Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Eng zo'r "budilnik" bu ona....😊😊😊

Xayrli tong, do'stlar!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Messenjerlardagi “Rahmat”, “Ok” kabi keraksiz xabarlar ekologiyaga zarar yetkazishi ma’lum qilindi.

Messenjerlar orqali jo‘natiladigan keraksiz va ma’noga ega bo‘lmagan xabarlar atrof-muhitga zarar yetkazishi aniqlandi. OVO Energy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijasida mazkur xavf haqida ma’lum qilingan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya aholisining 72 foizi ularning ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi yozishmalari uglerod oksidi gazlari ishlab chiqarilishiga sabab bo‘lishini bilmaydi. Uglerod gazlari ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda yuzaga keladigan zararli gazlar to‘plami bo‘lib, xabarlar jo‘natish jarayonida ularni yetkazib beruvchi serverlar ishlaydi va ular uglerod oksidi gazlarini ishlab chiqaradi.

Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, britaniyaliklar har yili “Rahmat”, “Oldim” “Ok” yoki “Lol” kabi 64 millionta keraksiz va mazmunsiz xabar jo‘natadi.

Buning uchun taxminan 23 475 tonna uglerod ketadi. Tashkilotning ma’lum qilishicha, agar Buyuk Britaniyaning har bir voyaga yetgan kishisi kuniga bittadan keraksiz xabar jo‘natishdan tiyilsa, zararli gazlar miqdori yiliga 16 433 tonnaga kamayadi. Taxminan shu miqdordagi uglerod oksidi gazlari Londondan Madridga uchadigan 81 152 ta reys yoki 3 334 ta ichki yonuv dvigatelli avtomobil tomonidan ishlab chiqariladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Jurnalist va otaxon suhbatidan.

Bir fermer otaxonning oq va qora mollari bor ekan. U otaxondan jurnalistlar intervyu olgani kelishibdi.
— Otaxon bu mollaringiz bir kunda qancha suv ichishadi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 2 paqir suv ichadi kuniga...
— Qorasichi???
— U ham...
— Otaxon bu mollariz kuniga qancha hashak yeydi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 4 tog‘oradan hashak yeydi..
— Qorasichi?
— U ham...
— Otaxon bu mollariz kuniga qancha sut beradi?
— Oqimi qorasimi?
— Oqi?!
— 15 litrdan sut beradi bolam...
— Qorasichi???
— U ham...
— Ey, otaxon odamni ezvordingiz. Savol bersak, oqimi qorasimi deysiz, oqi desak, mana buncha deysiz qorasichi desak u ham deysiz. Bu nimasi?
— Ey bolam oqi o'zimnikida.
— Ha tushunarli qorasichi, desa...
— U ham.... deyarmush. 😂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Талабалар учун қишки таътил қачон бошланади?

Ёдингизда бўлса, аввалроқ 22 декабрь куни бўладиган сайловлар муносабати билан талабалар учун қишки таътил даври 20 декабрдан 6 январгача деб белгиланиши кутилаётгани ҳақида хабар берилган эди.

Аммо ҳалигача бу расман аниқ бўлмади. Талабалар томонидан “таътил кунлари қачон аниқ бўлади”, деган саволлар жуда кўп берилмоқда.

Ростини айтсам, қачон аниқ бўлишини билмайман. Мендаги маълумотларга кўра, талабаларни қишки таътилга вақтлироқ юбориш ҳақида давлат раҳбаридан рухсат олинган. Ҳозирча бу бўйича Вазирлар Маҳкамасининг баёни чиқишини кутишмоқда. Балки талабалар учун қишки таътилга кетиш даврида самолёт ва поездларга чегирмалар берилишини инобатга олиб, баён чиқиши чўзилаётгандир, ким билсин.

Лекин 99,9% эҳтимол билан, қишки таътил вақтлироқ бошланади. Яъни 19 декабрь - охирги ўқиш куни, 6 январь - биринчи ўқиш куни бўлади.

©Хушнудбек Худойбердиев

Батафсил тез орада👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#RASMAN

Talabalar uchun qishki ta’til qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Kun.uz manbasi ma’lum qilishicha, oliy o‘quv yurtlari talabalarning qishki ta’til kunlari 20 dekabrdan 2020 yilning 5 yanvariga qadar davom etadi.
Shuningdek, 16 dekabrdan poyezdlarga imtiyozli chiptalar sotiladi.

Bu o‘zgarishlar 22 dekabr kuni mamlakatda parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi bilan bog‘liq. Avvalgi yillarda talabalar 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqishardi va ta’til 10 yanvargacha davom etardi.

Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar uchun qishki ta’til muddati o‘zgarishi mumkinligi haqida ma’lumot bergandi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Vaqt juda ham qimmat ne'mat. Uni qadriga yeting.

"Assalomu alaykum. Xayrli kun 😊".

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Талабалар ва ўқувчилар учун қишки таътил кунлари белгиланди

Олий таълим муассасалари талабалари ва академик лицей ҳамда профессионал таълим муассасалари ўқувчиларига 2019-2020 ўқув йили қишки таътил даври 2019 йил 20 декабрдан 2020 йил 6 январгача этиб белгиланди.

2019 йилнинг 22 декабрида Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси, халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига умумхалқ сайловлари ўтказилиши муносабати билан талабалар ва ўқувчиларнинг ўзи доимий рўйхатдан ўтган яшаш жойида овоз беришлари учун қишки таътил муддати ўзгартирилди.

Бу ҳақда тегишли қарор Ўзбекистон Республикаси Бош вазири ўринбосари раислигида бўлиб ўтган йиғилишда қабул қилинди.

Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларга кетадиган талаба ва ўқувчиларнинг қишки таътил пайтида доимий яшаш жойларига бориб-келишлари учун қулайликлар яратиш мақсадида жорий йилнинг 16 декабридан 22 декабрь кунига қадар ҳамда 2020 йилнинг 1 январидан
6 январига қадар 50 % чегирма асосида
йўл чипталари сотувини йўлга қўйилади.

Талабалар ва ўқувчилар бугундан имтиёзли йил чипталарини харид қилишлари мумкин.

✅ “Ўзбекистон темир йўллари” АЖ, “Uzbekistan airways” АЖ, Транспорт вазирлиги томонидан

👉 талаба ва ўқувчилар учун қўшимча жойлар сони кўпайтирилади;
👉 уч кун муддатда олий таълим муассасалари раҳбарияти томонидан тавсия этилган жойларда сайёр кассалар ташкил этилади.

Қишки таътил давомида ОТМлар, академик лицей ва касб-ҳунар коллежларида мавжуд бўлган барча тўгараклар, спорт-соғломлаштириш бўлимлари, секциялари ва клублари тўлиқ фаолият кўрсатади.

❗️2020 йил 6 январь - душанба ўқишнинг биринчи куни этиб белгиланди.

Манба:@eduuz Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Jumanazar akani Filologlar ham o'rganishayotgan ekan 😳

Talabalar kanali 😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020 yil 1 yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan 10 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

1⃣ Samarqand davlat chet tillari instituti
2⃣ Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti
3⃣ Toshkent davlat yuridik universiteti
4⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
5⃣ Toshkent Moliya instituti
6⃣ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
7⃣ Toshkent farmatsevtika instituti
8⃣ O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
9⃣ Urganch davlat universiteti
🔟 Toshkent temir yo'l muhandislari instituti

Talabalar kanali😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#hazil
Qachon-ki o'qituvchi dars oxirida savol bermoqchi bo'lsa...😂

Do'stlaringizga ham ulashing!👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🎼 #Ender_Tekin - Juma muborak

Juma ayyomingiz muborak azizlar 😊🌹

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

🌸 Bugun sokin osmonu falak,
🌸 Hamma izlar Allohdan ko‘mak!
🌸 Musulmonmiz bu baxtdir demak,
🌸 Qadrdonlar Juma muborak!

🌷 Yaxshi amal jannatga yo‘lak,
🌷 Savoblarning sovg‘asi bo‘lak.
🌷 Chin yurakdan bildiray tilak,
🌷 JUMA ayyomingiz bo‘lsin muborak!

🤲 Har bir ezgu ishlaringizda Alloh Yor va Yordamchingiz bo‘lsin!

JUMA MUBORAK!

Do'stlarga ulashing 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#hazil

Ob-havo ma’lumotlariga ko'ra, bugun ayrim hududlarda yomg'ir yog'arkan, ayrim hududlarda quyosh chiqarkan. Shungа...👆😁
#pozitivkayfiyat

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Fanlar majmuasi.pdf
3.9 MB
Тестда қайси фандан неча балл берилади?

Жуда кўпчиликни шу савол қийнаётгани рост. Ҳозирча фанлар мажмуаси расман тасдиқланмади, қачон тасдиқланиши ҳам номаълум.

Шундай бўлсада, Сизларга лойиҳа вариантини эълон қилмоқчиман. Ушбу файлда (сифати учун узр) қайси йўналиш бўйича қайси фанларни мутахассислик фани сифатида киритиш бўйича лойиҳа акс этган.

Айрим ўзгаришлар бор, хусусан, барча юридик йўналишлар учун тарих ҳамда чет тили фанларини мутахассислик фани сифатида киритиш таклиф этилмоқда.

ЭСЛАТМА: ҳозирча бу лойиҳа, расман тасдиқлангани йўқ.

💾 PDF, 3,85 мб.
@xushnudbek

Талабалар канали
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Agar Sessiya bòlmaganida "Talabalar" kutubxona qayerdaligini hech qachon bilmay òtar edi 😂.

Do'stlarga ulashing😉👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Mushuk koptok o'ynamoqda...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Institutda bo'lajak talaba bilan suhbat ketyapti. 

- Nega bizning o'quv dargohimizni tanladingiz? 

- Ahmoqona savollarni qo'ysangiz-chi, dada!


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ertalab erta turish ,
Finishga 1-bo‘lib yetib kelishdek mashaqqatlidir.

Xayrli kun azizlar. Kuningiz xayrli va sermazmun o'tsin. 😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasasi (OTM) da ta’lim olasizmi?
Mustaqil fikr bildirishni xohlaysizmi?
Eshitilishni istaysizmi?


Unda, U-Report mobil platformasiga ulaning va hokimiyat/jamoatchilik organlariga o'z fikringizni yo'llang❕

Biz esa fikringizni 💯% yetkazalishiga kafilmiz. Sizning fikringiz qaror qabul qilinishida yordam berishi mumkin.
U-Report sõrovlarida ishtirok etib, o'zingiz, oilangiz va butun davlatimiz uchun ijobiy o'zgarishlarni qo'lga kiritish imkoniyatingiz bor!

Hozirning o'zida 👉 @UReportUzbBot ga START so'zini yuborib, jamoatchilik fikri lider bo'lishi uchun harakat qiling!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA