Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
IMG_20191214_211109.jpg
1.1 MB
O'zbekistondagi oliygohlar reytingi! Kuchli 87 talik. Yangi variantda.

Darajalar dunyo bo'yicha!
✅Ishtiroki darajasida
✅Ta'sir darajasi
✅Soflik darajasi
✅Muvaffaqiyatlari darajasi

Top 3 talikda quyidagi oliygohlar:

1️⃣ O'zbekiston Milliy universiteti

2️⃣ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

3️⃣ Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali

Manba: @TalabaUz

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Nukusda yangi oliygoh ochilishi mumkin.

Toshkent davlat texnika universitetining Nukus filiali tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi e'lon qilindi.

Belgilanishicha, Filialda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Batafsil: https://regulation.gov.uz/uz/document/12582

🎓Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#qiziqarli

Avstraliya davlatidagi kafelarning birida qo'l telefonlari uchun maxsus qafas bo'lib, unda mijozlar telefonlari solib qo'yiladi. Bu esa mijozlarga 10% lik chegirma olib keladi va albatta ovqat yeganingni his qilasan kishi.

Sizchi, ovqat yeyayotganda (ayniqsa yolg'iz) qo'l telefon titkilaysizmi?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#lirik_chekinish
#sessiya

Talabaning ota-onasiga


Holiga tushuning, otalar,
Oyog'i kuygandek chopyapti,
Non tishlab jo'nating, onalar,
Bolangiz sessiya yopyapti.

O'qishga chog'lansa tong sahar,
Yaxshi bor, derdingiz har mahal,
Quruq gap kerakmas bu safar,
Bolangiz sessiya yopyapti.

Kuyunmang, kirtayib, ozisa,
Olifta sochlari to'zisa,
Bularni qilmaydi o'zicha,
Bolangiz sessiya yopyapti.

Bor bo'lar yaxshilik bor joyda,
Gadoyni siylaydi bu oyda,
(Bor bo'lsa, duodan bor foyda!)
Bolangiz sessiya yopyapti.

Nimalar kelmaydi o'yiga,
Tushsangiz bilasiz ko'yiga,
Besh-o'n kun bormaydi uyiga,
Bolangiz sessiya yopyapti.

Qizg'onmang, uch tanga, to'rt tanga,
Darslarda bormasin man-sanga,
Yiqilib kelsa ham so'kmang, a?!
Bolangiz sessiya yopyapti.

Tun-u kun qilingiz ibodat,
Mobodo ko'rmasdan talofat,
Sog' chiqsa, boradi salomat,
Bolangiz sessiya yopyapti.

Holiga tushuning, otalar,
Oyog'i kuygandek chopyapti,
Non tishlab jo'nating, onalar,
Bolangiz sessiya yopyapti.



Talabalarga yuboring😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🚩 BUTUN INTERNETDA SHOV-SHUV BO'LGAN SURAT!

🧠 Sizning chap miya yarimsharingiz kuchli rivojlanganmi yoki o'nggi?

👆🏻 (Suratga qarang)

🔶 Agar siz oyoq kiyimini oq va pushti rangda ko'rayotgan bo'lsangiz sizda miyangizning o'ng yarim shari ilg'orlik qiladi.

🔷 Agar siz oyoq kiyimni kulrang va ko'kish rangda ko'rayotgan bo'lsangiz sizda miyangizning chap yarim shari ilg'orlik qiladi.

✅ Bu suratni har kim har xil rangda ko'radi!

😉 Yaqinlaringizga ham sinovdan o'tkazib ko'ring!

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Қонунчилик_янгиликлари

Фармацевтика техник университети ташкил этилади

“Tashkent Pharma Park” инновацион илмий-ишлаб чиқариш фармацевтика кластерини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори эълон қилинди.

Қарор билан Тошкент вилояти Қибрай туманида “Tashkent Pharma Park” инновацион илмий-ишлаб чиқариш фармацевтика кластерини ташкил этиш таклифи қабул қилинди.

Кластер Фармацевтика техник университети ҳамда ишлаб чиқариш майдонларидан иборат саноат зонасини қамраб олади.

Фармацевтика техник университети қуйидагилардан таркиб топади:

👉 илмий-тадқиқот марказлари ва лабораториялар;
👉 ўқув-илмий лабораториялари ва виварийлар;
👉 фармакопея маркази;
👉 меҳмонхонага эга симпозиумлар маркази;
👉 талабалар, ўқитувчилар ва чет эллик ходимлар учун турар жой;
👉 спорт-соғломлаштириш мажмуаси, сув ҳавзаси ва стадион.

Иқтисодий ҳамкорлик ва тараққиёт жамғармаси (EDCF) линиялари бўйича Корея Республикаси Ҳукуматининг узоқ муддатли имтиёзли кредитларини жалб қилиш орқали ўз инфратузилмасига эга бўлган Университетни ташкил этиш тўғрисида дастлабки келишувга эришилган.

Дори воситалари, тиббий буюмлар ва тиббий техника ишлаб чиқариш, косметология, тармоқ ва бизнесни бошқариш соҳаларида халқаро таълим стандартларига мувофиқ малакали кадрлар тайёрлаш ва бошқалар Фармацевтика техник университетининг асосий вазифалари ва фаолият йўналишлари этиб белгиланди.

Эслатиб ўтамиз, Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2019 йил 15 ноябрь куни бўлиб ўган йиғилишда Тошкент вилоятининг Қибрай туманида фармацевтика соҳасидаги нуфузли олий таълим даргоҳи филиалини ташкил қилиш вазифаси қўйилган эди.

@Eduuz Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bu talabaga nobel mukofotini berish kerak. Qoyil, qo'rqmadi.

Rostg'oy talaba!

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#hazil

Ertalabki tig‘iz payt. Toshkent avtobuslari yo‘lovchilar bilan to‘la!
— Akrom aka, to‘xtab turing! Odam kevotti! - baqiribdi avtobus chiptachisi haydovchiga, uzoqdan yugurib kelayotgan yo‘lovchini ko‘rib.
Bir-ikki soniya ham o‘tmay:
— Akrom aka, haydang, ketdik. Proyezdnoy

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​⚡️ Bu yil abituriyentlar 6 ta bakalavriat yo‘nalishini tanlashi mumkin.

Ma'lumki, abituriyentlar uchun o‘tgan o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarida 3 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi joriy etildi. Bunday tartib natijasida, abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyati 3 barobarga oshdi. Joriy o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 6 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilishi rejalashtirilmoqda. Shuni alohida qayd etish kerakki, avvalgi yilda 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati yaratilgan bo‘lsada, fanlar ketma-ketligi, baholash mezoni turlicha (3,1; 2,1; 1,1 ball) bo‘lganligi sababli, imkoniyatdan to‘liq foydalanishga erishilmadi. Taklif etilayotgan yangilikka ko‘ra endilikda fanlar majmui ketma-ketligi, har xil ball berish tushunchasi bo‘lmaydi.

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#achchiq_haqiqatlar
#abituriyentlarga

⚫️ 5-sinf bola men kelajakda Diplomatiyaga topshiraman deb matematikani, kimyoni, biologiyani “yig‘ishtirib”, o‘zini 3ta blokdan tayyorlanishga uradi.

⚫️ Yaqinda tarix kitobimni qo‘limga olib, hayron qoldim. Nahotki ularda shuncha siyosiy bilim jamlangan? Men kitobni o‘qimagan, shunchaki testga tushsa deb ko‘r ko‘rona yodlagan ekanman. Esiz umrim. Esiz umrlar...

⚫️ Nimaga biz “O‘tkan kunlar”ni ma’naviy ozuqa uchun emas Otabekning onasining ismi testga tushib qolar, deb o‘rgandik?

⚫️ Nimaga o‘zi meditsinaga qiziqqan qiz ota-onasi istagani uchun inyazga topshiryapti? Test yodlab, o‘qishga kira olyapti? Endi davolash uchun yaratilgan xilqat yaralaydimi?

⚫️ Nimaga ingliz tilidan 80% to‘g‘ri javob topgan talaba o‘sha tilda 2 ta gap gapirishga kelganda oqsaydi?

⚫️ Tarix kitobni yodlash uchun 10 marta o‘qishga ketgan vaqtda nimalar qilish, nimalarni o‘qish mumkin?

⚫️ Nimaga testlar bir kunga belgilanadi? Men yo‘nalishim bo‘yicha test o‘tadigan kun kasal bo‘lib qolib testga bora olmasam, bir yil o‘zimni so‘kib o‘tishim kerakmi?

⚫️ Nimaga maktabda, litsey yo kollejda, jami 12yil o‘qib turib, o‘qishga kirish uchun yana 3-4yil millionlar to‘lab repititorga borishim kerak?

⚫️ O‘zingizning hozirgi harakatingiz bilan talabalikka loyiq deb hisoblaysizmi? Men hisoblamayman!

⚫️ Nimaga biz o‘qishga kirguncha “o‘qiymiz”?

🔴 Test tizimi bilimni o‘stiradimi yo o‘ldiradi? Kim o‘ylaydi bularni? Qachon o‘ylaydi? O‘zgartirish kerak bo‘lsa, kim o‘zgartiradi?

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
“Uchga yopsam bo’ldi”.

Salom, talabalar, keling, yarangizni tirnab yana stipendiya haqida gaplashamiz. Aniq bilaman, guruhingizda domlalar yonida likillab 4 yo 5ga yopib yurgan talabalar hech bo’lmasa bitta topiladi. Hozir o’shalarning ahvoli qalay? Haliyam domlalarga egiliiib-bukiliiiib salom solishyaptimi?

Buni qarangki, ko'p oliygohlarda bunaqa emas. “Uchga yopsam bo’ldi” tendensiyasi kuchaygan. Ishonasizmi, ko'pchilik 5 ga yopmayapti.

Domlalar, kel, senga 5 qo’yib beray deydigan zamonlar kelishiga oz qoldiyov.

📢 Oliy ta’limdagilaaar, qalaysizlar endi? Tirishqoq talabalaringiz qani? Sizlarga bitta taklif bor. Maktablarda bor-kuuuu, domlalar o’quvchilarning bilim ko’rsatkichiga qarab rag’batlantiriladigan tizim. Shuni oliy ta’limga ham kiritinglar.

Domlalar "kel senga 5 qo’yay" deb yugurib yurarmikan shunda.

Bitta OTMga bitta likillab qulluq qiladigan toifa kerak ekan baribir. Zerikyapmiiiiz, 5chilar! Zerikyapmiz!

Xabarni “a’lochi” kursdoshlar bor guruhlarga sekiiiingina jo’nating😆

👆(Eslatib o'tamiz ushbu postda keltirilgan, "likkilab 4-5 ga yopuvchilar" deyilganda hamma nazarda tutilmagan! O'ziga tegishli deb hisoblagan talabalarga yetib boradi))

©Nodirbek Ashirov

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun 30-yanvar, agar Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov hayot bo'lganlarida 82 yoshni qarshi olar edilar.

Ammo inson umri yoshlar bilan o'lchanmaydi.Umr bizdan qolgan yaxshilik, ezgu ishlar bilan o'lachanadi.
Islom Karimov har doim biz bilan!
Bunday insonlar abadiy yashaydi.O'zbek xalqi bor ekan qalblarida Prezidentimizni unutmaydi
.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA

-Islom Karimov "Qoʻrqmanglar!! Marrani katta qoʻyinglar..."

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ Chempionlar OTMlarga sinovlarsiz qabul qilinadi
 
✅ Bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimi joriy etiladi.
 
Sport sohasidagi yutuqlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida:
 
- Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar byudjetdan moliyalashtiriladigan OTMlarga (tibbiyot yo‘nalishidan tashqari) qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
 
“Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi:
 
- g‘oliblariga (1-o‘rin) OTMlarga kirish imtihonlarida soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;
 
- g‘olib va sovrindorlarni (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 1-o‘rin uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-o‘rin uchun – 4 baravari, 3-o‘rin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;
 
- maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestasiyasiga jalb etilmasdan, ularga tegishli malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;
 
- olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika (1-o‘rin) va xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqqan OTM talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi kafedralar o‘qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlar (dosyent, professor) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi.

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🔊Diqqat, diqqat❗️❗️❗️
👨🏻‍🎓👩🏻‍💼Farg‘onalik talabalar uchun katta imkoniyatlarga boy "Hokim va yoshlar" uchrashuvi va gala-konsert❗️❗️❗️


🏢Toshkent shahar Yoshlar markazida Farg‘ona viloyatining tuman, shahar hokimlari hamda viloyat hokimining o‘rinbosarlari Toshkent shahrida tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ta’lim sifatini yaxshilashga takliflar, yangi loyihalarga bag‘ishlangan ochiq davra suhbatida barcha talabalarni kutib qolamiz!
🎤Farg‘onalik yoshlar uchun vodiy yulduzlaridan gala-konsert. Qiziqarli shoular faqat sizlar uchun bag‘ishlanadi!

🗓31.01.2020
🕣 Soat 16:30
📍Manzil: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi binosi, Toshkent shahar Yoshlar markazi
📌Mo‘ljal: O‘zbekiston Milliy universiteti
🚇Beruniy metro


Talaba.uz | official👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

🌸 Bugun sokin osmonu falak,
🌸 Hamma izlar Allohdan ko‘mak!
🌸 Musulmonmiz bu baxtdir demak,
🌸 Qadrdonlar Juma muborak!

🌷 Yaxshi amal jannatga yo‘lak,
🌷 Savoblarning sovg‘asi bo‘lak.
🌷 Chin yurakdan bildiray tilak,
🌷 JUMA ayyomingiz bo‘lsin muborak!

🤲 Har bir ezgu ishlaringizda Alloh Yor va Yordamchingiz bo‘lsin!

JUMA MUBORAK!

Do'stlarga ulashing 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oʻzbek tilining izohli lugʻati.

Pora — muammoni hal qiluvchi choradir!

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
JSST koronavirusni butun dunyo uchun tahdid deb e’lon qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoyda tarqalgan koronavirusni global miqyosdagi favqulodda holat deya e’tirof etdi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevadagi shoshilinch yig‘ilishdan keyin Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi. 

JSST odatda boshqa davlatlardagi insonlarning salomatligi uchun xavf tug‘ilganida va xavfga qarshi xalqaro hamjamiyatning hamkorlikda kurashishi talab etilgan holatlarga ana shunday ta’rif beradi.  

Ayni paytda JSST virus tufayli tovarlar va odamlarning harakatlanishiga cheklov qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlamaydi. AQSh esa o‘z fuqarolariga Xitoyga sayohat qilishni taqiqlab, Xitoydagi xavf darajasini Iroq va Afg‘onistonga tenglashtirdi. 

Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotiga qaraganda, mazkur mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni 213 nafarga, kasallanganlar soni esa 9692 nafarga yetdi.

Barchaga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#Kun_hazili

Student dadasiga telefon qilyapti:
—assalomu....
—vaalaykum assalom oʻgʻlim biz yaxshimiz uy, oying, singillaring, mahalla koʻy hammalari yaxshi...
—anaqa dada... pul...🙁
—yoʻq oʻgʻlim sen hecham havotir olma pulimiz yetarli sen oʻzingni eplab yuraver mayli sogʻ boʻl
—dad...daadaaa😩😩😩😩
Tut....tut...tut


😂😂😂

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali pinned Deleted message