Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
So'ngi o'zgarishlar - bitta maqolada!

TALABALARGA
1. Oliy ta'lim vazirining kun.uz ga bergan intervyusidan yaqin orada stipendiyaga oid QAROR qabul qilinishi, unda so'ngi 6 oy davomidag kam to'langan stipendiya miqdori talabalarga qaytarilishi, ortiqchasi (3lik stipendiya egalari) OTM ga qaytarilishi belgilangan edi.

Bunga ko'ra 4 lik stipendiya oluvchi talabalarga 985,404 so'm , 5 liklar 2,113,872 so'm qaytarilishi, 3 bahoning stipendiyasini olgan talabalar esa aksincha 143,064 so'm pulni davlatga qaytarishiga to'g'ri keladi.
❗️Agar bu qaror fevraldan amal qilinadigan bo'lsa!

Agar stipendiya eski, tabaqalashtirilgan tizimga qaytsa:

Fevraldan 5 lik stipendiya 805.000 so'm, 4 lik 603,730 so'm, 3 lik 402,500 so'm bo'lishi mumkin.

ABITURIYENLARGA
2. Majid Karimov 2020-yildagi imtihonlardagi o'zgarishlarning bir qismini xabar qilgandi.

Unga ko'ra :
A)Hujjatlarni uydan chiqmasdan DTM sayti orqali topshirish imkoniyati
B) Birdaniga 3 ta emas balki 5 yoki 6 ta yo'nalishga topshirish imkoniyati.

Har yilgidek abituriyentlar uchun qarorlar va yangiliklar aprel oyidan boshlab e'lon qilinishi mumkin!

Chet elda o'qiyotgan Talabalarga

3. Ularni bu yil yangi yangi o'zgarishlar kutib turibdi. Ular o'qishni ko'chirish uchun aynan abituriyentlardek 5 ta fandan imtihon topshirishadi . 84,15 balldan kam olgan talabalarning arizasi qanoatlantirilmaydi (Hali aniq emas) .
Bundan tashqari endi chet elda olingan diplom TOP 1000 talik imtixonsiz tasdiqlansa, qolganlari DTM tomonidan emas, balkim ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiradi .

#Eslatma o'qishni ko'chirish uchun hech qanaqa harajat yo'q. Tegishli ballni to'play olsangiz muommo bo'lmaydi. Firibgarlarga aldanmang!

✅DTM TESTLARI

Davlat test markazi Davr press nashriyotidan rasmiy DTM testlarini nashrdan chiqardi. DTM mualliflik huquqi buzilayotganidan havotirdaligi va bu xususda qonuniy choralar ko'rishi haqida xabar berdi.

✅Xususiylashayotgan oliygohlar

2020-yil 1-yanvardan 10 ta Oliy ta'lim muassasi o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tdi.

1️⃣ Samarqand davlat chet tillari instituti
2️⃣ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
3️⃣ Toshkent davlat yuridik universiteti
4️⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
5️⃣ Toshkent moliya instituti
6️⃣ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
7️⃣ Toshkent farmatsevtika insituti
8️⃣ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
9️⃣ Urganch davlat universiteti
🔟 Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti

Aynan ushbu OTMlarda kontraktlar O'ZGARISH ehtimoli yuqori bo'lishi mumkin.
Hujjat topshirayotganda e'tiborli bo'ling.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tayinlandi. Yana oʻsha Inomjon Majidov oʻz lavozimida qoldi

Oliy taʼlimdagi korrupsion holatlar, stipendiya, kontraktdan noroziliklar va boshqa muammolar borligi vazirning oʻz lavozimida qolishiga xalaqit bermadi. Aytishlaricha, bunga eng koʻp, yaʼni 22 ta deputat qarshi ovoz bergan ekan.

P/S: Videoda Majidov "yana o'zgarishlar bo'ladi hali" deganlarida, "faqat talabalarni qiynamang" degim keldi. Afsus, Majidov bizni eshitmaydi)

"Talaba ham odammi?"

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​OTMga o‘qishga kirish uchun beriladigan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi.

2020 yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb masalalar, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarning «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassalariga o‘qishga kirish uchun belgilangan imtiyozlarga ega talabgorlarni davlat qabul parametrlaridan tashqari o‘rinlarga qabul qilish mexanizmini joriy etish ham nazarda tutilmoqda.
Buning uchun 2020 yil 15 fevralgacha OTMlarga o‘qishga kirish uchun beriladigan imtiyozlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, DTM, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning toifaga ko‘ra imtihonlarda (kasbiy, ijodiy yoki test sinovlari) ishtirok etishi bo‘yicha takliflar 15 martgacha tayyorlanadi va 15 martgacha ularning ishtirok etish tartibi ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga 1 mayga qadar taqdim etiladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video ochib ko'rishingizga arzidi. #hulosa o'zingizdan...

"Bugun chiroyli kun, faqat men buni ko'ra olmayman"😔

Do'stlaringizga ham ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#RASMAN

2020-yil Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilindi

DO'STLARGA ULASHING👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Rasman

✅ Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida 6 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha ta'lim muddati joriy yildan 3 yil etib belgilandi!

✅Joriy yildan 5 ta OTM (oliy ta'lim muassasi) chet el oliygohlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Talabalarga davlat tomonidan barcha harajatlar qoplanib beriladi.

✅2020/2021 o‘quv yilida davlat grantlari ikki barabor ko‘paytiriladi.

Qizlar uchun alohida grantlar ajratiladi.

✅Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqartiriladi.

✅Oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy va akademik mustaqillik beriladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Prezident: hamma narsani zoʻr qilamiz deb, butun ilmiy salohiyatimizni yoʻqotdik.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅ Joriy yildan Geologiya yo'nalishi bo'yicha yangi oliygoh ochilishi kutilmoqda!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Rasman

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash o‘qish muddati uch yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari:

👉 Musiqa ta’limi;
👉 Jismoniy madaniyat;
👉 Texnologik ta’lim;
👉 Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
👉 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
👉 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.
edu.uz

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Yangilik

Prezident propiska tizimi haqida

Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlar o‘rtasida juda katta tafovut mavjud. Parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim.

Bu tizimni o‘z fuqarolarimizning oyog‘ig‘a kishan qilganmiz. Fuqarolarimiz qayerda yashasa ham, ishlasa ham o‘sha yerda propiskadan o‘ta olishi kerak.

P/S: Menincha talabalarga ham ancha yengillik bo'ladi deb o'ylaymiz)

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Sessiyasi boshidan qolsin 😒.

Talaba qizlarga ulashing😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Xitoyda o‘qiyotgan talaba qizdan O'zbekistonga murojaat:

"Koronavirusdan qo'rqayapmiz va O'zbekistonning Xitoydagi elchixonasidan xabar yo'q. Iltimos bizni olib chiqib ketsin"

P/S: Bu qanchalik haqiqat buni bilmaymiz. Ehtimolga qarshi, mutasaddilar xabar olishlarini istaymiz.

Mutasaddilarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha bandalarni (goh u musulmon bo'lsin, goh boshqa din vakili) ALLOHni o'zi asrasin!

Xitoyda tarqalayorgan "koronavirus" dan o'layotgan odamlar soni ortmoqda.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Keraksiz fanlar bilan yoshlarimizning vaqtini olishning nima keragi bor?»

Shavkat Mirziyoyev OTMlarda nomutaxassislik fanlari ikki barobarga qisqartirilishi haqida


Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Sessiyada toshbaqa ham uchadi 😅

Do'stlarga ulashing😅👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR

Xitoyning Pekin shahrida taxsil olayotgan o'zbekistontlik talaba murojaat bilan chiqdi!

"Hech qanday vahimaga o'rin yo'q. Biz hammamiz sog'-salomatmiz. Internet ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan vahimali audio xabarlarga ishonmanglar. Koronavirus tarqalgan joydagi talabalar bilan doim aloqadamiz." deb murojaat qoldirdi o'zbekistonlik talaba Karimov Muhammadjon.

P/S: Hurmatli kanalimiz a'zolari! Vahima qilishga asos yo'q. Aksincha, vahima ko'tarib o'zbekistonlik talabalarning ota-onasini ruhan tushkunlikka tushishiga sababchi bo'lyapmiz.

Barchaga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR
#KORONAVIRUS

Xitoyda taxsil olayotgan talabalar yana video murojaat bilan chiqishdi!

"Ijtimoiy tarmoqlarda, O'zbekiston elchixonasi yordam bermayapti degan gap asossiz. Biz elchixona bilan gaplashib turibmiz. Har xil blogerlar bilmadim nima maqsadda bunaqa audiolarni tarqatayotganini bilmaymiz. U qiz esa, umuman virus tarqalgan joydan uzoqda yashaydi. Bu qizning vahimasi deb hozir ota-onalarimiz qo'rquvda. Ko'pchilik talabalarni ota-onasi" o'qishing ham kerak emas. Uyga qaytib kel" deb farzandlarini qaytarishyapti.
Biz o'zimizdan qo'rqmayapmiz. Orqamizdagi ota-onalarimiz, yaqinlarimizning vahimasidan qo'rqib ketyapmiz." deb murojaat qoldirdi o'zbekistonlik talaba Balqiboyev Hayitbek.

Do'stlarni ogohlantiring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talabaning tug'ilgan kunida ajoyib sovg'a😁😁😁

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Virus tarqalgan hududlardagi o‘zbek talabalari Vatanga qaytariladi.

Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida Xitoyning koronavirus tarqalgan shaharlarida qolib ketgan o‘zbek talabalari haqidagi mavzuga to‘xtalgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov shunday dedi:
"Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahridagi 30 nafar o‘zbekistonlik talabalar yurtga olib qaytiladi. Ayni vaqtda Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bu borada ishlar olib borilmoqda".

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA