Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Happy Constitution day, compatriots!
Barchani 8-dekabr "Konstitutsiya kuni" munosabati bilan tabriklaymiz!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Indoneziyaning eng taniqli va mashxur "Gunadarma" talabalar xori O‘zbekiston davlat madhiyasini jonli ijro etishdi)😳👏 (qoyil)
Konstitutsiya kuni muborak!!🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali) (Нодирбек Комилович)
Yangi 2020-yil qanday nomlanishini hohlagan bo'lar edingiz?
Anonymous Poll
9%
Jurnalistlar va blogerlar yili
20%
O'qituvchilar yili
54%
Talabalar yili😎
16%
Boshqa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хали 2020-йил номи эълон қилинмади!!!

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиев

P/S: Канал ва гуруҳларда асоссиз равишда тарқалаётган маълумотларга ишонмай туришингизни сўраймиз!

Каналга уланиш👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tongi_kayfiyat

Bolaligimda...

Qo'llarimni ko'ylagimning ichiga tiqib olib, "qo'llarim qani?" derdim.

Video o'yinda yutqazishni boshlasam, har safar boshidan boshlardim.

4 xil rangda yozadigan ruchkam bo'lardi, 4 ta rangini bittada bosib chiqarmoqchi bo'lardim.

Biror kishini qo'rqitmoqchi bo'lib, eshik orqasida berkinib turardim. Uzoooq kutib qolsam, chiqavermasa, hafsalam pir bo'lib, ketib qolardim.

Ko'tarib joyimga yotqizib qo'yishlari uchun o'zimni uxlaganga solib yotardim.

Oymomo mashinamizning orqasidan kelyapti deb o'ylardim.

Chiroqni yoqish/o'chirish tugmasini muvozanatga keltirmoqchi bo'lardim.

Deraza oynasidan dumalayotgan yomg'ir tomchilarini tomosha qilib turib, ular poyga o'ynashyapti, deb tasavvur qilardim.

Faqat maktab sumkamning tashvishini qilardim.

Meva urug'ini yutib yuborsam, endi qornimda meva o'sib chiqadi va men o'lib qolaman, deb qo'rqardim.

Muzlatgichning chirog'i qachon o'chishini aniqlamoqchi bo'lib, eshigini judayam sekiiiin yopib ko'rardim.

Xonaga kirib, nimaga kirganim esimdan chiqib qolardi. Keyin yana tashqariga chiqib, esimga tushganidan keyin kirardim.

Esingizdami, bolaligimizda katta bo'lishni orziqib kutardik? Endi esa hattoki qachon va nima sababdan ulg'ayib qolganimizni ham bilmaymiz...

Xabarni o'qir ekansiz, yuzingizga beixtiyor tabassum yugurdi, shunday emasmi? 🙃

Assalomu alaykum. Kuningiz xayrli o'tsin. 😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Хорижий ОТМлардан талабалар ўқишини Ўзбекистонга кўчириш тартибига ўзгартириш киритилмади

Ижтимоий тармоқларда олий таълим тизимига оид навбатдаги ёлғон хабарлар тарқатилди. Жумладан, хорижий олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган ўзбекистонлик талабаларни зудлик билан кўчириб келиш; ўқишни кўчириш учун имтиҳонлар пуллик бўлгани ва шунга ўхшаш ҳеч қандай асосга эга бўлмаган нотўғри маълумотлар тарқатилди.

Эътиборлиси, “фейк” ахборотлар оқими вазирлик каналида ноқонуний тарзда абитуриентлардан ҳужжатлар қабул қилинаётгани ва шу каби қонунга зид ҳолатлардан аҳолини огоҳлантириш мақсадида маълумот эълон қилингандан сўнг кучайди.

Бундай ёлғон хабарларга вазирлик расмий телеграм каналининг ҳаволаси қўйилиши ортидан айрим юртдошларимиз уларга ишониб қолмоқда, вазирликка оғзаки, ёзма ва интернет орқали мурожаатлар сони кўпаймоқда.

Хорижда таҳсил оладиган талабалар ва уларнинг ота-оналарига шуни расман маълум қиламизки, хорижий олий таълим муассасаларидан ўқишини Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасаларига кўчириш ва кўчириб қайта тиклаш тартибига ҳеч қандай ўзгартириш киритилгани йўқ!

Бу бўйича барча жараёнлар ЎзР Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 20 июндаги “Олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш, талабалар ўқишини кўчириш, қайта тиклаш ва ўқишдан четлаштириш тартиби тўғрисидаги низомларни тасдиқлаш ҳақида”ги 393-сонли қарори асосида амалга оширилади.

Бунда хорижий олий таълим муассасаларидан ўқишини Ўзбекистон Республикаси ОТМрига кўчириш ва кўчириб қайта тиклаш истагини билдирган ЎзР фуқаролари тизимида ОТМлари мавжуд вазирлик ва идораларда ташкил қилинган комиссияларда ўқиши кўчирилаётган ОТМларининг муайян таълим йўналишидаги ўқишга кириш фанлари бўйича ўқийдиган тилида махсус синов (комиссия томонидан белгиланган тест ёки ёзма иш ёки касбий (ижодий) имтиҳон шаклида) топширади.

Жорий йил 28-30 август кунлари хорижий олий таълим муассасаларидан ўқишни кўчириш ва кўчириб қайта тиклаш бўйича мурожаат қилган номзодлар учун масофавий онлайн тест синовлари ўтказилди.

2020/2021 ўқув йили учун синовлар келгуси йилда бўлиб ўтади. 2019 йилда ўқишни кўчириш ва кўчириб қайта тиклаш бўйича имтиҳонлар ўтказилмайди!

Халқаро тан олинган ташкилотларнинг олий таълим муассасалари рейтингида биринчи 1000 талик рўйхатдан жой олган Россия Федерацияси олий таълим муассасаларида таълим олаётган талабаларнинг аризаларига мувофиқ уларнинг ўқиши Давлат комиссияси қарори билан Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасаларига синовлар (тест, ёзма иш)сиз тўлов-контракт асосида кўчирилади.

Бу туркумга кирувчи ОТМларда таҳсил оладиган талабалар ҳам 2020 йилнинг 15 июлдан 5 августга қадар мурожаат қилишлари керак.

Талабалар ўқишини кўчириш узрли сабабларга кўра (республиканинг бир ҳудудидан иккинчи ҳудудига доимий яшаш учун ёки турмушга чиқиш муносабати билан турмуш ўртоғи доимий яшайдиган (паспорт бўйича доимий рўйхатдан ўтган) ҳудудга кўчиб ўтганда, турмуш ўртоғи ёки ота-онаси ҳарбий хизмат ўташ жойини ўзгартирганда, ёхуд ота-онаси (турмуш ўртоғи) хориждаги давлат хизматидан қайтганда) баҳорги семестрда ўқув машғулотлари бошланишидан олдин ҳам амалга оширилиши мумкин.

Бунда ўқишини кўчириш бўйича ариза топшириш — ҳар йили 20 декабрдан кейинги йилнинг 20 январига қадар; ўқишини кўчириш бўйича аризани кўриб чиқиб, қарор қабул қилиш — ҳар йили 25 январдан 15 февралга қадар амалга оширилади.

ОЎМТВ ахборот хизмати

@eduuz Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Yon daftaringizgi yozib qo‘ying va amal qiling.

👉 Vaqt har bir kishiga o‘lchab berilgan, u bitmas-tuganmas xazina emas.

👉 Siz iste’dodlisiz, lekin qobiliyatingizga ortiqcha baho berishsa, ishonib qolmang.

👉 Kattalar uyqusizlik kasalligiga chalinganlari uchun emas, balki ishi unib, baraka topganlari uchun erta turadilar. Siz ham sinab ko‘ring.

👉 Sizga qo‘ng‘iroq qilishsa, albatta javob bering!

👉 Ishga eng oldin kelib, eng keyin ketadigan xodim siz bo‘ling.

👉 Vazifangizga doir ko‘rsatmani kutib o‘tirmasdan ishga kirishing.

👉 O‘z xatolaringiz uchun javobgarlikdan qochmang.

👉 Sizga berilgan o‘rinli jazo foydadan xoli bo‘lmaydi.

👉 Bir joyga qo‘nim topmasdan, har yili ishingizni yangilasangiz, hech qachon “o‘smaysiz”.

👉 Ishxonada qulay shart-sharoit emas, balki siz bilan birga ishlaydigan odamlar ko‘proq ahamiyatga ega.

👉 O‘ylab ko‘ring: bugungi faoliyatingiz ertangi muvaffaqiyatingizga poydevor bo‘lyaptimi?

👉 Gapni o‘z egasiga ayting, orqadan gapirish obro‘ keltirmaydi.

👉 Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimingizni muttasil oshirib boring.

👉 Ijtimoiy tarmoqlarda siz do‘st tutinayotgan kishilarning soni emas, kim ekani ko‘proq muhim.

👉 Sizdan ko‘ra tajribaliroq uchta maslahatgo‘yingiz bo‘lsin.

👉 Kitobni ko‘proq o‘qish, ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalanish kerak.

👉 Daromadingizga nisbatan 25 foiz kamroq xarajat qiling.

👉 Sha’ningiz har narsadan ulug‘, unga dog‘ tushirmaslikka harakat qiling.

👉 Sizga har qancha zerikarli tuyulmasin, katta avlod vakillarining o‘gitini eshitishga vaqt va toqat toping.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ishyoqmas, dangasa talabalar uchun 7 qoida:

✅ Yotadigan karovatingni o‘zingni sevganingdek sev.
✅ Kimdir dam olayotganini ko‘rsang, albatta, yordamga oshiq.
✅ Kitob - muqaddas narsa, unga tega ko‘rma!
✅ Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin bo‘lsa, uni aslo bugun bajarma!
✅ To‘satdan o'qiging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, o‘tib ketadi.
✅ Aslo unutma, o‘qish baribir tugamaydi!!!
✅ Agar ko‘p o‘qish bilan millioner bo‘lish mumkin bo‘lganda edi, unda hamma talabalar boyib ketgan bo‘lar edi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​O‘zMU O‘zbekiston OTMlari orasida ilk bor xalqaro reytingdan joy oldi.

Dunyo olimlarining ta’kidlashlaricha, XX asrning 60-yillaridan buyon atrof-muhit muhofazasi yer yuzining barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylandi.

Mavjud masalaning yechimlaridan biri suv va elektr manbai zaxiralaridan unumli foydalanish usullari, bundan tashqari chiqindilar muammosiga bee’tibor bo‘lmaslik kabi masalalar yechimi uchun dunyodagi oliy o‘quv dargohlari tomonidan taklif etilayotgan g‘oyalar ayni muddaodir.

Bu borada muvaffaqiyat qozongan ta’lim dargohlarining yutuqlari Indoneziya universitetining 2010 yildagi tashabbusiga ko‘ra dunyo universitetlarning xalqaro Green Metric reytingi tarkibiga kiritilishi bilan baholanadi. Joriy yilning 3 dekabrida esa “yashil” oliy ta’lim dargohlarining navbatdagi ro‘yxati e’lon qilindi.

Ekologik muammolarning hal etilishi masalasida O‘zbekiston ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekistondan yagona vakil sifatida 2019 yil uchun Green Metric ro‘yxatidan 85 ta dunyo mamlakatlaridagi 780 ta universitetlar ichida 374-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lib, dunyo hamjamiyatiga “ekologik soflik” infrastrukturasi rivojiga hissa qo‘shayotganlarini namoyon etdi.

Oliy ta’lim maskani hududida transportlar harakatlanishini me’yorga solish, piyodalar harakatini oshirishni tashkil etish bo‘yicha Transportation talablariga amal qilish jihatdan O‘zMU dunyoda 38-o‘rinda turadi.

O‘zbekistonning ilk bor shu kabi reytingda ishtirok etayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. Oliy o‘quv yurtlariga “ekologik sof” deb baho berilishida ta’lim dargohlarining elektr manbai va suvni unumli sarflashi, chiqindilarni qayta ishlashdagi, jumladan, mobillik va ta’lim infrastrukturasi jabhalaridagi faolligi inobatga olinadi.

✍🏻 O‘zMU axborot xizmati

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasul Kusherbayevning ta'limdagi korrupsiya haqidagi fikrlari.

Barchaga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tungi_hazil

Sovuq urushda juda sovuq bo'lgan😁.

Aytishlaricha, bu oraliq nazoratda yozilgan ekan 🤦‍♂

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#BAYRAM

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon.
Yashnagay toabad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin, toki bor jahon...


Barcha kanalimiz a'zolarini 10-dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun bilan muborakbod etamiz!

Yurtimizga ko'z tegmasin!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Bitiruvchilari OTMlarga imtiyozli qabul qilinuvchi muassasalar soni yana bittaga ko‘paydi.

Bitiruvchilari OTMga qabul qilinishda imtiyozga ega bo‘lgan muassasalar soni yana bittaga ko‘paydi. Bu haqida Adliya vazirligi ma’lum qilmoqda.

Vazirlikka ko‘ra, “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinishi munosabati bilan Hukumatning 10 dan ortiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Xususan, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan:

oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga test sinovlarida to‘plagan ballarining 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat OTMlariga o‘qishga kirishda esa to‘plagan ballarining 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;

“Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli tugatganlarga, tarkibida ushbu maktab bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy professional tanlash natijasi bo‘yicha kirish huquqi beriladi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time😁

Sessiyalar ham yaqinlashmoqda... Talabalar uchun zo'r to'lov bankomati ekan 😂👍👍👍

Talaba do'stlarga yuboring😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​🎓 Eslab qoling!

💧1. Agar ichingizda qo'rquv mavjud bo'lsa, hayot sizni qo'rqitadi.
💧2. Agar ichingizda agressiya mavjud bo'lsa, hayot sizga "tashlanadi".
💧3. Agar ichingizda kurashish hohishi mavjud bo'lsa, hayot sizga raqiblar beradi.
💧4. Agar ichingizda aybdorlik hissi mavjud bo'lsa, hayot sizni "jazolayveradi".
💧5. Agar ichingizda hafalik hissi mavjud bo'lsa, hayot sizga yanada ko'proq hafa bo'lishingiz uchun sabablar tortiq etadi.
💧6. Bularning hammasidan maqsad: sizning aslida kimligingiz va qalbingizda nima borligini ko'rsatishdir.
💧7. Hayot sizni qalban qanday bo'lsangiz, shunday ko'radi.
💧8. Hayotga va atrofdagi odamlarga o'zimizni qanaqa ko'rsatishga xarakat qilayotganimizni emas, aslida qandayligimizni ko'radi.

💦 ️Ichingizni nima bilan to'ldirayotganingizga e'tiborli bo'ling ☔️

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
​​Kirish uchun pul ham, hujjatlar-u tanish-bilishlar ham yordam bera olmaydigan joylardan biri.

Butun dunyo bo‘ylab hech narsadan qo‘rqmay sayohat qilish mumkin degan kishilar qattiq yanglishadi. Yer yuzida pul bilan, tanish-bilishchilik bilan “olti soniya”da kirish mumkin bo‘lmagan joylar ko‘p. Maxfiy harbiy bazalardan tortib diniy maqbaralargacha begonalar kirishi taqiqlangan makonlar mavjud.

Bogemiya bog‘i. Triller janridagi filmlar uchun yasalgan dekoratsiyaga o‘xshaydi. Ushbu bog‘ning maydoni 2,7 ming akr maydondagi qishloq hududida, Kaliforniya shtatidagi Monte-Rioda joylashgan. Yerlarga San-Fransiskodagi san’atsevarlar xususiy klubi yoki Bogemiya klubi egalik qiladi. Klub har yili yozda dunyoning eng obro‘li odamlari uchun ikki hafta davom etadigan tadbirlar tashkillashtiradi. Bu juda shubhali tuyuladigan tadbir.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oz bo'lsada sizga bir olam quvonch beradi😊😊😊😊


Do'stlaringizga ham ulashing!👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​ОТМ бакалавриатига қабул қилиш тартибида ўзгаришлар бўлди

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Бу ҳақда Адлия вазирлиги Матбуот хизмати хабар берди.

Қарорга мувофиқ, “Ўсмирларни ҳарбий-ватанпарварлик руҳида тарбиялаш хамда Ўзбекистон Қуролли Кучлари ва давлат хизмати учун кадрлар захирасини тайёрлаш тизимини такомиллаштиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилиниши муносабати билан Ҳукуматнинг 10 дан ортиқ қарорларига ўзгартиришлар киритилди.

Хусусан, Олий таълим муассасаларининг бакалавриатига талабаларни ўқишга қабул қилиш тартиби тўғрисида низомга киритилган ўзгартиришларга асосан:

•    олий ҳарбий ва ихтисослаштирилган таълим муассасаларига ўқишга киришда “Темурбеклар мактаби” битирувчиларига тест синовларида тўплаган балларининг 30 фоизи миқдорида, республиканинг бошқа давлат ОТМларига ўқишга киришда эса тўплаган балларининг 15 фоизи миқдорида қўшимча балл берилади;

•    “Темурбеклар мактаби”ни имтиёзли тугатганларга, таркибида ушбу мактаб бўлган вазирлик ва идораларнинг тегишлилиги бўйича олий харбий ёки ихтисослаштирилган билим юртларига тест синовларисиз, ҳарбий профессионал танлаш натижаси бўйича кириш ҳуқуқи берилади.

©манба: qalampir.uz

Талабалар канали😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
G'alati hisob😁:

Qoyil qolmasdan iloj yo'q.

Sizda ham o'xshadimi?😜

Do'stlarga ulashing😎👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA