Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda 2020 yilgi Ramazon hayitini nishonlash va hayit namozini o‘qish tartibi👇

——————————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Biz_birgamiz

Navoiy va Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridan xayriya aksiyalari

Urganch davlat universitetining 668 nafar professor-o‘qituvchilari va xodimlari tashabbus bilan chiqib, o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini "Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazdilar.

Shuningdek, Urganch davlat universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali jamoalari yana bir xayrli ishga qo‘l urdilar.

OTMlar pedagoglari Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanidagi yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatlarini yengillashtirish, hamyurtlarimizga yordam berish maqsadida jami 64 mln.ga yaqin mablag‘ Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik liseyi hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Navoiy davlat pedagogika intitutining 465 nafar professor-o‘qituvchilari hamda institut akademik lisey jamoasi o‘zlarining bir ish haqlarining bir qismini “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazdilar.

Navoiy davlat konchilik institutining 197 nafar professor-o‘qituvchilari ham o‘zlarining ish haqlaridan beg‘araz yordam tariqasi “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdilar.

Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika va Navoiy davlat konchilik institutlari jamoasi tomonidan Sardoba suv omborida yuz bergan tabiiy ofatdan talofat ko‘rgan aholiga ko‘maklashish maqsadida jami 115 mln.ga yaqin pul mablag‘lari hamda 40 mln. so‘mga yaqin kiyim-kechak va xo‘jalik mollari, 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, boshqa kerakli xo‘jalik mahsulotlari yuborildi.

Buxoro viloyatidagi tabiiy ofatlardan talafot ko‘rgan hamyurtlarimizga yordam berish maqsadida esa Navoiy DPI jamoasidan beg‘araz yordam tariqasida 35 million 800 ming so‘m pul mablag‘lari BMTI akademik liseyi hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

——————————
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil 👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tanaffus

Niqobsiz odamni toping:)

Topsangiz izohda qoldiring!

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Aссалому алайкум ҳурматли каналимиз обуначилари!

Уйда қолиб, карантинда пул ишлашни истайсизми? Бу жуда ҳам осон ва юз фоиз ишончли.

Реферал орқали пул ишланг! Яқинларингизга ўз рефералингизни тарқатинг ва улар сиз юборган реферал орқали ботга ва каналларга аъзо бўлишса ҳар бир одам учун 100 сўмдан пул оласиз. Ҳисобингиз 3000 сўмга етганида уларни ечиб олишингиз мумкин.

Камдек кўринсада, тома тома кўл бўлур😄

Ботга /start босинг👇👇
@UzbekTvMoneyBot
📌 O'zbekistondagi eng mashhur Universitetlar qaysilar ?

Dunyoning 200 mamlakatidagi 13600 dan ortiq rasmiy oliy ta'lim muassasalarini o'z ichiga olgan Unirank qidiruv va ma'lumotlar bazasi O'zbekistondagi 65 ta oliy ta'lim muassasasi orasidan eng mashhurlari reytingini e'lon qildi.


2020-yilning Top 50 taʼlim muassasasi
Reyting quyidagi mezonlarga asosan tuzilgan:

- OTMning davlat organlari tomonidan litsenziyalash yoki akkreditatsiyalash;
- kamida to‘rt yillik bakalavr yoki boshqa ta'lim darajalarini (magistratura va doktorantura) ta'minlash vakolati;
- ta'limni asosan an'anaviy shaklda o‘qish joyida o‘tkazilishini ta'minlash.
Unga ko‘ra, kuchli 10ta o‘rinni quyidagi OTM egallagan:

1. Toshkent Shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti
2. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
3. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
4. Toshkent Moliya Instituti
5. Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti
6. O'zbekiston Milliy Universiteti
7. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
8. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
9. Termiz Davlat Universiteti
10. Toshkent Shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti

❗️ Reyting har oyda yangilanib boriladi!

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Esimni taniganimdan beri hayit namoziga chiqaman, odamlar bilan jamoat bo‘lib o‘qishni juda yaxshi ko‘raman, ikki yildan beri kichik bo‘lsa ham o‘g‘limni olib chiqar edim, hozir o‘g‘lim 6 yoshga to‘ldi. Kecha hayit namoz haqidagi gaplarni eshitib, xonasiga kirib ketib bir ozdan so‘ng oppoq yaxtaklarini olib chiqibdi.

Bobosi: ha, o‘g‘lim, qayerga ketyapsan endi kiyimlaringni olvolib?

O‘g‘lim: Eytaga bayam, hayit-ku, dadam, shiz, man, hamma nomoyzga chiqamizku, shunga naysalayimni tayeylab qo‘yapman.

Bir payt otam yuzlariga qarasam ko‘zyoshlari shashqator bo‘lib oqmoqda edi. O‘pkalari to‘lib yig‘lar edilar...

-Shunda otam: Bolajonim, bu yil hayit namozini uyda o‘qiymiz, machitlarni yopiq ... -
yosh boladek yig‘lamsirab o‘g‘limga javob berdilar.

Lekin bolaga gap uqtirib bo‘larmidi... - Bobojon, yiylamang, man o‘zim boyib machitni ochib keyaymi... degan so‘zlariga men ham chidab turolmadim...

Ertalab bolam xarxasha qildi, biz esa ilk bor hayit namozini uyda o‘qidik...

Noma’lum dindosh hikoyasi

Ilohim Qurbon hayitgacha boshimizdagi bu balolar arib, hayit namozlarini jamoat bo‘lib o‘qish hammamizga nasib qilsin. Hayit ayomingiz muborak bo‘lsin.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarni tabriklashni unutmang!

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#informatika
Talaba online imtihonda Exceldan unumli foydalanib, uning barcha imkoniyatlarini ishga solgan holda topshiriqni tezkor bajardi va domlasiga tashlab yubordi...

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
– Tila tilagingni ey talaba!
– Sen kimsan, talaba ekanimni qayerdan bilding?
– Men shu telefonning quliman. Uning ekranini silaganding, men uygʻondim! Uchta istagan tilagingni bajo keltiraman!
– Unday boʻlsa birinchi tilagim, yap-yangi daftarim boʻlishini xohlayman!
– Amringiz bajo keltirildi!
– Ikkinchisiga yangi ruchka istayman!
– Bunisi ham bajarildi!
– Oxirgisiga shuni tilayman-ki, internet sal yaxshiroq ishlab tursin karantin tugaguncha.
– Barcha tilaklaring bajo keltirildi ey sohibim. Ammo nega bularni soʻrading?
– Hozir karantin! Men esa konspekt yozib donlamga joʻnatishim kerak.


– (Ahmoq, sal "shustriy" boʻlganingda oʻzim yozib berardim! 🤦🏻‍♂)

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TEAM University 27 may kuni onlayn-brifing o‘tkazadi

TEAM universitetining qabul shartlari, ta’lim tizimi va afzalliklari haqida 27 may kuni YouTube kanalida o‘tkaziladigan onlayn-brifing chog‘ida bilib olishingiz mumkin.

Brifingda universitet rektori Alisher Xasanov va Vasiylar kengashi raisi Alan Frans, shuningdek, TEAM University asoschilari Zafar Xashimov va Hikmat Abduraxmanov ishtirok etishadi.

“Sizlarni 27 may kuni soat 19:00da https://bit.ly/team_yt
YouTube kanalida kutib qolamiz. Juda qiziqarli bo‘lishiga va’da beramiz.”

Savollaringizni online@teamuni.uz elektron pochtasiga yoki Instagram ijtimoiy tarmog‘ida #TEAMbriefing heshtegi bilan shaxsiy xabar qilib jo‘natishingiz mumkin.

Eng qiziqarli savol mualliflari TEAM University esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Biz ingliz, o‘zbek va rus tillarida gaplashamiz

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Biz_birgamiz

Sardobalik bolalarga bayram tuhfasi

Qo‘qon davlat pedagogika instituti jamoasi muborak bayram arafasida yana bir xayrli tashabbusni amalga oshirishdi.

Sardoba suv omborida ro‘y bergan texnogen hodisa oqibatida talafot ko‘rgan yurtdoshlarimizga mehr va muruvvat ulashish, ayniqsa bolajonlarga ozgina bo‘lsa-da, quvonch bag‘ishlash maqsadida xayriya karvoni tashkil qilindi.

Sardoba tumanida istiqomat qilgan 20 ta oilaga mebel, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, institut jamoasi nomidan sardobalik bolajonlarga o‘yinchoqlar hamda 400 ta bayram hadyalari sovg‘a qilindi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
BO‘SH VAQTINGIZDA KUZATUVChANLIK QOBILIYATINGIZNI SINAB KO‘RING🧐

Sizning kuzatuvchanlik qobiliyatingiz qanday?

Sharti: Sekundomerni yoqib, 1 dan 90 gacha bo‘lgan sonlarni ketma-ketlikda belgilab chiqing.

5-10 minut - Sherlok Xolms Sizga havas qilsa arziydi👍.
10-15 minut - hammasi joyida, yaxshi kuzatuvchanlikka egasiz😉.
15-20 minut - o‘rtacha kuzatuvchanlik🤔.
20-25 minut - qoniqarli😞, ammo bardoshingizga 5 baho!🙂👍


Men 19 daqiqada sanab chiqdim 😂

Do'stlarga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Urganch davlat universitetida byudjetdan tashqari 17,1 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan 500 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi qurilmoqda.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
"Ertaga soat 11 dan 12 gacha dars. O'zim tekshirib o'tiraman. 12:05 da dekanatka hisobot topshiraman. Svyaz yo'q degan gaplarni ko'paytirmay, kerak bolsa tashqariga chiqib o'tiring, tomni tepasiga chiqib dars qiling."

To'g'ri tarjima qilgan bo'lsam, yoppiray, 40 gradus issiqda tomga chiqamiz, o'rtoq talabalar! Jaaazzz, biiizzz, aaayyy... 🤣

Yangi O'zbekistonni tomda quramiz!

Manba: Hazratikursdosh

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Audio
Kun oxirlagan bir paytda musiqali tanaffus

Ortga nazar .........

— Bolalik onlari va yoshlikdagi beboshliklar ....
— Maktab davrlari va o‘quvchilik gashti .....
— Darslar va o‘rtoqlar ......... hammasini eslatadigan musiqa

— Quloqchin va tinch joyda eshitish tafsiya etiladi
— Miyaga dam beradi
— Xafsizlik choralarini ko‘rgan holda bemalol uxlash mumkin .....

Hayrli tun azizlar !

Manba: UzPsixologZ

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Suriyalik muzqaymoq fabrikasi egasi baxtli bo‘lishning oddiy usuli haqida so‘zlab berdi.

Suriyaning Aleppo shahridagi muzqaymoq fabrikasi egasi Sohib Abdulla baxt retseptini oshkor qildi.

U mahalliy telekanal efirida baxtli bo‘lish uchun odamlarga shirinliklardan tiyilmaslikni maslahat bergan.

“Muzqaymoqning hamma turi mazali. Men bir yeyishda bir kilogramm muzqaymoqni paqqos tushirishni yoqtiraman. Ha, to‘g‘ri, qomatim juda chiroyli emas, lekin men juda baxtli insonman. Mendan o‘rnak oling”, — deydi Abdulla.

Fabrika egasining o‘g‘li muzqaymoqni bog‘laridagi mevalardan tayyorlashlarini aytgan.

“Hozir gilos, qulupnay, shaftoli va limondan muzqaymoq qilamiz. Muzqaymoqning barcha masalliqlari tabiiy mahsulotlardan. Sutni ham o‘z fermamizdan olamiz”, — deydi u jurnalistlarga.

Suriyalik oilaning fabrikasi yaqin kunlargacha jangarilar tomonidan o‘qqa tutilgan hududlarga yaqin joyda joylashgan.

Hozirda odamlar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasdan muzqaymoq sotib olishga kelishi mumkin. Ishlab chiqarish fabrikasida 30 kishi ishlaydi, ularning orasida qochoqlar ham bor.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | TDIUda talabalar uchun Muqimiy nomidagi stipendiya joriy qilinadi

Xabaringiz, 2020 yil 20 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurgan edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan Adiblar xiyobonini adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berilgan edi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy ijodini chuqur o‘rganish, ibratli umr yo‘li haqida xalqimizga, xususan yoshlarga yetkazishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Hurmatli maktab bitiruvchilari!

Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz. Shu vaqtgacha qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazgan kundalik turmush tarzingiz o‘rniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boshlanmoqda.

Hozirda ko‘pchiligingiz asosiy vaqtingizni oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz. Sizlar uchun yaqinda “Online-maktab” kanallarimizda Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda test topshirishga tayyorgarlik va o‘ziga xos onlayn-repetitorlik saboqlarini boshlaymiz.

Orangizda ishga kirib yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlab, ro‘zg‘orga o‘z hissasini qo‘shish harakatida yurganlar ham talaygina. Ular qo‘shimcha kasb o‘rganish uchun kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga o‘qishga ham borishi mumkin.

Yoshlarimizga qo‘shimcha yordam sifatida yozda “online-maktab” kanallarida ingliz tilini o‘rganish uchun qiziqarli filmlar va ko‘rsatuvlarni hamda onlayn platformalar orqali daromad topishni o‘rgatishga qaratilgan videodarslarni efirga berib borish ustida ishlayapmiz.

Inson muvaffaqiyatining ko‘pi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan o‘ziga bog‘liq ekanligi uchun yuqori maqsadlar qo‘yib, o‘z kuchingizga ishonib tinmay harakat qilishingiz zarur!

Eng asosiysi, vaqtingizni behuda o‘tkazmang! Vaqt - hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim o‘zingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltirish uchun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Mustaqil hayotga qadam qo‘yishni boshlar ekansiz, sizning kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman!

© Sherzod Shermatov

Batafsil: https://bit.ly/2ZyV4Zi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bitiruv kechasi"oldinlari va bu yil👇😂👍

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bitiruvchi-2020

Muallif: grafik_reklama

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA