Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muammolaringizni shunday hal qiling🤜🤛😄

Xayrli tong😉😊

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

LAZIZ TO‘YCHIYEV, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori:

Korrupsiya
–– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi, bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1733

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Oliy ta’limni korrupsiyadan holi sohaga aylantiramiz!

Botir DAMINOV, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori:

Korrupsiya xalqning davlat va uning organlariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi, jamiyatning axloqiy asoslarini yemiradi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning vujudga kelishi va chuqurlashishiga sabab bo‘ladi.

Bu illatni oliy ta’limdan yukotish uchun nafaqat davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, balki xar birimiz bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil ishlashimiz zarur.

Batafsil: http://edu.uz/uz/news/view/1734

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#glavniyga

Talabalik davrim mening.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
@TalabaUz_MurojaatBot nomli murojaatlar botimizga ikki talaba xabar qoldirgan!

Biri o'qituvchisiga savol bergan, bu savolga javob berolmagan o'qituvchi talabani chiqarib yuborgan!

Ikkinchisi, STIPENDIYA! Nafaqat Guliston Davlat universitetida, balkim ko'p oliygohlarda 3 oydan beri stipendiyani ko'rishgani yo'q!

Mutasaddilarimiz, "talaba och qoladi, o'lmaydi" degan gapga rioya qilishadi shekilli) Yoki, bo'lmasa "ishlab kunini ko'rar" deb!

Ham ishlab ham o'qib kontrakt to'laydigan talaba darslarga ulgurolmay qolsa, fanlarini yopolmaydi! Qarab turibsizki, yaxshigina foyda universitetga.

Bitta talabani chetlashtirishadi))))
Chuqurlashib ketdik😃

"Talaba ham odammi" -Talaba xalq maqollaridan.

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#live
#DOLZARB😂😂

Mana nima uchun talabalar darsdan qochadi?😂🤦‍♂

Do'stlarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oxirgi postimizdan keyin,
@TalabaUz_MurojaatBot imizga quyidagicha murojaatlar kelib tushmoqda.

"Ukajonim avval iyul avgustni hazm qilib oling, keyin sentyabr" 😁😁😁
Hazm qilib bo'ldi talabalar. Pulni tashlanglar😅

Kanalimizga shuncha tanqidiy postlar qilganimiz bilan mutasaddilarga yetib borarmikan?😏

Do'stlarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#LIVE
#AYNI_VAQTDA

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)

Chiroq o'chganiga qaramasdan talabalar baho olish jarayonida)))😃

Fursatdan foydalanib qolinglar😁

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Xayrli_tong

Har kuni har soatda fidoiy bo'lish, o'zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish-bu fazilatni mezonga aylantirish-haqiqiy qahramonlikdir.

Assalomu alaykum. Xayrli tong😊

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ertalabdan eshitgan eng yaxshi xabarim. 🥳

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Jomboylik talaba shishadoshini o‘ldirib qo‘ydi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida 25 yoshli talaba tanishiga pichoq bilan jarohat yetkazib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Umid ismli 1994-yilda tug‘ilgan yigit 1991-yilda tug‘ilgan Nodir ismli tanishi bilan yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida uning boshiga aroq shishasi bilan urgan. So‘ngra oshxona pichog‘i bilan uning turli joylariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-modda (“Qasddan odam o‘ldirish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

P/S: Ishqilib bu hodisadan keyin talabalarga STIPENDIYA berishni ta'qiqlab qo'yishmasa bo'ldi🤦‍♂

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tezkor

2019-yil 11-noyabr kuni nodir astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu hodisa Merkuriy tranziti deb ham ataladi.

Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi. O‘zbekistonda bu vaqtda Quyosh botayotganini hisobga olsak, ushbu tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qisman kuzatish imkoni bor xolos. Shimoliy Amerika materigi hududida Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Yevropa qit’alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud. Janubiy Amerika hududida joylashgan davlatlarda tranzitni to‘liq, ya’ni deyarli 6 soat kuzatish mumkin.

Barchaga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#HoyTalabalar
Sizga ham bu holat tanishmi?
Muammolar ichida yashayabsizmi?
Tez kunda yangi loyiha.

Haqiqatni aytish vaqti keldi😁

#NonChoy Tez Kunda

P/S: @TalabaUz admini ham ushbu ko'rsatuvning ikkinchi sonida ishtirok etgan😁 O'qishdan haydalib ketmasa bo'ldi🙊

Do'stlarga ulashing👇😄
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
Juda ham sermazmun kitob. 😃 Kanalga ulanish👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Mana ko'pchilikni qiziqtirgan kitobning ustki qismi. Endi bu kitobni topish qiyinchilik tug'dirmaydi. 😃

Do'stlarga ulashing👇😄
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Сайлов муносабати билан талабаларга вақтлироқ таътил бериладими?
#Saylov2019

Талабалар айни шу масалада жуда кўплаб саволлар билан мурожаат қилишмоқда. Авваллари ҳам сайлов муносабати билан талабаларга вақтлироқ рухсат берилган вазиятлар бўлган. Ёки 2016 йилги Президентлик сайловларида талабаларга 1-5 декабрь кунлари қисқа муддатли таътил ҳам берилганди.

Жорий йилда ушбу масала қандай ҳал бўлади?

Бу бўйича масъуллар билан боғланиб, аниқлик киритишга ҳаракат қилдим. Бугунги кунда сайлов муносабати билан талабаларга қишки таътилни муддатидан олдинроқ бериш ва ўз навбатида таътилдан вақтлироқ қайтиш масаласи кўриб чиқилаётган экан. Агар ушбу таклиф маъқулланса, талабалар сайловда ўзларининг доимий яшаш жойлари бўйича иштирок этишлари мумкин бўлади.

Аммо ҳозирча хулоса қилишга эрта, расмий хабар бўлиши билан қўшимча маълум қиламиз.
@xushnudbek

Батафсил👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Oʻzbekiston OTMlaridagi ayrim yoʻnalish va mutaxassisliklar yopilishi mumkin.

6-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida oliy taʼlim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishdagi yangicha tartiblar toʻgʻrisida seminar oʻtkazilgani haqida xabarlar tarqagan edi.

Tadbirda Taʼlim sifatini nazorat sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev 2018-2019-yillar davomida oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari (OTM) attestatsiya natijalari haqida maʼlumot berdi.

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan 2018-2019-yillar davomida
24 ta oliy taʼlim muassasa (OTM)lar attestatsiyaga jalb qilingan boʻlib, ulardan 10 tasi (41,7%) “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan va akkreditatsiyalan. 13 tasi (54,2%) esa “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilib, ularga kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 yil muddat berildi. 1 ta OTM (4,2%) “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan va akkreditatsiyalanmagan.

Ushbu natija taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tahlil qilinganda:

426 ta taʼlim yoʻnalishlaridan 288 tasi (67,6%) “Attestatsiyadan oʻtdi”, 138 ta (32,4%) “Attestatsiyadan oʻtmadi”;

282 ta magistratura mutaxassisliklaridan 242 tasi (85,8%) “Attestatsiyadan oʻtdi”, 40 tasi (14,2%) “Attestatsiyadan oʻtmadi”.

Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim boʻyicha 186 ta ixtisoslikdan 132 tasi (71%) “Attestatsiyadan oʻtdi”, 54 tasi (29%) “Attestatsiyadan oʻtmadi”.

Taʼlim inspeksiyasi joriy yilning sentyabr oyida 22 ta OTMlari va 5 ta ilmiy tadqiqot muassasalarining attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda ixtisosliklarni qayta attestatsiyadan oʻtkazdi.

Qayta attestatsiya natijasiga koʻra:

40 ta taʼlim yoʻnalishlaridan 17 ta (42,5%) “Attestatsiyadan oʻtmadi” (TAQI -1 ta, TDMRXOM – 1 ta, TATU – 2 ta, OʻzDK – 3 ta TKTI – 1 ta, TDTU – 2 ta, TerDU – 2ta, GulDU – 1 ta, JizDPI - 3 ta, TDAU Nukus f. – 1 ta);

17 ta magistratura mutaxassisliklaridan 4 tasi (23,5%) “Attestatsiyadan oʻtmadi” (TDTU – 4 ta);

60 ta ixtisoslikdan 19 ta (31,7%) “Attestatsiyadan oʻtmadi”
(BuxDU-1, BuxDTI-1, TDAU-2, TDTU-9, TIQXMMI-1, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti-4, Umumiy va noorganik kimyo instituti-1) deb xulosa qilindi va qabul toʻxtalishi belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
7-iyundagi 470-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan bundan buyon “Shartli oʻtdi” degan tushuncha boʻlmaydi, attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligiga qabul toʻxtatiladi.

Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oliy taʼlim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi takomillashtirildi. Yangi nizomda OTMlarni akkreditatsiyalash 4 bosqichda amalga oshirilishi belgilandi: oʻzini-oʻzini baholash (ichki baholash), mustaqil ekspertlar tomonidan tashqi baholash, xulosalar tayyorlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va ularni doimiy monitoring qilib borish. Bunda OTMda taʼlim sifatini oʻzini-oʻzi baholash mexanizmi mavjudligi va uning doimiy ravishda olib borilishi akkreditatsiyalanishning asosiy sharti sifatida belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
Qisqa va qo‘rqinchli hikoyalar

Qizimni uxlashi uchun karovatiga yotqizdim, shunda u: "Dada, karovatning tagini tekshiring", dedi. Uni ovutish uchun karovat tagiga qaradim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, karovat tagida qizcham daxshatga tushgan ko‘zlari bilan menga jovdirab turar va titroq ovozda gapirardi: "Dada, mening karovatim ustida kimdir o‘tiribdi"...

*****

Derazaning taqqillashidan uyg‘onib ketdim. Dastlab, kimdir derazamni taqqillatdi, deb o‘yladim. So‘ng yana taqqillagan ovoz eshitdim... Bu taqqillash endi ko‘zgudan eshitilardi...

*****

Yotoqxonam derazasi ortida, qorong‘ulikdan menga tabassum qilib qilib turgan yuz ko‘rindi. Men 14-chi qavatda yashayman...

*****

Onam meni oshxonadan chaqirganligini eshitdim va oshxona tomonga yurdim. Yo‘lakdagi boshqa xonadan onamning shivirlagan ovozi eshitildi: "Men ham eshitdim u ovozni, u yoqqa borma"...

*****

Tongda uyg‘onib telefonimga qaradim. Uxlayotganim suratga tushirilgan. Men uyda yolg‘iz yashayman...

*****

Ko‘zguga qarab soqolimni olayotgan edim, oynadagi aksim menga ko‘zini qisdi...

*****

U nega ikkita soya turganini hecham tushunolmasdi. Chunki, xonada bor yo‘g‘i bitta lampochka bor edi...

*****

Kechgacha ishxonada qolib ketdim. Shiftga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi to‘g‘risida yuz qiyofasi ko‘rindi...

*****

Ishdan yarim kechada charchagan axvolda uyga qaytdim. Chiroqni yoqish uchun vklyuchatelni paypaslab qidirdim. Vklyuchatel o‘rnida kimningdir qo‘llari turar edi...

*****

Yarim tun. Qattiq uyquga ketganman. Nogoh, kimdir mening ismimni aytib shivirladi. Men uyda yolg‘iz yashardim...

*****

Uyga kelganimda oshxonadan onam chaqirdi: "Ovqatga kel".., va shu paytning o‘zida telefonimga onamdan SMS keldi: "Uyga kech qaytaman, ovqat muzlatgichda turibdi"...

*****

342chi kun. Internet haliyam yonmadi...

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🔥1
#fact

Tadqiqotlar natijasi.
Agar xotirangiz haqiqatan ham kuchli ekanligiga o'zingizni ishontirsangiz ,xotirangiz albatta yaxshilashadi.

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​TATUda 30 ta davlatning IT-mutaxassislari jam bo‘lishdi.

2019 yil 4-6 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “ICISCT-2019” informatika va kommunikatsion texnologiyalar xalqaro ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro anjumanda Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Kanada, Chexiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Latviya, Serbiya, Bolgariya va boshqa davlatlarning 30 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari ishtirok etdi.

Universitet rektori To‘lqin Teshabayev. OTMlarda texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etishni eng muhim masala deya ta’kidladi.

Anjumanda ko‘tariladigan masalalar AKT sohasida vujudga kelayotgan muhim masalalarni yechishda, ilg‘or texnologiyalarni jamiyatimizga tatbiq etilishida, mamlakatimiz hamda xorijdan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashinish uchun katta tajriba maydonchasi bo‘ldi.

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA