Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​Kompyuter sichqonchasi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar.

Quyida kompyuter sichqonchasi haqida qiziqarli faktlar keltirilgan:

Kompyuter sichqonchasiga NASA tomonidan buyurtma berilgan. Koinot agentligi hisoblash tizimlari bilan ishlashni soddalashtirish usulini izlagan. Biroq sichqoncha agentlik mutaxassislarini qoniqtirmagan, chunki u bilan vaznsizlikda ishlashning iloji bo‘lmagan.

Engelbart unda sichqonchani yaratish g‘oyasi paydo bo‘lishidan avval boshning harakatlariga monand kursorni harakatlantiruvchi maxsus niqobni qo‘llashni taklif qilgan.

Engelbart sichqonchaga patent olgan, biroq patent muddati uning ixtirosi ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlanishigacha tugab bo‘lgan. Biroq qahramon mukofotsiz qolib ketmagan. 1997 yilda Engelbart ixtirochilarga beriladigan  Lemelson mukofoti (500 ming dollar) va “kompyuter sohasidagi Nobel mukofoti” deb e'tirof etiluvchi Tyuring mukofotini (250 ming dollar) olgan.

Engelbart o‘z sichqonchasiga bitta tugmani joylashtirgan, biroq uning o‘zi har bir barmoq uchun bittadan tugma joylashtirishni istagan.

Inglizcha mouse (sichqoncha) so‘zining ko‘plikdagi shakli mice ko‘rinishida yoziladi. Biroq gap kompyuter sichqonchalari haqida ketganda Oksford lug‘ati mouses so‘zini qo‘llashga ruxsat beradi. 

Sichqoncha 1980-yillarda unga huquqni Apple kompaniyasi sotib olgandan keyin ommalashgan. Sichqoncha konstruksiyasi soddalashtirilib, “Makintosh” kompyuteri bilan birga ishlatila boshlangan. 

Sichqonchani ishlatish mumkin bo‘lgan ilk kompyuter 1970-yilda ishlab chiqarilgan Xerox Alto bo‘lgan. Bu kompyuter shuningdek grafik interfeysga ega bo‘lgan birinchi kompyuter hisoblanadi.

Sichqoncha kursori nega vertikal yoki gorizontal emas, balki yonboshlatib tasvirlangani sababini bilasizmi? Chunki past ko‘rsatish sifatiga ega bo‘lgan ilk monitorlarda uni shunday shaklda topish oson bo‘lgan. 

Ilk optik sichqoncha 1980-yilda paydo bo‘lgan, biroq 1999-yilda uning narxi cho‘ntakbop ko‘rinishga kelgandan keyingina keng qo‘llana boshlangan.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Ahvolimiz 🤦‍♂

O'tirgan stollarimizning bag'ri keng😁

©Jizzax Politexnika instituti

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Deputat: “Yaxshi o'qiyotgan talabalar ish qidirishga majbur bo'lmoqda...”

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Doniyor uchun xayriya

Assalomu alaykum azizlar Doniyor ukamizda 4-5 kun oldin jigar sirrozi degan kasallik aniqlandi. Doktorlar zudlik bilan jigarni transplantatsiya qilish kerakligini va bu operatsiya uchun Hindistonga borish kerakligini aytishdi. Buning uchun taxminan 35000 dollar($) pul kerakligini aytishdi. Hozirgi sharoitimizdan kelib chiqib sizlardan yordam so'rashga majbur bo'ldik. Sizlardan iltimos qilib shu ukamizga yordam berishingizni so'raymiz...

8600 3104 9682 9581 Abdukarimova Dilnoza nomida.

Tel: 993669351 Dilnoza (opasi)
995393475 Doston (akasi)

https://t.me/joinchat/N7ofmVJXGwWwYIBcY97B1g
Eng muhimi yuzdagi tabassum.

P.S/ 32ta tishing borida kulib qol. 😁

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talabalar ixtirosi😆🙊

Сектор шанс😁

Talaba do'stlaringizga yuboring😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Assalomu_alaykum

Yakshanbaligi hayolida yo'q, ertalabdan uyg'onib, sal qolsa o'qishga ketib qolay deganlar, xayrli tong😁


Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo'lsin!

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Oliy ta’lim vaziri: Hozirgi tizimda ham talabalarga olgan bahosiga qarab stipendiya to‘lanadi.

31 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat dasturining 2019 yil III choragida bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.

Majlisda deputat Rasul Kusherbayev oliy ta’lim muassasalarida stipendiyaning baholar kesimida emas, hammaga bir xil miqdorida – 400 ming so‘m etib belgilanayotgani jamoatchilik o‘rtasida keskin norozilik keltirib chiqarayotgani, yaxshi o‘qigan talabalar rag‘batlantirilishi kerakligi, yangi tartibga ko‘ra buning aksi bo‘layotgani, natijada talabalar darslardan keyin ishlashga majbur bo‘layotgani, bu esa ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, Hukumatdan mazkur masalani qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidovga ko‘ra bu masala kun tartibida turibdi. Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida shu yilning 23 sentyabrdan 6 oktyabrgacha muhokama etilgan Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi yuzasidan juda ko‘plab takliflar kelib tushgan. Ularning ichida eng ko‘p so‘ralgani – differensiasiyalash, ya’ni talabalarning o‘qishi natijalari inobatga olingan holda stipendiya miqdorini belgilash ustida ishlandi.

«Bu masala dolzarb, bu masala kun tartibidan olingani yo‘q. Hozirgi kunda tushgan asosiy taklif - differensiasiyalash, ya’ni talabalarning o‘qishi natijalari inobatga olingan holda stipendiya miqdori belgilanishi ustida ishlandi. Tez orada bu borada nizom qabul qilinadi.

Hozir ham differensiasiya bormi? Bor. O‘qish natijalari inobatga olingan holda, xuddi oldingi tizimda bo‘lgani kabi. Bir xil emas. Negadir shunday fikrlar tug‘ilgan. Haliyam differensiasiyalashgan tizim amalda. Ya’ni, «to‘rtlik», «beshlik». Talabalar bahosiga qarab oshirilgan miqdorda stipendiya olishlari mumkin. 400 mingdan 800 minggacha oshirish ham mumkin
», deya Inomjon Majidovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
#2_minut_vaqtingizni_ajraring😊👇

🙋‍ Talabalik paytidayoq kompaniya tashkil qilish uchun bilish kerak bo‘lgan 5 narsa 👍

Facebook, Snapchat, Modcloth — bular talabalik paytida boshlangan mashhur loyihalarning bir nechtaginasi xolos. Balki bu qo‘rqinchli va ishonchsiz ko‘rinsa ham, o‘qish paytining o‘zidayoq kompaniya tashkil qila olishingiz mumkin. Va bu borada bilish kerak bo‘lgan 5 narsa:

1.Ishlashga tayyor bo‘ling. Ko‘pchilik yoshlar biror loyiha o‘ylab, keyin tadbirkorlikni boshlasam, shunda kamroq ishlayman deb o‘ylaydi. Lekin, kompaniya rahbari bo‘lish xodimlarga nisbatan ko‘proq ishlashni talab qiladi;

2.Hamkorlaringizni aql bilan tanlang. Ish boshlashda hamkor tanlash — investor topish, mahsulotni sotish yoki boshqa narsalardan ancha muhimroq hisoblanadi. Hamkoringiz siz bilan birgalikda loyiha ustida ishlash uchun ko‘proq vaqt ajrata olishi kerak. Uni hurmat qilishingiz va ishona olishingiz juda muhim. Shuningdek, bugungi kunda texnik hamkorsiz investor topish ham muammo;

3.Hozirdan ko‘ra yaxshiroq vaqt bo‘lishi mumkin emas. Talabalik vaqtida ish boshlash juda yaxshi. Chunki bu paytda hali katta hayotga to‘liq kirib ulgurmagan bo‘lasiz va sizda muammolar kamroq bo‘ladi. Shuningdek, bo‘sh vaqtingiz ham ko‘p. Agar ishingiz o‘xshamasa ham tajribaga ega bo‘lasiz. Siz o‘qishni bitirishingiz bilan ish topishingizda juda ko‘p raqiblar bo‘ladi. Agar talabalik vaqtida biror ishni boshlay olsangiz, o‘qishdan keyin ham o‘z ish o‘rningizga ega bo‘lasiz;

4.Atrof-muhitni ko‘proq o‘rganing. Professorar, kursdoshlar va boshqa kishilar bilan ko‘proq muloqot qilish. Har xil tadbirlarda qatnashish. Qo‘shimcha kurslarda o‘qish va hududingizdagi biznes sharoitlari bilan tanishish muhim;

5.Sizga hayot yo‘lidan tajribalarini bo‘lishadigan kishini toping. Ular sizga maslahat berishadi. Istalgan omadli tadbirkordan so‘rang, ular ham kimdandir doimiy maslahat olib turishadi. Buning uchun esa biznesda allaqachon bo‘lgan va u yerda nimadir qilgan insonlar bilan tanishishingiz, ulardan tavsiyalar olib turishingiz zarur. Bu albatta, xato qilishingiz oldini oladi‼️


Do'stlarga ham ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
"Pojalusta nenado tak"😂🤦‍♂

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalom-u alaykum!

Haftaning boshi, "og‘ir kun" deb ataluvchi dushanba boshlanmoqda. Haftani qanday boshlasak, shunday yakunlaymiz. Shunday ekan kuningizni qanday o‘tkazish, avvalo, o‘zingizga bog‘liq! Hormang-tolmang, kechgacha chiroyli tabassum qilishdan charchamang! Zero, sizning tabassumingiz ko‘plarning ko‘ngliga xush yoqadi😉😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#birinchi_qor Kuni kecha Qoraqalpog'istonda qor yog'di.

❄️☃⛄️ Birinchi qor muborak ⛄️☃❄️

Do'stlarga ham ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​#tarixdabugun

4-noyabr – Tutanxamon maqbarasi ochilgan kun.

Qadimgi Misrda hukm surgan fir’avnlar sulolalari haqida barchamiz eshitganmiz, o‘qiganmiz. Kimdir ko‘proq ma’lumotga ega, kimdir kamroq. Kimlardir hech narsa bilmasligi ham mumkin.

Eng mashhur fir’avnlardan biri Tutanxamondir. 1922-yilning shu kuni – 4-noyabrida uning maqbarasi ochilgan. Shundan so‘ng u filmlar qahramoniga aylandi, uning maqbarasi haqida afsona va rivoyatlar to‘qildi.

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA