Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
3-ishtirokchi

Аграр университет домласи талабадан имтиҳон оляпти:
— Ҳурматли талаба, тасаввур қилинг, сиз фермер хўжалик раҳбари сиз. Бу йил ҳам картошка ҳосили нолга тушиб қолди. Сабаби нимада деб биласиз?
— Об-ҳаво ноқулай келган бўлиши мумкин.
— Янгироқ, ишонарлироқ сабаб топа оласизми?
— Албатта.
— Айтинг.
— Картошка экиш эсимиздан чиққан бўлиши мумкин.😁🤦‍♂

©Alijon - Agrar universitet sobiq talabasi

Do'stlarga ulashing
😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
4-ishtirokchi

Studentning otasidan o'g'liga maktubi:
"O'g'lim, biz senga so'ragan 30 ming so'mingni jo'natyabmiz. Faqat bilib qo'y, 30 mingda to'rtta nol bo'ladi. Sen beshta nol yozibsan. Xato qilmay yoz."

©Kozimjon Joʻraboyev - Namangan muhandislik texnologiya instituti

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
5-ishtirokchi

➖Assalomu alaykum, mening pul olmaydigan domlam!
➖Eyaa, keling, keling umrbod sessiyadan o'tolmaydigan talaba. 😁🙊

©Azizbek - TDTU

Talabalarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
6-ishtirokchi

Bir talaba kafega kiribdi. Ofitsant yoniga kelib:
-Xayrli kun! Nima buyurasiz?
-Buguuun biiiiir bayram qilay, stipendiya oluvdim. To'yib-to'yib yevolay bugun. Menga bitta buxanka non bilan yarim litrlik gazsiz suv keltirsangiz, iltimos.

Ofitsant hayron bo'lib so'rabdi:
-Stipendiya olibsizku, tuzukroq yana biror narsa buyurmaysizmi?

Talaba:
-Ha mayli rostanam bugun bayram bo'lsa bayramda, rosa mazza qilay. Menga 4 ta buxanka va 2 ta 1yarim litrlik gazsiz suv olib keling😁

©Munisa - UzDJTU

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
7-ishtirokchi

Domla darsda talabani urushyapti:
- Bu hol qachongacha davom etadi. Yana konspekt yozmadigmi.
- Domla yozmoqchedim esimdan chiqib qolibdi.
- Es bòsa chiqadida, sen bu kallang bilan qanaqa qilib òqishni tugatmoqchisan.😡
- Domla nafsoniyatimga tegmang, menda kallamas miya bor.😒
- Yuq. Aynan senda va qòyda kalla bor, qoganlarda miya.
- Domla nega faqat ikkalamizda kalla bor...😳


©Doston, SamDu Psixologiya.

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
8-ishtirokchi

Asfalt kovlayotgan ishchidan yo'lovchi soradi:
Qanday qilib shunday shovqinga chidaysiz-a?
E,bu hech gap emas! Men bir necha yil boshlang'ich sinflarga dars berganman😂😂😂

©Bonu, Moliya instituti

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
9-ishtirokchi

©Abduvohid, Farpi

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
10-ishtirokchi

Domla hamda talaba uchrashib qolishibdi. Talaba domlasidan ko'rishayotib:
-- qalay xotiningiz (shu payt xotini o'lganligi esiga tushib) haliyam o'sha qabrda yotibdimi?
Dermish...🤣

©Xidirova Marjona, O'zJOKU

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
11-ishtirokchi

"Shogirt ustozidan soʻradi: Ustoz, talabalarning umumiy jihati qanday?
Ustoz javob berdi: Barcha talabalarning puli koʻp boʻladi, leki qarzi pulidan ham koʻproq boʻladi.
Shogirt yana soʻradi: Ustoz nega barcha domlalar aqilli boʻlishadi?
Ustoz javob berdi: Chunki aqilsiz odam, qarzi pulidan koʻp boʻlgan odamdan hech narsa ololmeydi."

© Tursunov Po'latjon
TDAU Andijon filiali

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
12-ishtirokchi

Ota-onangiz uxlashingizdan oldin sizlarga qanday ertaklarni aytib berishardi?
"Institutni tugatganingdan so‘ng rosa ko‘p pul topasan" - degan ertaklari hamon esimda...🤣🤣

©Nosirjon, AndMI

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
13-ishtirokchi

Kecha "oliy matematika" o'qituvchimiz doktorga borsa:
- Ancha o'zingizni oldirib qo'yibsiz, bir hafta muolaja qilamiz.
- deb shu dorilarni yozib beribti...

©Kozim, NamMTI

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
14-ishtirokchi

— Doʻstim, uyimda suvaraklar juda-yam koʻpayib ketdi. Nima qilishni bilmayapman.
— Sen ularga eshitiladigan qilib “Uyda ovqat yoʻq! Yegulik umuman yoʻq!” deb bir necha bor takrorlagin!
Ertasi kuni:
— Hoʻsh, nima boʻldi doʻstim? Kecha aytganlarimni qildingmi?
— Ha, huddi sen aytgandek qildim.
— Natijasi qalay?
— Yarim tunda kimdir biqinimdan turtdi. Turib qarasam, bir gala suvaraklar atrofimni oʻrab olib, “Senga ovqat olib keldik. Yeb ol!” deb turishibdi.

©Muslimbek, FarPI

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
15-ishtirokchi

Aytishlaricha, 2-semestrdan barcha OTMlarga yangi "Astronomiya va kosmos asoslari" degan fan qo'shilar ekan. O'qituvci esa Jumanazar aka.😁🙊

©Xo'ja, ToshDSHI

Do'stlarga ulashing
😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
16-ishtirokchi

Diqqat, ommaviy qirg'in boshlandi.

Talabalar saylov jarayonlarida ishtirok etish uchun viloyatlarga ketib, talabalar turar joylari qarovsiz qolib ketgan. Shu boisdan tarakanlar ochidan o'lmoqda. Zaxira omborlari ham tugab qolgan😄

©Xurshidbek, Namangan Muhandislik qurilish instituti

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
17-ishtirokchi

Talabalar suhbati😁

©Salohiddin, ADTI

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
18-ishtirokchi

Ikki yaqin kursdosh dugonalar suhbatlashmoqda:
- Eshitishimcha, yigiting bilan janjallashab qolibsizlar...?
- Ha!!!
- Nima boʻldi? Oralaringizdan biror gap oʻtdimi?
- Masalan sen, tinimsiz chekadigan, soʻkinib gapiradigan va hatto kechasi yarim tungacha ijtimoiy tarmoqlarda boʻladigan inson bilan yashay olarmiding???
- Yoʻq, albatta!
- U ham bunga chiday olmadi😂😂😂👍👍👍

©Nuriy, TSUL

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
19-ishtirokchi

Uydan o'qishga, o'qishdan uyga!😁🤭

©Bahodir, Qirgizistonlik talaba

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
20-ishtirokchi

Domla va talaba suhbati:
Domla: Qani aytingchi, imtihon siz uchun nima?
Talaba: Imtihon bu ikki aqlli insonlarning suhbati
Domla: Yaxshi. Mobodo ularning biri axmoq bolsachi?
Talaba: Unda usha axmoqni deb ikkinchisi stipendiyadan quruq qoladi😉

©Mirzabek, Moliya instituti

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
😁1
Qolganlarni ertaga davom ettiramiz! Eslatma, faqat talaba hamda abituriyentlar hayotiga bog'liq kulguli holatlar va latifalar qabul qilinadi!

@TalabaUz ma'muriyati!
​​O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan OTMga kirish uchun 5 fandan imtihon topshiriladi

Joriy yil 14-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki bo‘limga ajratib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritilishi nazarda tutilgan. Bu haqda O‘zA eslatmoqda.

Shu bois 2020/2021-o‘quv yili qabulidan boshlab ayni loyiha amaliyotga tatbiq etiladi.

✅Majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari uchun 2,1 balldan (jami 94,5), ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari uchun 3,1 balldan (jami 186) berilishi nazarda tutilmoqda. Bunda abituriyent to‘plashi mumkin bo‘lgan umumiy ball 280,5 ni tashkil qiladi.

Davlat test markazidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, test tizimiga bunday o‘zgartish kiritilishida xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Imkon qadar milliy ta’lim tizimiga mos bo‘lgan va ta’limning rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan jihatlarni olishga e’tibor qaratilgan. O‘tgan 2017—2019-o‘quv yillarida DTM xodimlari Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi bir qancha davlatlarda bo‘lib, ularning oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish tizimini o‘rganib chiqdi, tahlil qildi.

Ayrim xorijiy davlatlar tajribasida kirish imtihonlariga ona tili va matematika kiritilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Yoki Turkiya kabi boshqa qator mamlakatlarda davlat tarixidan imtihon topshirish belgilab qo‘yilgan.
Oxirgi yillarda abituriyentlar orasida maqsadli kirish imtihonlariga tayyorlanganda, afsuski, faqat ikkita, hatto faqat birinchi blokdagi fanni yaxshi o‘zlashtirib, talaba bo‘lish mumkin, degan qarash yuzaga keldi. Ammo bu yangilikning joriy etilishi qanday samara berishini test o‘tgach, uning natijalari asosida belgilash mumkin.

Qo‘shimcha uchta fandan test o‘quv dasturlariga binoan, ancha sodda, abituriyentning umumiy savodxonligi, mantiqiy fikrlashi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan, birinchi qiyinlik darajasida bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bloklarda bitta fan takrorlansa ham ularning qiyinlik darajasi bir-biridan farq qiladi. Majburiy blokdagi matematika fani savollari birinchi qiyinlik darajasida bo‘lsa, yo‘nalish fanlar blokidagi testlar esa ikkinchi va uchinchi murakkablik darajasidagi savollardan iborat bo‘ladi.
Kelgusi 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab amaliyotga kiritiladigan bu o‘zgarishga Davlat test markazi tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni shu yo‘nalishda ishlaydigan testologlar soni ko‘paytirilgan, topshiriqlar sinovdan o‘tkazilyapti.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA