Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Menimcha, hammada shunday bo'lgan 😄

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Оқшом эртаклари )

Дўстларингиз билан улашинг
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ijtimoy tarmoqlardagi ayrim fikrlar yuzasidan.

Oldingi o‘quv yillari qabuli uchun o‘tkazilgan kirish test sinovlari tahlillariga ko‘ra abituriyentlar umumta’lim fanlaridan bitta yoki ikkita fanni chuqurroq o‘zlashtirishga harakat qilayotganlar sonining keskin oshib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu holat abituriyentlarning umumta’lim fanlariga bo‘lgan qiziqishini pasayishiga, ularning mantiqiy fikrlash doirasini torayib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Davlat test markazi tomonidan test texnologiyalarini takomillashtirish maqsadida Germaniya, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Qozog‘iston kabi davlatlarning tajribalari o’rganildi.

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga e’tibor qaratilsa, fanlar majmuasiga matematika fani hamda o‘sha mamlakatning ona tili va tarixi kiritilganiga guvoh bo’lish mumkin. Bu fanlar, albatta, abituriyentning fikrlash doirasini kengaytirishga hamda savodxonligini oshirishga, o‘z o‘tmishi va tarixini, xalq, millat hamda davlat bo‘lib shakllanish jarayonlaridan xabardor bo‘lishiga xizmat qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Davlat test markazi tomonidan xorijiy davlatlarning tajribasi asosida oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi. Bunda 15 dan ortiq vazirliklardan, jumladan, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan boshqa vazirliklardan takliflar olindi.

Qaror loyihasi 2019-yil 15-fevral kuni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilib, portal orqali 300 ga yaqin takliflar bildirildi.

Bildirilgan barcha takliflar o’rganib chiqilib, yakuniy qaror loyihasi tayyorlandi va 2019-yil 14-mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4319-son “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi hamda 2019/2020 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlariga tadbiq etildi.

Mazkur qarorda 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratilib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritilishi belgilab qo’yilgan bo’lib, hozirda ayrim fuqarolar tomonidan oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun majburiy fanlar sonining ko‘paytirilishi abituriyentlar uchun biroz qiyinchilik tug‘diradi degan fikr paydo bo‘lmoqda.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, qarorda keltirilgan majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari soddalashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarning umumiy savodxonligi, mantiqiy fikrlashi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan, birinchi qiyinlik darajasida bo‘ladi.
✍ Davlat test markazi

Tarqatamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Zudlik bilan 4+ qon kerak. Bir yosh bola og'ir ahvolda ekan. Imkon darajasida tarqatvoringlar

Murojaat uchun: +998942060145
Ancha yil oldin bir poyabzal fabrikasi boshlig'i ikki xodimni Afrika bozorlarini o'rganish uchun yubordi. Brinchi xodim topshiriqni bajarib, xo'jayniga axborot berdi:

"Bu yerdan bizga hech qanday foyda yo'q, chunki hamma yalangoyoq yuradi".

Bir necha oydan keyin ikkinchi xodim ayni vazifa bilan Afrikaga jo'nadi. U bergan ma'lumot quydagicha edi:

"Imkonni qo'ldan bermaslik kerak, shoshilaylik, chunki bu yerda hech kimning poyabzali yo'q"


Do'stlarga ham ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ana_halos
Yapon maktablarida bolalarni jamoada ishlash, mehnatga hamda irodaviy, shaxsiy gigiyenik ko'nikmalarga o'rgatishning eng maqbul usulini qo'llashadi! Hech kim buni majburiy mehnat deb atamaydi! Hamma buni yoqlaydi! Bolalar bu bilan hayotga tayyorlanadi!...

P/S: Bizda esa .....

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#obunachimizdan

O‘z haqqimizni talab qilib stipendiyani qaytarish yo‘lida qarshi turolmadik, buzg‘unchilikka qanday qilib qarshi turaylik❓❗️

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​2019-yil 16-oktabr kuni Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich rahbarligida Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini shaxsan ko‘rib chiqish bo‘yicha Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Fuqarolar Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan 2019-yil 16-oktabr kuni soat 15:00 da quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
Farg’ona viloyati, Qo’shtepa tumani, Eshonguzar MFY, Shijoatkor ko'chasi, 143-uy (49-maktab binosi).

Manba: Davlat test markazi

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Хушхабар

Ўзбекистон институти дунёнинг кучли университетлари рейтингига кирди

Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти
мустақил Ўзбекистон тарихида биринчи маротаба 2020 йил учун QSнинг Шарқий Европа ва Марказий Осиё давлатлари университетлари рейтингида қайд этилди.

Бу Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг Республика олий таълим муассасаларини халқаро нуфузини ошириш мақсадида Times Higher Education ва QS каби дунёнинг етакчи халқаро агентликлари билан сўнгги икки йил ичида олиб борган ҳамкорлиги натижасидир.

Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти
QS рейтингида академик сўровнома, иш берувчиларнинг баҳоси ва илмий салоҳияти каби мезонларда Шарқий Европа ва Марказий Осиё давлатлари университетлари ўртасида ижобий кўрсаткичларни қайд этиб, 301-350 ўринлар оралиғидаги университетлар қаторидан жой олди.

(Маълумот учун: QS рейтинг агентлиги томонидан илмий тадқиқотларга 20%, академик сўровномага (жаҳон ОТМларига ўрганилаётган университет юзасидан сўровнома юбориш, жаҳон ОТМлари учун танилишда илмий тадқиқот ишларининг роли юқори) 30%, иш берувчилар сўровномасига 20%, ўқув жараёнига 15%, бошқаларга 15% ажратилган.)

Ушбу рейтингда 1-ўринни Ломоносов номидаги Москва давлат университети, 2-ўринни Санкт-Петербург давлат университетлари эгаллади. Рейтингда Россия, Чехия, Туркия, Венгрия, Польша, Руминия, Словения, Хорватия, Беларусь, Болгария каби давлатларнинг етакчи университетлари жой олди.

Ҳозирда вазирлик томонидан халқаро экспертлар билан биргаликда республикамизнинг етакчи олий таълим муассасаларини босқичма-босқич халқаро рейтингга киритишга тайёрлаш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Хорижий экспертлар томонидан республиканинг 10 та олий таълим муассасаси (ЎзМУ, ТИҚХММИ, ТДТУ, ТАТУ, СамДУ, ТДАУ, УрДУ, ТТА, Турин политехника университети, ҚҚДУ) танлаб олинди ва уларнинг Times Higher Education ва QS базасида тегишли профиллари яратилди. Экспертлар шу 10 та олий таълим муассасаси билан яқиндан ишламоқда.

©@eduuz - Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​Talabgorlar diqqatiga!

2019-yil 16-oktabr kuni Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish uchun test sinovi ("Tinglab tushunish", "O'qish", "Leksik va grammatik kompetensiyalar") va "Yozish" ko'nikmasini baholash imtihonlari bo'lib o'tadi.

Talabgorlar 1-smenaga 8:00 dan, 2-smenaga 13:00 dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat pasport (tug'ilganlik haqida guvohnoma) bilan Toshkent shahridagi Davlat test markazi bosh binosiga kelishlari kerakligini eslatib o'tamiz.

Shuningdek, talabgorlardan o'zi bilan birga hech qanday ortiqcha narsa olib kelmasliklarini so'raymiz.

Davlat test markazi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi 12.
Mo'ljal: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Bodomzor metro bekati.
Xaritada: https://goo.gl/maps/RLinBteWhRbomBNz9, https://yandex.com/maps/-/CGwLfLn6

Manba: Davlat test markazi

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Барча машина хайдайдиган дўстларингизга юборинг 😂

Каналга обуна бўлиш
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#SavollargaJavoblar

Savol:
Majburiy fanlar bo’limidagi test topshiriqlarining murakkablik darajasi qanday bo’ladi?


Javob:
Majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari soddalashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarning umumiy savodxonligi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan birinchi murakkablik darajasida bo‘ladi.

- - -

Вопрос:
Какова будет степень сложности тестовых заданий для блока обязательных предметов?


Ответ:
Тестовые задания обязательного блока предметов будут упрощенными, первой степени сложности, они направлены на проверку грамотности и оценку базовых знаний абитуриентов.

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#SavollargaJavoblar

Savol:
Majburiy fanlar va ta’lim yo’nalishiga mos fanlar bir xil bo’lib qolsa nima bo’ladi?


Javob:
Fan nomi takrorlanishi mumkin. Bunda ikkala bo'limda turli murakkablik darajasidagi test savollari bo'ladi.

Misol uchun, abituriyent tanlagan ta’lim yo’nalishiga mos fanlardan biri matematika bo’lsa, abituriyentga majburiy fan doirasida va ta’lim yo’nalishiga mos fan doirasida matematika fanidan turli murakkablik darajasidagi test savollari beriladi.

- - -

Вопрос:
Что будет, если предметы обязательного блока совпадут с предметами блока по направлению образования?


Ответ:
Название предмета может повториться. Но степень сложности вопросов будет различная.

Например, у абитуриента в обоих случаях есть математика. Он будет решать тестовые задания по математике в обязательном блоке и в основном блоке по направлению образования. Но эти задания будут различной степени сложности.

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Бир куни уйга кеч қайдим

Дадам :
Қаердан келяпсан

Мен:
Дўстимни уйида эдик

Дадам яхши дедиларда сўнг 10 та дўстимга қўғироқ қилбдилар

Улардан 5 таси, мен хали хам уларникида эканимни айтишган

2 таси, уларни уйидан хозиргина чиқиб кетганимни айтишибди

Қолган 3 таси, унга гўшакни берайми дейишгача борибди 🤦‍♂😂

@TalabaUz
​​ЎзМУда Технологиялар ва инновацияларни қўллаб-қувватлаш маркази ташкил этилди

Ўзбекистон Миллий университетида Интеллектуал мулк агентлиги билан ҳамкорликда Технологиялар ва инновацияларни қўллаб-қувватлаш маркази ташкил этилди.

Марказнинг очилиш маросимида ЎзМУ ректори Аваз Марахимов, Интеллектуал мулк агентлиги директор ўринбосари Баҳодир Сагдуллаев, Интеллектуал мулк агентлиги “Интеллектуал мулк консультатив маркази” давлат унитар корхонаси директори Мехриддин Мансуров ҳамда профессор-ўқитувчилар, докторантлар иштирок этди.

Марказ университет ёш тадқиқотчиларига интеллектуал фаолият натижаларини яратиш, улардан фойдаланиш ва ҳуқуқий муҳофаза қилиш масалалари бўйича маслаҳатлар беради, уларга интеллектуал мулк соҳасига оид махсус маълумотлар базалари ва бошқа ахборот ресурсларидан янада кенгроқ фойдаланиш имкониятини яратиб беради.

Шунингдек, марказ илмий-техник ишланмалар самарадорлигини ошириш мақсадида ишланмалар муаллифларида патент тадқиқотларини ўтказиш, ўз ишланмаларини тижоратлаштиришда патент маълумотларидан фойдаланиш бўйича зарур кўникмаларни шакллантиради.

Манба: Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#kun_fotosi

Kontraktni "otti kalasiday" qilib qo'yib, muddat belgilab qo'yganiga o'laymi?😒

Nima emish, kontrakt to'lashning oxirgi muddati 30-oktyabr ekan. Bo'lmasa, kursdan kursga qoldirarkan😏

Biznikilar, doim shunaqa usul bilan qo'rqitishni yod qilib olishgan. Kontraktlar ko'tarilgan bir vaqtda, imkoniyat ham berishmaydi.

To'g'rida, talaba ham "odammi"?

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#kun_fotosi_2

Bunisi undan ham oshib tushdi😆😆

Mana sizlarga ajoyib bahona.
Jumanazar ota hammaga ta'sir qilayapti shekilli😅

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Deputat Jurnalistni HAQORATLADI ?!

Batafsil bugun( 16.10 ) 21:20da Markaziy Studiyada bilib olasiz🤝

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#SavollargaJavoblar

Savol:
Majburiy fanlarning bali ta’lim yo’nalishiga mos fanlarning baliga qo’shib hisoblanadimi?


Javob:
Har bir fan bo’yicha ballar alohida hisoblanib, ballarning umumiy yig’indisi asosida tanlov o’tkaziladi.

- - -

Вопрос:
Суммируется ли балл за обязательный блок предметов и основной блок по направлению образования?


Ответ:
Баллы считаются отдельно по каждому из предметов, конкурс проводится на основе общей суммы баллов.

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
​​​❗️Diqqat Diqqat Diqqat ❗️

17-NOYABR "XALQARO TALABALAR KUNI" GA BAG'ISHLAB @TalabaUz KANALIMIZDA ILK BORA MEGAKONKURS TASHKIL ETILADI 😍

MEGAKONKURS 20-oktyabrdan 20-noyabrgacha o'tkaziladi!

SHARTLAR ESA JUDA HAM ODDIY☝️

✅O'zingiz tahsil olayogan oliygoh haqida (fakultetlari, o'qitish tizimi) kichik hajmli qisqa va tushunarli videorolik tayyorlab, uni bizga yuborishingiz kerak bo'ladi!

🌍MEGAkonkursda O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalaridan faqat bir nafar talaba yoki o'qituvchi ishtirok etishlari mumkin! Bitta oliygoh talabalaridan 2 va undan ortiq videorolik kelib tushsa, biz ularni saralab, 20 - OKTYABR sanasidan eng munosibini kanalimizga joylashtiramiz

📈Ushbu konkursda eng ko'p 👉 👍 👈 like yig'ib, 1-, 2-, 3-o'rinni olgan OTM talabalari 20 - noyabr 2019-yil soat 22:00 da aniqlanib sovrinlar bilan taqdirlanadilar!😉

1⃣➖o'ringa: 400.000 so'm
2⃣➖o'ringa: 200.000 so'm
3⃣➖o'ringa: 100.000 so'm

☝️😄Bundan tashqari qaysi OTM birinchi o'rinni olsa, qo'shimcha sovrin sifatida, @TalabaUz kanalimizda 1 hafta davomida oliygohida bo'layotgan yangiliklarni kanalimizda tashlab boramiz😉

Yutuqlar click yoki payme orqali o'tkazib beriladi!

❗️Eslatma: Megabayt hajmi haddan tashqari katta bo'lgan, fakultetlar haqida umuman ma'lumot berilmagan videoroliklar qabul qilinmaydi!
Videorolikni yuborayotganda ism- familiyangiz, OTM nomini ham yozib yuborishingiz shart!


👨‍💻 Ha aytgancha, like 👍 lar sonini sun'iy tarzda ko'paytiramiz deya ovvora bo'lmang.😉 Ishonavering, sun'iy tarzda ko'paytirgan likelarni aniqlab, uni o'yindan chetlashtiramiz! Ogohlantirishsiz❗️

20-oktyabrgacha videoroliklar qabul qilinadi!

Videoroliklarni @TalabaUzAdmin ga yuboring.


DO'STLARINGIZGA HAM ULASHING👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA