Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#RASMAN

Ertaga, 1-oktyabr O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan darslar BO'LMAYDI va DAM OLISH kuni etib belgilangan!

Zaruriy eslatma: bugun "barcha" o'qituvchilarni tabriklab qo'yish esdan chiqmasin. Sessiya yaqin😁(hazil)

Talabalarga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
​​Супер-контракт нархини қандай ҳисоблайман?

Жуда кўпчиликнинг мурожаати деярли бир хил мазмунда: «1 балл етмай қолди, қанча тўлайман», «10 балл етмай қолди, қанча тўлайман», «60 балл тўплаганман, қанча тўлайман» ва ҳ.к.

Супер-контракт нархи минимум қанча бўлишини исталган инсон ўзи мустақил ҳисоблаб олиши мумкин, бунинг учун етарли барча маълумотлар эълон қилинган. Фақат озгина ҳафсала керак холос.

Шундай бўлса-да, супер-контракт миқдорини қандай ҳисоблаш йўлини яна бир бор тушунтиришга ҳаракат қиламан.

❗️Энг аввало бир нарсани ёдда тутинг, супер-контрактнинг энг аниқ миқдорини фақат ва фақат ўзингиз ҳужжат топширган ОТМ қабул комиссияси орқали билишингиз мумкин. Чунки жорий йилдан ОТМлар мустақил нарх белгилай олади ва давлат шунчаки минимум миқдорини тасдиқлайди холос. Интернетда «менга қанча бўлади, унга қанча бўлади» дегандан кўра, ОТМ билан боғланиб, аниғини билиб олинг.

Энди минимум миқдорлар ҳақида.

Жорий йилда супер-контракт нархи кундузги таълим шаклида стипендиясиз тўлов-контракт миқдоридан ҳисобланадиган бўлди (сиртқи ва кечкида шундоқ ҳам стипендия йўқ). Демак, қуйида илова қилинган жадвалда кўрсатилган контракт суммасини супер-контракт баробарига кўпайтиришингиз керак.

Шунингдек, 3 та тоифадан қайси бирига тааллуқли эканлигингизни ҳам аниқлаб олишингиз керак.

1-тоифа: кириш чизиғига 4 баллгача етмай қолган абитуриентлар

Бунда қуйидаги шкала амал қилади:

1 баллгача етмаса - 1,5 баробар;
1.1 баллдан 2 баллгача етмаса - 2 баробар;
2.1 баллдан 3 баллгача етмаса - 2,5 баробар;
3.1 баллдан 4 баллгача етмаса - 3 баробар.

Масалан, математика йўналишида 1,5 балл етмай қолди дейлик. Бундай вазиятда ўша абитуриент 2 баробар тўлайди. Жадвалга қарасак, математика йўналишида контракт нархи 5.992.960 сўм. Демак, математика йўналишига 1,5 балл етмай қолган абитуриент 11 млн 985 минг сўм супер-контракт тўлайди (2 x 5.992.960).

2-тоифа: кириш чизиғига 4 баллдан ортиқ етмай қолган ва ўзи 56,7 дан кўп балл тўплаганлар

Бундай абитуриентлар супер-контракт учун йўналишига қараб пастдаги жадвалда кўрсатилган оддий контрактнинг минимум 10, 15, 20, 25 баробарини тўлайди.

Масалан, иқтисод йўналишига кириш бали 150 балл бўлди дейлик. Абитуриент 70 балл тўплади. Демак, унга 4 баллдан ортиқ етмай қолган, ўзи ҳам 56,7 баллдан кўпроқ тўплаган. Иқтисод йўналишига минимум супер-контракт 15 баробар этиб белгиланган. Оддий контракт эса 8.532.480 сўм.

Хулоса: иқтисод йўналиши учун супер-контракт минимум 127 млн 987 минг сўм (15 х 8.532.480).

3-тоифа: 56,7 баллдан кам тўплаганлар

Бундай абитуриентлар ҳам супер-контрактда ўқиши мумкин, фақат камида 2-тоифадагилар тўлайдиган сумманинг 2 баробарини тўлашади. Масалан, абитуриент иқтисод йўналишига топшириб, 40 балл тўплаган, яъни 56,7 баллдан кам. Демак, у камида 255 млн 974 минг сўм тўлаши керак (2 х 127.987.200).

Хуллас, Сиз ўзингиз тўплаган балл асосида камида қанча супер-контракт тўлашингизни бемалол ўзингиз ҳисоблаб кўришингиз мумкин.

Сўзим сўнггида яна қайтараман, аниқ суммани фақат ОТМ орқали била оласиз. Супер-контракт тўлашнинг қолган техник ва ташкилий томонларини ҳам ОТМлардан аниқлаштиринг.
@xushnudbek

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Faqat KONTRAKTni oshirish yo'li bilan sifatli oliy ta'limga erishib bo'ladimi?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Асқад Мухторнинг вафот этган йилини аниқланг.

А)1997
В)1996
C)2004
D)Абитуриентда нима айб???


Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Qo‘qon universitetiga qabul test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2019-yil 30-sentabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zko‘rgazmasavdo” MCHJ pavilonida Qo‘qon universitetiga qabul test sinovlari o‘tkazildi.
Test sinovlarida vodiy viloyatlaridan tashqari hududlardan hujjat topshirgan abituriyentlar ishtirok etdilar.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etildi.
Jarayonga ishtirok etishi rejalashtirilgan 2167 nafar abituriyentdan 1392 nafari qatnashdi, 775 nafari kelmadi, belgilangan tartibni buzganligi sababli, 1 nafar abituriyent chetlatildi.

❕Eslatma: Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari 3-4 oktabr kunlari Farg‘ona shahar olimpiya zahiralari kolleji va Farg‘ona davlat universitetining sport majmui binolarida bo‘lib o‘tadi.

Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz.

Do'stlarga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ustoz va murabbiylar kuni bilan qutlaymiz!

Zahmatkash yurtdoshlar, mehribon ustoz va murabbiylar, jamoamiz ahli!
@TalabaUz kanali ustoz va murabbiylar kuni bilan barchangizni qizg‘in muborakbod etadi.

Ta'lim-tarbiya sohasida jonajon yurtimiz ravnaqi uchun yuksak salohiyatli kadrlarni tayyorlashdek savobli, shu bilan birga, og‘ir mehnat yo‘lingizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin. Kelajakda beminnat xizmatlaringizning totli mevalarini ko‘rish nasib etsin!

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ustozlar!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#bayram_kayfiyati

Rahmatli qiziqchi Hojiboy Tojiboyev - O'qituvchilar haqida 😂😂

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#BU_QIZIQ

O’qituvchilar eng ko’p maosh oladigan davlatlarni bilasizmi?

O’qituvchilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, chunki mamlakat farovonligi bevosita bog'liq bo'lgan xalqning savodli bo'lishi uchun poydevorni aynan o'qituvchilar qo'yishadi. Ayrim mamlakatlarda o'qituvchilarning davlat rivoji uchun qo'shayotgan hissalari yuksak qadrlanadi va ularga yaxshi maosh to'lanadi.

Quyida o'qituvchilar yiliga eng ko'p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin.

17. Fransiya —31,421.49 dollar
Fransiyada ycole maternelle deb ataluvchi maktabgacha ta'limdan keyin majburiy ta'lim tizimi uchta: ycole, collige va lycye bosqichlariga bo'lingan.

16. Portugaliya — 32,563.75 dollar
Portugaliyada maktabgacha ta'limdan oliy ta'limgacha bo'lgan davrda ta'lim olish uchun davlat yoki xususiy ta'lim muassasasidan birini tanlash mumkin.

15. Kosta-Rika — 33,519.29 dollar
Kosta-Rikada o'quvchilar oilalari orasidagi iqtisodiy tafovut ajralib turmasligi uchun barcha maktab o'quvchilari bir xil libosda yurishlari shart.

14. Shvetsiya — 36,766.81 dollar
Shvetsiyada majburiy maktab ta'limi to'rt: maktabgacha, kichik, o'rta va katta ta'lim bosqichlariga bo'linadi.

13. Avstriya —37,122.44 dollar
Avstriyada 9 yillik majburiy bepul ta'lim tizimi joriy etilgan.

12. Finlyandiya — 37,728.28 dollar
Finlyandiyada bolalar 7 yoshga to'lganidan keyin maktabga qabul qilinadi.

11. Kanada — 39,071.90 dollar
Bu yerda bolalar 16 yoshgacha maktabga kelishga majbur bo'lib, Manitoba, Ontario va Nyu-Bransuikda ta’lim olish 18 yoshgacha majburiy hisoblanadi.

10. Niderlandiya — 39,098.02 dollar
Niderlandiyada asosiy ta’lim tili golland tili bo’lsa-da, aksariyat maktab va universitetlar ingliz tilida ta’lim berishga o’tmoqda.

9. Avstraliya — 40,762.47 dollar
Avstraliyada uch turdagi maktablar mavjud: davlat maktablari, katolik maktablari va mustaqil yoki xususiy maktablar.

8. Ispaniya — 41,886.99 dollar
2008-yilgi moliyaviy inqiroz sababli hozirda Ispaniya Yevropada ishsizlik ko'rsatkichi bo'yicha eng yuqori o’rinda turadi.

7. Meksika — 42,816.51 dollar
Meksikada aksariyat bolalar boshlang'ich maktabga borishadi, ammo 2011-yilda atigi 62 foiz bola o’rta maktabga kirgan.

6. AQSh — 43,556.76 dollar
2011-yilda AQShda 3 yoshli bolalarning yarmi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnagan bo’lsa, Yevropada bu ko’rsatkich 90 foizni tashkil etgan.

5. Daniya — 46,784.11 dollar
Daniyada ta’lim olish bepul bo’lib, bu yerda 9 yillik majburiy ta’lim joriy etilgan.

4. Norvegiya — 47,313.23 dollar
Norvegiyada emigrantlarning farzandlari uchun ta’lim ikki tilda olib boriladigan maktablar faoliyat ko’rsatadi.

3. Germaniya — 61,418.47 dollar
Nemis oilalaridagi bolalarning aksariyati davlat maktablarida o’qishadi.

2. Shveysariya — 69,704.74 dollar
Shveysariyada 26 ta kanton majburiy ta’lim tizimi uchun mas’ul hisoblanadi.

1. Lyuksemburg — 79,129.67 dollar
Lyuksemburgda ta’lim uchta tilda: lyuksemburg, nemis va fransuz tillarida olib boriladi.

O'zbekistonda esa taxminan 4000-5000$ 🤦‍♂(yiliga)

Kanalga ulaning👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
@TalabaUz da so'rovnoma: Green Card o'ynaganmisiz?
anonymous poll

Yo'q, o'ynamaganman – 703
👍👍👍👍👍👍👍 34%

Ha, doim (4-5 yildan beri) o'ynayman – 631
👍👍👍👍👍👍 31%

Bu yil o'ynab ko'rmoqchiman – 539
👍👍👍👍👍 26%

Green Card nima u? – 170
👍👍 8%

👥 2043 people voted so far.
O'zbekistondagi OTMlari ro'yxati.docx
45.2 KB
O'zbekistondagi OTM lar ro'yxati
✅Manzili
✅Telefon raqami
✅Mail adressi
✅Internet sayti

Eslatma: Xalqaro filiallar to'liq berilmagan!

P/S: Kamchiliklar uchun uzr so'raymiz!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tonggi_kayfiyat
Sessiyada 5 olmoqchi bo'lgan talabalar! Bitta shu yo'li qolgandi, baho olishning😂

Lekin gap yo'q, 5 emas 6!😄

KANALGA ULANISH👇👇
✅ @TalabaUz
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​O‘zbekistonda ilk “Talabalar uyushmasi” tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ilk bor talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish jamiyati — “Talabalar uyushmasi” tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.


Mazkur uyushma talabalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning iqtidorlarini namoyish etishlari uchun keng imkon yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Rivojlangan davlatlarning nomdor oliy ta’lim muassasalarida bunday uyushmalar o‘z zimmasiga ijtimoiy muhitni nazorat qilish, talabalar ishtirokida turli loyihalarni amalga oshirish singari vazifalarni bajaradi.

Mazkur universitetda faoliyat yuritgan ko‘ngillilar endilikda uyushmaga birlashdi. Universitet rahbariyati talabalarning ushbu tashabbusini ijobiy baholadi va ushbu uyushma faoliyatiga yo‘l ochdi.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil
Kontraktni to'lash uchun ham , kvartiraga to'lash uchun ham va yeb ichish uchun ham pul kerak,pul!

Shoirona gaplarga hech nima qilib bo'lmaydi.

P/S: Naqadar, haqiqat😭

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Mudofaa vazirligi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Mudofaa vazirining buyrug‘i loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Loyiha matni: https://regulation.gov.uz/uz/document/8572

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt sarflaysizmi yoki kitob mutolaasiga? Masalan, bir kunda...

Do'stlar, shu so'rovnomada faol ishtirok etishingizni so'rab qolgan bo'lar edim! Hammaga rahmat oldindan!
Anonymous Poll
47%
Ijtimoiy tarmoqlarga.
7%
Kitob o'qishga.
12%
Ikkalasiga ham bir xil vaqt ajrataman.
27%
Deyarli kitob o'qimayman, faqat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanaman.
7%
Aniq bilmayman...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Abdullajon" kino filimidan o'sha eng mashxur joyi😂.

Kontraktlar ko'tarilayotgan bir vaqtda bizga Abdullajon kerak bo'layapti😂😂

Talabalar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Stipendiyali kunlarni sog'indik.😢

©RAKHIMJANOV DILMURODBEK
TATUFF 632-17g 3-kurs talabasi


P/S: Talabalar hayotidagi qiziqarli rasmlar yoki videolarni qabul qilamiz.
(Tanqidlarni ham)


Murojaat uchun: @TalabaUz_Admin

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tongi_kayfiyat😅

Sessiya vaqti OLIY MATEMATIKA fanidan o'tib olgan talaba. 😁

P/S: Kayfiyatingizni ko'tarishiga ishonamiz😉

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA