Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📌 OTMlarda ham 2019-2020 o'quv yili onlayn tarzda yakunlanadi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'iga ko'ra:

- o'quv jarayonini uzluksizligini ta'minlash orqali 2019/2020 o'quv yilini masofaviy ta'lim asosida joriy yilning 1-iyuligacha yakunlash va buning uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- masofaviy ta'lim jarayoniga jalb etiladigan professor-o'qituvchilar, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlayotganlar va tegishli lavozimdagi ishchi-xodimlarni mehnat qonunchiligiga asosan ularning roziligiga ko'ra belgilangan tartibda ta'tildan chiqartirib olish hamda masofaviy ish rejimiga o'tkazish;

- mehnat ta'tilining bir qismini olgan professor-o'qituvchilar ta'tilning foydalanilmagan qolgan qismini odatda beriladigan yoz oylariga rejalashtirishini ta'minlash;

- professor-o'qituvchilar va ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari buzilishiga zinhor yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rish;

- yozgi ta'til davroda ishda bo'ladigan professor-o'qituvchilar tomonidan masofaviy ta'lim bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo'lmagan talabalarni alohida grafik asosida o'qitish va fanlarni o'zlashtirish jarayonlari hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish jarayonlarini amalga oshirilishini ta'minlash;

-masofaviy ta'lim bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo'lmagan talabalar ro'yhatini 3 kun muddatda shakllantirish;

- bitiruvchi kurs talabalari bitiruv oldi amalyotlarini kurs loyihasi (ishi) sifatida (mavzu, uslubi, shakli, tartibi ta'lim yo'nalishi xususiyatiga muvofiq oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadi) amalga oshirilishini ta'minlash(amaliyot amalga oshirilgan yo'nalishlar mundan mustasno);

- bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini ixtisoslik fanlaridan (fanlararo) davlat imtihoni shaklida (on-line test sinovlari, on-line himoyalar va boshqa) o'tkazishga tegishli tashkiliy metodik tayyorgarlik ko'rish;

- magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini on-line himoyalar orqali o'tkazilishini ta'minlash choralarini ko'rish vazifalari yuklatilsin.
Manba
Hujjat

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Рамазон_кундалиги_2020.pdf
9.1 MB
Ramazon kundaligi 2020😊
Barchaga ulashishga harakat qiling

Do'stlaringizga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Karantin davomida muzeyga borish istagida bo‘lganlar uchun O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyining virtual 3D formati internetga joylashtirilibdi.

Marhamat, masofadan turib sayohat qiling:
https://roundme.com/tour/568815/view/1845415/

Manba: Xushnudbek


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Prezident musavvirlarni ham yoddan chiqarmadi

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishi talabalari uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladigan bo‘ldi.

Shu bilan birga, Badiiy akademiya huzurida soha pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi, Oliy rassomlik kursi hamda Rassomlik mahorat ustaxonasi ham tashkil etiladi.

Bugun Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda shunday vazifalar belgilangan.

Buni joriy yil oktyabr oyida Kamoliddin Behzod tavalludiga 565 yil to‘lishi bilan bog‘lasak, to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki qarorda O‘zbekistonda buyuk musavvir yubileyi nishonlanishi va Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga uning nomi berilishi ko‘zda tutilgan.

Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga esa yurtimiz tasviriy san’atiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli ijodkor Pavel Benkov nomi berilishi ham ma’lum.

Qolaversa, Prezident qarori asosida 2020 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga byudjet mablag‘lari hisobidan 100 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilanibdi.

Manba: Platformauzb

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Soha_islohotlari

Talabalarga 24 soat davomida xabar qoldirish imkonini beruvchi maxsus bot ishga tushirildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi karantin davrida talabalar va ularning ota-onalari, qolaversa, keng jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish hamda yurtdoshlarimizga sohaga oid taklif-mulohaza, muammolar to‘g‘risida tezkor xabar qoldirish imkonini beruvchi maxsus botni ishga tushirdi.

@otv_murojaat_bot boti orqali hamyurtlarimiz respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalariga muassasa faoliyatiga doir xabar qoldirishlari mumkin. Buning uchun bot orqali hududlar kesimida kerakli oliy ta’lim muassasasi tanlanadi va xabar qoldirilishi mumkin. Yuborilgan barcha xabarlardan oliy ta’lim muassasasi rahbariyati xabardor bo‘ladi.

Ushbu bot aynan hozir, karantin kunlarida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari masofaviy yo‘lga qo‘yilib, vazirlik tomonidan talablarning masofadan turib sifatli ta’lim olishlari uchun barcha resurslar safarbar etilgan bir pallada ishga tushirildi.

Endilikda talabalar virtual muhitda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari afzalligi va kamchiligi, o‘zlashtirilgan bilimlarini nazorat qilish va baholash yuzasidan va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalarda oliy ta’lim muassasasini xabardor qila oladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan @otv_murojaat_bot orqali yuborilayotgan xabarlarning oliy ta’lim muassasalarida o‘rganilishi muntazam nazorat qilib boriladi.

Eng muhimi, jamoatchilikdan kelib tushayotgan xabarlar va taklif-mulohazalar OTMlarda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirishda ustuvor vazifalarni belgilab olishda yordam beradi.

Manba: Eduuz


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Biologik soat: U haqida nimalarni bilish kerak?

Gohida juda oddiy jumlalar ostida haqiqat yashiringan bo‘ladi: odamlar turlicha. Biroq hayotning zamonaviy nafasi buni go‘yo sezmayotganga o‘xshaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, banklar, shifoxonalar va umuman dunyodagi deyarli barcha tashkilotlar o‘z ish vaqtini, o‘qishni erta tongdan boshlaydi. Tong saharlab uyg‘onish haqiqatdek, temir qonundek qabul qilingan. Kimgadir men peshin payti soat 14:00 da uyg‘ondim, deb aytib ko‘ring-chi, sizga darrov dangasa, ishyoqmas degan yorliqni ilib qo‘yishadi. O‘shanda birovga ertalabdan uyg‘onish sog‘liqqa zarar, deb tushuntirib ko‘ring-chi, eshitarmikan? Biroq bu xafa bo‘lishga arzimaydi. Gap shundaki, sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar o‘zining biologik soatiga – sirkad ritmiga ega. Va aynan u qachon uxlashga yotishimizni, nechchida uyg‘onishimizni, qachon yeyishni istashimizni, yugurishni... umuman nima istashimizning hamma-hammasini belgilab beradi. Bu maqoladan kabutarlar, boyqushlar va to‘rg‘aylar kimlar ekanligini, jamiyat sifatida bizga bu nima uchun kerakligini, ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda kun tartibiga o‘z munosabatimizni qayta ko‘rib chiqish vaqti yetganligi haqida bilib olasiz.

Batafsil 👉 https://bit.ly/2Y1kU7o

Doʻstlarga ham ularning👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tanlov

Talabalar o‘rtasida ilmiy maqola va ixtirolar tanlovi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan talabalar o‘rtasida ilmiy maqola va ixtirolar tanlovi e’lon qilindi.

“Uyda qoling!” shiori ostida “Oliy ta’lim islohotlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar” mavzusida o‘tkaziladigan respublika onlayn tanlovida talabalar ilmiy maqola hamda innovasion ixtirolari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Buning uchun talaba-yoshlar o‘zlarining ilmiy maqolalari va ixtirolarining taqdimotini videoga olib, jo‘natishlari lozim.

Taqdimotning tavsiya etiladigan davomiyligi - 5 daqiqa.

Taqdimotlar telegram tarmog‘i orqali +998 90 111-32-76 raqamida qabul qilinadi.

Manba: Eduuz

Doʻstlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qahramon

Bir viloyatda safarda edik.
Peshingacha ozgina bo'sh vaqt paydo bo'lib qoldi.

Vaziyatdan unumli foydalanib qolaylik degan maqsadda, o'sha tumandagi eng katta maktab direktor o'rinbosari bitiruvchilar bilan uchrashuv tashkil qildi.
Sport zalda 200 ga yaqin 9-10-11-sinf o'quvchilari yig'ilishdi.
Tik turgan holda aylana bo'lib kuzatib turishibdi.
Treningni boshladik.

O'quvchilar to'lqinlanib, ko'zlari yonib eshityapti.
Hayotda aniq bir maqsad bilan yashash, ilm olish, ota-onaga xizmat, odob, himmatni baland qilish haqida suhbatlashdik.
Hammasi yaxshi ketayotgandi.
Lekin to'satdan...

Bir qiz gurs etib yiqildi.
Shoshib qoldim. Darrov gapimni to'xtatdim.
Bir ayol o'qituvchi yugurib borib uni hushiga keltirishga harakat qildi.
Foydasi bo'lmagach, olib chiqib ketishdi.

-Siz davom etavering. -deyishdi.
Gapiryapman-u, hayolim boyagi o'quvchi qizda. Nima bo'ldi ekan.
Sal o'tib yana bittasi o'zini tashlab yubordi, keyin yana boshqasi...

Gap nimadaligini bilish uchun bolalarning yuziga diqqat bilan tikildim. Kamqon, oqargan. Keyin bilsam aksariyati choy ichishmagan, tuzukroq nonushta qilishmagan ekan.
Meni shoshirib qo'ygan bu narsalar, maktab majlislarida bo'lib turadigan odatiy hol ekan.
Uchrashuvni tezroq yakunlash uchun savol-javobga o'tdik.
Savollaridan oilasidagi ahvolni osonlikcha bilib olsa bo'lardi...
Ba'zilarining otalari ishsiz, aroqqa mukkasidan ketgan.
Ba'zilariniki Rossiya yoki Qozog'istonda.
Ba'zilari ota-onasi ajrashgan.
Ayrimlari kasal...

O'zlari esa har zamonda darsdan qolib, ertalab 8 dan kech 8 gacha mardikorchilikka chiqib og'ir mehnatda ishlaydi.
Bir kunda o'rtacha 50-60 ming so'm pul topishadi.
Kamiga dars qoldirasan deb dakki ham eshitadi...

Chiqib, uzoq o'yladim. Hozirgacha o'ylayman:
Qishloqlarda o'sib kelayotgan yosh avlodning hammasiyam boy oilada tug'ilmaydi.
Mashinasi, kompyuteri, planshet yoki Smartfon u yoqda tursin, ertalab nonushta qilishga sharoiti ham yo'q ayrimlarida...

Bor boyligi kelajakka bo'lgan umidi.
Ko'zlarida juda katta ma'no bor hammasida.
Ishonishadiki, kelajakda hammasi yaxshi bo'ladi.

Bir Shayx shogirdlariga shunday degan ekan:
-ALLOH har yuz yilda insoniyatni jaholat botqog'idan qutqarib, yaxshiliklarga boshlash uchun bir buyuk bandasini jo'natadi.
Shogirdlari so'rabdi:
-Ustoz hozirgi 100 yillikda o'sha kishi kim? Bilsangiz ayting, borib yordam beraylik u buyuk insonga.
Ustoz javob beribdi:
-Ana shu joyda adashdingizlar. Sizlar o'sha 100 yilda bir keladigan buyuk insonni o'zingizdan tashqaridan qidiryapsiz. Aslida esa o'sha kishi men bo'lay deb harakat qilishlarinigz kerak...

Chekka chekka qishloqlarda yordamga muxtoj bolalar o'z qahramonini kutishmoqda.
Bilasizmi kimni?!
Ular Sizni kutishmoqda...


@Muhammadali_Eshonqulov
❗️Talabalar diqqatiga.

📩 Talabalarga 24 soat davomida xabar qoldirish imkonini beruvchi maxsus bot ishga tushirildi


@otv_murojaat_bot boti orqali hamyurtlarimiz respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalariga muassasa faoliyatiga doir xabar qoldirishlari mumkin. Buning uchun bot orqali hududlar kesimida kerakli oliy ta’lim muassasasi tanlanadi va xabar qoldirilishi mumkin. Yuborilgan barcha xabarlardan oliy ta’lim muassasasi rahbariyati xabardor bo‘ladi.

✅ Endilikda talabalar virtual muhitda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari afzalligi va kamchiligi, o‘zlashtirilgan bilimlarini nazorat qilish va baholash yuzasidan va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalarda oliy ta’lim muassasasini xabardor qila oladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan @otv_murojaat_bot orqali yuborilayotgan xabarlarning oliy ta’lim muassasalarida o‘rganilishi muntazam nazorat qilib boriladi.

Eng muhimi, jamoatchilikdan kelib tushayotgan xabarlar va taklif-mulohazalar OTMlarda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirishda ustuvor vazifalarni belgilab olishda yordam beradi.

P/S: Bir gaplashib ko'ringlarchi, bot ishlaydimikan o'zi.😉

Talabalarga ulashing😌👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qonunchilik_yangiliklari

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

2020 yil 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4688-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Mazkur stipendiya oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarga beriladi.

✅O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi.

Markazda davlat oliy va professional ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablarining tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog va mutaxassis kadrlar qayta tayyorlanadi va ularning malakasini oshiriladi

Manba: Eduuz

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Onlayn

Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirgan talabalar masofaviy ta’limda ishtirok etadimi? Men karantin sababli hujjatlarimni to‘liq topshira olmadim, endi nima bo‘ladi, 1aprel kuni o‘qishimiz boshlanishi kerak edi? O‘qishni ko‘chirish natijalarini qayerdan bilsa bo‘ladi?

Farhod Babashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari:

Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun 15 fevralgacha hujjat topshirgan talabalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan 1 aprelda boshlangan masofaviy ta’limga jalb etilgan.

Sizda ma’lumot bo‘lmasa o‘zingiz hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishingiz lozim. Jumladan, dastlabki ma’lumotni OTM rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

15 fevraldan keyin hujjatlarini topshirgan talabalar natijalari Davlat komissiyasi tomonidan yaqin kunlarda tasdiqlanadi. Shundan keyin ushbu toifadagi talabalar ham masofaviy ta’lim jarayonida ishtirok etadi.Karantin muddati yakunlangach, sizga tegishli hujjatlarni to‘liq topshirish imkoniyati beriladi.

Manba: Eduuz

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Onlayn

Sirtqi bo‘lim bitiruvchilari diplom olish tartibi qanday?

Farhod Babashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari:

Sirtqi bo‘lim bitiruvchilari ham kunduzgi ta’lim shakli bilan bir xil tartibda diplomlarini olishadi.

Manba: Eduuz

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Telefonining antenasi chiqmay, moodle tizimiga kira olmagan talabalar uchun o'qituvchidan tavsiya))

Endi bir kami tomni tepasiga chiqvolib, darsga qatnashish qoludi😏

Keyingi safar ism familiyasini ham chiqaramiz!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Obbo tinib-tinchimagan odamlareyeye, Karantindayam jim o‘tirmaydiya bular...

Manba: RaisBuva

Doʻstlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetga kiraverishda shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:

«Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas»

▪️ Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi.
▪️ Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi.
▪️ Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi.
▪️ Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi.
▪️ Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi...
▪️ Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi.

«Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning kasodga uchrashidir!»

manba Troll.uz

Doʻstlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Эълон

✅ Кириб келаётган муборак Рамазон ойида Dilshodbek Business Law Firm жамоаси тадбиркорлик ва иқтисодий- ҳуқуқий муносабатлар бўйича текинга ҳуқуқий хизмат кўрсатади!

@BusinessLaw_with_D

Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Talabalar kontrakt to'lashga majburlanmoqdami?

"Mening Yurtim" telekanalining "Markaziy Studiya" ko'rsatuvida talabalarni qiynayotgan muammolar ko'tarilgan, ko'rishni tavsiya etaman.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
😁 Kim tayyorlaganini bilmadimu, lekin o'xshatish yaxshi chiqibdi...

🤔 Sizda hozir internet qanaqa?

Manba: hashtaguz

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон халқини Рамазон билан табриклади.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни глобал инқироз ва пандемия шароитида мамлакатимиз аҳолиси бандлиги масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилишида халқимизни Рамазон ойи билан табриклади. Бу ҳақда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги хабар берди. Давлатимиз раҳбари, жумладан, шундай деди:

Мана, жонажон Ватанимизга Рамазони шариф кириб келмоқда.

Ушбу улуғ айём муносабати билан нуроний отахон ва онахонларимизни, қадрли ака-ука, опа-сингилларимизни, иймон-эътиқодли халқимизни чин қалбимдан муборакбод этаман.

Барчангизга тинчлик-омонлик, оилавий хотиржамлик, бахту саодат ёр бўлишини тилайман.

Бугунги ўткинчи қийинчиликларга қарамасдан, Рамазони шариф ҳар доимгидек хонадонларимизга, дилларимизга қувонч, юртимизга файзу барака бахш этади, бир-биримизга бўлган меҳр-оқибатимизни янада зиёда қилади, деб ишонаман.

Фурсатдан фойдаланиб, узоқ-яқин мамлакатлардаги мўмин-мусулмон биродарларимизни ҳам самимий табриклаб, уларга ўз номимдан, халқимиз номидан тинчлик ва фаровонлик тилайман.

Ҳаммамизга аёнки, Аллоҳ таолонинг марҳамати билан шаҳри Рамазонда эзгу ниятлар ижобат бўлади.

Мана шу муборак ойда барчамиз тутган рўзаларимиз, қилаётган дуои фотиҳаларимиз, хайрли амалларимиз шарофати билан барча мамлакатлар қатори эл-юртимизни ҳам ушбу офатдан тезроқ халос этишини Яратган Парвардигордан сўраб қоламиз.


Манба: Islom.uz портали таҳририяти

Батафсил👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA