Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
⚡️Joriy yil 7 ta OTMda jurnalistika yo‘nalishida qabul bo‘ladi

Beruniy Alimovning Feysbukda ma’lum qilishicha, joriy yildan boshlab O‘zbekistondagi 7 ta OTMda jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha qabul bo‘ladi.

1) O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti;
2) O‘zbekiston milliy universiteti;
3) O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
4) Qoraqalpoq davlat universiteti;
5) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
6) Samarqand davlat chet tillar instituti;
7) Vebster (AQSH) universitetining Toshkentdagi filiali.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
AOKA huzuridagi shtabda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Feruza Madrahimova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

❓ 4 chorak o‘qishlar maktablarni o‘zida tashkil etilmaganligi reyting natijalarini tayyorlashga ta’sir ko‘rsatadimi? Ushbu savol universitetlar reytingiga ham tegishli?

Ma’lumki, 2019 yil oktyabr-dekabr oylarida Respublikamizdagi 10% maktablarda nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazilgan edi va bularning natijalari tayyorlab qo‘yilgan. Navbatdagi 10% maktablarda (956 ta) nazorat ishlari aprel oyida o‘tkazilishi kerak edi, agar karantin davri cho‘ziladigan bo‘lsa, birinchi 10 foiz maktab natijalari bilan reyting e’lon qilinadi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, reytingda o‘tgan yilda ham 10% maktablar ishtirok etgan va bu yil 20 % maktab ishtirok etishi rejalashtirilgan edi.

Universitetlar bo‘yicha ma’lumotlar deyarli tahlil qilib bo‘lingan, ular belgilangan muddatlarda e’lon qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​❗️Farg‘onada tibbiyot instituti tashkil etiladi🏥

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi va profilaktik tibbiyot institutini tashkil etiladi.

Prezidentning “Jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi xizmatlari sohasida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

🔆Institutga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

Do’stlarga yuboring !

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Karantin😷 #hazil_time


Biroz kayfiyat 😉

O'qishga kiyib boradigan kastyum shim va tuflim meni o'lib netib qolgan deb o'ylayapdiyov...😆

Assalomu alaykum ☺️

Oʻqishni sog'ingan va sogʻinmagam qadirdonlarim🤗


Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Savol: Magistraturaga kirish uchun hujjatlar topshirish jarayoni qanday o‘tkaziladi va muddatlarida o‘zgarishlar bo‘ladimi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Magistraturaga kirish uchun hujjatlar belgilangan tartibda 1 iyuldan 30 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab magistraturaga kirish uchun abituriyentlarga elektron tarzda hujjatlarni topshirish imkoniyatlari yaratiladi.

📌 Savol: Magistraturaga kirish imtihonlari qanday shaklda o‘tkaziladi va natijalar qanday e’lon qilinadi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Magistraturaga kirish imtihonlari karantin tadbirlaridan kelib chiqqan holda Nizomda belgilangan shakllarda yoki test shaklida o‘tkazilishi mumkin.

Kirish imtihonlari natijalari muayyan oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb saytlarida e’lon qilinadi.
Manba

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Bu yil ham abituriyentlar 3 ta OTM ga topshirishlari mumkin. Faqat ta'lim yo'nalishi va ta'lim tili to'g'ri kelishi shart!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Savol: 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayoni qanday tartibda o‘tkaziladi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- 2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2020 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar hujjatlar qabul qilinadi (hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratiladi);
6 avgustdan 30 avgustga qadar arizalar ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Chet tili sertifikatlarini olish uchun to'lov qilgan abituriyentlar 7 kun oldin Davlat test markaziga ariza qoldirsa, pulini qaytarib berishadi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌Kollejlarda bitirish imtihonlari qanday tashkil etiladi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Yakuniy imtihonlarni onlayn o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritilgan. Kasb-hunar kollejlarida 2019/2020 o‘quv yili uchun istisno tariqasida, Yakuniy davlat attestasiyasini onlayn tarzda tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga malakaviy ishni bajargan bitiruvchilar o‘z taqdimotlarini internet tarmog‘i orqali kasb-hunar kollejlariga taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OTM bitiruvchi kurs talabalariga kontrakt pullarini to‘lash kerak demoqda. Agar to‘lanmasa, talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi va unga bitirganlik to‘g‘risidagi diplom berilmaydi deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Oldin ham aytganimizdek, karantin davrida o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt pullarini to‘liq to‘lashga ulgurmagan talabalar o‘qishdan chetlatilmaydi. Bu bitiruvchi kurs talabalariga ham taalluqli.

Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, kontarkt to‘lovi muddatini mustaqil uzaytirish vakolatiga ega.

Yuqoridagilardan kelib chiqib to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan bitiruvchi kurs talabalari shartli ravishda istisno tariqasida yakuniy nazoratlarga kiritilishi mumkin, lekin ularga o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovni to‘liq amalga oshirganlaridan so‘ng oliy ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi tegishli diplom beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka qabul qilish jarayonlarida o‘zgarishlar bormi?

Inomjon MAJIDOV,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga hujjatlar topshirish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan.

O‘tkaziladigan imtihonlarni soddalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Abituriyentlar ijodiy imtihonga faqat bir marta kelib ketadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Oliygohlarda yangi yo‘nalishdagi fakultetlar ochilishi kutilmoqda
­
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Davlat oliy o‘quv yurtlaridagi bakalavriatga quyidagi yangi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar qabul qilinishi kutilmoqda.
­
👉Agrobiznes va marketing;
👉Agroturizm;
👉Asalarichilik;
👉Byudjet hisobi va nazorati;
👉Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari bo‘yicha);
👉Gidrobiologiya;
👉Grim;
👉Investision loyihalarni moliyalashtirish;
👉Ixtiologiya;
👉Ko‘chmas mulk kadastri;
👉Mediakommunikasiya va data-jurnalistika;
👉Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
👉Qishloq xo‘jaligida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va xizmat ko‘rsatish;
👉Qurilish sanoati materialshunosligi;
👉Raqamli iqtisodiyot;
👉Reklama ishi;
👉San’at sohasida prodyuserlik;
👉Turizm sohasida menejment;
👉Xalq tabobati;
👉Yer maydonlarini masofaviy zondlashtirishda innovasion texnologiyalar;
👉Yer resurslaridan foydalanish va tuproqni bonitetlashtirish.
­
Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Abituriyent

Joriy yil ijodiy imtihonlar bir kun ichida topshiriladi - vazirlik


Abituriyentga ijodiy imtihon topshirishi uchun oliy o‘quv yurtiga faqat bir marta kelib-ketish talabi qo‘yiladi. Oldingi yillarda esa imtihon topshirish uchun bir necha marta kelib-ketish talab qilinar edi.

Bugun, 2 may kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov joriy yil alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlar uchun imtihon qay tartibda o‘tishi haqida ma’lumot berdi. 
«Alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlar uchun kirish imtihonlari ijodiy imtihonlar tarzida o‘tkaziladi. Ularning o‘tkazilishi tartibida o‘zgarishlar bo‘ladi. 
Avvalo, abituriyentga ijodiy imtihon topshirishi uchun oliy o‘quv yurtiga faqat bir marta kelib-ketish talabi qo‘yiladi. Oldingi yillarda esa imtihon topshirish uchun bir necha marta kelib-ketish talab qilinar edi»,
- deya qayd etdi Inom Majidov.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ta’kidlashicha, ijodiy imtihon tarkibida nechta topshiriq bo‘lishidan qat’i nazar, abituriyentlar bir kunda hammasini topshirishi kerak bo‘ladi. Imtihon olish davomiyligi ham imkon darajasida qisqartiriladi. Lekin bu qo‘yiladigan talabga ta’sir etmagan holda bo‘ladi.
«Ayrim yo‘nalishlarda abituriyentlar ham ijodiy, ham test topshiriqlarini bajarishi kerak bo‘ladi. Alohida iqtidor talab qiladigan aksar yo‘nalishlarda esa faqat ijodiy imtihon topshiriladi. Lekin har ikkala holatda ham imtihonlarni o‘tkazish muddatiga hozircha o‘zgartirish kiritilgani yo‘q», - deya qo‘shimcha qildi Inom Majidov

Abituriyentlarga yuboring !

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Bitiruvchi kurs talabalari diqqatiga!

👉 Magistraturaga kirish uchun hujjatlar topshirish jarayoni qanday o‘tkaziladi?

👉 Muddatlarida o‘zgarish bo‘ladimi?

Do’stlarga ulashing ❗️

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❓Savol: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan e’lon qilingan Dasturlash bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn musobaqa natijalari qachon e’lon qilinadi?

✅ Javob: Dasturlash bo‘yicha onlayn musobaqaning birinchi bosqisi joriy yiling 26 aprel kuni o‘tkazildi va unda Respublika miqyosida jami 249 nafar talabgorlar qatnashdi.

Ularning 130 nafari OTM talabalari, 20 nafari kollej va akademik lisyey o‘quvchilari, 69 nafari maktab o‘quvchilari va 30 nafarini sohaga qiziquvchi fuqarolarni tashkil etadi.

Birinchi bosqichda kamida 2 ta masala ishlagan ishtirokchilar keyin bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi belgilangan. Dasturlash bo‘yicha onlayn musobaqaning ikkinchi bosqichi joriy yilning 5 may sanasida o‘tkazilishi belgilangan.

Bu bo‘yicha batafsil natijalari bilan inspeksiyaning www.tdi.uz rasmiy veb sayti, ijtimoiy tarmoqlar hamda olimp.tdi.uz sayti orqali tanishishingiz mumki.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Kayfiyat

Buzilgan to‘g‘on bo‘yicha sud bo‘libdi.

Sud zaliga barcha qurilish materiallari chaqirilibdi.
Birinchi bo‘lib g‘isht kirib so‘z boshlabdi:
"-Menda ayb yo‘q hamma ayb syement va shag‘al qorishmasida u meni mustahkam ushlamagani uchun men siljib ketdim va suv sizib chiqdi" debdi.
Keyin syementli-shag‘alli qorishmani chaqirishibdi u ham:
"-Menda ayb yo‘q hamma ayb menga qo‘shilgan suvda, suv kupayib ketdi shunga qorishma sifatsiz chiqib g‘isht siljidi" debdi.
Navbat suvga kelibdi:
"-Menda ham ayb yo‘q, me’yorimda edim, hamma ayb syementda u quyoshda qolgan ekan, shunga qorishma yaxshi chiqmagan" debdi.
Oxirida syement anqayib chiqibdi va so‘z boshlabdi:
"-Hurmatli sudya va hurmatli qoralovchi meni bu qurilishga umuman aloqam yo‘q, chunki men umuman bu qurilishda qatnashmaganman, men qurilish rahbarini uyidagi omborda edim ana qopdan so‘rang" dermush😁
Tugadi)))

©Otabek Artikov

Albatta hazil
Do’stlaringizga ham yuboring😁
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​❗️Masofaviy ko‘rinishda ta’lim beriladigan xorijiy OTMlarga hujjat topshirishda shoshilmaslik tavsiya qilindi

AOKA huzuridagi shtabda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Feruza Madrahimova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

❓Hozirda internet saytlari orqali masafaviy ta’lim asosida o‘qishni taklif qilayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qisak bo‘ladimi? O‘zbekistonda ham masofaviy ta’lim tan olinadi deyilmoqdaku.

Karantin sababli yurtimizdagiOTMlarda ta’lim jarayonining masofaviy ko‘rinishda tashkil etilgani ortida ko‘plab konsalting tashkilotlari fuqarolarimizni chalg‘itib pul topishga intilmoqda. Xususan, ular o‘z reklamalarida “diplomi O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi” kabi asoslanmagan ma’lumotlar bilan masofadan ta’lim beradigan xorijiy OTMlarini targ‘ibot qilishmoqda.

Ayni paytda amalda bo‘lgan huquqiy me’yoriy hujjatlarga asosan, xorijiy davlatlarda masofaviy ta’lim shakli uchun berilgan diplomlar yurtimizda tan olinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahrirdagi loyihasida “masofaviy ta’lim” shaklida ta’lim olib borish ham kiritilgan.

Ushbu hujjat qabul qilinganidan so‘ng respublikamizda ham masofaviy ta’lim berishning normativ-huquqiy bazasi shakllanadi. Shundan so‘ng, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishda ham respublikamizda amalda mavjud bo‘lgan ta’lim shakli bo‘lganligi uchun masofaviy ta’lim orqali o‘qib olingan hujjatlar belgilangan tartibda tan olinishi mumkin bo‘ladi.

Shu sababli ham fuqarolarimizga mazkur hujjat qabul qilinib, masofaviy ta’limning aynan qaysi mutaxassislar uchun va qanday jihatlarga asoslanib tan olinishi aniq ko‘rsatilmay turib shoshib qaror qabul qilmasliklarini maslahat beramiz.

Shu o‘rinda hammamiz yaxshi tushunishimiz kerakki, masofaviy ta’lim shakli bilan sifatli bilim beradigan OTMlarisoni ko‘p emas. Masofaviy ta’lim orqali nazariy bilimga ega bo‘lishi mumkin, ammo ko‘p yo‘nalishlarda va mutaxassisliklarda amaliy ko‘nikmani egallash va malakani oshirish muhim.

Agar masofaviy ta’limni nufuzli OTM tashkil etgan bo‘lsa, u har tomonlama o‘z nufuzini saqlashga harakat qiladi. Sifatli kadrlar tayyorlash uchun barcha choralarni ko‘radi. O‘zbekistonda bu ta’lim shakli endigina rivojlanmoqda. Eng muhimi, kelgusida tanlangan kasb bo‘yicha yetukmutaxasis bo‘lib yetishish va mehnat bozori talabiga javob berish lozim. Shuni unutmang, ish beruvchilar kadrni ishga qabul qilishda diplomga emas, uning kasbiy tayyorgarligiga baxo berib ishga olishadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Mahalladagi xotinlarni aytishiga qaraganda, abituriyentlarga majburiy fanlar bekor qilingan emish. Imtihon faqat ikkita mutaxassislik fanlaridan bo‘lishi kutilmoqda ekan 😅. Qani kutaylikchi bir gap boʻlar.

Mahalladagi xotinlarga yuboring😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 O'qishga hujjat topshirish qachondan boshlanadi?

Bu yil kirish imtihonlari onlayn bo'ladimi?

Amaliy imtihonlar bo'ladimi?

Batafsil
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#OTM_yangiliklari

ToshDO‘TAU jamoasi yana bir xayriya ishiga qo‘l urdi

Hukumatimizning 213-sonli farmoyishi bilan “Saxovat va ko‘mak“ jamg‘armasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu xayriya ishi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan ilgari surilgan edi.

Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti jamoasi tomonidan ham universitet rektori Sh.Sirojiddinov boshchiligida yana bir saxovatga qo‘l urildi.

Universitet tomonidan maxsus hisob raqami ochilib, unga professor-o‘qituvchilar va xodimlar hisobidan xayriya mablag‘lari yig‘ilishi rejalashtirildi.To‘plangan jamg‘arma esa universitetda tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga ko‘mak tariqasida taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA