Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
1. Yuqoriga chiqishni astoydil xohlagan odam narvonni o‘ylab topadi.

2. Er va hotin huddi ko‘z va qo‘lga o‘xshashi kerak. Qo‘l og‘riganda - ko‘z yosh to‘kadi. Ko‘z yosh to‘kkanda - qo‘l ularni artadi.

3. Ketayotganni ushlab qolma. Kelayotganni haydama.

4. Tez bu - sekin. Ammo to‘xtovsiz.

5. Yomon odamni do‘sti bo‘lgandan yaxshi odamni dushmani bo‘lgan yaxshi.

6. Oddiy odamlarsiz buyuk odamlar bo‘lmaydi.

7. Agar muammoni yechish mumkin bo‘lsa havotirlanishni keragi yo‘q. Agar uni yechishni imkoni bo‘lmasa havotirlanish umuman foydasiz.

8. Yaxshilab o‘ylab qaror qil. Qaror qildingmi, o‘ylama!

9. Quyosh halol odamlarni bilmaydi. Quyosh haromxo‘r odamlarni ham tanimaydi. Quyosh kimnidir isitish maqsadida porlamaydi. O‘zligini topgan odam xuddi quyoshga o‘xshaydi.

10. uzoq yo‘l ham kichik masofadan boshlanadi.

11. Yotoqda yotgan odam yiqilmaydi.

12. Birgina iliq so‘z uch sovuq oyni isitib yuborishi mumkin.

13. Tentak va ahmoqlarga yo‘l bo‘shat.

14. Qo‘lingdan kelgancha harakat qil. Keyin taqdirdan umid qil.

BIR QADAM OLDINGA..... 🏃🏻‍♂🏃🏻🏃🏻‍♀

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Talabalar diqqatiga!

2020-yil 13-aprel kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida selektor bo'lib o'tdi. Unda quyidagi topshiriq va ko'rsatmalar berilgan:


- Respublikamiz OTMlarida 2019-2020 o'quv yilining bahorgi semestri joriy yilning 1-iyul kuniga qadar to'liq yakunlanishi kerakligi, talabalarning ta'tilga chiqish munosabati bilan o'qish muddati iyul, avgust oylariga o'tkazilmasligi belgilandi;

- Shu sababli barcha talabalar 2019-2020 o'quv yilining bahorgi semestrini o'quv rejada ko'rsatilgan fanlar bo'yicha o'zlashtirishlari masofaviy ta'lim tizimi asosida bajarilishi belgilandi;

- Buning uchun talabalarning fanlarni o'zlashtirishlari ularning masofaviy ta'lim platformasiga muntazam ravishda tashrif buyurishi va u yerda qo'shilgan topshiriq va ko'rsatmalarni o'z vaqtida bajarishlariga bog'liq bo'ladi;

- Agarda talabalar masofaviy ta'lim platformasiga tashrif buyurmasa, va belgilangan fanlardan o'zlashtira olmasa, u holda 2019-2020 o'quv yilining bahorgi semestrida o'zlashtirmagan hisoblanadi hamda u fanlardan akademik qarzdor bo'lib, kursdan-kursga ko'chirilmaydi;

- Yuqorida ko'rsatib o'tilgan barcha topshiriq va ko'rsatmalar qo'shni davlatlardan ko'chirib kelgan barcha talabalar uchun ham taalluqlidir;

- Kontrakt to'lovini onlayn tarzda vaqtida amalga oshirish kerak;

P/S: Bu yerda yozilganidek karantin tugasa ham tugamasa ham 1-iyuldan barcha ta'tilga chiqadi, 2019-2020 o'quv yilini barcha kurslar onlayn tarzda bitiradi. Shu sababdan barcha OTM talabalari tizimga muntazam joylab borilayotgan topshiriq va vazifalarni bajarishlari shart. Tizim rahbariyat tomonidan nazorat qilinadi, sifatsiz Internet, oddiy telefon yoki boshqa muammolar sabab tizimga kirib vazifalarni bajaraolmayotgan talabalar ro'yxati shakllantiriladi va ularga ta'lim berishning boshqacha metodlari qo'llaniladi.(Faqatgina haqiqattan ham tizimga kirishga umuman imkon topaolmagan talabalargina nazarda tutilgan, bahonachilar emas, ularda o'qishdan chetlatish bilan bog'liq muammolar bo'lmaydi). Lekin sharoiti bo'la turib tizimga kirmagan talabalar kursdan kursga qoladi.

Qo'shni davlatlardan o'qishni ko'chirgan talabalar ham onlayn darslarni boshlaydi. Ular ham qolganlar kabi topshiriq va vazifalarni muntazam bajarishlari kerak bo'ladi, aks holda kursdan kursga qolib ketishlari mumkin. Ular bilan tez kunda OTM ma'muriyati telefon orqali bog'lanib bu haqida ogohlantiradi, ko'nglingiz bo'lmasa hujjat topshirgan muassasangiz rasmiy sahifalariga murojaat qilib aniqlik kiritib olishingiz mumkin.

Kontrakt to'lashga sharoitingiz bo'lsa vaqtida to'lab qo'yganingiz yaxshi, To'layolmagan taqdiringizda sizni imtihonlarga qo'ymaslik yoki kursdan kursga qoldirish kabi holatlarga yo'l qo'yilmaydi.
Manba

Batafsil
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ана_холос

Бошқирдистонлик ўқувчилар машина ичида ўтириб онлайн дарс ўтишяпти

Бошқирдистондаги қишлоқларда интернет яхши ишламайди. Шу боис ота-оналар ўз фарзандларини машинада интернет яхши ишлайдиган жойларга олиб чиқишмоқда ва ўқувчилар автомобиль ичида ўтириб онлайн дарсларда иштирок этишмоқда.

P.S. Сизда-чи, сизда интернет яхши ишлаяптими?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar o‘z vaqtida to‘lanadi

“Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4679-son, 15.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O‘zbekiston Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va byudjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Muhim ijtimoiy xarajatlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash, muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga ko‘chirish kabilar shular jumlasidan.

✅ Byudjet tushumlari birinchi navbatda quyidagilarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:

👉 koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga, jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni jihozlashga;

👉 ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lashga;

👉 oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal to‘lovlar va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplashga;

👉 Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz kanalida chiqarilgan post yolg'on emas! Chindan ham kecha video selektorda aytib o'tilgan...

Har xil kanallarda yolg'on deb ma'lumot berayotgan "shaxslar" uchun.

Esingizda bo'lsa, ancha oldin kanalimizda bir post chiqargan edik. Haqiqatga aylanmoqda)))👇👇
https://t.me/c/1385428646/3163

Eng ishonchli xabarlar bizda, keyin boshqalarda😁😁👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅15-Martgacha o'qishini qo'shni davlatdan ko'chirganlar sizlarga 1 xafta ichida qo'ng'iroq qilib login parollaringizni berishadi, agar siz bilan bog'lanishmasa, o'qishingiz ma'muriyatiga murojaat qiling.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Хайрия акциялари давом этмоқда

Тошкент фармацевтика институти
жамоаси юртимизда коронавирус пандемеясига қарши кўрилаётган чораларга ўз ҳиссасини қўшиш мақсадида ўз ташаббуслари билан ихтиёрий равишда ўзларининг бир кунлик иш ҳақларини «Меҳр-шафқат ва саломатлик» жамоат фондига беғараз ёрдам тариқасида ўтказдилар.

Мамлакатимизда коронавирус пандемиясига қарши курашишда бевосита иштирок этиб, ўз ҳиссасини қўшишни мақсад қилган Тошкент автомобиль йўлларини лойиҳалаш, қуриш ва эксплуатацияси институтининг жамоаси ҳам “Меҳр-шафқат ва саломатлик” жамоат фондига ўзларининг бир кунлик иш ҳақларини беғараз ёрдам тариқасида ўтказиб бердилар.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Bu yerda faqat 1-iyuldan o'qish butunlay tugashiga raddiya berilgan, qolganlarini barchasi to'g'ri, aslini olganda ayrim OTMlar onlayn tarzda o'quv rejalarini 1-iyulga qadar rejalashtirib bo'lishgan. Selektrda ham shunga ko'rsatma berilgan. Menimcha joylagan xabarim vahima uyg'otishga xizmat qilmaydi, yolg'on xabar ham joylamadim.
Manba

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Yangilandi

📌 Talabalar diqqatiga!

2020-yil 13-aprel kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida selektor bo'lib o'tdi. Unda quyidagi topshiriq va ko'rsatmalar berilgan:


- Respublikamiz OTMlarida 2019-2020 o'quv yilining bahorgi semestri katta ehtimollik bilan joriy yilning 1-iyul kuniga qadar to'liq yakunlanishi kerakligi, talabalarning ta'tilga chiqish munosabati bilan o'qish muddati katta ehtimollik bilan iyul, avgust oylariga o'tkazilmasligi belgilandi;

- Shu sababli barcha talabalar 2019-2020 o'quv yilining bahorgi semestrini o'quv rejada ko'rsatilgan fanlar bo'yicha o'zlashtirishlari masofaviy ta'lim tizimi asosida bajarilishi belgilandi;

- Buning uchun talabalarning fanlarni o'zlashtirishlari ularning masofaviy ta'lim platformasiga muntazam ravishda tashrif buyurishi va u yerda qo'shilgan topshiriq va ko'rsatmalarni o'z vaqtida bajarishlariga bog'liq bo'ladi;

- Agarda talabalar masofaviy ta'lim platformasiga tashrif buyurmasa, va belgilangan fanlardan o'zlashtira olmasa, u holda 2019-2020 o'quv yilining bahorgi semestrida o'zlashtirmagan hisoblanadi hamda u fanlardan akademik qarzdor bo'lib, kursdan-kursga ko'chirilmaydi;

- Yuqorida ko'rsatib o'tilgan barcha topshiriq va ko'rsatmalar qo'shni davlatlardan ko'chirib kelgan barcha talabalar uchun ham taalluqlidir;

- Kontrakt to'lovini onlayn tarzda vaqtida amalga oshirish kerak;

P/S: Bu yerda yozilganidek karantin tugasa ham tugamasa ham 1-iyuldan barcha ta'tilga chiqadi, 2019-2020 o'quv yilini barcha kurslar onlayn tarzda bitiradi. Shu sababdan barcha OTM talabalari tizimga muntazam joylab borilayotgan topshiriq va vazifalarni bajarishlari shart. Tizim rahbariyat tomonidan nazorat qilinadi, sifatsiz Internet, oddiy telefon yoki boshqa muammolar sabab tizimga kirib vazifalarni bajaraolmayotgan talabalar ro'yxati shakllantiriladi va ularga ta'lim berishning boshqacha metodlari qo'llaniladi.(Faqatgina haqiqattan ham tizimga kirishga umuman imkon topaolmagan talabalargina nazarda tutilgan, bahonachilar emas, ularda o'qishdan chetlatish bilan bog'liq muammolar bo'lmaydi). Lekin sharoiti bo'la turib tizimga kirmagan talabalar kursdan kursga qoladi.

Qo'shni davlatlardan o'qishni ko'chirgan talabalar ham onlayn darslarni boshlaydi. Ular ham qolganlar kabi topshiriq va vazifalarni muntazam bajarishlari kerak bo'ladi, aks holda kursdan kursga qolib ketishlari mumkin. Ular bilan tez kunda OTM ma'muriyati telefon orqali bog'lanib bu haqida ogohlantiradi, ko'nglingiz bo'lmasa hujjat topshirgan muassasangiz rasmiy sahifalariga murojaat qilib aniqlik kiritib olishingiz mumkin.

Kontrakt to'lashga sharoitingiz bo'lsa vaqtida to'lab qo'yganingiz yaxshi, To'layolmagan taqdiringizda sizni imtihonlarga qo'ymaslik yoki kursdan kursga qoldirish kabi holatlarga yo'l qo'yilmaydi.
@YQQUZB_KANAL

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Биласизми

Карантин муносабати билан нималар тақиқланди?

Манба: Huquqiyaxborot

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ishlamasa internet,
Uch kun bir yonsa svet,
Ishlab bo‘lmasa hech test,
Talaba nima qilsin?!

“Online dars” dedilar,
“Darsni yetqaz” dedilar,
Sho‘rlik umrin yedilar,
Talaba nima qilsin?!

El ichida bor u ham,
Ko‘rmoqda ozor u ham,
“ H+ ”ga zor u ham,
Talaba nima qilsin?!

Boshida og‘riq har kun,
Tom kezar svyaz uchun.
Besh yuz hajmlik darsin
Talaba nima qilsin?!

“Jahonda shu!”- urmang do‘q,
Siz shaharda, ko‘ngil to‘q.
Yo qishloq jahondamas,
Yo jahonda qishloq yo‘q!
Talaba nima qilsin?!

Oraliqlar davrida,
2G ning jabrida.
Qoyil lekin, sabriga,
Talaba nima qilsin?!

Qishloq - kurort emasdir,
Birov “bor, yot” demas bir.
Rostlolmasa nafas bir -
Talaba nima qilsin?!

Men ham oddiy talaba,
“Help me” shu masalada.
Yursa tuz-u dalada,
Talaba nima qilsin?!

To‘g‘ri, ta’lim birinchi,
Tushunmasa uy ichi,
Tushuntirib ko‘ringchi:
Talaba nima qilsin?!

Bir o‘y bag‘rimni tilar,
Tunlar uyqum qochirar:
Ey vazirlikdagilar,
Talaba nima qilsin?!

© Kamoliddin Azzamov

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Тошкент давлат шарқшунослик университети ташкил этилди

Шавкат Мирзиёев бугун имзолаган қарорга биноан, Тошкент давлат шарқшунослик институти негизида Тошкент давлат шарқшунослик университети ташкил этилди.

2020/2021 ўқув йилидан бошлаб:

- Университетга таълим стандартларини ишлаб чиқиш, малакавий талаблар, ўқув режалари ва дастурларини ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш ҳуқуқи берилади;

- Университетда таълим жараёни босқичма-босқич кредит-модуль тизими асосида амалга оширилади;

- хорижий ОТМлар билан ҳамкорликда ташкил этиладиган қўшма таълим дастурларининг ўқув режалари ва фан дастурлари мустақил тасдиқланади;

- жорий йилда Университетга ўқишга қабул қилишда шарқ тилларидан (турк, араб, форс, дари, ҳинд, урду, хитой, корейс, уйғур, япон тиллари) топшириладиган кўп балли тизим бўйича имтиҳонлар ўрнига тест синовлари ўтказилади;

- кейинги ўқув йилидан, яъни 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб ушбу тажриба бошқа тиллар (испан, итальян, тожик, қозоқ, туркман, қирғиз тиллари ва бошқалар) бўйича республикадаги барча давлат ОТМларига ўқишга қабул қилишда жорий этилади.

- Тошкент автомобиль йўлларини лойиҳалаш, қуриш ва эксплуатацияси институтининг Тошкент шаҳри, Миробод тумани, Амир Темур шоҳ кўчаси, 20а-уй манзилида жойлашган бино ва иншоотлари тегишли ҳудуди билан биргаликда Университетга оператив бошқарув ҳуқуқи асосида беғараз ўтказиб берилади;

- Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги, Молия вазирлиги, Қурилиш вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Тошкент шаҳар ҳокимлиги 2021 йил 1 августга қадар мазкур бандга мувофиқ Университетга берилган ҳудудда Университетнинг янги 9 қаватли биноси ва спорт мажмуасини қуриш ва фойдаланишга топширади.
Манба: @eduuz

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Қонунчилик_янгиликлари

Наманган ва Хива шаҳарларида шарқ тиллари бўйича техникумлар ташкил этилади

“Шарқшунослик соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимини тубдан такомиллаштириш ва илмий салоҳиятни ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ, шарқ тиллари соҳасида ўрта бўғин профессионал кадрларни тайёрлаш, шунингдек, истеъдодли ёшлар селекциясини амалга ошириш мақсадида Наманган ва Хива шаҳарларида шарқ тиллари бўйича техникумлар ташкил этилади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан 2020 йил 1 августга қадар мазкур техникумларни шарқ тилларини ўқитишга мослаштириш, малакали педагог кадрлар билан тўлдириш ва моддий-техника базасини мустаҳкамлаш чоралари кўрилади.

Шу муддатда ушбу техникум битирувчиларга қўйиладиган малака талаблари, ўқув режа ва дастурлари ишлаб чиқилади.

Манба: Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм канали: eduuz

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#ОТМ_янгиликлари

ЖИДУ профессори Марказий банк бошқарувининг мустақил аъзоси бўлди


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Сенати Кенгашининг тегишли қарори билан Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети профессори Нишанбай Сиражиддинов Марказий банк Бошқарувининг мустақил аъзоси этиб тасдиқланди.

Манба: Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм канали: eduuz

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OTMga kirish imtihonlari soddalashtiriladi - Prezident qarori loyihasi.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari yanada soddalashtiriladi

Prezidentning “Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflari ma’qullanishi mumkin:

♻️ 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bitiruvchilari yakuniy davlat attestasiyasi hamda respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarini birlashtirib, majburiy fanlar va maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan bo‘yicha yagona test sinovlarini aprel – may oylarida o‘tkazish;

♻️ test sinovlari natijalarini o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilish;

♻️ test sinovlari natijalarini maktab bitiruvchilari umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestasiyasida hamda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tanlovida inobatga olish.

Belgilab qo‘yilishicha:

♻️ maktab bitiruvchilari uchun test sinovi topshiriladigan fanlar, baholash mezonlari, topshiriqlar soni, test sinovlari va tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishning aniq muddatlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;

♻️ Xalq ta’limi vazirligi test sinovi fanlari bo‘yicha natijasini umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatga qo‘yish va yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun minimal ko‘rsatkichni (qoniqarlilik darajasini) belgilaydi, maktab bitiruvchilari haqidagi tegishli ma’lumotlarni har yili 1 fevralga qadar Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritilishini ta’minlaydi hamda test sinovlarini belgilangan talablar asosida tashkil etilishida mas’ul hisoblanadi;

♻️ maktab bitiruvchilari majburiy uchta fan va o‘zi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan test sinovlarini topshiradi;

♻️ maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanning har biridan o‘tkazilgan test sinovi natijasi qoniqarli bo‘lganda, ularning natijasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestatiga baholash mezoniga muvofiqlashtirilgan holda qo‘yiladi va qo‘shimcha test sinovlarisiz belgilangan tartibda test sinovi topshirgan mos o‘quv tili va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda qatnashadi;

♻️ maktab bitiruvchisi tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanning kamida biridan test sinovi natijasi qoniqarsiz bo‘lganda, u maktab tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy davlat attestasiyasida majburiy ravishda ishtirok etadi;

♻️ test sinovlarida ishtirok etmagan yoki unda qoniqarsiz baholanganlarga belgilangan tartibda, barcha abituriyentlar qatori iyul-avgust oylarida test sinovlarida qatnashish huquqi beriladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha, test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni zarur qurilmalar bilan jihozlaydi.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qanday qilib bir yilda hayotni yaxshi tomonga o'zgartirish mumkin.

1. Sizni yuqoriga emas aksincha pastga tortuvchi odamlardan uzoqlashing.

2. Barcha ishlarni sidqidildan bajaring.

3. Xatolardan xulosa chiqaring.
4. Bilimlaringizni oshirib o'z ustingizda ishlang.

5. Jimlikda harakat qiling faqat muvaffaqiyatli ishlaringiz siz haqingizda gapirsin.

6. O'zingizga investitsiya qiling.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Himoya vositalari sizni qanchalik asraydi ?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA