Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
-Alooo, hou domla. Manaaaa antena bor joyga chiqib oldim. Ana endi boshlang, online darsni!

Talabalarga yuboring
😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#OTM_yangiliklari

SamISI o‘qituvchisi va talabasi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi Shoxruhbek O‘rolov va ilmiy rahbari Yulduz O‘rinboyeva bilan Rossiya Federasiyasining ”Novaya nauka” xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan "Tadqiqot - 2020” III xalqaro ilmiy-tadqiqot tanlovida qatnashib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

O‘ndan ortiq yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlovda Yevropa va MDH mamlakatlarining 30 ga yaqin davlatidan talabalar ishtirok etdi.

Shoxruhbek O‘rolov “Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning nazariy-metodologik muammolari” mavzusidagi tadqiqot ishi uchun tanlovning “Iqtisodiy fanlar” nominasiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Manba: Eduuz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​O‘zbekistonda karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar o‘tkazilmasligi ma’lum qilindi

Belgilangan muddatda kontrakt pulini to‘lamagan, stipendiyasiz kontrakt pulini to‘lagan va fanlardan qarzdorligi mavjud talabalarga mart oyi uchun stipendiya berilmagan. Bu haqda 18-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

“Karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya to‘lab berilmoqda. Faqat to‘lov turida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Naqd pul ko‘rinishida olinayotgan stipendiya puli talabaning plastik kartasiga tushirib beriladi.
Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalarga joriy yil mart oyi uchun stipendiya to‘lab berilgan. Shu bilan birga ayrim hollarda to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi, akademik qarzdorliklari yoki bank plastik kartasi berilmaganligi bois stipendiya to‘lashda kechikishlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Mazkur masalalar bo‘yicha talabalar dastlab oliy o‘quv yurtiga, so‘ngra vazirlikka murojaat qilishi mumkin”
, — dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev.

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, karantin davrida OTMlarda hech qanday imtihonlar belgilanmagan. Hech kim talabalardan imkonsiz narsani bajarishni talab etmayapti.

15-apreldan e’tiboran aprel oyi stipendiyalarini plastik kartalarga ko‘chirish boshlangan.

Do'stlarga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OTM_yangiliklari

TATU doktoranti innovasion krovat va respiratorlar yaratdi

Bugungi butun jahonda koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyotda innovasion krovat va respiratorlarga ehtiyoj katta.

TATUning bir guruh ilmiy tadqiqotchilari tibbiyot xodimlari uchun mahalliy sharoitda innovasion krovat va respirator yaratdi.

Ushbu innovasion krovatlar va respiratorlar shifokorlarga bemorlarni tuzatish va o‘z xavfsizliklarini ma’lum darajada himoyalashga yordam beradi.

✅ Shuningdek, ushbu loyiha:

👉 bemor ma’lumotlarini to‘liq ekranda ko‘rsatish (qon bosimi, harorati va boshqalar) hamda kunlik tahlil qilib borish;

👉 bemor atrofidagi 5 metr radiusda u bilan muloqot qilganlarni ro‘yxat qilib borish;

👉 bemorlar gapira olmay qolganda shifokorlar bilan muloqot qilish tizimi orqali gaplashish imkonini beradi.

Manba: Eduuz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​O‘zbekistonda TEAM nodavlat universiteti tashkil etildi

“TEAM universitetini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarori (241-son, 18.04.2020 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, TEAM universiteti tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Tadbirkorlik va boshqaruv, shuningdek boshqa sohalarda yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash Universitetning vazifalaridan biridir.
Universitet “TEAM University” MChJ muassisligidagi ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
Universitetda o‘quv-metodik rahbarlik va ta’lim jarayonining olib borilishi tuziladigan bitimlar asosida yetakchi xorijiy OTMlar bilan birgalikda ta’minlanadi.

Universitetda ta’lim jarayoni ingliz, o‘zbek va boshqa tillarda tashkil etiladi, ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Bitiruvchilarga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etilgan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Universitetda ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida, shuningdek yuridik shaxslar – potensial ish beruvchilar taqdim etadigan ta’lim grantlari, homiylik xayriyalari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tanlov

“Innovasion dizayn va zamonaviy mahsulot” respublika eskizlar onlayn-tanlovi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Osiyo ramzi" O‘zbekiston dizaynerlari uyushmasi tomonidan Parij Xalqaro moda akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda "Innovasion dizayn va zamonaviy mahsulot” respublika eskizlar onlayn-tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovning maqsadi dizayn sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, mahsulot dizayni sohasida yangi innovasion yechim va takliflarni ishlab chiqish hamda yoshlarning ijodiy g‘oyalarini amalga oshirish uchun interfaol platforma yaratishdir.

✅ Onlayn tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

👉 Kostyum dizayni;
👉 Arxitektura muhiti dizayni;
👉Sanoat dizayni.

Tanlovni o‘tkazish muddati: 2020 yil 20 apreldan 20 mayga qadar.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Umida Vohidova - loyiha menejeri (97 400-10-54)

Manba: Eduuz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Zerikkanlar uchun, Mushukni topaolasizmi ?😁😁😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ramazon oyi 24 apreldan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, 2020 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2020 yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 24 aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Yaqinlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat imtihonlari haqida oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​ToshPTIga qo‘shni davlatlardagi OTMlardan o‘qishini ko‘chirib kelgan talabalar diqqatiga!

Qo‘shni davlatlardagi (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston) oliy taʼlim muassasalaridan Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga o‘qishini ko‘chirib kelgan quyidagi 1-ilovada qayd etilgan talabalar belgilangan kurslari kesimida masofaviy taʼlim onlayn shakli bo‘yicha o‘qishini joriy yilning 6-aprel sanasidan boshlagan.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qabul komissiyasiga hujjatlarini taqdim qilishga ulgurmagan talabalar ham onlayn darslariga kurslar kesimida qatnashishi mumkin. Karantin muddati tugagandan so‘ng hujjatlarni rasmiylashtirishni davom ettirishga ruhsat beriladi.

Talabalar Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga qo‘shni davlatlardagi oliygohlardan o‘qishini ko‘chirish to‘g‘risidagi maʼlumotlarni 2-ilovaga muvofiq tashkil etilgan ishchi guruhlari masʼullariga jo‘natishlari mumkin.

Manba: davlattestmarkazi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Buyuk Britaniyada onlayn ta’lim oʻzini oqlamadi – “Daily Mail”.

Buyuk Britaniya ta’lim tizimi koronavirus infeksiyasining tarqalishi sababli onlayn ta’limga o‘tganidan so‘ng, talabalarning kamida uchdan ikki qismi darslarga qatnashmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Boshlang‘ich maktablarning atigi 19 foizi, o‘rta maktablarning 22 foizi, xususiy maktablar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 51 foizi va parallel raqishda yuqori sinf o‘quvchilarining 57 foizi internet orqali o‘tkazilgan darslarda ishtirok etgan.

Ko‘pgina ota-onalar noutbukda dars bajarib o‘tirgan bolalarning suratlarini yuklaganlariga qaramay, aksariyat o‘quvchilar darslarda qatnashish imkoniyatiga ega emas, deb yozadi “Daily Mail”. Bu, shuningdek, ba’zi oilalarda nafaqat zarur jihozlar, balki internetda muammolar borligidan dalolat beradi.

Buyuk Britaniya Ta’lim vazirligi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga bepul noutbuk va planshetlarni tarqatishga va’da bergan. Biroq bu choralar vaziyatni yumshatmasligi mumkin: o‘qituvchilar va ota-onalar karantin bekor qilingandan so‘ng, bolalarning katta qismi darslardan ortda qolib ketishidan qo‘rqishadi.

Manba: qalampir.uz

Doʻstlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TALABA MAKTUBI

„Askar maktubi“ qoʻshigʻiga parodiya.

Salom domla, domlajonginam,
Mana sizga yozmoqdaman xat,
Salomatmi aziz dekan ham?
Zamdekan ham yurgandir xushvaqt?.. (2x)

Uydan sira chiqmadim bugun,
Karantinda turibman sergak.
Yurt boʻlsin deb tinch va farovon,
„Maska“ taqib yurishim kerak.

Domlajonim, domlajonginam,
Sizga mehrim tilagimda jam.
Shu viruslar tezroq yoʻq boʻlsin,
Uxlamayman maʼruzada ham. (2x)

Oʻn birlarda uygʻondim bugun,
Darslar qadri nedir angladim.
Jonim fido sessiya uchun,
Qadringizni nega bilmadim.

Xayr domlam, domlajonginam,
Doimo tinch boʻlsin koʻnglingiz.
Toki sheʼrim yoqsa, bizlardan
„Besh“ bahoni hech qizgʻonmangiz...


Doʻstlarga ham ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hayotingizda kerak boladigan foydali 10 ta veb sayt!

1. Super Cook. Uyingizdagi bor mahsulotlardan foydalanib, qanday taomlarni tayyorlashingiz mumkinligini bilib oladigan veb-sayt. http://www.supercook.com/#/recipes

2. Privnote. Ushbu sayt yordamida yozgan narsalaringiz o'qigandan so'ng o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketadi. https://privnote.com/

3. Coffitivity. Uyda yolg'iz qolganda dam olishni istaganlarga, turli muhitda olomonning shovqin-suronini tinglashga imkon beradi.
https://coffitivity.com/

4. Ninite. Bir vaqtning o'zida kompyuteringiz uchun zarur bo'lgan barcha dasturlarni yuklab olishga imkon beradi.
https://ninite.com/

5. Old Version. Har qanday dasturning eski versiyasini toping.
http://oldversion.com/

6. Couchsurfing. Qayerga borsangiz, o'sha yerda bepul mehmon bolishga imkon beruvchi xalqaro mehmondo'stlik xizmati.
https://www.couchsurfing.com

7. Scribble Maps. Google xaritalarida chizishga imkon beradigan veb-sayt. http://scribblemaps.com

8. Waker Upper. Ushbu veb-xizmat sizga vaqtda uyg'otishga, muhim ishingizni eslab qolishga yoki zerikarli uchrashuvdan qochishga imkon beradi. http://wakerupper.com/

9. Project Naptha. Rasmlardagi matnni ko'chiring.
http://projectnaptha.com/

10. Pushbullet. Telefoningizda olingan xabarnomalarni kompyuter ekranida ko'rishga imkon beruvchi veb-sayt. https://www.pushbullet.com

Manba: ITbusiness_school


Doʻstlarga ham ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ 2019-2020 o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi

Respublika maxsus komissiyasining Qaroriga ko‘ra:

- xalq ta’limi tizimidagi tashkilot muassasalarida 2019/2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi;

- o‘qituvchilar va masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi (ta’lim muassasalari, tashkilotlari, hududiy bo‘linmalar) xodimlar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish haqi to‘langan holda) davom ettiradilar.

Doʻstlarga ham ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 OTMlarda ham 2019-2020 o'quv yili onlayn tarzda yakunlanadi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'iga ko'ra:

- o'quv jarayonini uzluksizligini ta'minlash orqali 2019/2020 o'quv yilini masofaviy ta'lim asosida joriy yilning 1-iyuligacha yakunlash va buning uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- masofaviy ta'lim jarayoniga jalb etiladigan professor-o'qituvchilar, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlayotganlar va tegishli lavozimdagi ishchi-xodimlarni mehnat qonunchiligiga asosan ularning roziligiga ko'ra belgilangan tartibda ta'tildan chiqartirib olish hamda masofaviy ish rejimiga o'tkazish;

- mehnat ta'tilining bir qismini olgan professor-o'qituvchilar ta'tilning foydalanilmagan qolgan qismini odatda beriladigan yoz oylariga rejalashtirishini ta'minlash;

- professor-o'qituvchilar va ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari buzilishiga zinhor yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rish;

- yozgi ta'til davroda ishda bo'ladigan professor-o'qituvchilar tomonidan masofaviy ta'lim bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo'lmagan talabalarni alohida grafik asosida o'qitish va fanlarni o'zlashtirish jarayonlari hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish jarayonlarini amalga oshirilishini ta'minlash;

-masofaviy ta'lim bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo'lmagan talabalar ro'yhatini 3 kun muddatda shakllantirish;

- bitiruvchi kurs talabalari bitiruv oldi amalyotlarini kurs loyihasi (ishi) sifatida (mavzu, uslubi, shakli, tartibi ta'lim yo'nalishi xususiyatiga muvofiq oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadi) amalga oshirilishini ta'minlash(amaliyot amalga oshirilgan yo'nalishlar mundan mustasno);

- bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini ixtisoslik fanlaridan (fanlararo) davlat imtihoni shaklida (on-line test sinovlari, on-line himoyalar va boshqa) o'tkazishga tegishli tashkiliy metodik tayyorgarlik ko'rish;

- magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini on-line himoyalar orqali o'tkazilishini ta'minlash choralarini ko'rish vazifalari yuklatilsin.
Manba
Hujjat

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Рамазон_кундалиги_2020.pdf
9.1 MB
Ramazon kundaligi 2020😊
Barchaga ulashishga harakat qiling

Do'stlaringizga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Karantin davomida muzeyga borish istagida bo‘lganlar uchun O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyining virtual 3D formati internetga joylashtirilibdi.

Marhamat, masofadan turib sayohat qiling:
https://roundme.com/tour/568815/view/1845415/

Manba: Xushnudbek


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Prezident musavvirlarni ham yoddan chiqarmadi

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishi talabalari uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladigan bo‘ldi.

Shu bilan birga, Badiiy akademiya huzurida soha pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi, Oliy rassomlik kursi hamda Rassomlik mahorat ustaxonasi ham tashkil etiladi.

Bugun Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda shunday vazifalar belgilangan.

Buni joriy yil oktyabr oyida Kamoliddin Behzod tavalludiga 565 yil to‘lishi bilan bog‘lasak, to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki qarorda O‘zbekistonda buyuk musavvir yubileyi nishonlanishi va Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga uning nomi berilishi ko‘zda tutilgan.

Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga esa yurtimiz tasviriy san’atiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli ijodkor Pavel Benkov nomi berilishi ham ma’lum.

Qolaversa, Prezident qarori asosida 2020 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga byudjet mablag‘lari hisobidan 100 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilanibdi.

Manba: Platformauzb

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA