Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​🔝 Muvaffaqiyatga erishishning mo'jizaviy 10 yo'li:

1. O'z g'oyangizni egasi bo'ling.

Inson o'z tasavvuriga qarab o'zgarib turadi.

2. O'z oldingizga aniq maqsad qo'ying.

Siz aniq mo'ljalga ola bilasizmi yo faqatgina o'z darvozangizni himoya qilasizmi?

3. So'z berdingizmi - ustidan chiqing.

So'z o'zingiz o'ylayotgan narsaga ham, boshqa odamlarga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Chin so'zingizni aytishga odatlaning.

4. Qat'iy bo'ling. Ikkilanmang!

5. Hayotning o'nqir-cho'nqirlarini chidam bilan bosib o'ting.

O'tgan ishga salovat deng, muvaffaqiyatsizliklardan nolimang, aksincha ulardan to'g'ri hulosa chiqarib ishlang. Ular sizni yo'qqa chiqarishi ham, yutuqlarga erishishga da'vat etishi ham mumkin.

6. Ishonchli odamlar bilan hamkor bo'ling.

Siz o'z atrofingizdagi odamlarga o'xshab ketasiz.

7. Aql bilan, lekin shoshilmasdan ishlang.

O'ylang. Masalani qaysi yo'l bilan hal qilgan yaxshi? Mayda-chuydalarga ham e'tibor berish - muvaffaqiyatlar garovi.

8. Sizdan kutganlaridan ko'proq narsaga erishing.

Ortiqcha qadam bosishdan qo'rqmang. Yaxshi va a'lo natijaga erishish o'rtasida ozgina farq bor.

9. Tirishqoq bo'ling.

Taslim bo'lish uchun shoshilmang. Kurashishdan hech qachon qo'rqmang.

10. Berilib ishlang.

Agar aniq maqsad sari berilib ishlamasangiz, hayotda hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaysiz.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Жорий йил қабул тест синовларида қўлланиладиган тест топшириқлари соддалаштирилади

Давлат тест маркази абитуриентлар учун Тест технологияларини ривожлантириш бошқармасидаги Умумтаълим фанлари бўйича тест топшириқларини шакллантириш бўлими томонидан амалга оширилаётган ишлар хусусида маълумот берди.

Таъкидланишича, жорий йил қабул тест синовларида қўлланиладиган тест топшириқлари ўтган йилларда фойдаланилган тест топшириқларига нисбатан соддалаштирилади.

2019/2020-ўқув йилида олий таълим муассасаларига ўқишга қабул учун ўтказилган тест синовлари жараёнида тарих ва география фанларидан ёзувсиз харита, жадвал, расмли тест топшириқлари қўлланилган эди.

Абитуриентларнинг тест топшириқларини тез англай олиши, фикрлаш кўникмаларини ривожлантириш мақсадида эндиликда яна чет (инглиз, немис, француз) тилларидан ҳам ҳолатни ифодалашда расмли тест топшириқлари шакллантирилмоқда. Бу одатдаги талабдан анча осон бўлади дегани.

Шунингдек, биология ва кимё фанларидан расмли тест топшириқлари сони кўпайтирилмоқда.

Булардан ташқари, она тили ва адабиётдан мустақил ўқиш учун тавсия қилинган бадиий асарлардан ва фанга оид чизмали тест топшириқлари сонини кўпайтириш устида ҳаракатлар олиб борилмоқда.

Кимё фанидан шакллантирилаётган тест топшириқлари таркибида назарий саволлар сонининг оширилиши ва лаборатория ишларига оид тест топшириқларини яратиш жараёнлари давом этяпти.

Соддалаштириш ишлари физика фани бўйича ҳам амалга оширилмоқда ва бу қуйидаги кўринишда акс этади:

⁃ биринчи қийинлик даражасидаги (энг осон) тест топшириқлари сони 6 тадан 10 тагача кўпайтирилади;

⁃ жами тест топшириқлари таркибида назарий тест топшириқларининг улуши оширилади;

⁃ абитуриентларга қулайлик яратиш мақсадида «Доимий физик катталиклар жадвали» ишлаб чиқилди ва у тест синовлари жараёнида тақдим этилади
Манба: @Xushnudbek

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Prezident maslahatchisi rektorlar bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvoxitov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov rahbarligida Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4681-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Onlayn yig‘ilishda Samarqand va Termiz davlat universitetlari, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Toshkent davlat texnika, Toshkent davlat agrar, Toshkent davlat pedagogika universitetlari va Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallari rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, yig‘ilishda Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Raximov Gʻanisher Xudoykulovich tanishtirilib, mazkur yangi oliy ta’lim muassasasi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Manba: Eduuz

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ Barcha hududlarda raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi

“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4699-son, 28.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha vazifalari belgilandi.

Unga ko‘ra, 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 baravarga ko‘paytiriladi.

🔹2020-2021 yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va bog‘chalarni, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulashni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizasiya qilish va zamonaviy telekommunikasiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.

🔹2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda elektron hukumat tizimi rivojlantiriladi.

🔹"Raqamli tadbirkorlik” rivojlantiriladi, 2023 yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmi 3 baravarga oshiriladi va ularning eksporti 100 million dollarga yetkaziladi.

🔹“Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi.

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Professor-o'qituvchilar va talabalar uchun Coursera ochiq onlayn ta’lim portalidagi kurslardan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

Bugungi kunda yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari tomonidan dars mashg'ulotlari masofaviy ko'rinishda olib borilmoqda. Har kungi onlayn darslardan tashqari o'z bilimingiz va ko’nikmalaringizni dunyodagi ochiq ma’lumotlar bazalari va ta’lim platformalari orqali oshirib borishingiz uchun imkoniyat yaratildi.

Hozirgi kunda Coursera platformasida dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan 4200 dan ortiq turli xil yo'nalishlardagi kurslar mavjud.

Bugungi kunda Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari Coursera ochiq onlayn ta’lim platformasidan ro’yxatdan o’tdi va professor-o'qituvchilar va talabalar uchun platformadagi kurslardan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

Siz professor-o'qituvchimisiz yoki talabamisiz unda marhamat ushbu (Coursera ochiq onlayn portalidagi kurslardan bepul foydalanish uchun ma'lumotlaringizni kiriting) havola orqali ro'yxatdan o'ting va 2020 yil 30 sentyabrga qadar kurslardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo'ing.

Manba: Eduuz

Do’stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#OTM_yangiliklari

Samarqand davlat tibbiyot institutidan dolzarb mavzuda xalqaro onlayn konferensiya

Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan 2020 yil 1 may kuni soat 11:00da “Asosiy, klinik tibbiyotning dolzarb muammolari va masofaviy ta’lim imkoniyatlari” mavzusida onlayn konferensiya o‘tkaziladi.


Onlayn konferensiyada Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Isroil, Avstriya va boshqa mamlakatlarning olimlari ishtirok etadi.

Onlayn konferensiyada Zoom dasturi orqali quyidagi manzilda ishtirok etish mumkin:
https://us02web.zoom.us/j/7133805794?pwd=NVNhZkZNZGRDSFRUaCs5d0czUjVZUT09

Konferensiya identifikatori: 713 380 5794
Parol: 123456

P/S: Ushbu xabarni sog‘liqni saqlash xodimlari bilan baham ko‘ring, bu umumiy muammoni hal qilish yo‘lida Sizning yordamingiz bo‘ladi!

Manba: Eduuz


Do’stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
@TalabaUz [buyruq loyihasi].pdf
9.1 MB
#rasman

"O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to'g'risida Nizom" iga mufoviq BUYRUQ loyihasi tasdiqlandi!!!

Barcha bitiruvchi talabalar ko'rishlari shart!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️⚡️ Universitetlarda diplom ishlari onlayn himoya qilinadi!

Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining biturv malakaviy ishlari (diplom ishi) va magistrlarning dissertatsiya himoyasi onlayn ravishda bo‘ladi! Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining buyrug‘i chiqdi! Unda quyidagi topshiriqlar mavjud:

❗️ Yakuniy davlat attestatsiyalarni masofaviy (onlayn) topshirish shakli oliy taʼlim muassasasi va talabalarning masofaviy (onlayn) ishtirok eta olish imkoniyatlari va taʼlim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda oliy taʼlim muassasalari rektorlari tomonidan belgilansin.

❗️ Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallari direktorlariga:

✅ yakuniy davlat attestatsiyalarini masofaviy (onlayn) topshira olish imkoniyatiga ega bo‘lgan va bo‘lmagan talabalar ro‘yxatini shakllantirish;

✅ yakuniy davlat attestatsiyasini masofaviy shaklda tashkil etish, dasturlar, baholash mezonlari, konsultatsiya va attestatsiya jadvallarini tasdiqlash, bitiruvchilarga oldindan yetkazish;

✅ yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini masofaviy (onlayn) topshirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan talabalar uchun boshqa imkoniyatlarni (offlayn) yaratish choralarini ko‘rish;

✅ magistrlik dissertatsiyalari himoyalarini imkon qadar “ZOOM” dasturi orqali amalga oshirilishini taʼminlash;

✅ yakuniy DAK tarkibiga “Uzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq kadrlarni asosiy isteʼmolchilari va buyurtmachilari bo‘lgan korxona, tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari, rahbarlari va sohaning taniqli olimlarini jalb etish;

✅ yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkazilganlik (shu jumladan masofaviy (onlayn)) to‘g‘risidagi maʼlumotlar (bayonnomalar, elektron yozuvlar, video yozuvlar va boshqalar) belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.

❗️ Yakuniy davlat attestatsiyasini o‘rnatilgan tartibda, adolatli, haqqoniy, talab darajasida o‘tkazilishini taʼminlash masʼuliyati shaxsan oliy taʼlim muassasasi rektori va yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari zimmasiga yuklatilsin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#OTM_yangiliklari

Qo‘qon DPI shahar maktablariga masofaviy uslubiy yordamni yo‘lga qo‘ydi

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan qo‘shimcha karantin choralari belgilangan davrda Qo‘qon shahar xalq ta’lim bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga Qo‘qon davlat pedagogika instituti kafedralari tomonidan karantin yakuniga qadar masofaviy uslubiy ko‘mak berib borish yo‘lga qo‘yildi.

Institutning 21 ta kafedralaridan biriktirilgan 82 nafar professor-o‘qituvchilari tomonidan maktablarda o‘quvchilarning televizion darslarni kuzatib borishlari va o‘zlashtirishlari nazorat qilinishi yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Sinf rahbarlarining o‘z sinflari bilan yo‘lga qo‘ygan aloqasi, har bir o‘quvchilar bilan individual ishlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha masofaviy konsultasiyalar tashkil etilmoqda.

Manba: Eduuz

Do’stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#OTM_yangiliklari

Chirchiq davlat pedagogika institutida masofaviy ta’lim platformasi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida karantin e’lon qilingan kundan boshlab, talabalar uchun darslarni bir paytning o‘zida eshitish, ko‘rish, so‘ng amalda bajarib, o‘zaro munozaraga kirishishini ta’minlovchi mexanizmlarni joriy etish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga keng jalb qilish maqsadida masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish ishlari boshlab yuborildi. Institutda 2020 yilning 23 martidan boshlab masofaviy ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yildi.

Hozirgi kunga qadar, institutdagi har bir ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, smenali (kechki) va maxsus sirtqi) bo‘yicha 21 ta ta’lim yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim platformasi yo‘lga qo‘yildi.

Masofaviy ta’lim platformasiga dastlab, institutda faoliyat olib borayotgan 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumotlar kiritildi. Xuddi shuningdek, bu platformadan institutda mavjud barcha ta’lim shakllari va yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 9 ming nafardan ko‘proq talabalarga ham foydalanish huquqi berildi.

Har bir kurs (fan)ning mazmuni to‘ldirilib, ular bo‘yicha ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va seminarlar, shuningdek, mustaqil ta’lim bo‘yicha topshiriqlar masofaviy ta’lim platformasiga joylashtirib borilmoqda.

Ta’lim turi kunduzgi bo‘lgan 21 ta ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun rejaga muvofiq tillar kesimida o‘quv kurslari platformaga joylashtirildi.

Ta’limning sirtqi turida tahsil oladigan 12 ta ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘zbek, rus tillarida o‘quv rejalariga muvofiq barcha fanlar bo‘yicha kurslar yaratildi. Bu kurslarda 17 apreldan boshlab ma’lumotlar bilan yanada boyitish ishlari olib borilmoqda.

Talabalari uchun fanlar bo‘yicha elektron adabiyotlarning kompleksi shakllantirilib, ulardan cheklovlarsiz foydalanish uchun imkoniyat yaratildi. Talabalar barcha mavzularni o‘ziga qulay bo‘lgan vaqt va joyda, masofadan turib o‘qish imkoniyatlari yaratildi.

Institutda yo‘lga qo‘yilgan masofaviy ta’lim tizimi ta’lim berish sifatining yanada oshishiga, tahsil olayotgan talabalarning mustaqil ta’lim olishlarida dunyoning yetakchi universitetlaridagi ochiq onlayn kurslardan foydalanishiga keng zamin yaratadi.

Yaqin kelajakda institut platformasini jahonning yetakchi universitetlari ta’lim platformalari bilan integrasiyalashtirish bo‘yicha ishlar ham olib borilmoqda.

Manba: Eduuz

Do’stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅ Генри Форд

1️⃣ Men o'zimning fikrlarim, his-tuyg'ularim va harakatlarimning ustasiman va ularni sog'lig'imni, odamlar bilan munosabatlarimni, ishimni yaxshilash va hayotimni o'zgartirish uchun yaxshi ishlarga yo'naltiraman.

2️⃣ Men yaxshi va munosib odamman.

3️⃣ Men bugun o'z oldimga qo'ygan maqsad va vazifalarimni to'liq bajara olaman.

4️⃣ Hohlaymanmi - demak u bo'ladi !

5️⃣ Men o'z hayotiy qadriyatlarim uchun javobgarman.

6️⃣ Men o'zimning kamchilik va xatolarimdan saboq olaman, chunki ular tufayli men muvaffaqiyat va o'sishga erishish uchun yanada keng imkoniyatlarni kashf eta olaman.

7️⃣ Mening qalbim, ongim va tanam bitta kuchli bir butunni tashkil qiladi va meni muvaffaqiyatga olib boradi.

8️⃣ Men o'zim bilan gaplashganda, ilhomlantiraman va o'zimni qo'llab-quvvatlayman.

9⃣ Hayotimda sodir bo'lgan voqealardan qat'i nazar, men baxtli bo'lishga qaror qildim.

Do’stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#ОТМ_янгиликлари

СамДЧТИда инглиз, хитой, Ўзбекистон тарихи ҳамда психология фанларидан онлайн курслар платформалари яратилди

Юртимиз талаба-ёшларининг масофадан таълим олиш жараёнларининг янада сифатини ошириш, жадаллаштириш мақсадида Самарқанд давлат чет тиллар институтида қуйидаги фанлар юзасидан онлайн курслар платформалари (компютер ва мобил версиялари) ишлаб чиқилди.

1. Инглиз тили онлайн курси. Мазкур курс “Инглиз тилини бошланғич даражадан ўрганувчилар учун” махсус ташкил этилган бўлиб, 40 та дарсдан иборат ва бошланғич, ўрта, мураккаб қисмларга бўлинади.

2. Хитой тили онлайн курси (хитой ва инглиз тилларида олиб борилади). Мазкур курс хитой тилини бошланғич даражадан ўрганувчилар учун СамДЧТИда фаолият кўрсатаётган хитойлик хитой тили ўқитувчилари томонидан ташкил этилди. Шунингдек, 40 та дарсдан иборат ва бошланғич, ўрта, мураккаб қисмларга бўлинади.

3. Ўзбекистон тарихи онлайн курси (рус тили гуруҳларида таҳсил олувчи талабалар учун ҳам). Ушбу курсда талаба-ёшлар Ватанимиз тарихининг қадимги даврдан ҳозирги даврга қадар бўлган барча маълумотларга эга бўлиши учун ташкил этилди.

4. Психология онлайн курси. Мазкур курсда инсон руҳияти, (сезги, идрок, хотира, тафаккур, диққат) билиш жараёнлари ва индивидуал психологик хусусиятлар (ҳарактер, темперамент, қобилият, қизиқиш, истеъдот) ҳақида билимларга эга бўлишади.

Юқоридаги курсларнинг онлайн видеодарслари қуйидаги ишлаб чиқилган платформалар ва институтнинг расмий телеграм каналида жайлаштирилиб борилади.

👉Онлайн курслар платформаси
👉Видеодарслар платформаси
👉Видеодарслар телеграм канали

©Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Smile_time

Kuni kecha bellashuv bo'libdi...🤭

#Facebook: - men hammani taniyman —debdi.

#Wikipedia: - Men hamma narsani bilaman!

#Google: - Men hamma narsalarni topaman!

#Youtube: - Men hammani ko'rsata olaman —debdi.

#VPN: - faqat men orqali... —deb maqtanibdi!

#Internet: - Mensiz hammang bir tiyinga qimmatsizlar —desa...

#Elektr_Toki: - O'ch hammang !!! Tirranchalar - Diyarmish...😂😂😂

Talabalarga yuboramiz😄👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#rasman

📌 Prezidentimiz bugun Oliy va Xalq ta'lim vazirlari bilan o'tkazgan yig'ilishidan xulosa shu-ki, o'quv yili onlayn tarzda yakunlanadi.

📌 Qabul-2020 jarayonlari onlayn tarzda bo'ladi, kirish imtihonlari soddalashtiriladi.

Oliy oʻquv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn shaklda oʻtkaziladi.

Taʼlim muassasalariga hujjatlar qabulini takomillashtirib, masofadan, onlayn shaklda, internet orqali hujjat topshirish imkoniyatini yaratish zarurligi taʼkidlandi. Bu boradagi yangi tartib va afzalliklar haqida aholi batafsil xabardor qilinadi.

Maʼlumki, 2020 yildan kirish imtihonlari jami 5 ta – uchta majburiy va ikkita mutaxassislik fani boʻyicha oʻtkazilishi belgilangan edi. Lekin karantin sharoiti yoshlarning imtihonga toʻla tayyorgarlik koʻrish imkoniyatini ham chekladi.

Qolgan qisqa vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida, joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda oʻtkazish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Rasman

📌 Talabalar o'qishni 1-iyulga qadar onlayn o'qib tamomlashadi. Vaziyat o'nglanishiga qarab yangi o'quv yili Sentabrdan boshlanadi.

- Bitiruv imtihonlari onlayn tarzda o'tkaziladi.

- Shu yil yana 5ta Prezident maktabi ochiladi.

- Kirish imtihonlari soddalashtiriladi, avvalgidek 3ta fandan imtihon bo'lishi ehtimoli bor.

- Oliy o'quv yurtlariga hujjat va imtihon topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

- Yil oxiriga qadar chekka qishloqlarni ham sifatli internet bilan ta'minlash choralari ko'riladi.

- Zerikarli ma'ruzalar va konspekt to'ldirishda voz kechiladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ta’lim tizimidagi yangi qulayliklar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.


Pandemiya sababli tizimga masofaviy texnologiyalar joriy qilinib, 10 mingdan ziyod ta’lim muassasasidagi 7 million o‘quvchi va 500 ming talabaga onlayn dars berish yo‘lga qo‘yildi. Bu yangi mexanizm karantin sharoitida fanlar o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlab bermoqda.

Endi joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash vazifasi turibdi. Xorijiy davlatlar tajribasi va bugungi vaziyatdan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn shaklda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalariga hujjatlar qabulini takomillashtirib, masofadan, onlayn shaklda, internet orqali hujjat topshirish imkoniyatini yaratish zarurligi ta’kidlandi. Bu boradagi yangi tartib va afzalliklar haqida aholi batafsil xabardor qilinadi.

Ma’lumki, 2020 yildan kirish imtihonlari jami 5 ta – uchta majburiy va ikkita mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan edi. Lekin karantin sharoiti yoshlarning imtihonga to‘la tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini ham chekladi.

Qolgan qisqa vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida, joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga oliy ta’lim muassasalariga reja va dasturlarni ish beruvchilar talabidan kelib chiqib mustaqil tasdiqlash vakolatini berish bo‘yicha vazifalar yuklatildi. Dasturlarning belgilangan talablarga mosligini nazorat qilish mexanizmi ham ishlab chiqiladi.

Zerikarli ma’ruzalar o‘qish, konspektlar yozdirish kabi o‘zini oqlamagan usullardan voz kechib, ta’lim metodikasini rivojlantirish va pedagoglar saviyasini oshirish g‘oyat muhim masalaligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga bosqichma-bosqich masofaviy shaklda pedagoglar malakasini oshirish, dars mashg‘ulotlarini masofadan kuzatish, baholashda inson omilini kamaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish topshirig‘i yuklatildi.

Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish zaruriyatiga alohida e’tibor qaratildi. Lisyeylarning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, seleksiya ishlarini kuchaytirish maqsadida ta’lim jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Lisyeyning maktabdan katta farqi bo‘lishi kerakligini inobatga olib, mutasaddilarga litseylar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yangi tizim asosida tashkil etilishi belgilangan kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarni ishga tushirish vazifalari aniq belgilab berilgan. Bu borada eski kollej tizimi xatolari takrorlanmasligi zarur. Shu bois har bir viloyatda bittadan namunali kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumni tayyorlash vazifasi belgilandi.

Manba: Eduuz

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Konspekt yozib, rasmga olib domlaga jo'natishdan charchaganmidingiz?
Final Results
67%
Ha, jonga tekkan edi
11%
Yo'q, rasmga olib jo'natish mazza-ku
22%
Menga farqi yo'q
Buxorolik talaba mutasaddilarga murojaat qilmoqda!!!

"Hozir mamlakatimizda ayniqsa Buxoro hududida kuchli shamol koʻplab talafotlar keltirib chiqardi. 3 kundan beri svet va gaz oʻchirilgan, aloqa esa deyarli yoʻq hatto qoʻngʻiroq qilish uchun ham ancha yoʻ'l yurishga toʻgʻri kelyapti. Telefonlarni amallab quvvatlab olyapmiz. Qolaversa shamol oqibatida har oilaga millionlab zarar yetdi. Hurmatli ustozlar hozirgi qiyin vaziyatda shularni inobatga olishingizni iltimos qilgan boʻlardim. Shu tariqa zarar koʻrgan oilalarga qisman yordam boʻlarmidi.
Eʼtibor uchun rahmat!"


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
✅ BU YILGI ABITURIYENTLAR UCHUN TEST TOPSHIRIQLARI SODDALASHTIRILADI.
⠀
📑 Abiturientlar test topshiriqlarini tezda tushunishlari, fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishlari uchun, shuningdek, chet (ingliz, nemis, fransuz) tilli fanlaridan vaziyatni oson tavsiflashda rasmli test topshiriqlari soni oshadi.
⠀
📗 Bu topshiriqni bajarish ancha osonlashishini anglatadi.
Shuningdek biologiya va kimyo fanlari bo'yicha rasmli test topshiriqlari soni ham ko'payadi. Kimyo fanidan nazariy savollar sonini ko'paytirish va test topshiriqlari tuzilishida laboratoriya ishlari uchun test savollarini yaratish jarayoni davom etmoqda.
⠀
📘 Bundan tashqari, ona tili va adabiyotidan mustaqil o'qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar, mavzular bo'yicha rasmli test topshiriqlarini ko'paytirishga harakat qilinmoqda.
⠀
📕 Fizika fanidan ham soddalashtirish ishlari olib borilmoqda:
• murakkablikning birinchi darajasidagi (eng oson) test topshiriqlari soni 6 tadan 10 taga ko'payadi;
• test topshiriqlarining umumiy hajmida nazariy test topshiriqlarining ulushi ortadi;
• abituriyentlarga qulay bo'lishi uchun test jarayonida taqdim etiladigan "Doimiy fizik kattaliklar jadvali" ishlab chiqilgan.

Abituriyentlarga yetkazing !

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-yil, Qabul kvotasi.pdf
700.9 KB
Magistrauraga topshiradigan talaba va abituriyentlar diqqatiga!

"2020-2021-yil Magistraturaga qabul kvotasi"

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA