Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
- Ҳар биримиз давлат тилига бўлган эътиборни мустақилликка бўлган эътибор деб, давлат тилига эҳтиром ва садоқатни, она ватанга эҳтиром ва садоқат деб билишимиз, шундай қарашни ҳаётимиз қоидасига айлантиришимиз керак, - деди Шавкат Мирзиёев. - Бу олижаноб ҳаракатни барчамиз ўзимиздан, ўз оиламиз ва жамоамиздан бошлашимиз, она тилимизга, урф-одат ва қадриятларимизга ҳурмат, Ватанга меҳримизни амалий фаолиятда намоён этишимиз керак.

21 октябрь юртимизда «Ўзбек тили байрами куни» деб белгиланганини эълон қилди.

Каналга уланиш 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bu topishmoqlarni osongina yechish mumkin. Yoki bo‘lmasa, soatlab ham javob topolmaslik mumkin. Sizlarni quyidagi jumboqlarni yechishga taklif etamiz.

1. Yo‘ldagi qiyinchilik

Bir kishi mashinasi g‘ildiragini almashtirayotib ehtiyotsizlik oqibatida g‘ildirakning to‘rtala gaykasini ham kanalizatsiya tirqishidan tushirib yubordi. Ularni olishning imkoni yo‘q edi. Haydovchi endi yo‘lda qolib ketishi haqida o‘ylay boshlaganida uning yonidan o‘tib ketayotgan bir bolakay g‘ildirakni qanday qilib mahkamlash mumkinligi borasida maslahat berdi. Haydovchi bolaning maslahatiga amal qildi va yaqin-oradagi ustaxonaga yetib oldi. Bola qanday maslahat bergan?

2. Fosh bo‘lgan yolg‘onchilik

Bir kishi maxfiy klubga shubha uyg‘otmasdan kirishi kerak edi. U klubga kirayotganlar soqchining savoliga javob berib, so‘ngra kirib ketishayotganligini kuzatib turdi. Birinchi kishiga quyidagi savol berildi: «O‘n ikki?» U javob qildi: «Olti!» Va klubga kirib ketdi. Ikkinchi kishiga — «Yigirma ikki?» Javob: «O‘n bir». U ham klubga kirib ketdi. Kuzatayotgan kishi savolga javob topish oson ekanligini ko‘rdi va qorovul oldiga keldi. «Qirq ikki?» — dedi qorovul. «Yigirma bir!» — ishonch bilan javob berdi u va shu zahoti fosh bo‘ldi. Nega?

3. Yalmog‘iz kampirning sovg‘asi

Shahzoda Ivan yoz tugab borayotgan paytda to‘qqizinchi qirollik tomon yo‘lga chiqdi va yo‘lda yalmog‘iz kampirning uyida bir tun mehmon bo‘ldi. Kampir uni mehmon qilib, uyidan joy berdi. Ertasiga ertalab shahzodani kuzatar ekan, u bir ko‘ylakni uzatib shunday dedi: «Yo‘lingda daryo uchraydi, uning ustida ko‘prik yo‘q, suzib o‘tishingga to‘g‘ri keladi. Mana bu sehrli ko‘ylakni kiyib olsang, daryodan cho‘kmay o‘tasan». Roppa-rosa yuz kundan keyin shahzoda Ivan daryoga yetib keldi. Lekin daryodan sehrli ko‘ylakni kiymasdan ham bemalol o‘tdi. Nima uchun?

4. Quyonlar solingan qafaslar

Hovlida uchta: qizil, sariq va yashil rangli qafas bor edi. Qafaslarda quyonlar bo‘lib, yashil rangli qafasdagi quyonlar soni sariq qafasdagi quyonlardan ikki barobar ko‘p edi. Bir kuni chapdagi qafasdan beshta quyon olindi, qolgan quyonlarning yarmini esa qizil qafasga solishdi. Chapdagi qafas qanday rangda?

5. Kim aybdor?

Yarim tunda bir ko‘chada noma'lum mashina bir odamni urib yuborib, voqea joyidan g‘oyib  bo‘ldi. Militsiya xodimi avtomobil katta tezlikda harakatlanganiga e'tibor berdi. Atrofda guvoh bo‘lgan olti kishi bir-biriga zid ma'lumot berishdi:

— mashinaning rangi ko‘k, rulda erkak kishi edi;

— mashina katta tezlikda harakatlangandi va chiroqlari o‘chiq edi;

— mashinaning davlat raqami bor edi va sekin ketayotgandi;

— mashinaning rusumi «Neksiya», chiroqlari o‘chiq edi;

— mashinaning davlat raqami yo‘q edi, rulda ayol kishi edi;

— mashinaning rusumi «Spark», kulrang edi.

Avtomobil topilgach, faqatgina bitta guvoh to‘g‘ri ma'lumot bergani aniqlandi. Qolgan besh kishining bitta ma'lumoti to‘g‘ri, ikkinchi ma'lumoti noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Javoblardan kelib chiqib mashinaning rusumi, rangi, tezligi, davlat raqami bor-yo‘qligi, chiroqlari o‘chiq-yoniqligi va rulda kim bo‘lganligini aniqlang.

6. So‘nggi savol

Yer yuzidagi barcha odamlar bir vaqtning o‘zida nima qilishadi?

Javoblaringizni @TUIT_Nodir ga yuboring

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
Bu topishmoqlarni osongina yechish mumkin. Yoki bo‘lmasa, soatlab ham javob topolmaslik mumkin. Sizlarni quyidagi jumboqlarni yechishga taklif etamiz. 1. Yo‘ldagi qiyinchilik Bir kishi mashinasi g‘ildiragini almashtirayotib ehtiyotsizlik oqibatida g‘ildirakning…
1-boshqotirmaning javobi

Qolgan uchta g‘ildirakning har biridan bittadan gayka olib, to‘rtinchi g‘ildirakni mahkamlashni maslahat bergan.

2-boshqotirmaning javobi


Bir qarashda parol – aytilgan sonning ikkiga bo‘linishidan kelib chiqqan bo‘linmaga o‘xshaydi. Aslida esa bu aytilgan sonlardagi harflar sonini bildiradi. Ushbu holatda to‘g‘ri javob 21 emas, 8 bo‘lishi kerak edi.

3-boshqotirmaning javobi


Shahzoda Ivan Yalmog‘izning uyida sentyabrda bo‘lgan. Roppa-rosa yuz kundan keyin qishning ayozli kunida u daryo bo‘yiga yetib kelgan. Daryo qalin muz bilan qoplanganligi uchun u sehrli ko‘ylaksiz ham daryo ustidan bemalol o‘tib ketgan.

4-boshqotirmaning javobi


Yashil qafasdagi quyonlar soni boshqa qafasdagi quyonlardan ikki barobar ko‘p, demak undagi quyonlar soni juft son. Chapdagi qafasdan beshta quyon olingach, unda qolgan quyonlar soni ham juft son bo‘ladi (chunki teng yarmi boshqa qafasga olinadi). Demak, quyonlar olinguniga qadar undagi quyonlar soni toq sonni tashkil etgan. Shunday qilib, chapdagi qafas yashil rangda emas. Jumboqdan kelib chiqadigan bo‘lsak, qizil ham emas. Qafas sariq rangda.

5-boshqotirmaning javobi

Mashina rusumi «Spark», rangi ko‘k, davlat raqami bor. Katta tezlikda chiroqlari o'chiq holda harakatlangan. Rulda ayol kishi bo‘lgan. Militsiya xodimining ko‘rsatmasiga tayanamiz — mashina katta tezlikda harakatlangan. Ko‘rsatmadan kelib chiqib, mashinaning sekin harakatlangani haqidagi noto‘g‘ri javobni aniqlaymiz va qolgan ko‘rsatmalardagi noto‘g‘ri ma'lumotlar kelib chiqadi.

6-boshqotirmaning javobi

Ulg‘ayishadi, ya'ni yoshlari kattalashib boradi.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OLIY TA'LIM

"Oliy ta'lim" atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qollagan va oz ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.

Batafsil:
https://telegra.ph/Talabauz--official-10-22

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Bangladeshda deputat ayol universitet imtihonlaridan o‘tish uchun 8 nafar qiyofadosh yollagani fosh etildi.

Siyosatchi va Bangladesh parlamenti deputati, “Avami lig” hukmron partiyasi a’zosi Tamanna Nusrat o‘zining o‘rniga imtihonlarni topshirishi uchun sakkiz nafar qiyofadosh ayolni yollagani uchun universitetdan haydaldi, deb yozmoqda “Interfaks”.


Xabarga ko‘ra, parlament a’zosi qiyofasi o‘ziga o‘xshash ayollardan kamida 13 ta yo‘nalishda imtihonlardan o‘tib olishda foydalangan.

Deputatning xiylasi Nagorik TV telekanali muxbiri imtihonlardan reportaj tayyorlash maqsadida universitetga kelib soxta Nusratga mavzu yuzasidan savol bergan vaqtda fosh bo‘lib qoldi.


Tamanna Nusrat Bangladesh ochiq universitetida bakalavr darajasini olgandi, ammo oliygoh rahbari uning jinoyat qilganligini aytib, diplomni bekor qildirdi.

Ta’lim muassasasida ishlovchilardan biri kelishilgan qiyofadoshlar qo‘riqlash xizmati xodimlari bo‘lgan auditoriyada imtihon topshirgani, hamma ushbu nayrangdan boxabar bo‘lgani, ammo Nusrat mamlakatda juda obro‘li oila farzandi bo‘lgani sabab ushbu jinoyatni yashirishga urinilganligini ta’kidladi.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
5 та фандан тест синовларига оид ҳозиргача маълум бўлган барча муълумотлар

👉 келгуси йилда 5 та фандан тест бўлиши аниқ, бу Президент қарорида белгиланган. Яъни бу масала аллақачон ҳал этилган, фақат тартиби ҳозирча расман тасдиқланмади холос;

👉 Mажбурий фанлар блоки (барча учун тушади):

Она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили) - 15 та савол, ҳар бири учун 2.1 баллдан;
Mатематика - 15 та савол, ҳар бири учун 2.1 баллдан;
Ўзбекистон тарихи - 15 та савол, ҳар бири учун 2.1 баллдан.

Жами тўплаш мумкин бўлган балл – 94.5 балл.

Она тили ва Ўзбекистон тарихи фанидан 1 дақиқагача, математикадан - 1,5 дақиқагача вақт ажратилади.

👉 Tаълим йўналишига мос асосий блокдаги фанлар (йўналишига қараб ўзгаради):

1-фан - 30 та савол, ҳар бири учун 3.1 баллдан;
2-фан - 30 та савол, ҳар бири учун 3.1 баллдан.

Жами тўплаш мумкин бўлган балл – 186 балл.

Асосий блокдаги 2 та фан учун жами 2 соат вақт берилади.

👉 балларни ҳисоблаш тизимида ўзгариш бўлмайди, аввал қандай бўлса, шундайлигича қолади. Яъни ҳар бир блокдан тўпланган баллар қўшилиб, умумий баллни ташкил этади ва абитуриентлар мана шу 5 та блокдан тўплаган бали бўйича ўзаро курашади (илгари учта блокнинг умумий бали олинарди). Энг максимал балл 280,5 балл бўлади;

👉 айрим йўналишларда мажбурий блокдаги фан билан махсус блокдаги фан бир хил бўлиб қолиши мумкин. Масалан, математика йўналишига ҳужжат топширган абитуриент мажбурий блокда ҳам, мутахассислик блокида ҳам математика фанидан тест ишлайди. Бу иккаласининг асосий фарқи —мажбурий блокдаги саволларнинг барчаси соддалаштирилган, энг осон даражада бўлади, мутахассислик блокидаги саволлар эса турли мураккабликда (осон, ўртача, қийин) бўлади;

👉 5 та фандан тест бўлишга оид тартиб, фақат давлат ОТМларига тааллуқли. Шу пайтгача бўлгани каби, бу янги тартиб ҳарбий, диний, хусусий, нодавлат ва хорижий ОТМларга алоқадор эмас;

👉 3 та мажбурий фан касбий (ижодий) имтиҳон топшириладиган йўналишлар учун, шунингдек магистратура учун тааллуқли эмас;

👉 3+2 кўринишдаги ушбу тартиб бакалавриатнинг барча таълим шакллари (кундузги, сиртқи, кечки) учун бирдек қўлланади;

👉 мажбурий блокда она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили) фанидан тушадиган 15 та савол ичида Адабиёт фанидан тест саволлари бўлмайди;

👉 мажбурий блокда Ўзбекистон тарихи фанидан тушадиган 15 та савол ичида Жаҳон тарихидан тест саволлари бўлмайди;

👉 асосий блокдаги 2 та фан учун жорий йилги тест синовларида қўлланган фанлар мажмуасининг 3,1 ҳамда 2,1 балл берилган дастлабки 2 та фан олинмоқда. Масалан, тиббиёт йўналишлари учун биология ва кимё. Молия-иқтисод йўналишлари учун математика ва чет тили. Ва ҳ.к;

👉 аммо минг афсуски, ҳали айнан қайси йўналишда қайси иккита фан асосий блокка киритилиши ҳақида аниқ маълумот йўқ. Ўзгаришлар бўлиб қолиши мумкин;

👉 ҳозирча тест саволлари тузиладиган дарсликлар рўйхати ҳам расман эълон қилинмади.

Юқоридаги маълумотлар Давлат тест маркази хабарлари асосида тайёрланди.

Сизни 5 та фандан бўладиган тест синовлари ҳақида яна қандай маълумотлар ва саволлар қизиқтирмоқда? Изоҳларда саволларингизни ёзиб қолдиринг, имкони борича жавоб топишга ҳаракат қиламан.

Manba:@xushnudbek

Улашинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O'zbekiston Umumjahon xayriya indeksida 126 mamlakat ichida 25-o'rinni egalladi. Reyting fuqarolarning xayriya va begonalarga yordam berishlari qanchalik tez-tez ekanligini ko'rsatadi.


Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Sizlarda ham shu ahvolmi, hurmatli talabalar?

Kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning nima aybi bor?

Bu yoqda bir xil stipendiya... Bunisi ham yetmagandek, 3 oydan beri stipendiya olishgani yo'q!

Murojaat Jizzax Davlat Pedagogika instituti talabasidan

Talabalarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
ОТM тизимини ривожлантириш бўйича муҳим қарор имзоланди ❗️❗️❗️

Қарорга кўра

1. Барча ОТМларда дарс кунлари ҳафтасига 5 кун этиб белгилансин
2. ОТМларда фақат махсус(спец) фанлардан дарс ўтилиши ҳисобига дарс соатлари камайтирилсин
3. "Ўқув формаси" тушунчаси йўқотилиб, барча талабаларга хоҳишига қараб кийиниш имконияти берилсин
4.Тўлов шартнома суммаси барча ОТМ лар учун 5 млн этиб белгилансин
5. Талабаларга ўқитувчи танлаш имконияти берилсин
6. Стипендия миқдори барча талабалар учун бир хил-1 млн сўм этиб белгилансин!


Шундоқ кўзимни очсам тушим екан. 😆😆

Дўстларга улашамиз👇😃
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Garvard.m4a
32.7 MB
Ushbu audio treningdan yozib olingan.

✅ Garvard oliygohi haqida batafsil tushuntirib o'tilgan.

✅ Ajoyib va qiziqarli ma'lumotlar😄

Megabaytingizga qizg'onmasdan ochib eshitishingizni tavsiya qilamiz. Ishonamiz, sizga albatta yoqadi!

©Treningni Diplomatiya universiteti o'qituvchisi Muhammadali Eshonqulov olib borgan

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta’lim shakli ochilishi mumkin.

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta’lim shakli ochish taklifi haqidagi petitsiya joylashtirildi.

“Hozirgi kunda viloyatlarda yuridik sohada o‘qigan o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar juda ko‘p. Ularda amaliyot yetarlicha bo‘lsa-da, lekin ma’lumoti oliy emas. Shularni hisobga olib, Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta’lim shaklini ochish kerak”, — deb yozadi murojaat muallifi.

Bildirilishicha, unga yurisprudensiya sohasida 5 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni suhbat asosida qabul qilish amaliyotini joriy etish kerak.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta’lim shaklini ochishni taklif qilamiz”, — deya yakunlangan petitsiya.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Жорий йил талаба ёшлар учун ҳақиқий синов даври бўлди. Тўлов контракт миқдорининг ваъдадан кўра кўпроқ оширилиши, стипендиянинг баҳолар кесимида эмас, бир хил 400 минг сўм миқдорида белгиланиши бўлажак зиёли ёшлар ўртасида кескин норозилик келтириб чиқарди.

Бу табиий. Ёшларнинг эътирозлари тўлиқ асосга эга. Чунки улар номардлик қилишмади, кўплари яхши ўқиди, изланди, интилди, талабалик ваъдасини бажарди.

Муҳокамалар авжида пайти норматив ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси порталига қўйилган ва шу йилнинг 23 сентябрдан 6 октябргача муҳокама этилган “Олий таълим муассасалари талабаларига стипендия тўлаш тартиби ва миқдорлари тўғрисида”ги Вазирлар Маҳкамаси Қарори лойиҳаси бўйича ҳамон қарор қабул қилингани йўқ. Нима учун? Бу лойиҳа бўйича деярли барча таклиф ва муносабатлар салбий эканлиги билан боғлиқми ёки шунчаки маълум вақтгача ёшларнинг ҳовурни босиш учун қилинган чалғитувчи “маневрми”?

Шунча эътироз, шунча овоз, шунча саволларни кўриб туриб тана бошқа дард билмас, деганларидек талабаликнинг бугунги қийинчиликларини бошидан ўтказмаётган, ўз даврида қулай шароит, имтиёз ва керак бўлса контракт тўловисиз олий таълим олиб, бугун бу каби қарорларни ишлаб чиқишда мутахассис бўлиб ўтирган кишилар узоқ вилоятдан йўлкирасига аранг пул топиб ўқиётган ёшнинг дардини қаёқдан ҳам билсин, деган хулоса пайдо бўлмоқда. Худди шундай: олий таълим масъуллари талабаликнинг “совуғини емаган”, ёшларнинг дардини тушунмайдиган ҳиссиз кишилар эканлигини кундан-кун ойдинлашмоқда. Яна билмадим.

Нон нархи ошган шу кунларда айрим олий ўқув юртларида яхши ўқиб, яхши стипендия олиб яшаган талабалар эндиликда 400 минг сўм стипендия етмаётганлиги боис, “тирикчилик” дардида дарс қолдириб “нб”чилар сафига қўшилиб бораётганини эшитиб, асаблар таранг бўлиб бормоқда. Эртага бу “нб” сабаб унинг талабалар сафидан чиқмаслигига, “нб”ни ёпиш учун домлага топганини қистирмаслигига, эшикма-эшик сарғайиб билимсиз кадр бўлмаслигига ким кафолат беради? Инновацион ғоялар, таклифлар бисёр бир вақтда наҳотки “домлалар”нинг аҳволини яҳшилашнинг бундан бошқа йўли йўқ.
Нима бўлганда ҳам келажак эгалари – ёшлар олдида инсофсизлик, адолатсизлик, бефарқлик ва нотенгликнинг яққол кўриниши бўлди бу.

Бир ҳақиқатни унутмайлик: токи шунча эътироз ва дардини айтган ёшларнинг дардига қулоқ тутмас эканмиз улардан ватанпарварликни талаб қилиб, яхши ўқишга, юрт келажаги учун виждонан меҳнат қиладиган кадр бўлишга даъват қилишга ҳам ҳаққимиз ҳам йўқ. Буни ёддан чиқармайлик.

Парламент ва масалага бефарқ бўлмаган барча даражадаги халқ вакиллари депутатлар, фаоллар эса олий таълим масъулларининг бу ишларини юқори даражада муҳокама қилиши, мантиқсиз ва нотўғри қарор қабул қилинишига сабаб бўлганларнинг ҳаракатларига халқ номидан муносиб баҳо бериши шарт.
Менинг баҳоим эса “икки”!

©O'zLiDep deputati Rasulbek Kusherbayev

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
📌 Жорий йил талаба ёшлар учун ҳақиқий синов даври бўлди. Тўлов контракт миқдорининг ваъдадан кўра кўпроқ оширилиши, стипендиянинг баҳолар кесимида эмас, бир хил 400 минг сўм миқдорида белгиланиши бўлажак зиёли ёшлар ўртасида кескин норозилик келтириб чиқарди.…
"Открыть комментарии" ni bosib, komentariyalarni bir o'qib chiqishingizni maslaxat beramiz! Talabalar tomonidan judayam achchiq haqiqatlar yozilayapti!

Lekin, bu fikrlarni biror bir mutasaddilar o'qib ko'rishiga ishonmaymiz!
Sababi, oddiy. "Och qornim, tinch qulog'im" qabilida ish qilishadi. Ular uchun "TALABA" zoti odam emas😏

Komentariyalarni o'qish uchun ushbu linkni ustidan bosing👇👇
https://comments.bot/thread/Sl6RI86rD
​​Академик лицей ўқувчиларидан навбатдаги ғалаба

2019 йил 21-22 октябрь кунлари Жиззах шаҳрида умумтаълим мактаби ва академик лицей ўқувчилари ўртасида биология фанидан Абу Али ибн Сино олимпиадаси бўлиб ўтди.

Олимпиада якунларига кўра барча ўринларни академик лицей ўқувчилари эгаллашди. Жумладан, Бухоро давлат университети Қоракўл академик лицейи ўқувчиси Равшанбек Каримов 1-ўринни, Тошкент педиатрия тиббиёт институти академик лицейи ўқувчиси Саида Валижонова 2-ўринни ва Жиззах давлат педагогика институти академик лицейи ўқувчиси Сардор Тожибоев 3-ўринни қўлга киритди.

Абу Али ибн Сино олимпиадасида ғолиб бўлган ўқувчилар эсдалик совғалари ва пул мукофотлари билан тақдирланди:

👉 1-ўрин ғолибига – 22 300 000 сўм;
👉 2-ўрин ғолибига – 14 495 000 сўм;
👉 3-ўрин ғолибига – 11 150 000 сўм.

Шунингдек, мазкур олимпиадада ўқувчиси ғолибликни қўлга киритган ўқитувчилар ҳам пул мукофоти билан тақдирланди.

Манба: Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги.

Каналга уланиш
👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
​​Toshkent shahri va viloyatida majburiy fanlar bo’yicha test topshiriqlari aprobatsiyasi o’tkazildi

Davlat test markazi tomonidan barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlari ishlab chiqilib, 2019-yil 22-oktabr kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida mazkur test topshiriqlarining aprobatsiyasi o‘tkazildi.

Aprobatsiya quyidagi ta’lim muassasalarida o’tkazildi.
Toshkent shahrida 10 ta ta’lim muassasasida rus tilida:
• Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litsey;
• O‘zbekiston milliy universitetining Sirojiddinov akademik litseyi;
• Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi;
• Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi;
• Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyi;
• Mirobod tumani 94-umumta’lim maktabi;
• Mirzo Ulug‘bek tumani 208-umumta’lim maktabi;
• Uchtepa tumani 107-umumta’lim maktabi;
• Yunusobod tumani 257-umumta’lim maktabi;
• Yashnobod tuman 166-umumta’lim maktabi.

Toshkent viloyatida 5 ta ta’lim muassasasida o’zbek tilida:
• Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi;
• Piskent tumani 1-umumta’lim maktabi;
• Piskent tumani 4-umumta’lim maktabi;
• Zangiota tumani 22-umumta’lim maktabi;
• Zangiota tumani 25-umumta’lim maktabi.

Aprobatsiya jarayoni 24-oktabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlarida ham o’tkaziladi.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Majburiy fanlar bo’yicha test topshiriqlarining aprobatsiyasi

2019-yil 30-oktabr kuni Davlat test markazida barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test topshiriqlarining aprobatsiyasi o‘tkaziladi.

Aprobatsiya jarayonida ishtirok etish istagida bo’lgan talabgorlar http://3fan.dtm.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, aprobatsiyada ishtirok etishi mumkin.

Jarayonda ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo’lib, jami 600 ta ariza qabul qilish rejalashtirilgan. Ulardan 1-smena uchun ro’yxatdan o’tgan 300 nafari 30-oktabr kuni soat 10:00 da, 2-smena uchun ro’yxatdan o’tgan 300 nafari soat 15:00 da aprobatsiyada ishtirok etadi.

Ro’yxatdan o’tganda talabgorlarga aprobatsiyada ishtirok etish vaqti yozilgan ruxsatnoma taqdim etiladi.

Talabgorlar mazkur ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport bilan belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin (1-smenada 09:30 gacha, 2-smenada 14:30 gacha) Toshkent shahridagi Davlat test markazi bosh binosiga kelishlari lozim.

Ro’yxatdan o’tish va aprobatsiya jarayonida ishtirok etish bepul.

Do'stlarga ulashamiz👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​BO‘LAJAK ABITURIYENTLARGA TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR RO‘YXATI E’LON QILINDI

2019-2020 o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlar test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxatini https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda olishingiz mumkin.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Imtihonda ular men bilmagan savollarni berishadi. Men ham ular bilmagan javoblarni yozaman😃

Xayrli tong barchaga

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA