Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Xorazmda Toshkent farmatsevtika institutining filiali tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020—2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari bilan birgalikda “Xorazm viloyati Hazorasp tumanini 2020—2022-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi” ishlab chiqilgan.

Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

* Hazorasp tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlanish darajasi va farovonligini oshirish;

* Hazorasp tumanida barcha xizmatlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy logistika markazini tashkil etish;

* hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarini ishga tushirish;

* hududning tabiiy va iqlim sharoitiga xos bo‘lgan chorvachilik va baliqchilik sohalarini rivojlantirish;

* yo‘l-transport infratuzilmasini va telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish;

* ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini yaxshilash;

* sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va ularni qayta ishlash darajasini oshirish, shuningdek, xorijiy tajriba asosida chorvachilikni rivojlantirish.

Shuningdek, dasturga muvofiq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Xorazm viloyat hokimligi:

Hazorasp tumani Sanoat qishlog‘i, “Sanoat” mahallasida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga qarashli eski tibbiyot kolleji binosi negizida Hindiston, Rossiya hamda farmatsevtika sohasi rivojlangan Yevropa davlatlarining malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda Toshkent farmatsevtika instituti Hazorasp filialini tashkil qilish bo‘yicha taklifiga rozilik beriladi va bir oy muddatda Toshkent farmatsevtika instituti Hazorasp filialini tashkil qilish bo‘yicha hukumat qaror loyihasini ishlab chiqib belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qaror loyihasi muhokamasi 31-mayga qadar davom etadi. Uning to‘liq matni bilan quyida havolaorqali tanishish mumkin.


➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida startap-onlayn ko‘rik tanlov tashkil etildi

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Onlayn olimpiada

O‘zbekistonda kimyo sohasi rivojiga katta hissa qo‘shgan olim professor Tillayev Rahim Sodiqovich xotirasiga bag‘ishlangan Respublika onlayn olimpiadasi o‘tkaziladi.

Kimyo

Olimpiada ishtirokchilari kimyo fani bo‘yicha bahslashadilar.

Rag‘bat

- 1-o‘rin sohibi 5.000.000 so‘m va diplom;
- 2-o‘rin sohibi 3.000.000 so‘m va diplom;
- 3 - 10-o‘rin sohiblari 1.000.000 so‘mdan va diplom;
- barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Ishtirokchilar

Olimpiadada akademik lisey, kollej va 10-11-sinf o‘quvchilari, abituriyentlar hamda talabalar qatnashishi mumkin.

Test savollari

Olimpiada savollari 25 ta bo‘lib:

- 18 tasi o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mavzulari;
- 5 tasi oliy ta’lim mavzulari;
- 2 tasi olim Tillayev R. S. hayoti va ijodi yuzasidan bo‘ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Ishtirok etish niyatidagilar 25 maygacha moziy.edu.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Olimpiada kuni

Onlayn olimpiada 30 may kuni soat 8:00 da boshlanadi. Jarayon borishi haqida batafsil ma’lumot berib boriladi.

Manba: moziyeduuz

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Axborot_xati

2020 yil 19-20 may kunlari o‘tkaziladigan onlayn konferensiyalar

1️⃣9️⃣ may

👉 Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan «Fan va texnika yutuqlarini ta’lim tizimiga joriy qilish muammolari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy onlayn anjumani o‘tkaziladi. m

- Boshlanish vaqti: soat 11:00
- Konferensiyaga havola: http://cc.uz/165sw
- Identifikator: 359 072 9027
- Parol: 9WCGEL

2️⃣0️⃣ may

👉 Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Matematikaning zamonaviy muammolari” mavzusida respublika ilmiy onlayn-anjumani o‘tkaziladi.

- Boshlanish vaqti: soat 10:00
- Konferensiyaga havola: http://cc.uz/165su
- Identifikator: 301 279 6993
- Parol: 835578

👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda menejment va korporativ boshqaruvning ahamiyati» mavzusida respublika miqyosida onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

- Boshlanish vaqti: soat 10:00
- Konferensiyaga havola: http://cc.uz/165sv
- Xorijiy hamkor: Ural davlat iqtisodiyot universiteti
- Vebinar o‘tkaziladigan til: O‘zbek, Rus

Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad: “Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotni isloh qilishning ilmiy asoslarini aniqlash va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

👉 Urganch davlat universitetida 2020 yil 18, 20 va 22 may kunlari Ispaniyaning Kantabriya universiteti bilan hamkorlikda “Ommaviy ochiq onlayn kurslarini (MOOS) ishlab chiqish” mavzusida onlayn videokonferensiyasi o‘tkaziladi.

- Konferensiya o‘zbek, ingliz va rus tillarida o‘tkaziladi.
- 20 may, soat 13:00 ¬: http://cc.uz/165ss
- Identifikator : 982 8374 0775
- Parol: MOOC2

- 22 may, soat 12:00 ¬ http://cc.uz/165st
- Identifikator: 739 1588 8684
- Parol: 006468

- 22 may, soat 13:00 ¬ https://zoom.us/j/92592446511
- Identifikator: 925 9244 6511
- Parol: MOOC3
- Ro‘yxatdan o‘tish uchun: conf.urdu.uz

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Audio
Charchagan vaqtingizda aynan yuqoridagiday sokin va miyaga dam beruvchi musiqalarni tinglashni tavsiya etaman.
Chunki bunday ohangdagi musiqalar nafaqat miyaga dam beradi, balki aqlingizni charxlashda ham yordam beradi.

Barchaga Assalomu Alaykum, hayrli tong.🌞 Kuningiz mazmunli va barakali o’tishini tilab qolamiz, 🌸
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Diqqat Talaba.uz | official kanalida yo'qlama 😄

Maktabni koridorda,
Kollej-litseyni ko'chada,
Universitetni uyda bitirayotganlar shu yerdami? 😂

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Yuridik universitetda yangi mutaxassislik bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta’limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

Prezidentning “Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta’limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida «Probasiya faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi:
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga «12.00.13 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probasiya faoliyati» ixtisosligi kiritilishini;

huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash, probasiya faoliyati sohasidagi muammolarni tadqiq etish uchun 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ochilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Toshkentdagi «Britaniya menejment universiteti» talabalarni qabul qilishga tayyor

2020 yilning may oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan Toshkentdagi Britaniya menejment universitetini ochish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu mustaqil, nodavlat OTM bo‘lib, moliya sohasida jahon darajasidagi biznes yetakchilarini, biznes boshqaruvi (mutaxassisligi bilan) hamda xalqaro moliyaviy tahlil va audit bo‘yicha professional mutaxassislarni tayyorlaydi.
Ta’lim Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa inglizzabon mamlakatlaridan taklif etilgan til egalari tomonidan to‘liq ingliz tilida olib boriladi.
Universitetning muhim afzalligi Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Rossiya va Xitoy kabi davlatlarning oliy ta’lim maskanlarida tajriba orttirgan haqiqiy xalqaro jamoa hisoblanadi.
Universitet o‘qituvchilari orasida Kembrij, Garvard, Massachusets texnologiya instituti (MIT), London iqtisodiyot maktabi kabi ta’lim maskanlarida ilmiy daraja olishga muvaffaq bo‘lgan xorijiy mutaxassislar mavjud; 90 foiz professorlar QS 2020 xalqaro reytingi top-100 ro‘yxatiga kirganlar (qaralsin: www.bmu-edu.uz, "Jamoa / Professor va o‘qituvchilar" bo‘limi).

2020 yilning sentyabr oyidan boshlab birinchi kurs talabalari Buyuk Britaniyaning eng yaxshi standartlari asosida ishlab chiqilgan «Foundation» dasturi bo‘yicha o‘qishni boshlaydilar. Dastur doirasida talabalar Akademik ingliz tili, Biznes va menejmentga kirish, Biznes uchun ITga kirish va Biznesdagi miqdoriy usullar bo‘yicha ta’lim ola boshlaydilar.

Universitet bitiruvchilarga nafaqat ish bilan ta’minlashni kafolatlaydigan talabgir mutaxassisliklarni taklif etadi, balki ularning dunyoning istalgan davlatida raqobatdosh bo‘lishlariga imkon beradi. O‘qishning ikkinchi yilidan (2021-2022) boshlab quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish boshlanadi:
· «Moliya va investisiyalar»
· «Xalqaro moliyaviy tahlil va audit»
· «Biznes boshqaruvi» quyidagi yo‘nalishlardan biri mutaxassisligi bilan:
- Loyihalar boshqaruvi,
- Xalqaro logistika va savdo,
- Raqamli marketing,
- Turizm va mehmonxona menejmenti.

Universitetga kirish uchun IELTS ≥ 5.0 sertifikatini taqdim etish, matematika bo‘yicha (BMU Mathematics Assessment) testni muvaffaqiyatli topshirish hamda o‘qituvchilar va til egalari bilan suhbatdan o‘tish lozim.
«Yuzaga kelgan vaziyat tufayli IELTS imtihonini topshirish imkoniyati bo‘lmagan abituriyentlarga ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha (BMU English Language Assessment) testdan o‘tish va shu yilning o‘zida Foundation kurslariga kirish imkoni beriladi», – deb bayonot berdi universitet rektori, Professor Konrad Ozog.
Abituriyentlarga matematika va ingliz tilidan imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishga yordam berish uchun universitet tomonidan online-trenajerlar ishlab chiqilgan, saytda 2020 yilning 18 mayidan boshlab ulardan foydalanish mumkin.
Universitetga kirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni www.bmu-edu.uz saytining «Qanday qilib kirish mumkin?» bo‘limiga tashrif buyurish, Universitetning sayti yoki ommabop ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga so‘rovnoma yuborish orqali olish mumkin.

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram-bot: t.me/BMUedubot
Facebook: fb.com/bmeducation
Instagram: @bmu_edu
e:mail: info@bmu-tashkent.org

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Joriy o‘quv yilida abituriyentlardan test uchun to‘lov olmaslik taklif qilindi

"Xuddi 2019-yilgacha bo‘lgani kabi, testlarda qatnashish bepul bo‘lishi kerak va kirish sinovlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat byudjetidan qoplanishi lozim. Yo‘qsa, hozirgi murakkab sharoitda mana shu 111 ming so‘mni ham topa olmasdan, ko‘pchilik yoshlar o‘qishga hujjat topshirish fikridan qaytishi mumkin."

http://marifat.uz/marifat/ruknlar/olii-talim/4534.html

——————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida test topshiriqlari bo‘yicha o‘zgarishlar

Davlat test markazi tomonidan test topshiriqlarini soddalashtirish, abituriyentlarga yengillik va qulayliklar yaratish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,
2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida test topshiriqlari bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

✅ Test topshiriqlarini soddalashtirish:

👉 Test topshiriqlari soddalashtiriladi deganda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul imtihonlarida faqat sodda testlardan foydalaniladi, deb tushunmaslik kerak.

👉 Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari 3 ta qiyinlik darajasida shakllantiriladi. Bunda birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlar ishlanishi, bajarilishi oson bo‘lgan test topshiriqlari hisoblanadi.

👉 Avvalgi yillarda o‘tkazilgan test sinovlarida fanlardan 6 tagacha birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari berilar edi. Bu yildan boshlab har bir variantda qo‘llaniladigan birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni o‘rtacha 10 tagacha yetkazilmoqda.

✅ Yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishidagi test topshiriqlari sonini ko‘paytirish:

👉 Abituriyentlar test topshiriqlarini mantiqiy fikrlab, tezda tushunishlari uchun joriy yilda ham tarix, geografiya fanlari kabi chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan ham rasmli test topshiriqlari shakllantirilmoqda.

👉 Shuningdek, biologiya va kimyo fanlaridan rasmli test topshiriqlari soni ko‘paytirilmoqda.

✅ Ona tili va adabiyot fanidan test topshiriqlarini soddalashtirish:

👉 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va adabiyot fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya qilingan badiiy asarlardan test topshiriqlari soni ko‘paytiriladi.

👉 Shuningdek, abituriyentlarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida matnli testlar, ya’ni matn ustida ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan test topshiriqlari tuzilmoqda.

👉 Matnli test topshiriqlarida matn tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llanganligini va gaplarning to‘g‘ri shakllantirilganligini aniqlash, matndagi so‘zlarning ma’nolarini topish va matnning asosiy mazmunini tushunish talab etiladi.

✅ Kimyo va fizika fanidan nazariy test topshiriqlari sonini oshirish:

👉 Kimyo fanidan nazariy test topshiriqlar soni oshiriladi va laboratoriya ishlariga oid test topshiriqlari tuzilmoqda.

👉 Fizika fanidan ham nazariy test topshiriqlar soni oshirilgan holda birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni 6 tadan 10 tagacha ko‘paytirilmoqda.

👉 Shuningdek, abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida “Doimiy fizik kattaliklar jadvali” ishlab chiqildi va u “Kimyoviy elementlar davriy sistemasi” kabi test sinovi topshirish jarayonida abituriyentlarga taqdim etiladi.
Ⓜ️ DTM.uz

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Bu yil 11-sinfni bitiraman. Oliy o‘quv yurtiga kirishim kerak. Attestat (shahodatnoma) qanday olaman?

Javob: Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, 2019-2020 o‘quv yilidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkaziladi.

Attestat (shahodatnoma) blankalari respublikamizda karantin muddati tugagunga qadar ta’lim muassasalarida saqlanadi. Karanti davri yakunlanganidan so‘ng ular o‘z egalariga topshiriladi.

Eslatma: Maktab o'quvchilari uchun o'quv yili 25-may o'z yakuniga yetadi

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️⚡️⚡️O‘QISH MUDDATI 3 YIL BO‘LGAN BAKALAVRIAT TAʼLIM YO‘NALISHLARI

Pedagogik taʼlim sohasini yana-da takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg‘or taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik taʼlim sohasining ayrim bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari belgilab berildi.Unga ko‘ra quyidagi oltita ta‘lim yo‘nalishlarida ta‘lim olish muddati 3 yilni tashkil etadi:
Musiqa taʼlimi

• Toshkent davlat pedagogika universiteti 
• Andijon davlat universiteti
• Buxoro davlat universiteti
• Guliston davlat universiteti
• Qarshi davlat universiteti
• Namangan davlat universiteti
• Samarqand davlat universiteti
• Termiz davlat universiteti
• Termiz davlat universiteti Denov filiali
• Farg‘ona davlat universiteti
• Urganch davlat universiteti
• Navoiy davlat pedagogika instituti
• Nukus davlat pedagogika instituti
• Jizzax davlat pedagogika instituti
• Qo‘qon davlat pedagogika instituti
• Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Jismoniy madaniyat

• Toshkent davlat pedagogika universiteti
• Andijon davlat universiteti
• Buxoro davlat universiteti
• Guliston davlat universiteti
• Qoraqalpoq davlat universiteti
• Qarshi davlat universiteti
• Namangan davlat universiteti
• Samarqand davlat universiteti
• Termiz davlat universiteti
• Farg‘ona davlat universiteti
• Urganch davlat universiteti
• Navoiy davlat pedagogika instituti
• Nukus davlat pedagogika instituti
• Jizzax davlat pedagogika instituti
• Qo‘qon davlat pedagogika instituti
• Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 


Texnologik taʼlim

• Toshkent davlat pedagogika universiteti
• Andijon davlat universiteti
• Buxoro davlat universiteti
• Guliston davlat universiteti
• Qarshi davlat universiteti
• Namangan davlat universiteti
• Samarqand davlat universiteti
• Termiz davlat universiteti
• Termiz davlat universiteti Denov filiali:
• Farg‘ona davlat universiteti
• Urganch davlat universiteti
• Navoiy davlat pedagogika instituti
• Nukus davlat pedagogika instituti
• Jizzax davlat pedagogika instituti
• Qo‘qon davlat pedagogika instituti
• Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Chaqiriqqacha harbiy taʼlim
• Toshkent davlat pedagogika universiteti
• Buxoro davlat universiteti 
• Qarshi davlat universiteti
• Samarqand davlat universiteti
• Termiz davlat universiteti
• Farg‘ona davlat universiteti
• Nukus davlat pedagogika instituti
• Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport

• Jizzax davlat pedagogika instituti
• Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
• O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
• O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali


Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

• Toshkent davlat pedagogika universiteti
• Andijon davlat universiteti
• Buxoro davlat universiteti
• Guliston davlat universiteti
• Qarshi davlat universiteti
• Namangan davlat universiteti
• Samarqand davlat universiteti
• Termiz davlat universiteti
• Farg‘ona davlat universiteti
• Urganch davlat universiteti
• Navoiy davlat pedagogika instituti
• Nukus davlat pedagogika instituti
• Jizzax davlat pedagogika instituti
• Qo‘qon davlat pedagogika instituti
• Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahririni tasdiqladi.

♻️ 2020 yil 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi tahrirdagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tasdiqlandi.

Qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida masʼul qo‘mita hamda ishchi guruh tomonidan bir necha bor muhokamalar o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida loyihaning qoida va normalari maromiga yetkazildi.


Xususan, qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, 123 ta norma chiqarib tashlandi. Ularning o‘rniga 54 ta yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalar kiritildi. Ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga kiritilgan 7 ta moddadan butunlay voz kechilib, aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi 9 ta yangi modda kiritildi.

♻️ Eʼtiborlisi, qonun loyihasiga inklyuziv taʼlim tushunchasi ham singdirilgan. Bu esa har bir bolaning taʼlim olishdagi teng huquqliligini taʼminlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi.


Shuningdek, loyihada amaldagi qonunda, umuman, qonunchilikda ko‘zda tutilmagan yangi qoida — yurtimizda yoshidan qatʼiy nazar, katta yoshdagilar uchun ham umri davomida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyati belgilangan.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Bugun Ramazonning 27-kechasi bo‘ladi inshaalloh. LAYLATUL QADR YIGIRMA YETTINCHI KECHADADIR.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ATTESTAT VA DIPLOMGA APOSTIL QO‘YILISHI QIMMATROQ BO‘LADI

 
Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun oshirilgan yig‘im joriy etildi (30.09.2019 yildagi 821-son VMQga qarang).
 
Ma’lumot uchun: apostil – hujjatni imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan 1961 yilgi Gaaga konvensiyasiga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp.  
 
Mazkur holatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan yig‘im undiriladi. Uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20%ini tashkil etadi, bu boshqa hujjatlardagiga qaraganda 2 baravar ko‘pdir. Kelib tushgan mablag‘larning 60%i Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hisobraqamida qoladi, 40%i esa – davlat byudjetiga o‘tkaziladi.   
 
Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zgartirishlar Prezidentning 2019 yil 16 yanvardagi PQ-4119-son qarorining 10-bandi «a» kichik bandiga muvofiq tayyorlangan.
 
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2019 yildan kuchga kirdi.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Ro‘zaning yigirma yettinchi kuni 20-may

Toshkent vaqti bilan 03:25

RO‘ZA TUTISH (OGʻIZ YoPISH) DUOSI

نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْر رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ

Navaytu an asuvma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’aalaa Allohu akbar.

Ma’nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun Alloh buyukdir.

Quyoshning chiqish va botish vaqtidagi farqlar (daqiqa hisobida)

➖TOSHKENTDAN oldin:

Qo‘qon-7, Namangan -10, Farg‘ona -10, Marg‘ilon -10, Andijon -11.

➖TOSHKENTDAN keyin:

Bekobod +4, Jizzax +6, Guliston +2, Denov +7, Jomboy +7, Samarqand +9, Shahrisabz +10, Qarshi +12, Kattaqo‘rg‘on +12, Nurota +14, Navoiy +19, Buxoro +21, Xiva +35, Nukus +42.

♻️TARQATING ALLOH ROZI BO‘LSIN SIZDAN!

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🌺SAHAR TURISHDA BARAKA BOR

Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan so‘rashdi:

— Nimaga qo‘ylar doimiy iste’mol va qurbonlik maqsadida so‘yilishiga qaramay nasli qirilib ketmaydi? Aksincha ko‘paygani ko‘paygan. Vaholanki, qo‘ylar yiliga bir yoki ikki marta bittadan, ba’zan ikkitadan tug‘adi. Lekin itlar so‘yilmasa ham, birdan o‘nta bolalasa ham ko‘paymaydi. Qo‘ylar kabi suruv bo‘lib ketmaydi?

Mavlono javob berdilar:

— Tongga yaqin vaqt eng barakotli vaqtdir. Bu vaqtda qo‘ylar hech uxlamaydi. Doim uyg‘oq bo‘ladi. Itlar esa kechasi bilan sang‘ib, ayni shu vaqtda uxlab qolib, g‘aflatda bo‘ladi. Qo‘ylar tong barakotidan bahramand bo‘lishadi. Itlar esa bu barakotdan bebahra qolishadi. Shuning uchun qo‘ylar ko‘paygani ko‘paygan. Bas, rizqingiz keng bo‘lishini xohlasangiz, saxarlari bedor bo‘ling.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz sevgan o'sha haqiqatni kulgu qilib odamlarga yetkazgan Xojiboy Tojiboydan MOTIVATSIYA!
Maqsadni katta qo'yish kerak😁

🌞 Tong kunning eng muhim qismi hisoblanadi. Shu sabab kun davomidagi kayfiyatimiz ko'pincha unga bog'liq bo'ladi. Tongingiz hayrli, kuningiz mazmunli bo'lsin azizlarim!

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​⚡Maktablarda yillik va yakuniy imtihonlar bekor qilindi

“Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlarni bekor qilamiz.

Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida «onlayn-maktab» orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!”

Sherzod Shermatov,
Xalq ta’limi vaziri

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️5 TA VILOYATDA PEDAGOGIKA INSTITUTI TASHKIL ETILMOQDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik taʼlim sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4623-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi pedagogika institutlari tashkil etilmoqda:

Samarqand davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;

Andijon davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;

Buxoro davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;

Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;

Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.

Institutlarda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalar kontingenti tegishli universitetlarning asosan pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida shakllantiriladi.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA