Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​✅ ICHIMIZDAGI JASORAT USTIDAN BOSHQARUV.

Jasorat ''Men bo‘laman!'' deydi. Bu ikki so‘z eng qudratli kuch. ''Men bo‘laman!''. Buyuk Britaniya davlat arbobi Benjamin Dizraeli shunday degan: ''Hech narsa inson irodasiga qarshi tura olmaydi. Negaki, u oliy maqsad yo‘liga tikilgan kartadir.'' Boshqacha qilib aytganda, siz qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsangiz, sizni hech kim to‘xtata olmaydi.

Men omadsiz, baxtsiz inson bo‘lmayman. Ha, men unday qilmayman. Men muvaffaqiyatli va baxtli inson bo‘laman! Ha, men shunday qilaman.

''Jasorat – bu o‘ziga so‘z bermoq, hech qachon orqaga qaytmaslik uchun o‘ziga so‘z bermoq!''

Mana o‘z jasoratingiz ustidan boshqaruv. Ko‘ryapsizmi, naqadar oddiy!

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#imtiyozlar
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va yuksak natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga beriladi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan fuqarolar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

✅ Oliy ta’lim muassasalariga (harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) kiruvchilar uchun qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha ravishda alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.

👉 Alohida qabul ko‘rsatkichlari har bir oliy ta’lim muassasasining har bir ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi) bo‘yicha belgilanadi.

👉 Tavsiyanomaga ega abituriyentlar alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

👉 Alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etib o‘qishga kira olmagan abituriyentlar, umumiy tanlovda ishtirok etib o‘qishga kirishi mumkin bo‘ladi.

✅ Oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun esa abituriyentlarga to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi (misol uchun, abituriyent test sinovida 120 ball to‘plasa, unga 60 ball qo‘shib beriladi).

✅ Tavsiyanomaning amal qilish muddati uch yil.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarori.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasining namunaviy shakli quyida keltirilgan.

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Ўқишни_кўчириш

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
ОГОҲЛАНТИРАДИ!

Қўшни давлатлардаги олий таълим муассасаларидан ўқишини кўчириш бўйича мурожаат қилаётган фуқаролар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

Вазирликнинг Ҳудудий ишчи гуруҳларига фуқаролар томонидан қалбаки (сохта, ясама) ҳужжатлар топширилаётганлиги аниқланмоқда.

Ўқишини қўшни давлатлардаги олий таълим муассасаларидан кўчириш тўғрисида ариза топширган фуқароларнинг ҳужжатлари тўлиқ текширилади ва қалбаки ҳужжатлар аниқланган тақдирда талабаликка қабул қилинмайди ҳамда ҳужжатлар ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идораларга тақдим этилади.

Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда Сизга қўшни давлатлардаги олий таълим муассасаларидан бирида ўқиганлик тўғрисидаги қалбаки ҳужжат қилиб беришни таклиф этаётган таъмагир ва фирибгарларнинг таклифларидан эҳтиёт бўлинг.

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Iroqda kitob bozorida kitoblar tunda ko'chada qoladi. Iroqliklarni aytishicha: kitob o'quvchilar o'g'rilik qilmaydi, o'g'rilar esa kitob o'qimaydi.

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#achchiq_haqiqat

Xo'o'sh! Yana nimani pullik qilsak ekan-a? Nima esdan chiqdi?😁

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Plastikka qolgan mening kunlarim,
Juma bo'lmay tugab qolar pullarim,
O'qiyverib bedor o'tar tunlarim ,
Talabalik savdosidir boshimda.

Ma'ruzada bor vujudim quloqdir,
Seminarda gaplar qaynar buloqdir,
Baho olsam barcha o'ylar yiroqdir,
Talabalik savdosidir boshimda!

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Uzoqboy Begimqulov, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari:

Bu yil davlat grandlari ikki barobar oshiriladi. Ular asosan matematika, kimyo va geologiya yo‘nalishlariga beriladi

——————————-

Узокбой Бегимкулов, заместитель министра высшего и среднего специального образования:

В этом году объем государственных грантов удвоится. В основном они будут выделены по направлениям математики, химии и геологии.

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekistonda 103 ming talaba ijarada turadi

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida 356 mingdan ortiq talaba o‘qiydi. Ularning qariyb 53 ming nafari yotoqxonada turadi, 103 ming nafardan ortig‘i esa ijarada yashaydi. Taxminan 200 ming nafari esa o‘z uyidan qatnaydi.

Talabalar uchun ham infrastruktura qariyb yo‘q.

Talaba.uz |official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#IQ_TEST

Agar bugun chorshanba bo'lsa, 23 kundan keyin haftaning qaysi kuni bo'ladi?
Anonymous Quiz
19%
Chorshanba
14%
Payshanba
54%
Juma
13%
Shanba
Audio
#lirik_chekinish

🎼 Men uyga qaytguncha onamni asra!

Musofir yurtda (viloyat, shaharda) o'qiyotgan talabalarimiz uchun maxsus😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bizni faqat saylovdagina yodga olishadi...☹️

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun 21-fevral!

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi "20- fevralga qadar grantlarning kompensatsiya pulini tushirib beramiz" degan va'dasiga 1 kun o'tdi. Yana bir va'dani kutamiz) Grantlar, sizlarga kompensatsiya puli tushirib berildimi?
Anonymous Poll
24%
Ha, bizga tushdi
30%
Yo'q, bizga tushmadi
46%
Men kontraktman☹
​​🇺🇿🇹🇷Asian Youth Conference🇰🇷🇰🇬
🔥AYC-2020🔥
🗓 2020-yil, 1-2-May kunlari
🌆 Toshkent shahrida
👨‍🎓👩‍🎓 350 delegat ishtirogida
🕕 Deadline: 20-aprel, 2020-yil
💳Konferensiyada qatnashish narxi 135,000 so'mni tashkil etadi


"Asian Youth Conference"
🔘 Ikki kunlik qiziqarli hamda kreativ g'oyalarga boy anjumanda qatnashish imkoniyati
🔘 AYC logosi asosida har bir delegat uchun maxsus sovg'alar
🔘 Har bir delegat uchun Ota-Ona nomiga Tashakkurnoma hamda Maxsus QR kodli Sertifikat
🔘 Ikki kunlik Tushlik, Ikki kunlik Picnic Time
🔘 "Yoshlar Karnavali" ijtimoiy bazmi
🔘 "Disco show"
🔘 "Muzqaymoqlar ulashamiz" nomli qisqa tanafus vaqti
🔘 Toshkent shahar bo'ylab sayohat


"Asian Youth Conference"
Eng yaxshi Loyihalar yaratgan guruhlar uchun:

🏆🥇Maxsus Kubok hamda 1,000,000 so'm pul mukofoti
📁🥈Ikkinchi darajali diplom hamda 800,00 so'm pul mukofoti
📂🥉Uchinchi darajali diplom hamda 700,000 so'm pul miqdori


"Asian Youth Conference"
Nominatsiyalar:

👉Eng yaxshi delegat nominatsiyasi bo'yicha har bir yo'nalishdan bittadan bir martalik "AYC Prezidenti Stipensiyasi" ga sazovor bo'ladilar
👉Eng yaxshi Viderolik
👉Eng yaxshi maqola
👉Eng yaxshi rais nominatsiyalari uchun maxsus sovg'alarga ega bo'ladilar


Hoziroq ro'yxatdan o'ting 2020 yilning eng shov-shuvli Konferensiyani qo'ldan boy bermang!

Ro'yxatdan o'tish va delegat bo'lish uchun👉@AsianYF ga murojaat qiling!
📲+998935014320
Yoki Telegram botimiz👉http://t.me/AYC_2020_bot murojaat qiling


@AsianYouthConference
Join Us 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFTX5dl-gUH1QHivAw
#hazil
- Hech ko'zlaringga yosh keltirib, ich ichingdan yig'lashga majbur qiladigan, yurak bag'ringni tilka pora qilib tashlaydigan biror kitob o'qiganmisan?

- Ha... Fizika 9- sinf.
😃😃😃😃

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ishga kirayotganingizda berishingiz kerak bo‘lgan 5 ta savol

Odatda ishga qabul suhbatida ish beruvchilar savol beradi. Ish so‘rab borgan odam esa javoblarni mukammal berishga astoydil tayyorlanadi. Biroq nomzodga savol berishni hech kim taqiqlamagan. “Kompaniyamiz haqida qanday savollaringiz bor?” deb so‘rashsa, ko‘pchilik kutmaganidan yoki savoli yoqmasligidan cho‘chib, nima deyishni bilmay qoladi.
Bu holat yuz bermasligi uchun quyidagi maslahatlarga amal qilish kerak.

Kerakli odamlarga kerakli savollarni bering. Kadrlar bo‘limi vakili bilan suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, uning xodimlar haqida ikir-chikirlarni bilishi amri mahol. Lavozimingizga oid majburiyatlarni esa bevosita rahbardan aniqlashtirgan ma’qul.

Savol berar ekansiz, sohani yaxshi bilishingizni namoyon qiling. Savollarni shunday tuzingki, kompaniya haqida ma’lumotga ega ekaningiz, ammo ba’zi detallarni aniqlashtirmoqchiligingiz bilinib tursin.

Endi savollarga o‘tsak. Ish vaqti, kompensatsiya, ichki tartib va dress-kod bilan bog‘liq savollarga to‘xtalmaymiz. Bu haqida ko‘p yozilgan. Quyidagi savollar esa kompaniya sizga qanchalik mos ekanini yaxshiroq aniqlashga yordam beradi.

1. Kompaniya ideal nomzodni qanday tavsiflashini so‘rang, ushbu lavozim uchun birinchi navbatda qanday sifatlar muhimligini biling. Siz o‘z ishingizning mohir ustasi bo‘lsangiz-da, ehtimol samarali muloqot ko‘nikmalari ham talab etilar. Masalan, juda ko‘p tanishlarga ega PR-menejerdan hisobot va rejalar tuzish uchun ba’zi dasturlarni bilish talab qilinishi mumkin. Sizdan nima kutishlarini, qanday vazifalarni hal qilishingiz lozimligini bilib oling.

2. Vakansiya tarixini o‘rganing. Nima uchun u ochilgan? Sobiq xodimga nima bo‘lgan? U qancha muddat ishlagan va ishdan ketishi uchun sabab bo‘lgan narsa nima? Ehtimol, bir yilda uch kishi o‘rin almashgandir… Ushbu holatda ahvolingiz qanday kechishi haqida o‘ylab ko‘ring. Nomzodni qanchadan beri qidirishayotganiga qiziqing. Birinchilardan bo‘lib suhbatga kelgan bo‘lsangiz, uzoq kutishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.

3. Ishlashingiz mumkin bo‘lgan bo‘limning tuzilmasi bilan qiziqing. Bevosita rahbaringiz kim bo‘lishni aniqlashtiring. Kompaniya tuzilmasini o‘rganing. Ish joyingiz qanday ko‘rinishda bo‘lishini ham aniqlashtirishingiz mumkin. Ehtimol, u juda shovqinli makonda joylashar va bu sizni umuman qanoatlantirmas?

4. Imkoniyatlar haqida bilib oling. Ehtimol, 10 yil bitta lavozimda o‘tirishni xohlamassiz. Yarim yildan keyin bo‘shash ham ma’qul emasdir. Kompaniya bilan bir-biringizga ma’qul kelsangiz, qanday imkoniyatlar ochilishi haqida qiziqing. Masalan, ta’lim olish va xodimlar malakasini oshirish haqida savollar bering.

5. Oxirida keyingi qadamlar haqida so‘rang. Qayta aloqaga qachon chiqishlari hamda o‘zingiz haqingizda eslatishingiz lozim yoki yo‘qligi haqida savol bering. Vakansiya sizni qiziqtirgan bo‘lsa, bu haqida, albatta, ayting.

Manba: Xabardor.uz

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Bilasizmi

Dunyodagi eng uzun so‘z 189819 ta harfdan iborat bo‘lib, metionil... bilan boshlanib, ..izoleysin bilan tugaydi. Bu so‘zni o‘qish uchun umringizning 3,5 soat vaqtini ajratishingiz kerak.

P.S. Agar rostdan ham bu so‘zni boshidan oxirigacha eshitmoqchi bo‘lsangiz:
👇👇👇
https://www.youtube.com/watch?v=Vmv0_Nb2ecc

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Ibrat

AXLOQ

Suv, Olov va Axloq – uchovi do‘st tutinishibdi. Bir kuni ular sayrga chiqishibdi. Bir-birlaridan xavotir olib, Suvdan so‘rashibdi:
– Agar yo‘qolib qolsang, seni qayerdan topamiz?
– Qayerda sharillash ovozini eshitsangiz, men o‘sha yerda bo‘laman, – debdi Suv.
So‘ngra Olovdan so‘rashibdi:
– Seni yo‘qotib qo‘ysak, qayerdan topamiz?
– Qayerda tutun ko‘rsangiz, men o‘sha joyda bo‘laman, – debdi Olov.
Navbat Axloqqa kelganida, u shunday javob beribdi:
– Meni yo‘qotsangiz, izlab yurmang. Hech qayerdan topa olmaysiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#DIQQAT

Ayni vaqtda teleram ijtimoiy tarmog'ida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o'qishni qo'shni mamlakatlardan perevod qilish borasida yolg'on xabarlar tarqalib yuribdi!

Bu masala bo'yicha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi bilan bog'landik va rasman yolg'on xabarligi tasdiqlandi!

Hurmatli talabalar bunaqa xabarlarga ishonib qolmasligingizni so'raymiz!

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA