Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mutasaddilari bilan suhbat!

✅ Qo'shni mamlakatlardan perevod qilish nima sababdan og'ir kechmoqda?

✅ Grantda o'qiydigan talabalar O'zbekistonga perevod qilishsa, kontrakt bo'lib o'qiydimi?

✅ Shu kabi perevod masalasi bo'yicha qiziqarli savollarga javob olasiz!

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Ta’lim krediti haqida batafsil

Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida

Muddati: bakalavr bosqichi uchun – 10 yilgacha, magistratura bosqichi uchun – 5 yilgacha.

Foizi: ikki xil kategoriya bo‘yicha turli foizlarda beriladi:

chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga – nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda (hozir 16%).

Kimlarga beriladi: OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga.

Kredit ta’minoti: kredit ta’minoti sifatida quyidagilardan biri yoki bir nechtasi taqdim etilishi mumkin:

a) mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;
b) bankning kafolati;
v) uchinchi shaxsning kafilligi;
g) sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
d) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin yetimlar va «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun).

Qanday hujjatlar kerak?

Ta’lim kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va OTM o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) mahalladan yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma:
g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;
d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tegishli tasdiqlovchi hujjat.

Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqilishi kerak?

Ariza bank tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar kredit berilmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko‘rsatilgan yozma xulosa berishi lozim. Sizga shunchaki og‘zaki rad javobi berishlariga yo‘l qo‘ymang. Yozma ariza qoldiring va banklar albatta asoslangan yozma javob berishsin. Bu kelgusida asossiz rad qilinganlik uchun shikoyat qilish huquqini beradi.

Kredit qachon to‘lanadi?

Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar har yarim yilda yillik kontrakt miqdorini ikki teng qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda, 1-kurslar uchun 1-yarim yillikda 1 oktyabrgacha, 2-yarim yillikda 15 martgacha to‘lanishi mumkin. 2-kursdan boshlab sentyabr va mart oyining 5-sanasidan kechiktirilmasdan to‘lanadi.

Kam ta’minlanganlar uchun imtiyoz bormi?

Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi.

Maxsus sirtqi, kechki va sirtqi ta’lim uchun ham ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?

Nizomga ko‘ra, ta’lim krediti faqat kunduzgi bo‘limlarda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Shunga ko‘ra, maxsus sirtqi, kechki va sirtqi bo‘limlar uchun ta’lim krediti ajratish nazarda tutilmagan.

Xorijlik fuqarolar ham ta’lim krediti olishi mumkinmi?

Yo‘q. Nizomga ko‘ra, ta’lim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolariga beriladi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham Nizomda nazarda tutilmagan.

Agar talaba talabalar safidan chetlatilsa nima bo‘ladi?

Agar talaba o‘qish davri tugamasdan talabalar safidan o‘chirilsa, OTM rahbariyati rektor (direktor)ning buyrug‘i chiqqan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida bu haqda bankka xabar berishi kerak, qarz oluvchi esa o‘z navbatida uch oy muddatda ta’lim krediti va unga qo‘shilgan foizlar bo‘yicha qarzlarni to‘liq qaytarishi lozim.

Agar OTM o‘z vaqtida bankni ogohlantirmasa nima bo‘ladi?

Talabaning talaba safidan chiqarilishi OTM tomonidan bankka o‘z vaqtida ma’lum qilinmagan taqdirda, OTM ushbu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka to‘lashga majbur.

Faqat ushbu shartlar shartnomada aks etgan bo‘lishi kerak.

Kreditni muddatidan oldin yopsa bo‘ladimi?

Ha,kreditni muddatdan oldin qaytarish mumkin

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#obunachimizdan

"Assalomu alaykum.
Men oliy taʼlim haqida oʻz fikrlarimni bayon qilmoqchi edim. Vaqt ajratib mulohaza qilishingizni iltimos qilaman.
Oʻz hayotimdan misol.
Oʻqishga kirdim. 5 ,6 ta spets darslarni oʻtib boshladim. Oʻzbekmizda tanish bilishimiz koʻp. Katta kurslardan domlalarimni surishtirdim . Falonchi sessiyada koʻzingni oʻyadi, falonchi bilan bahslashsang sessiyada vayron qiladi , falonchi oʻqisangina baho qoʻyadi unga rektorni ham tishi oʻtmaydi. Shunday qilib faqat haqqoniy baho qoʻyadigan domlani fanidan oʻqidim .
Endi oʻylab qoldim. Hamma joyda oliy taʼlimni rivojlantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Men biror natija sezmadim . Hammasi avvalgidek. Domlaga savol berib boʻlmaydi. Senga sessiyada koʻrsataman degandek iljayib qaraydi. Xoʻsh unda biz ularni qanday oʻrganamiz. Yaqinda fizikadan bir narsaning isbotini soʻradim . Uni kollejda bilib kelishing kerak edi dedi. Men esa bizga oliy taʼlimda oʻrganasizlar dedi deb aytdim. Unga bu gapim yoqmadi. Baribir isbotini koʻrsatmadi. Qarabsizki oʻsha domla meni imtihonga kiritmayman , oraliqdan oʻtmading dedi. Bu menga jazo edi.
Erkin fikrlashim uchun jazo oldim.
Fanlarga pul yigʻishimiz rost. Axborot soatida nimagadir pul yigʻildi. Kuratrga oʻzi sessiya yaqin pulimiz yoʻqku dedim . Domlam kulib sessiyani pulga nima aloqasi bor dedi? Indamadim.
Umuman erkin fikrlash mumkin emas.
Domladan tushunmaganingni soʻrolmasang ertaga qanday kadr boʻlamiz. Olimlar 12,13 yoshida oliy matematikani tamomlaganlari bor. Biz nahot shuni oʻrganolmasak. Domla bilan talaba oʻrtasida umuman aloqa rivojlanmagan. Sessiyada qiynaydi deb tushunmasak ham tushundik deyishga majburmiz.

Oliy taʼlimni rivojlantirish boʻyicha taklifim bor.

Aytaylik OTM ga kirdim .
Barcha OTM larda talaba 100% yotoqxona bilan taʼminlangan boʻlsin. Oʻzim kirgan oliygohda 1 semestr oʻqidim . Oʻsha semestrda yakuniy imtihonni boshqa OTM da topshiray.
Misol men SamDU ga kirdim . 1 semestr oʻqidim. Oʻsha semestr yakuniy imtihonni QDU ni domlalariga QDU da topshiray. Va ikkinchi semestrda QDU da oʻqiyman. Qarabsizki 4 yil bakalavriatda oʻqib 8 OTM da oʻqiyman . 8 xil domlaga imtihon topshiraman. Men hozir domladan bir narsa soʻrasam meni imtihonda qiynaydi deb oʻylamayman. Bu menimcha oʻqish saviyasini yaxshi koʻtaradi.
"

P.s:Yurakdan chiqqan, achchiq haqiqatlar! Hulosa o'zingizdan...

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Motivatsiya

Maqsad bo‘lsa ...

Odamlar yo‘lda ketayotsa, bir chumoli qarshisida turgan tog‘ toshlarini yelkasiga ortib, chetga chiqarayotgan emish. Undan nega bunday qilayotganini so‘rashibdi.
Shunda chumoli debdi:
— Tog‘ning narigi tomonida onam bor. Onamning oldiga borib-kelishim uchun tog‘ning o‘rtasini yorib, o‘zimga yo‘l qilyapman.
Olomon bu sening qo‘lingdan kelmaydi-ku, desa, chumoli:
— Qo‘limdan kelmaslik bahona bo‘lolmaydi, — degan ekan...
Maqsad sari dadil qadam bosmas ekanmiz, oddiy ish ham qo‘limizdan kelmaydi.

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Omadni “chaqirish”ning ilmiy asoslangan 3 usuli

Angliyalik olimlar o‘zlarini omadli va omadsiz deb hisoblovchi kishilar o‘rtasidagi farqni aniqlashga qaror qilishdi.

Tadqiqotlar davomida omadli insonlar omadsiz insonlardan yuqori darajada farqlanishi aniqlandi. Omadlilar ikki marta ko‘proq kuladi va boshqalar bilan ko‘z orqali aloqani ushlab turishga harakat qiladi. Omadsiz odamlar esa emotsional beqarorlikka, xavotirga va salbiy hissiyotlarga moyil bo‘ladi. Ular qandaydir bir muamo tufayli haddan tashqari tashvishlanishi natijasida imkoniyatlarni qo‘ldan chiqaradi.

Tadqiqot ishtirokchilariga bir nechta mashqlar berdi. Bir oy o‘tgach, ularning 80 foizi baxtliroq, o‘z hayotlaridan mamnunroq va asosiysi, omadliroq bo‘lganini ta’kidladi.


E’tiboringizga ushbu mashqlarni havola etamiz:

Kengroq fikrlang.

O‘z maqsadingizga erishish-erishmaslik borasida doim tashvishlanish tufayli siz ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Barcha yangi narsalarga ochiq bo‘ling, shunda sizda baxt keltiruvchi chiptani tortib olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

Ijobiy tarzda yondashing
Hamma narsaning faqat salbiy jihatlarini ko‘rish kerak emas. Bunday kayfiyat sizdan hayotiy kuchingizni olib qo‘yadi. Nimadandir shikoyat qilish o‘rniga, bundan ham yomonrog‘i yuz bermagani uchun shukur qiling.

Hayotingizga yangilik kiriting.

Kundalik hayot charchatishi mumkin. Agar siz har kuni bir xil odamlar bilan muloqotda bo‘lsangiz, bir xil taomni yesangiz, bir xil ishlarni bajarsangiz, o‘z hayotingizni xilma-xillashtirishga harakat qiling. Qulaylik zonasidan chiqish omadni dumidan tutish imkoniyatlarini ko‘paytiradi.

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#news

Pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil bo‘ladi
Respublikada pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirish rejalashtirilmoqda


Pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanadi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddatini 3 yil qilib belgilash;

✅ oliy ta’lim muassasalarining hududlardagi pedagogik ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va ayrim filiallari negizida Pedagogika institutlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda transformasiya qilish mo‘ljallangan.

2020 yil 1 iyunga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Loyihada:

✅ kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformasiya qilishni boshlash;

✅ mazkur jarayonga xorijiy moliya institutlarining grantlarini jalb qilish nazarda tutiladi.

Mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi.

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#xazil

Universtitet binosidagi e’lon:
-"Planshet sotaman. Arzon bahoda".
E’lon tagidagi birinchi izoh:
-"Mavluda Azizovna, darsdan keyin qaytarib beraman degandingiz-ku!!!"

Ulashamiz😁👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir bor ekan bir yo'q ekan. Yaqin bir zamonda, "4" baholik grantda, "5" baholik grantda va kontraktda o'qiydigan talabalar yig'ilishibdi. Shundan so'ng....😁😁

Qolganini videoda ko'rib olarsiz...

Do'stlarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Toshkent metropolitenining yangi sxemasi

Endi mazza qilamiz, metroda aylani-ib!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abdulla Aripov, O‘zbekiston Bosh vaziri:

«Bizning ham yuragimiz achiydi, biz ham o‘ylaymiz. Kuni kecha prezidentimiz qaror qabul qildi: atrofdagi respublikalarda o‘qib yurgan yoshlar istasa, hujjatlarni olib qaytsin, imtihonsiz istagan institutiga olamiz… Biz ham ularning shu yerda ishlashini xohlaymiz. Hozir yangi ish joylarni tashkil qilyapmiz»

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyentlarni Parij Xalqaro moda Akademiyasi (Fransiya) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakultetiga o‘qishga kirish uchun tayyorlov kursiga taklif etadi

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali (Post Talaba.uz)
⚡️ Chempionlar OTMlarga sinovlarsiz qabul qilinadi
 
✅ Bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimi joriy etiladi.
 
Sport sohasidagi yutuqlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida:
 
- Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar byudjetdan moliyalashtiriladigan OTMlarga (tibbiyot yo‘nalishidan tashqari) qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
 
“Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi:
 
- g‘oliblariga (1-o‘rin) OTMlarga kirish imtihonlarida soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;
 
- g‘olib va sovrindorlarni (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 1-o‘rin uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-o‘rin uchun – 4 baravari, 3-o‘rin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;
 
- maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini (1-3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestasiyasiga jalb etilmasdan, ularga tegishli malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;
 
- olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika (1-o‘rin) va xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqqan OTM talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi kafedralar o‘qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlar (dosyent, professor) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi.

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Barcha talabalarga yuboring 😂

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekiston aholisi 34 milliondan oshdi.

Yil boshida yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqarolar soni 33 905 799 nafar edi. Bugun, 18 fevral holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi 34 002 410 nafarni tashkil qilmoqda. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra:

Erkarlar: 17 093 012 nafar
Ayollar: 16 909 398 nafar
Tug‘ilganlar: 126 768 nafar
Vafot etganlar: 29 051 nafar
Kelganlar: 23 502 nafar
Ketganlar: 24 608 nafar

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talimxabarlari.uz
🎰 “RoboTech” танловида ғолиб бўлган ўқувчи ТАТУда бепул ўқийди

Ўзбекистонда биринчи марта робототехника бўйича 8-11-синф ўқувчилари ўртасида республика миқёсидаги “RoboTech” кўрик-танлови ўтказилади.

Мусобақа регламентига кўра, 2020 йил июн ойида Aл-Хоразмий номли ихтисослаштирилган мактабида ўтказиладиган танловнинг финалида ҳар бир вилоятдан энг яхши 14 та жамоа қуйидаги учта йўналишдан бири бўйича беллашадилар:

✅ “Sumo Robot”;
✅ “Line Followower”;
✅ “Freestyle”
.

Танлов ғолиблари қуйидаги соврин ва имтиёзларга эга бўлишади:

🥇 1-ўрин – Tошкент ахборот технологиялари университетида ўқиш учун шартнома тўлови + ноутбук;
🥈 2-ўрин – ноутбук + LEGO миндсторм тўплами;
🥉 3-ўрин – LEGO миндсторм тўплами.

💰 Танловда қатнашиш мутлақо бепул.

✍️ Танловда иштирок этиш учун онлайн ариза топшириш лозим: http://bit.ly/robofest_uzb

⏰ Aризалар 2020-йил 29-февралига қадар қабул қилинади.

Каналга уланиш: 👇👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEj41EMluaY6ty_AYA
Hurmatli talabalar hali hammasi tugamapti... Tayyor turaverasizlar😂😂

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Deputatlarga ishonib 5 ga yopsangu, ular stipendiyani oldingi holatiga qaytarishmasa☹️

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2019 yilda tashkil etilgan 19 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxati.

Talaba.uz|official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali (Нодирбек)
Uchta OTMda masofaviy o‘qitish shakli joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistondagi uchta oliy ta’lim muassasasida tajriba tariqasida masofaviy o‘qitish shakli joriy etilishi mo‘ljallanmoqda

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetida, tajriba tariqasida, masofaviy o‘qitish shakli joriy etilishi mumkin.

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelga qadar masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibini belgilash, dasturiy-apparat kompleksini yaratish va ko‘rsatib o‘tilgan oliy ta’lim muassasalarini o‘quv jarayoniga masofaviy ta’limni joriy etish uchun zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlashni ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 1 yanvarga qadar tajriba-sinov natijalarini inobatga olgan holda O‘zbekistonning oliy ta’lim tizimiga masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni o‘qitishning ushbu shaklini amalga kiritishning oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi grafigi bilan birgalikda kiritadi.

Xususan, umumta’lim yakuniy davlat attestasiyasi va oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarini unifikatsiyalashtirib, yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish, tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA