Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​UniRank agentligi oliy o‘quv yurtlari reytingini e’lon qildi. Unda o‘zimiznikilar ham bor…

UniRank agentligi jahon universitetlari va kollejlarining onlayn taniqliligi va aloqalarning onlayn mavjudligi bo‘yicha reyting e’lon qildi.
Unda yurtimizdagi 85 ta OTM o‘rin olgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston miqyosida 1-o‘rinni O‘zMU (dunyo miqyosida 3971-o‘rin), 2-o‘rinni TPTI Nukus filiali (dunyo miqyosida 6365-o‘rin) va 3-o‘rinni SamDTI (dunyo miqyosida 7834-o‘rin) egallagan.

Ushbu reyting faqatgina chet ellik talabalar va o‘qituvchilarga OTMning boshqa davlatda sayt orqali qanchalik mashhurligini tushunishlariga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

Ta’kidlash joizki, ushbu tashkilot reytingining boshqa nufuzli agentliklar reytingidan farqli tomoni OTMlarning ta’lim sifati, akademik xizmatlari, o‘quv va ilmiy faoliyat asosiy mezonlar sifatida qabul qilinmagan.

 Ma’lumki dunyo universitetlarining reytingini aniqlash bo‘yicha THE (Times Higher Education), QS (Quacquarelli Symonds), ARWU (Academic Ranking of World Universities) kabi nufuzli agentliklar asosiy e’tiborni ilmiy faoliyatga qaratishadi. Ya’ni 72% ilmiy faoliyatga, 16% o‘quv jarayoniga va 12% boshqa yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi.
 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan nufuzli reyting agentliklari uslublarini o‘rgangan holda, 23 ta eng muhim indikator tanlab olingan. Ushbu mezonlar asosida 2018-2019 yillarda 57 ta OTM faoliyati tahlil qilinib, natijalar e’lon qilingan edi.

 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsyepsiyasida respublikamizdagi kamida 10 ta OTMni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga, shu jumladan, O‘zMU va SamDUni birinchi 500talik ro‘yxatga kiritish belgilangan.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ko‘chada bir qiz menga qarab qo‘l silkitgandi, menga ham xush yoqib qo‘l silkitibman. Qarasam, u yonimdan o‘tib ketayotgan dugonasiga qo‘l silkitgan ekan. Sir boy bermasdan, taksi to‘xtatish uchun qo‘limni ko‘targanga o‘xshatib olganimda taksi to‘xtadi. Unga ham sir boy bergim kelmay, tilimga kelgan so‘zni aytdim: "Aeroportga!". Taksist indamay aeroportga olib borib tashladi. U yerda esa bir tanishim ko‘rib qolib qayoqqa uchyapsan degandi, ungayam sir boy bermay hayolimga kelgan mamlakatni aytvoribman: "Malayziyaga!".

Hozir Kuala-Lumpurning bir ko‘chasida gangib o‘tiribman. Bu yerdagi arzonroq oshxonani bilganlar bormi?😃

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Davlat granti asosida tahsil oluvchi talabalarga stipendiya to'lash mexanizmi.

Talaba.Uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
To'lov-kontrakt asosida tahsil oluvchi talabalarga stipendiya to'lash mexanizmi

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat, e’lon!

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha muddat joriy yil 15 martgacha uzaytirildi


Qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, qolaversa, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati shu yilning 15 martiga qadar uzaytirildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​2020/2021 o‘quv yili oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 25 foizgacha, davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlari 2 barobargacha oshirish rejalashtirilmoqda.

“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020-yil Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

👉 Jumladan, farmon loyihasida

✅ 2020/2021 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 25 foizgacha yetkazgan holda belgilash;

✅ davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2019/2020 o‘quv yiliga nisbatan bosqichma-bosqich 2 barobarga oshirish;

✅ xotin-qizlar uchun alohida grantlar ajratish rejalashtirilmoqda.
©«Abituriyent INFO»

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Kontrakt to‘lovini har oyda bo‘lib to‘lash mumkin bo‘ladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish qiymatining o‘rnatilishiga taalluqli sharh berdi. Vazirlikning ma’lum qilishicha,‌ fevral oyidan kontrakt miqdori 7%ga oshiriladi. Shu bilan birga, to‘lovni amalga oshirishda ba’zi qulayliklar ham yaratilgan. Jumladan, shartnomani har oyda to‘lash, rektorlar esa to‘lov muddatlarini oshirishi mumkin bo‘ladi.

Do'stlaringizga ham tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​"Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020-yil Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

✅ Jumladan, farmon loyihasida:

▪️mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish;

▪️kredit-modul tizimini joriy qilish tartibini ishlab chiqish;

▪️talabalar bilimini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

▪️o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning huquqiy maqomi va byudjet tashkilotidan farqini aniq belgilash, shu jumladan, ularga oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini mustaqil sarflash va o‘z balansidagi mol-mulkni mustaqil tasarruf qilish, xususan, mol-mulkini ijaraga berish va kelgan tushumlarni to‘lig‘icha o‘zida qoldirish tartibini joriy qilish huquqini berish kabilar rejalashtirilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​O‘zbekistonlik dasturchi O‘zAga taklif bilan chiqdi

Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Alisher Tadjiyev O‘zbekiston milliy axborot agentligiga o‘ziga xos murojaat bilan chiqdi.

«Assalomu alaykum hurmatli O'zbekiston Milliy Axborot Agentligi!

Men ko’p yillik tajribamga tayanib Sizlarning saytingizni yanada takomillashtirib, davlatimiz byudjetiga 5,4 milliard so’mlik foyda keltirmoqchiman.

Saytingizni qilib berishda O’zbekistondagi eng yuqori malakaga ega bo’lgan kompaniyalarda ishlaydigan do’stlarim(senior’lar) ham ko’maklashadi.

Faqat bir iltimos bor, shu ajratilgan summani barchasini homiylik asosida kontrakt pulini to’lashga qiynalgan talabalarga ajratsangiz.

Biz jamoamiz bilan tayyormiz!»
, — deb yozgan dasturchi.

Kuni kecha O‘zA axborot portali yaratish va unga zarur texnikalarni sotib olish uchun 5,4 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan Vazirlar Mahkamasi farmoyishini muhokamaga qo‘ygan edi.

P.S/ Mabodo OʻzA bu taklifga rozilik bildirsa, oramizdagi senior devlar ham oʻz hissasini qoʻshsa yomon boʻlmas edi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
SamDCHTIdagi AQSHning Vebster universitetiga endi 60 nafar talaba qabul qilinadi

✅Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar institutida 2019-2020 o‘quv yilida magistratura ta’lim bosqichida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” (magistraturaga 40 nafar abituriyent qabul qilingan) ta’lim yo‘nalishi tashkil etilgan edi. Hozirda mazkur yo‘nalishda magistrantlar AQSHlik professor DJ Kaiser bilan birgalikda dars jarayonlarini davom etkazishmoqda.

✅Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, 2020-2021 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida Vebster universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu ta’lim yo‘nalishiga, ya’ni MA-TESL “Ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish” dasturiga 60 nafar qabul qilinadi.

✅Joriy yilning 11-fevral kunida institut rektori Tuxtasinov Ilxom Madaminovich hamda AQSHning Vebster universiteti professori DJ Kaiserlar o‘rtasida tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda 2020-2021 o‘quv yilida hamkorlikni kengaytirish, jumladan, MA-TESL dasturi (SamDCHTI magistratura ta’lim bosqichida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda 1 yillik “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi)ga 60 nafar talabani qabul qilishga kelishib olindi. Shuningdek, bakalavriat ta'lim bosqichida yangi yo‘nalish (dastur)larni ochish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish borasida muzokaralar olib borildi.

✅Bundan tashqari yaqin kelajakda SamDCHTIdagi Vebster universitetining alohida kampusini ochish hamda AQSHning Vebster universitetidan ingliz tili mutaxassislarini jalb etishga kelishildi.

©SamDCHTI matbuot xizmati

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡O‘zbekistonda Yoshlar parlamenti tashkil etilishi mumkin.

2020 yil 1 iyunga qadar Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

✅ Yoshlar parlamentini tashkil etish va uning tarkibini shakllantirish tartibini belgilash;

✅ Yoshlar parlamentining Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari bilan o‘zaro aloqasini yo‘lga qo‘yish;

✅ Yoshlar parlamenti a’zolarining qonun loyihalarini ishlab chiqish hamda parlament nazoratini amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash nazarda tutiladi.

Bu haqda, «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida e’lon qilindi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​«Yoshlar qayoqqa ketyapti demang! Biz Siz tomonga bormaymiz!»

"Universitetda o‘qiyman, yoshim yigirma birda (21).

Internet asrida ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni o‘qib turaman, albatta. Kattalar yoshlardan shikoyatda: “Yoshlar qayoqqa qarab ketyapti?” degan gaplar ko‘p uchrab turadi.

Yoshlar deganda universitet, kollej va maktablarda o‘qiydigan talaba, o‘quvchilar nazarda tutilsa kerak. Men o‘sha siz qayoqqa qarab ketayotganini bilishni istagan guruhning bir a’zosiman.

Davomi...

✍ Madina Zarif

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Xayrli kech hurmatli talabalar! Kichik bir konkurs o'tkazsak nima deysizlar?🤗
Anonymous Poll
62%
Ha, rozimiz
10%
Yo'q, shart emas
28%
Qanaqa ekan🤔
​Uzoq bir qishloqdaman. Aksiga olib telefonimning zaryadi 5% qolgan. Chamasi 10 daqiqa vaqtim bor onamni yaxshi ko'rishimni aytishga.. Qiziq... 10 daqiqada onam uchun ifodalagan mehrim qanday bo'larkan? Siznikichi?

Diqqat! Tanlov!
O'zingizni yuqoridagi holatda tasavvur qiling va qisqa muddatda onajoningiz uchun xat yozib👉 @TalabaUzAdmin 👈 manziliga yuboring. Eng saralarini kanalga joylalashtirib boramiz. Eng ko'p ovoz to'plagan 3 ta ishtirokchi kichik pul mablag'lari bilan taqdirlanadi!

Eslatma: Faqat bugun va ertaga soat 22:00ga qadar xatlar qabul qilinadi. 14-fevral soat 18.00da g'oliblarni aniqlab, ularga yutuqlarini o'tkazib beramiz!

G'oliblar uch nafar bo'ladi va har bir g'olibga o'ziga xos sovg'a taqdim etiladi:
1 - o'rin 50.000 so'm
2 - o'rin 40.000 so'm
3 - o'rin 30.000 so'm

Ha aytgancha, sms yoki telegram orqali onangizga xat yozganingizni screenshot qilib yuborish maqsadga muvofiq. Hammasi haqiqiy bo'lsin😌.

Qani ketdik bo'lmasam...

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#uchinchi_ishtirokchi

© Abduqodir, I. Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali talabasi

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#törtinchi_ishtirokchi

©Erali, Andijon Davlat universiteti talabasi

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#beshinchi_ishtirokchi

©Keldiyorova Eleonora, CHDPI akademik litseyi talabasi

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#oltinchi_ishtirokchi

©Qurbonov Sanjarjon, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA