Talaba.uz | Ta'lim portali
5.48K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Baxtga qachon erishamiz?

Bir seminarda 50 kishi o'tirgan ekan. Birdan notiq to'xtab, har bir tinglovchiga bittadan shar berib chiqibdi. Ulardan sharga o'z ismlarini yozishni so'rabdi. Hamma ismini yozgach, 50 ta sharni boshqa xonaga olib borib qo'yishibdi.
So'ngra barchaga u xonaga kirishni va o'z ismi yozilgan sharni 5 daqiqa ichida topishni buyuribdi.
Qatnashchilar qidir-qidirga shunchalik sho'ng'ib ketishibdiki, to'g'ri kelgan sharni olishar va boshqa yoqqa uloqtirishar edi. 5 daqiqa ichida haqiqiy tartibsizlik boshlanibdi, odamlar bir biriga urilib-surilib hech kim o'ziga atalgan sharni topa olmabdi.

Keyin esa notiq debdi:
Endi sizga bir daqiqa beriladi va bu safar kim boshqa birovning sharini topib olsa, unga bersin.
Ishtirokchilar sharlarni olishibdi va darrov egasiga yetkazishibdi. 1 daqiqaga qolmasdan hamma o'ziga atalgan o'z sharining "peshonasi"ga yozilgan narsaga ega bo'lishibdi.

Notiq aytibdiki:
Ko'rdingizmi, hayotimiz ham shunday tuzilgan. Barcha o'z baxtini izlashga shu kabi sho'ng'iganki, boshqalar bilan umuman ishi yo'q.
Biz bilmaymizki, kimnidir baxtli qilish bizning qo'limizda, qachonki qo'limizni bo'shatib, o'z egasiga haqiqiy baxt in'om etarkanmiz, shunda biz ham baxtli bo'lamiz!
Baxtingiz boshqalarning baxtida mujassam ekan, bering ularga o'z baxtini, shunda o'z baxtingizga ega bo'lasiz!

Bilasizmi, faylasuflardan biri aytganki:
"Siz boshqalarni qay darajada baxtli qila olsangiz, shunchalik baxtlisiz!"

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Professor Rahim Tillayev xotirasiga bag‘ishlab Respublika onlayn olimpiadasi o‘tkaziladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekistonda kimyo sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan olim professor Rahim Sodiqovich Tillayev xotirasiga bag‘ishlangan Respublika onlayn olimpiadasi o‘tkaziladi.

Olimpiada ishtirokchilari kimyo fan bo‘yicha bahslashadilar.

Dastlabki uchta o‘rin egalari jami 6.000.000 so‘m (1-o‘rin 3.000.000, 2-o‘rin 2.000.000, 3-o‘rin 1.000.000) pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Olimpiadada akademik litsey, kollej va 10-11-sinf o‘quvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qatnashishi mumkin.

Olimpiada savollari 25 ta bo‘lib, uning ikkitasi olim hayoti va ijodi asosida bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2020 yil 13 maydan 17 maygacha.

Manba: Eduuz

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
moziy.edu.uz saytidan ro'yxatdan o'tish bo‘yicha video

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bittasiga savol berishibdi:

– Oʻqishga qaysi kalla bilan kirding?🤔
– Benjamin togʻaning kallasi bilan...

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan test sinovlari haqida (Zamon informatsion dasturi)

Barno Rajabov, Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​💥Xorijlik pedagoglar Prezident maktablarida 17 maydan videodarslarni boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi chet ellik o‘qituvchilar ishtirokida videodarslar tayyorladi. Videodarslar 17 maydan efirga uzatiladi.

2019 yilda yurtimizda ilk marotaba Nukus, Xiva, Namangan va Toshkentda to‘rtta Prezident maktabi ochildi. Mazkur maktablar mamlakatimizda taʼlim sifatini oshirishdagi islohotlarning lokomotiviga aylanadi. Ushbu maktablarda yoshlarga dars berish uchun xorijdan yuqori malakali o‘qituvchilar jalb qilindi.

Mazkur o‘qituvchilarning bir guruhi Online-Maktab (Onlayn maktab) loyihasi doirasida turli fanlardan videodarslar tayyorlashda ishtirok etdi. Xususan, Toshkentdagi Prezident maktabining besh nafar o‘qituvchisi ingliz tili, informatika, matematika (algebra va geometriya), biologiya va boshqa fanlardan videodarslar tayyorladi.

6-11-sinf o‘quvchilari uchun darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida 18 soatlik videodars hamkorlikda tayyorlandi. Barcha darslar ingliz tilida tasvirga olindi.

Anmari Anderson 6-8-sinflar uchun informatika, Simjii Anvar - 6-sinflar uchun biologiya, Dass Oskar - 9-11-sinflar uchun algebra va geometriya bo‘yicha videodarslar tayyorladi. Mahalliy ingliz tilida so‘zlashuvchi En Beyli IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Chet ellik o‘qituvchilar ishtirokidagi videodarslar 2020 yil 17 maydan boshlab, yakshanba kunlari Online-Maktab telekanallarida efirga uzatiladi.

- Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar multfilm va televizion ko‘rsatuvlar yordamida chet tilini tezroq o‘rganadi. Ingliz tili xalqaro tillardan biri ekanligini inobatga olib, videodarslarni ingliz tilida namoyish etishni rejalashtiryapmiz. Chet ellik o‘qituvchilar ishtirokidagi videodarslar bu yo‘nalishdagi dastlabki qadamlardan biri bo‘ladi, - deydi xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Maktab o‘quvchilariga beriladigan oltin medalning imtiyozi bormi?

— Maktabni oltin medalga bitirayotgan o‘quvchilarga imtiyozlar beriladimi?

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov:

— Yo‘q, oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan. Xalq ta’limi vazirligi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng imkoniyatlar taqdim etish tarafdori.

Bundan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarning oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yangi onlinetest.dtm.uz tiziminini ishga tushirdi. Hozircha mazkur tizim test (sinov) rejimida ishlamoqda.

Tizimdan ro‘yhatdan o‘tib, o‘zingizni bilimingizni sinamoqchi bo‘lgan 3 ta fandan onlayn tartibda 30 talik (3 ta fandan umumiy 90 ta) DTM testlarini ishlab ko‘rishingiz mumkin.

90 ta test uchun 3 soat vaqt belgilangan, test yakunida testni yakunlash orqali natijalarni ham birdaniga bilib olish mumkin.

Xurmatli abituriyentlar imkoniyatdan foydalanib, quyidagi havola orqali bilimingizni sinab ko‘ring:

👉 https://onlinetest.dtm.uz

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Kredit tizimi 3 soʻz bilan.

TATU talabalaridan ajoyib video rolik. Sarflagan MBga achinmay koʻrasiz ishoning 😉.

Videoni koʻrib dumalab kuldim 😁.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Mening fikrim» veb-portaliga "Magistraturada ham bir nechta yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshirish amaliyotini joriy etish haqida" jamoaviy murojaat joylandi.

Hozirda 480 ta ovoz yig'ildi, 41 kun ichida 10 mingta ovoz yig‘ish kerak bo‘ladi.

Ovoz berish uchun linkga bosin👇 https://petition.gov.uz/uz/petitions/view/3706

Kelajagingizga befarq bo'lmang.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Рўзанинг йигирма учунчи куни 16-май

РЎЗА ТУТИШ (ОҒИЗ ЁПИШ) ДУОСИ

نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْر رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ

Навайту ан асувма совма шаҳри рамазона минал фажри илал мағриби, холисан лиллаҳи таъаалаа Аллоҳу акбар.

Маъноси: Рамазон ойининг рўзасини субҳдан то кун ботгунча тутмоқни ният қилдим. Холис Аллоҳ учун Аллоҳ буюкдир.

Қуёшнинг чиқиш ва ботиш вақтидаги фарқлар (дақиқа ҳисобида)

➖ТОШКЕНТДАН олдин:

Қўқон-7, Наманган -10, Фарғона -10, Марғилон -10, Андижон -11.

➖ТОШКЕНТДАН кейин:

Бекобод +4, Жиззах +6, Гулистон +2, Денов +7, Жомбой +7, Самарқанд +9, Шаҳрисабз +10, Қарши +12, Каттақўрғон +12, Нурота +14, Навоий +19, Бухоро +21, Хива +35, Нукус +42.

♻️ТАРҚАТИНГ АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСИН СИЗДАН!
​​- Sening yerdagi vaqting chegaralagan. Shu sababli, boshqalarning hayotiga aralashib, uni birovlarning hayotida behuda sarflama. Odamlarning fikri bilan yashashdek tuzoq aqidadan uzoqda bo‘l.

Stiv Jobs

Barchaga Assalomu Alaykum, hayrli tong.🌞 Kuningiz mazmunli va barakali o’tishini tilab qolamiz, 🌸Erta tongdan ajoyib motivatsiyani ilinishni hohladik🙂o’qib, kuningizni ajoyib kayfiyat va “shijoat” bilan boshlang !

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#õqish_davrlarini_eslab😢

–darsda domla mavzu qolib hayoti haqida so‘zlab o‘tirsa
–yagona biladigan savoling aytilsa-yu lekin boshqa doskaga chiqsa
–butun guruh telefon o‘ynab o‘tirasa-yu domla faqat seni ko‘rsa
–sessiyaga yaqin jurnal yo‘qolib qolsa
– imtohon kuni interneting o‘chgan bo‘lsa
–uxlamay tayyorlangan mavzuingni sendan oldin boshqa birov gapirib qo‘ysa
–30 varaq “otrabotka”ni qo‘lda yozsang

Imtohon kuni ertalab uyg‘onganingda kechasi telefoningni quvvatlashni unutgan bo‘lsang yomon alam qiladi…🥴😅

🏛BuxMTI 612-17EN Raxmatov G'afur.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
🎓 @TALABAUZ 🇺🇿
💪 Energiyamizni ko'paytiramiz

⚡️ Muammolarga yechim topish:

Yechimi topilmagan, sizni qiynayotgan vazifalarning yechimini toping. Qaysi ish, masala, vaziyatni eslasangiz, ichingiz qiynalyabdi? O'shalarning ro'yhatini tuzingda, birma-bir hal qiling. Hal qilganingiz sari, yengillashib boraverasiz. Bu masalalar ichingizdagi energiyani yeyishni to'xtatadi.

⚡️ Odamlarga foydangiz tegsin:

Odamlar sizga hayolan minnatdorchilik bildirsalar ham, energiyaga to'laverasiz. Qo'lingizdan kelgancha hayrli ishlar qiling! Hayrli ishlarga qancha ko'p energiya sarflasangiz ham, sizga 10 barobar bo'lib qaytadi!

⚡️ Maksimum xarakat:

Tana xarakatda bo'lsa, qon yaxshi aylanadi va tana energiyaga to'ladi. Maksimum xarakat deganda, atrofdagi barcha xarakat imkoniyatlaridan unumli foydalanib qolish degani, masalan:
Liftda emas, zinadan chiqish;
Taksida emas, piyoda yurish va hokazo. Yoki har kuni sport bilan shug'ullaning!

⚡️ Meditatsiya:

30 daqiqa ko'zlarni yumib, qalbda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatish ya'ni jim-jitlikda o'tirish ham, eng samarali energiyaga to'ldiradigan meditatsiya hisoblanadi. Yoki boshqa o'zingiz hohlagan meditatsiyangizni bajaring.

⚡️Maqsad qo'yib, uni amalga oshirish:

Kuniga atigi 6 ta kichkina maqsad qo'yib, kun davomida amalga oshiring. Aslida maqsadlar, har doim o'ziga yarasha energiya bilan beriladi.

️ ⚡️ Ayni damda yuragingiz jiz etgan ishni qiling:

Juda ham hohlayotgan ishingizni qilishingiz, bajarishni hohlamayotgan ishingizni qilish uchun energiya beradi. O'zi aslida, bajarishni hohlamayotgan ishlarni umuman qilmaslik lozim. Bajarmaslik yo'lini toping. Hal qiling. Ko'nglingizga yoqgan ish bilan
shug'ullaning

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Самарқанд давлат тиббиёт институтида «Замонавий тиббиётнинг долзарб масалалари» мавзусида халқаро илмий-амалий конференцияси ўтказилди.

15 май куни Самарқанд давлат тиббиёт институтида «Замонавий тиббиётнинг долзарб масалалари» мавзусида талаба-шифокорлар ва ёш олимлар иштирокида анъанавий 74-халқаро илмий-амалий конференцияси ўтказилди. Бу йилги анжуман карантин сабаб онлайн тарзда ўтказилди. Карантин бўлганига қарамай, конференцияда қатнашиш учун мамлакатимиз ва 7та хорижий давлатлардан жами 550 муаллифдан 900дан ортиқ илмий тезислар ва мақолалар келиб тушди.

СамДТИ ташкил этган бу йилги илмий-амалий конференция Ўзбекистонда «2020 йил – Илм-маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили» давлат дастури ижросига мувофиқ институтнинг 90 йиллик юбилейи арафасида ўтказилди.

Конференцияни ўтказишдан асосий мақсад ёш олимлар ва талабаларни илмий-тадқиқот ишларига жалб қилиш, тадқиқот натижаларини тақдим қилишга ўргатиш ва мулоқот доираларини кенгайтириш орқали инновацион ишланмаларни амалиётга жорий қилишга кўмаклашиш бўлди.

Халқаро илмий-амалий конференциянинг ялпи мажлиси ягона телекўприк орқали боғланган ва якдил жамоа сифатида бирлашган ҳолда бошланди. Ялпи мажлис ишини институт ректори профессор Жасур Ризаев табрик сўзи билан очиб берди ва олиб борди. Ялпи мажлисда Ўзбекистон ва МДҲ мамлакатларининг 10та олий тиббий ўқув юртларидан 500дан ортиқ олимлар ва талабалар қатнашиб, ташкилотчилар ва институт раҳбариятига ўзларининг энг илиқ сўзларини йўлладилар.

Конференциянинг ялпи мажлиси ва 8та шўъба мажлисларида Беларусь, Россия, Қозоғистон, Украина, Жанубий Корея ва Тожикистондан 12та ва мамлакатимизнинг 6та тиббиёт олийгоҳларидан 150дан ортиқ талаба ва ёш олимлари бевосита чиқиш қилди. Ҳар бир шўъба мажлисида 200га яқин иштирокчи қатнашди. Энг долзарб ва қизиқарли ишлар муаллифлари диплом билан тақдирландилар.

Конференциянинг барча материаллари СамДТИ чоп этиладиган «Биология ва тиббиёт муаммолари» илмий журналида нашр қилинади. Умид қиламиз, конференцияда билдирилган фикрлар, таклиф ва хулосалар мамлакатимизда тиббиёт ривожига, соҳага инновацияларни киритиш, моҳир тиббиёт кадрларини вояга етказиш ва халқимизга малакали тиббий ёрдам кўрсатиш сифатини кўтаришга хизмат қилади.

Самарқанд давлат тиббиёт институти ахборот хизмати

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Дўстларга улашишни унутманг !

Каналга уланиш 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2020 - yilda kutilayotgan SESSIYA😁(Hazil tariqasida)

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Pasporti yo‘qolgan yoki almashtirish uchun topshirgan abituriyentlar nima qiladi?

Ayrim hollarda abituriyentlar pasportini bexosdan yo‘qotib qo‘yadi, yoki turli sabablar bilan pasport almashtirish (yangisini olish) uchun hujjat topshirgan bo‘ladi.

Abituriyent hujjatlarini “pasport stol”ga topshirgan bo‘lsa-yu, lekin hali yangi pasporti tayyor bo‘lmagan va eng asosiysi hujjat topshirishning eng so‘ngi sanasigacha (15 iyul) tayyor bo‘lishiga ko‘zi yetmasa, unda quyidagi tartibda hujjat topshirishi zarur:

1) pasport almashtirish uchun ariza topshirgan “pasport stolga” yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida murojaat qilinadi;
2) IIB haqiqatdan pasport almashtirish uchun topshirganligini tasdiqlab, maxsus 09-shakl (Forma-09) ko‘rinishidagi ma’lumotnoma to‘ldirib beradi;
3) 09-shaklda fuqaroning surati va pasportda ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar (identifikasiya raqami, pasport seriyasi va raqami) aks ettirilib, ushbu ma’lumotnoma maxsus muhr bilan tasdiqlanadi;
4) tayyor bo‘lgan 09-shakl vaqtinchalik pasport o‘rnini bosadi;
5) ushbu hujjat bilan bemalol OTMga hujjat topshirish mumkin.

Bu hujjat topshirgungacha bo‘lgan vaziyat uchun taalluqli javob.

Lekin boshqa vaziyatlarda, ya’ni abituriyent ro‘yxatdan pasport orqali o‘tgan bo‘lsayu, ammo testgacha pasportini yo‘qotib (o‘g‘irlatib, shikast yetkazib) qo‘ygan bo‘lsa, unda 09-shakl bilan test sinovlariga kiritiladimi yoki yo‘qmi, degan savolga menda aniq javob yo‘q.

Shuningdek, yuqoridagi holatning teskarisi bo‘lishi mumkin, ya’ni 09-shakl bilan ro‘yxatdan o‘tib, testgacha pasporti tayyor bo‘lgan bo‘lsa, pasport bilan kirishi mumkinmi yoki 09-shakl bo‘lishi shartmi?

Menimcha, ikkala holatda ham testga kirishda muammo bo‘lmasa kerak. Yana ham rasmiylar bu vaziyatga oydinlik kiritishlarini so‘rab qolamiz.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Vapshe_malades

🇺🇿 O‘zbekistonda 11 may kuni «Vapshe malades bola» MChJ ro‘yxatdan o‘tkazildi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, bundan bir yil avval «Lyubaya biznes xorosha» deb nomlangan firma ham ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi 😁

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институтида масофавий таълим асосида янгича ёндашув

Короновирус пандемияси даврида барча таълим муассасаларида ўқишлар масофавий тарзда ташкил этилиши белгилангандан сўнг, талабаларга зарурий билим ва кўникмаларни ўз вақтида бериш мақсадида Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институтида ҳам Вазирликнинг тегишли буйруғида белгиланган талаблар асосида масофавий таълим бўйича ўқув жараёни йўлга қўйилди.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Дўстларга улашишни унутманг !

Каналга уланиш 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA