Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunday qilmaganman demang! Ishonmayman! Siz ham shunday qilib ko'rgansiz...

Do'stlarga ulashing🙃👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​13-dekabr, juma oqshomi: Yulduzlar yomg‘irini tomosha qilish mumkin

“Yulduzlar yomg‘iri” yoxud meteorlar tushishi sayyoramizda har yili kuzatiladi.  Ular go‘yo bir nuqtadan yog‘ilayotgandek ko‘rinadi. Qaysidir ma’noda shunday ham. Sayyoramiz o‘z o‘qi atrofida aylanar ekan qaysidir osmon jismi sabab paydo bo‘lgan va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan meteorlarga, changlarga ham duch keladi. Shuning uchun ham bu oqim go‘yo bir nuqtadan tushayotganga o‘xshaydi.  Bu hodisa ilmiy tilda radiant, deyiladi.  

Chilidagi Las-Kampanas observatoriyasida suratga tushirilgan “Yulduzlar yomg‘iri” 4 soatlik mehnat mahsulidir.  Oldingi planda 2,5 metrlik Du Pont  va 1 metrlik SWOPE teleskoplari ko‘rinib turibdi. Meteorlar fonida osmonni bezab turgan yorqin dog‘ – bu Yupiter. Sal chaproqda Somon yo‘lining markaziy qismi aniq ko‘rinib turibdi. Chapda pushti rangli Orion tumanligi.  
“3 200 Phaethon” asteroidi orbitasidan chiqib ketgan Geminid meteoritlari Yer atmosferasida sekundiga 22 kilometr tezlik bilan tushadi. Bu g‘aroyib manzarani 13-dekabrdan 14-dekabrga o‘tar kechasi tomosha qilish mumkin.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ichki qat'iyat bo'lmasa, hozirgi zamonda hamisha qurbon bo'lasiz !

Sizga to’sqinlik qilayotgan narsa bu o’zingiz va qarashingiz !

Vaziyatni qo'lga oling va ishga kirishing !
Sizni buyuk ishlar kutmoqda !!!

Xayrli tong, do'stlar!

Yaqinlaringizga ham ulashing!😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekiston ilm-fan sohasida antiplagiat tizimi joriy etiladi.

Innovasion rivojlanish vazirligi tashabbusiga ko‘ra Polshaning “Plagiat. Pl” kompaniyasi vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda mamlakatimizda ilm-fan va ta’limdagi ko‘chirmachilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi rejalar va sohaga xorij tajribalarini tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

“Plagiat. Pl” kompaniyasi tomonidan Polsha va Yevropa Ittifoqidagi ilm-fan va ta’limdagi ko‘chirmachilikning oldini olish bo‘yicha universitetlar uchun taklif etilayotgan kompleks yechimlar yuzasidan taqdimot namoyish etildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar ilmiy maqolalarni nashr ettirishda antiplagiat tizimlaridan foydalanish tartibi, shartlari, afzalliklari va ahamiyati bilan tanishdilar.
Mamlakatimiz ilmiy nashrlar reytingini oshirish orqali xalqaro “Scopus” bazasiga kiritish masalasi yuzasidan takliflar bildirildi.

Muhokamalarda, shuningdek, sohada antiplagiat tizimlarini oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida joriy etish, O‘zbekistonda davlat tilidagi ilmiy nashrlarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonda ilmiy nashrlarning haqiqiyligini aniqlovchi “Antiplagiat tizimi”ni joriy etish va ilmiy maqolalarga havolalar ko‘rsatkichini o‘zida aks ettiruvchi “Yagona milliy havolalar ko‘rsatkichi”ni shakllantirish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O'zA

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Odatda va sessiya payti 😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#foydali
#talabalar_uchun

Toshkent shahrida taxsil olayotgan talabalar uchun avtobus yo'l kira narxlari. (shinam va taksidan qulay)


Toshkent - Yangiyer
Narxi: 15 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 10:00, 13:00, 16:30
Yangierdan jo'nash vaqti: 6:00, 12:30, 17:00
Sayohat vaqti: 2 soat 20 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 137.3 km.

Toshkent - Gagarin
Narxi: 20 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 9:00, 12:30, 16:00
Gagarindan jo'nash vaqti: 7:00, 12:30, 16:00
Sayohat vaqti: 2 soat 45 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 172.3 km.

Toshkent - Paxtaobod
Narxi: 15 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 13:05
Sayohat vaqti: 2 soat 50 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 178.1 km.

Toshkent - Zomin
Narxi: 24 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 08:30, 12:00, 17:30
Zomindan jo'nash vaqti: 07:00, 12:30, 17:00
Sayohat vaqti: 3 soat
Yo'nalish uzunligi: 194 km.

Toshkent - Jizzax
Yo'l haqi: 25 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 11:00, 14:00, 17:00
Jizzaxdan jo'nash vaqti: 07:30, 10:00, 17:00.
Sayohat vaqti: 3 soat 20 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 228 km.

Toshkent - Samarqand
Yo'l haqi: 35 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 08:00, 10:00, 12:00, 13:30, 15:00, 17:00
Sayohat vaqti: 4 soat 30 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 330,9 km

Toshkent - Qo'shrabod - Jush
Yo'l haqi: 51000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 07:30
Jushdan jo'nash vaqti: 07:30
Sayohat vaqti: 5 soat
Yo'nalish uzunligi: 460,8 km.

Toshkent - Buxoro
Yo'l haqi: 66 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 9:30, 15:00, 18:00.
Sayohat vaqti: 8 soat
Yo'nalish uzunligi: 602,8 km.

Toshkent - Navoiy
Yo'l haqi: 52 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 8:30, 14:00
Sayohat vaqti: 6 soat
Yo'nalish uzunligi: 495,1 km

Toshkent - Zarafshon
Narxi: 67 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 06:00, 11:20
Sayohat vaqti: 9 soat 30 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 699.4 km

Toshkent - Kattaqo'rg'on
Yo'l haqi: 45 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 13:00
Sayohat vaqti: 8 soat 10 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 412,3 km

Toshkent - Xatirchi
Narxi: 50 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 8:50, 9:50
Sayohat vaqti: 8 soat 30 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 449.3 km

Toshkent - Uchquduq
Yo'l haqi: 65 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 08:20
Sayohat vaqti: 13 soat
Yo'nalish uzunligi: 785,2 km

Toshkent - Termiz
Yo'l haqi: 78 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 16:00, 17:00, 18:00
Sayohat vaqti: 18 soat 20 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 716,6 km

Toshkent - Denov
Yo'l haqi: 87 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 14:00, 16:00,18:20
Sayohat vaqti: 20 soat
Yo'nalish uzunligi: 818.6 km

Toshkent - Qorako'l
Narxi: 73 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 10:20, 17:00
Sayohat vaqti: 12 soat 30 daqiqa
Yo'nalish uzunligi: 664.3 km

Toshkent - Qarshi
Yo'l haqi: 54 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 12:00, 16:30
Sayohat vaqti: 7 soat
Yo'nalish uzunligi: 507 km.

Toshkent - Urganch
Yo'l haqi: 115 000 so'm
Toshkentdan jo'nash vaqti: 11:20, 15:30, 17:00
Sayohat vaqti: 12 soat
Yo'nalish uzunligi: 1055 km.

Toshkent - Nukus
Yo‘l haqi: 124000 so‘m
Toshkentdan jo'nash vaqti: 16:30
Sayohat vaqti: 16 soat
Yo'nalish uzunligi: 1216.5 km.

Toshkent - Xiva
Yo‘l haqi: 115.000 so‘m
Toshkentdan jo'nash vaqti: 18:00
Sayohat vaqti: 14 soat
Yo'nalish uzunligi: 970.1 km.

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Benjamin Franklin "Har tong 5 da uyg'onib o'zidan so'rar edi!

"Men bugun nima yaxshi ish qila olaman?"

Barvaqt uyqu va barvaqt uyg'onish erkak kishini sog'lom boy va dono qiladi!

Yakshanba tongi xayrli o'tsin...

Yaqinlaringizga ulashing😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Eng qisqa ish haftasi qaysi mamlakatlarda mavjud? Ularning ichida norozilari ham bor…

6. Daniya

Daniyada nafaqat baxtli pensionerlar, balki eng baxtli ishchilar ham yashaydi – ularning ish haftasi 37,5 soatdan iborat. Ko‘plab muassasalar bu soatlarga tushlik uchun 30 daqiqalik tanaffusni ham kiritadi, bu esa ish vaqtini 35 soatgacha qisqartiradi. Daniyaliklar kuniga o‘rtacha 7 soat-u 20 daqiqa ishlamoqda, biroq ayni paytda ular yevropaliklar orasida eng ko‘p pul topmoqda – soatiga 37,5 yevro.

5. Isroil

Isroil ham ish haftasining davomiyligi bo‘yicha yaxshi o‘rinlarni egallaydi – o‘rtacha ko‘rsatkich atigi 36,3 soatni tashkil etadi. Isroilliklar kam ishlashadi, lekin ko‘p ish qilishadi. Dunyoda Isroil fuqarolari mehnatkash odamlar degan fikr bor, ammo ular o‘zlarini dangasa xalq deb bilishadi. Aytgancha, 42 soat rasmiy ravishda belgilangan me’yor hisoblanadi va shundan keyingina ortiqcha ish vaqti hisobga olinadi.

4. Irlandiya

Irlandlar haftasiga 35,3 soat ishlashadi. Biroq reytingdagi qo‘shnilardan farqli o‘laroq, Irlandiya iqtisodiy rivojlanishda ularga yon beradi, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalasida ham. Qizig‘i shundaki, 80-yillarda irlandlar qo‘shnilariga qaraganda ko‘proq ishlashgan – mahalliy qoidalarga ko‘ra ish haftasi 44 soat qilib belgilandi. Bugungi kunda ular ish vaqtini sezilarli darajada pasaytirishga erishdilar, ammo iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘smadi.
2016-yilgi Brexit, mahalliy mehnat bozorining sust rivojlanishi va boshqa muammolar odamlarni qo‘shni Angliyaga ishlashga borishga majbur qilyapti.
Aytgancha, Finlyandiyada bo‘lgani kabi Irlandiya qonunida ham 1997-yildan beri 48 soatdan oshmasligi kerak bo‘lgan ish haftasining maksimal muddati belgilangan.

3. Fransiya

Fransuzlar ham mehnatkashlar sirasidan emas, ularning ish haftasi rasman 35 soat davom etadi. Shunisi qiziqki, kasaba uyushmalari ko‘p yillar davomida uni qisqartirish va ish kunini 6 soatga yetkazish uchun kurashishni davom ettirmoqdalar. Eng muhimi, bu 1,5 soatlik tushlik tanaffusiga ta’sir qilmasligi kerak! Ammo shu bilan birga, hamma fransuzlar ham kuniga 7 soat ishlashni afzal ko‘rmaydi – ishchilarning kamida 50 foizi 1-2 soat ko‘proq ishlaydi. Advokatlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i haftasiga 55 soat band bo‘ladi! Nega ular ish haftasini qisqartirish uchun kurashishyapti? Balki qo‘shimcha ish vaqti berilishi uchundir? Negaki, bu amalga oshsa, ularga odatdagi ish vaqtidan ko‘ra ko‘proq haq to‘lanadi-da.

2. Finlyandiya

Bu davlat ishchilarining ham sharoiti yomon emas – ular uchun ish haftasining davomiyligi 32 soatni tashkil qilishi mumkin. Aksariyati o‘rtacha 38 soat band bo‘ladi – bunday ish haftasi odatda mehnat shartnomalarida belgilanadi. Shuningdek, Finlyandiyada ish haftasining maksimal chegaralari – 40 soatdan oshmasligi ham qiziq. Shunisi e’tiborga loyiqki, ular o‘zlarini Yevropada eng kam ishlaydiganlar deb hisoblaydi. Bunday ma’lumot Eurostat’ga tayanib Fin iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan berilgan. Mahalliy tahlilchilar fikriga ko‘ra, ish davomiyligining qisqaligi davlatning iqtisodiyoti va raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo soatlik ish haqi o‘rtacha 33 dollarni tashkil qilishi bunday fikrlarni shubha ostiga qo‘yadi.

1. Niderlandiya

Yevropadagi bu mamlakat kutilmaganda eng qisqa ish haftasiga ega bo‘lgan mamlakatga aylandi – o‘rtacha ish kuni, taxminan, 7,5 soat davom etishiga qaramay, u haftasiga atigi 27 soatni tashkil qiladi. 2000-yillarning o‘rtalarida gollandlar dunyoda birinchi bo‘lib 30 soatdan kam ish haftasini joriy etishdi va bu iqtisodiyotga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. Qirollikning ko‘plab fuqarolari haftada 4 kun ishlaydi va ularning deyarli bari yosh ota-onalardir.
Ammo rekord ham gollandlarni to‘xtatolmayapti – ular yanayam kamroq ishlashni xohlashadi. Bunga qaror qilganlar soatlik ish haqi stavkalariga o‘tmoqda. Bu yerda ish beruvchilarning o‘rtacha to‘lovlari soatiga, taxminan, 30 dollarni tashkil etadi...

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
So‘nggi yillarda bo‘layotgan islohotlarga qarab bir savol tug‘iladi odamda.

Islohot bo‘lyaptimi o‘zi? To‘g‘ri, progressiv o‘zgarishlar bo‘lyapti. Lekin bu islohot emas, evolushn natijasi. Nimani misol qilib olishimizdan qat’iy nazar hammasi o‘zgaradi. Hech bir narsa muqim emas. Demak, ijobiy siljishlarni hukumat yutug‘i deyish unchalik ham to‘g‘ri emasov...

Hukumat hech narsa qilmaslik va harakat o‘rtasida qotib turibdi. Oltin o‘rtalik deb o‘ylashayotgandir buni?..
Har hafta qaysidir pablik person qovun tushiradi, har hafta nimadir bo‘ladi. Qaysidir mulozim "ko'p go'sht yevorayapmiz" yana qaysi biridir "2.500.000 so'm bir oilada 5 nafar kishiga bir oyga yetadi" desa, mollarga passport berilishini aytmasa ham bo'ladi. Qovun tushishdan to‘xtamayapti. To‘g‘ri, tushayotgan qovunlarni biz bilayotganimiz ham yaxshi o‘zgarish. «So‘z erkinligi»... Lekin xalq bilaversa, bilaversa, hukumat o‘zgartirmasa, o‘zgartirmasa pichoq borib suyakka yetadi. Ilgari balandparvoz va’dalar berilmagan. Shu sababdan xalq ortiqcha narsa kutmagan. Boriga shukr deb yashayvergan. Hozirgi holat bolaga shirin kulchani maqtay-maqtay o‘zi yeb qo‘yishday gap.

Sistemamiz Oliy ta’lim muassasalaridagi ijodiy imtihonlar tizimiga o‘xshaydi. Imtihonga kirasiz, savol-javob, fikr almashish va suhbat yakunida siz zo‘r topshirdingiz, albatta kirasiz deyishadi. Javoblarni tekshirganingizda esa yerga yuzingiz bilan yiqilgan bo‘lasiz.

Salla desa kallani qo‘shib olib boradigan mulozimlar bor hali ham.
Yana o‘sha eski gap qaytariladi: Quruvchilar o‘zgartirilmasa, yangi uy qurishdan foyda yo‘q!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Robert Kiosakidan ruhlantiruvchi so'zlar:

"Men doimo hamma narsaga umidsizlik bilan qaraydigan insonlarga hayron qolaman. Ular bu hayotda hech narsaga erishilib bo’lmasligini va muvaffaqiyat faqat tanlangan kishilarga tegishli deb ishonishadi. Hullas, aziz umidsizlar. Uyda yotib, pivani ichib, millionlar haqida hayol suradiganlarga muvaffiqat kelmaydi. Muvaffaqiyat - harakat qilgan, hech voz kechmagan va qattiq ishlagan insonga keladi.”

Xayrli tong, do'stim!

Yaqin insoningizga yuboring😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
IMG_20191214_211109.jpg
1.1 MB
#yangilandi

O'zbekistondagi oliygohlar reytingi! Kuchli 87 talik. Yangi variantda.

Darajalar dunyo bo'yicha!
✅Ishtiroki darajasida
✅Ta'sir darajasi
✅Soflik darajasi
✅Muvaffaqiyatlari darajasi

Top 3 talikda quyidagi oliygohlar:

1️⃣ O'zbekiston Milliy universiteti

2️⃣ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

3️⃣ Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali

Manba: @TalabaUz

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#hazil_time

Bolalikka qaytamiz.
Hammamizda bo'lgan holat😂😂

Do'stlarga ulashing👇😄
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli talabalar hamda kanalimizning boshqa bir a'zolari! Ovozni holisona beringlar. Sizning shaxsingizni aniqlab bo'lmaydi! So'rovnoma anonim tarzda o'tkazilmoqda.

Imkon darajasida filiallar hamda viloyatlardagi OTMlarni ham chiqaramiz!

Qo'shimcha taklif va e'tirozlar uchun:
@TalabaUz_MurojaatBot