Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📌 O‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi o‘quv yo‘nalishlari ochiladi

“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2020/2021 o‘quv yilida universitetda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilangan:

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika hududlarida o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda respublika ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyoti o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash va uzoq hududlardan o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida davlat universitetlari hamda pedagogika institutlarida o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish;

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Sinxron tarjima” va “Kompyuter lingvistikasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qishga qabul qilish;

✅ 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik (etnologiya)”, “Kompyuter lingvistikasi”, “Psixologiya”, “Sotsiologiya”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)”, “Folklorshunoslik va shevashunoslik”, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “Badiiy tarjima”, “Ilmiy-texnik tarjima” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash choralarini ko‘rish;

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Universitetda hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni tashkil etsin.

Manba: uzabt

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Qabul 2020/2021 yangiliklari

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan qizlar uchun kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant o‘rinlari ajratiladi;

Manba: Uzabt

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Komissiya tomonidan ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlariga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etiladigan nomzodlardan talab qiladigan hujjatlar:

- mahalladan tavsifnoma (mezonlar asosida hujjatlar ilovasi bilan);

- ma'lumotnoma-obektivka;

- umumiy o‘rta ta'lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini (akademik litseyini) tugatganligi haqidagi hujjat baholari ko‘rsatilgan ilovasi bilan;

- pasport yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxalari.

Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni har yili 15 iyunga qadar ko‘rib chiqadi.

Komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuziladi, u komissiya tomonidan imzolanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining muhri bilan tasdiqlanadi.

Komissiya tomonidan saralab olinib, ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlariga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan qizlar to‘g‘risidagi xulosa va ularning ro‘yxati har yili 20 iyunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etiladi.

Komissiya ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga tanlovda ishtirok etish uchun xotin-qizlarga tavsiyanomalarni har yili 1 iyulga qadar topshiradi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan qizlar uchun kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant o‘rinlari ajratiladi;

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Tibbiyot oliygohi talabalari yuqori miqdorda stipendiya oladilar

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab taʼlim bosqichidan qatʼi nazar chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi quyidagi xalqaro sertifikatlar (🔻) biridan belgilangan minimum ballga ega bo‘lgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalariga (mutaxassislik fanlarni “qoniqarli” bahoga o‘zlashtirayotgan talabalardan tashqari) Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida qo‘shimcha to‘lov (hozirgi kunda 428.000 so‘m (🔻🔻)) amalga oshiriladi:

❗️ Ingliz tili
✅ International English Language Testing System (IELTS asademic): 6.5
✅ Test of English as a Foreign Language (TOEFL): IBT 72
✅ Cambridge Assessment English PET: B2

❗️ Nemis tili
✅ Goethe-Zertifikat: B2
✅ TestDaf: B2
✅ Deutsches Sprachdiplom: DSD II

❗️ Fransuz tili
✅ Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF): B2
✅ Test de Sonnaissanse du Français (TSF): B2


🔻 Milliy CEFR sertifikatlari uchun qo‘shimcha stipendiya ko‘zda tutilmagan!

🔻🔻 Misol uchun, barcha fanlardan a'lo baholarga o‘zlashtirgan talaba IELTS sertfifikatida minimum 6.5 ballga ega bo‘lsa, uning 513.600 so‘m stipendiyasiga qo‘shimcha ravishda har oy 428.000 so‘m qo‘shiladi va uning oylik stipendiyasi 941.600 so‘mni tashkil etadi.

Manba: Uzabt

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internet tezligini 10 baravar oshiramiz, 5G o‘rnatamiz, unaqa qivoramiz, munaqa qivoramiz, deb doim katta gapiradigan aloqa sohasi mutasaddilarining o‘zini tomga chiqarib, quyoshning issig‘ida 1 hafta ushlab o‘tirish kerak. Ana shunda zora, qop-qop va’da berishdan ko‘ra, sal amaliy ishga o‘tisharmidi...

Dunyoga qarasang - 2020 yil, O‘zbekistonning ayrim hududlariga qarasang - 1920 yil.

O‘qituvchilarimizga rahmat, baraka topishsin.

Manba: Talimda, xushnudbek

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Абитуриентлар_маълумотлари_ва_аризаларини_онлайн_рўйхатга_олиш.pdf
761.8 KB
https://abitur.dtm.uz/login

Abituriyentlar ma’lumotlari va arizalarini onlayn ro‘yxatga olish tizimining foydalanuvchilari uchun yo'riqnima.

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Imtihonlarda beshta fandan emas, ikkita mutaxassislik fanidan test savollari bo‘ladi va 2 soat vaqt beriladi. (mi?)

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish masalasi mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. (Matn tagida rasmi) Hususan, xabarda quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

👉 Qabul jarayonida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish o‘tgan yilgidagidek davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi;

👉 Hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni o‘tkazish muddatlarida o‘zgarish yo‘q, har doimgidek bo‘ladi;

👉 Kirish sinovlari ham soddalashtiriladi. Bunda beshta fandan emas, ikkita mutaxassislik fanidan test savollari bo‘ladi va 2 soat vaqt beriladi. Kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi bo'yicha keyingi haftada Davlat test markazining ma’lumoti e’lon qilinadi;

👉 ijodiy imtihonlar dasturi soddalashadi. Abituriyent ijodiy imtihon uchun oliy o‘quv yurtiga bir kun keladi, bir soat ichida va bir joyda imtihon topshiradi;

👉 Qaysi oliy o‘quv yurtlari yo‘nalishlarida ijodiy imtihonlar bo‘lsa, vazirlik bilan kelishilgan holda hozirdan imtihon dasturini tayyorlashni boshlash kerak;

👉 Hozirgi o‘quv jarayonining borishi, 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda qabul jarayonini tashkil etish bog‘liq masalalarda har bir Oliy o‘quv yurtining rektori intervyu dasturini tayyorlab, TV da chiqish qilishi kerak.

Hurmatli, ayniqsa majburiy fanlardan tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt va mablag‘ sarflangan abituriyentlar! Rasmiy xabar chiqqunga qarar o‘zingizni ruhan tayyorlab boravering. Katta ehtimol bilan majburiy fanlar olib tashlanadi.


——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kunni to‘g‘ri boshlash va tugatishga oid tavsiyalar

Har kuni kechqurun 15 daqiqa va ertalab 10 daqiqani  o‘zingizga bir necha savol berish uchun ajrating. ThriveGlobal kunni to‘g‘ri tashkil qilishga doir tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Kunning boshlanishi
1. Kechagi kundan beri qandaydir muhim voqea ro‘y berdimi?
Ba'zi voqea yo hodisalar kundalik rejalaringizni qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Masalan, o‘zingizni yomon his qilsangiz yoki yaqinlaringiz betob bo‘lib qolishsa, grafikni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi.
Faqat darhol pochtani tekshirishga kirishmang. O‘ylab ko‘ring, qandaydir bir xat haqiqatda kuningizga katta  ta'sir ko‘rsatishi mumkinmi? Bevosita ish bilan bog‘liq xabarlarnigina ko‘zdan kechiring. Butun pochtani saralashga vaqt ketkazmay, faqat ertalabga rejalashtirilgan xabarlarni ko‘rib chiqing.

2. Nima qilish kerak?

Kechqurun ertasi kuni qilishingiz kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini ko‘zdan kechiring. Zarurat tug‘ilgan taqdirda, uni to‘ldiring yoki qisqartiring.

3. Hozirning o‘zida nimadan boshlash kerak?

Bir vazifani tanlab, butun diqqatingizni shunga qarating. Uch vazifani haminqadar bajargandan ko‘ra bir vazifani yaxshilab bajaring.

Kun oxiri

1. Kun davomida nimaga erishdingiz?
Nima qilganingiz va nimaga erishganingizni yodga oling. Hayot — kichik qadamlar ketma-ketligi, agar kichik g‘alabalardan quvonmasangiz, kattalari tomon qadam tashlash qiyinroq bo‘ladi.

2. Hozirning o‘zida nimadir qilish kerak emasmi?

Ba'zan nimanidir bajarishni unutganlik tuyg‘usi ishni bir chetga surib, dam olishga xalaqit beradi. Yoddan chiqarilgan ishni aniqlash uchun kiruvchi pochtangiz va ishlar ro‘yxatini tekshiring. Keyin uni ertangiga qoldirsangiz, nima bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘ring.

3. Bugun ulgurmagan ishingizni qachon qilish kerak?

Kun davomida yaqin kelajakda bajarish kerak bo‘lgan ko‘p ishlar paydo bo‘lishi mumkin, biroq bu ularga hozirning o‘zidayoq kirishish kerakligini bildirmaydi. Ularni ertangiga yoki boshqa aniq bir muddatga rejalashtiring, bugun esa ular haqida o‘ylamaslikka harakat qiling.
Agar bugun boshlagan ishingizni tugata olmagan bo‘lsangiz, qayerda to‘xtaganingizni va keyingi qadam qanday bo‘lishi kerakligini belgilab qo‘ying. Shunda ertasiga ishni davom ettirishingiz oson bo‘ladi.

Barchaga Assalomu Alaykum, boshlangan kuningiz sermazmun va barakali o’tishini tilab qilamiz🌞💐
——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Абитуриентлар кўп бераётган саволлар юзасидан шахсий фикрларим

- жорий йил тест синовлари қачон бўлади?

- тест нечта фандан бўлади?

- имтиҳонлар онлайн бўладими?

Манба: @Xushnudbek

Батафсил👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​⚡️Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga qabul boshlandi!

Turin Politexnika universiteti mutasaddilari 2020/2021 o'quv yili uchun hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlanganini ma'lum qildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti nodavlat notijorat tashkilot sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, “O‘zavtosanoat”, Italiyaning Turin Politexnika universiteti hamda boshqa manfaatdor biznes-assotsiatsiyalar hamkorligida tashkil etilgan.

2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:

Birinchi imtihon 22 MAY kuni
mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi (ro‘yxatdan o‘tish oxirgi muddati - 18 may, nomzodlar maksimal soni – 200 kishi). Ushbu imtihon onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi, shuning uchun har bir nomzod kompyuter/noutbuk va videokameraga ega bo‘lishi kerak;
Ikkinchi imtihon (nomzodlar soni cheklanmagan) iyul oyining boshida bo‘lib o‘tadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e'lon qilinadi).

Onlayn anketa to‘ldirish: www.polito.uz —->>>

https://didattica.polito.it/pls/portal30/sviluppo.pkg_apply.login?p_lang=EN

Nomzodlar 1-bosqichdan o‘tishlari shart bo‘lib, ushbu bosqichni amalga oshirmay 2-bosqichga o‘ta olmaydilar!

2-bosqich – kirish imtihonlari jarayonining shaffofligini ta'minlash uchun, karantin paytida, 1-bosqichni tugatgandan so‘ng, ariza beruvchi (abituriyent) pasportining elektron nusxasini quyidagi manzilga yuborishi lozim: admission@polito.uz.

☝️Barcha fanlar bo‘yicha testlar ingliz tilida o‘tkaziladi!

Eslatma: Bir akademik yil Toshkentdagi Turin politexnika universitetida ta'lim olish uchun to‘lov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so‘mni tashkil etadi.

Telefon raqamlari: 71 246-63-48, 71 246-80-52

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Tibbiyot sohasida 2 ta xorijiy oliygoh ochiladi

"Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 2021 yil 1 yanvargacha N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti hamda Turkiya Baxchishehir universitetining filiallari va klinikalarini Oʻzbekistonda tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi!

Manba: Uzabt

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Talabalar diqqatiga!

Fanlardan qolsa stipendiya kuyadimi?


- Kontraktda o'qiyotgan, stipendiyali va stipendiyasiz kontrakt to'lagan talabalar fanlardan qolsa stipendiyasi kuymaydi! A va B shaklda ya'ni 2-ведомость va 3-ведомостьga qolsa ham stipendiya kuymaydi. Agar 3-ведимостьdan ham o'ta olmasa kursdan kursga qoladi.

Davlat grantida o'qiyotganlar fandan qolsa stipendiyasi kuyadimi?

- Davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalar umumiy fanlari sonini 100% deb olsak, shundan 30%dan ortig'i 3 baho bo'lsa(misol uchun 10ta fandan 3tasi 3 bo'lsa) semestr davomida stipendiya olmaydi. Agar davlat granti asosida o'qiyotgan talaba 10ta fandan 7tasi 4 va 5, 2tasi 3 va bittasi 2 bo'lib qayta ishlashga qolgan taqdirda, qayta ishlashda ya'ni A va B shakl(2-ведомость, 3-ведомость)da o'sha fanni 4 bahoga o'zlashtirsa bir oylik stipendiyasi kuyishi mumkin xolos.

Fevraldan boshlab talabalar qancha miqdorda stipendiya olishadi?

- 3ga yopganlar 428 000 so'm, 4ga yopganlar 428 000 so'm, 5ga yopganlar 513 000 so'm stipendiya olishadi!

4 va 5 ga yopganlarga tabaqali stipendiya berilmaydimi?

- Beriladi, 4 va 5ga yopganlarga qo'shimcha 214 000 so'mgacha rag'batlantirish beriladi. Nizomda belgilanganday barcha OTMlarda komissiyalar tuzilib buni Mart oyidan yo'lga qo'yishlari kerak edi.

P/S: Yangi chiqqan qarorni ayrim OTM dekan, zam dekan va buxgalteriyadagilari tushunib yetmagani uchun sodda tilda yozib chiqdim. Agar sizning OTMda yuqorida keltirilganiday tartibda stipendiyalar tayinlanmagan bo'lsa ularga men vazirlik matbuot xizmati bilan qilgan savol-javobimni ko'rsating.

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Toshkent davlat transport universiteti haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

❗️Universitet transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Universitet idoraviy jihatdan Transport vazirligiga bo‘ysunadi.

Qaror bilan Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilandi.

Transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Universitetning asosiy vazifalaridan biridir.

Universitetda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi. Talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Universitetni strategik rivojlantirish masalalari bo‘yicha rektorning birinchi o‘rinbosari lavozimiga malakali xorijiy mutaxassis tayinlanadi.

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 HURMATLI ABITURIYENTLAR!

abitur.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishda muammolarga duch kelyapsizmi?

❗️Balki siz tanlagan login sizdan oldin boshqa foydalanuvchi tomonidan band qilingan bo‘lishi mumkin (boshqa logindan foydalaning);
❗️Yoki login uchun tanlagan nom harflari soni qisqa bo‘lishi mumkin (lotin harflari va raqamlardan iborat 5 tadan kam bo‘lmagan login tanlang);
❗️Balki siz xafvsizlik kodini noto‘g‘ri kiritayotgandirsiz;
❗️Balki siz JSh SHIR (jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami), Pasport seriyasi va raqamini noto‘g‘ri kiritayotgandirsiz;
❗️Shaxsiy ma’lumotlarimdan foydalanishga roziman qismini belgilashni unitayotgandirsiz;

ESLATMA. Hurmatli abituriyentlar!
Tizimdan foydalanishda xatolikka duch kelsangiz sahifani yangilashni (обновить эту страницу) tavsiya qilamiz.
——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Eng zo‘r matematiklarga 50 ming dollardan mukofot beriladi

Bugun Prezident “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Hujjat quyidagi yangiliklarni o‘z ichiga olgan:

- Har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.

- Ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

- 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari va matematika fani o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik ustama haq to‘lanishi ko‘zda tutilmoqda.

- 2021 yil 1 yanvarga qadar Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

- Imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.

- 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi.

- Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etiladi va u ikki yilda bir marta uchta yo‘nalish bo‘yicha beriladi.

- Har bir yo‘nalish bo‘yicha mukofot sovrindorlariga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 50 ming AQSH dollari ekvivalentidagi pul mukofoti beriladi.

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bu yil majburiy 3 ta fanlar olib tashlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda mana shu audio xabar tarqalmoqda. Unda aytilishicha, bugun Zoom orqali videoselektor bo‘lgan va unda majburiy fanlar olib tashlanishi, mutaxassislik fanlari esa judayam oson bo‘lishi belgilangani aytilmoqda.

⚠️❗️ Hozircha hulosa chiqarmasligingizni so‘rab qolamiz. 2-may kuni boʻlib oʻtgan brifingda DTM direktori Madjit Karimovning shaxsan o‘zi bu taklif bor ekanligini, lekin tasdiqlansagina rasman e’lon qilinishini aytib o‘tgan edi.
Tasdiqlanmasligi ham mumkin.

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Assalomu alaykum! Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!

——————
Do’stlarni tabriklashni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ro‘za vaqtida ro‘zador inson ta’nasida nimalar yuz beradi va qanday jarayonlar kechadi?

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Uxanda katta sinf oʻquvchilari uchun maktabda taʼlim jarayoni qoʻshimcha himoya bilan qayta tiklandi

Koronavirus oʻchogʻi hisoblangan Xitoyning markaziy Xubey provintsiyasining poytaxti Uxan shahrida 6 may kunidan boshlab 121 ta oʻrta va kasb-hunar maktablarining 57,800 katta sinf oʻquvchilari uchun darslar qayta tiklandi.

Endilikda, COVID-19 infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida har bir oʻquvchining stolida boshqalardan ajratib turuvchi shaffof oynachalar oʻrnatilgan sinfda oʻqishadi.

Manba: Gazeta.uz

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🎧 Koʻpchiligimiz musiqa eshitib dars qilishni xush koʻramiz. Xoʻsh bu qay darajada toʻgʻri ?

Olimlarimizning takidlashicha musiqaning insonga juda ham foydali taraflari koʻp. Masalan xotiramizni, diqqatimizni oshirish uchun foydali hisoblanadi. Bundan tashqari ogʻir stress yoki shunchaki kayfiyatimiz yoʻq paytida bizga katta nafi tegadi. Demak dars qilish jarayonida musiqa tinglash foydali hisoblanadi.

Ammo musiqa tinglash kerak ekan deb bass ya'ni tovushlari baland musiqalarni tinglash ularni qoʻshilib birga kuylash notoʻgʻri hisoblanadi. U holda sizning bor diqqatingiz musiqada boʻlib dars qila olmaysiz.

Musiqadan unumli foydalanish uchun siz sokin yoki ozroq shoʻx musiqalarni tinglaganingiz yaxshi. Rok janridagi musiqalar sizga tavsiya etilmaydi. Shaxsan oʻzim tavsiya etadigan musiqalarim albatta ingliz tili dagi musiqalardir. Nega bu sizni ingliz tilidagi Listening qismini oʻsishiga yordam beradi. Men tavsiya etadigan qoʻshiqlar :

1.One Direction - Last First Kiss
2. Backstreet boys - Show me the meaning
3. Maher Zain - Paradise
4. Havana feat Yaar - I lost you

Ushbu roʻyxatni kommentariyada davom ettirishingizni istagan boʻlardim. Negaki bu barchamizga ham foydali boʻlar edi.

Siz koʻproq qaysi qoʻshiqlarni tinglaysiz ?

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA