariza topshirishi mumkin.

✅Ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlar uchun oshirilgan kontrakt asosida qabul qilinmaydi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SHOK
#TEZKOR

TATU talabasi Prezidentga murojaat qilib chiqdi.

Unga tahdid qilgan kimsa agar stipendiya va kontrakt masalasini to'xtatmasa ota- onasini ishdan bo'shatishini va yo'q qilib yuborishini aytib o'tgan!

P/S: @TalabaUz ma'muriyati hech qanday ma'suliyatni o'z zimmasiga olmaydi! Holisona yondashuv va bir insonni hayoti haqida gap ketmoqda!

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tongi_kayfiyat

Falsafa fanidan imtixon bo‘lyapti...
Talaba: Domla keling yaxshisi men sizga bir savol beraman, topsangiz zachyotkamga bahoimni qo‘ymaysiz, topolmasangiz 5 baho qo‘yib berasiz.
O‘qituvchi: Ho‘p, eshitaylikchi...
Talaba: Nima qonuniy-yu, mantiqiy emas, nima mantiqiy-yu, qonuniy emas, nima qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas?
O‘qituvchi savolga javob berolmay bahosini qo‘yib berdi.
O‘qituvchi: Qani endi javobni o‘zingizdan eshitaylikchi...
Talaba: Siz xotiningiz bilan ZAGSdan o‘tgansiz — bu qonuniy, lekin siz 70 yoshdasiz, xotiningiz 20 yoshda — bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Sizning xotiningizni jazmani bor — bu mantiqiy, lekin qonunga xilof ish qilyapti — bu qonuniy emas. Siz hozirgina o‘sha xotiningiz jazmaniga baho qo‘yib berdingiz — bu qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas.


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Келаси йилдан тестда бериладиган ​​мажбурий фанлар (тарих, математика, она тили ва адабиёти) таклифи хориж тажрибасидан олинган.

ДТМ келтирган айрим фактларни эътиборингизга хавола этамиз

Абитуриент олий таълим муассасасига киришда:

🇱🇷 АҚШда 3 та қўшимча фанлар (математика – мажбурий фан сифатида);

🇰🇷 Жанубий Кореяда – 4 та фан (она тили, математика, инглиз тили -мажбурий фан, 1 та касб билан боғлиқ фан);

🇷🇺 Россияда 3 ёки 4 та фан (рус тили ва математика мажбурий фан);

🇨🇳 Хитойда 3 та+бир нечта (хитой тили ва адабиёти, математика, чет тили – мажбурий фан, битта ёки бир нечта касб билан боғлиқ фанлар);

🇹🇷 Туркияда 1-босқичда 10 та фан мажбурий, 12 та фан (танланма асосида) (мажбурий фанлар таркибидаги математика ва турк тили асосий ҳисобланади);

🇰🇿 Қозоғистонда 5 та фан (3 та мажбурий: математика, қозоқ тили (рус тили), Қозоғистон тарихи);

🇦🇿 Озарбайжонда 5 фан (математика ва она тили - мажбурий фан сифатида) топширади.

Эътибор берилса барча ривожланган ва ривожланаётган мамлакатларда олий таълим муассасасига кириш имтихонлари фанлари мажмуасига математика фани ҳамда ўша мамлакатнинг тили ва тарихи киритилган. Бу фанлар, албатта, абитуриентнинг фикрлаш доирасини кенгайтиришга ҳамда саводхонлигини оширишга хизмат қилади.

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#REPOST

Tarqatishda yordam beringlar...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga nomzodlar uchun test sinovi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabridagi 226-sonli “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2019-2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bakalavr va magistrlar tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga tavsiya etilgan nomzod talabalar uchun joriy yil 19-sentabr kuni test sinovlari o‘tkaziladi.

Nomzodlar “O‘zbekiston tarixi”, “Axborot texnologiyalari” va “Xorijiy tillar” fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadilar.

Bugungi kunda Davlat test markazida mazkur fanlar bo‘yicha test savollari bazasini shakllantirish va test topshiriqlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda generatsiyaga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

©Davlat test markazi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA