Talaba.uz | Ta'lim portali
5.51K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Hurmatli maktab bitiruvchilari!

Siz hayotingizda eng muhim qadamlarni boshlash arafasidasiz. Shu vaqtgacha qadrdon maktabdagi ustozlaringiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazgan kundalik turmush tarzingiz o‘rniga yangi hayot, ajoyib taassurotlar va tajribalar olamiga safaringiz boshlanmoqda.

Hozirda ko‘pchiligingiz asosiy vaqtingizni oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlikka qaratmoqdasiz. Sizlar uchun yaqinda “Online-maktab” kanallarimizda Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda test topshirishga tayyorgarlik va o‘ziga xos onlayn-repetitorlik saboqlarini boshlaymiz.

Orangizda ishga kirib yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlab, ro‘zg‘orga o‘z hissasini qo‘shish harakatida yurganlar ham talaygina. Ular qo‘shimcha kasb o‘rganish uchun kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga o‘qishga ham borishi mumkin.

Yoshlarimizga qo‘shimcha yordam sifatida yozda “online-maktab” kanallarida ingliz tilini o‘rganish uchun qiziqarli filmlar va ko‘rsatuvlarni hamda onlayn platformalar orqali daromad topishni o‘rgatishga qaratilgan videodarslarni efirga berib borish ustida ishlayapmiz.

Inson muvaffaqiyatining ko‘pi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan o‘ziga bog‘liq ekanligi uchun yuqori maqsadlar qo‘yib, o‘z kuchingizga ishonib tinmay harakat qilishingiz zarur!

Eng asosiysi, vaqtingizni behuda o‘tkazmang! Vaqt - hayotingizdagi eng qimmatbaho resurs hisoblanadi. Vaqtingizni doim o‘zingiz, oilangiz va jamiyatga foyda keltirish uchun sarf qiling hamda mamlakatimiz nufuzini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Mustaqil hayotga qadam qo‘yishni boshlar ekansiz, sizning kelgusi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman!

© Sherzod Shermatov

Batafsil: https://bit.ly/2ZyV4Zi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bitiruv kechasi"oldinlari va bu yil👇😂👍

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bitiruvchi-2020

Muallif: grafik_reklama

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Respublikaning har bir hududida Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi

“Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (313-son, 22.05.2020 y.) qabul qilindi.

🏢 Qarorga muvofiq, respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi.

🔺Hududlarda yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

🔰 Texnoparklar Innovasion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

❗️Texnoparklar faoliyati vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

⚠️ Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Innovasion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

💼 Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan innovasion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.

📝 Qaror bilan 2020-2023 yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali tasdiqlandi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rahbariyati bilan masofaviy ta’lim sifati bo‘yicha onlayn muloqot:
https://www.facebook.com/uztdi/videos/2666935516962325/?app=fbl

- Qoraqalpoq tibbiyot instituti:
https://www.facebook.com/uztdi/videos/712644492924093/?app=fbl

- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti:
https://www.facebook.com/uztdi/videos/1891640750966873/?app=fbl

- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali:
https://www.facebook.com/uztdi/videos/597359380902354/?app=fbl

Shuningdek, bugun kun mobaynida quyidagi
-Samarqand davlat tibbiyot instituti bilan onlayn muloqotlar o‘tkaziladi


ZOOM dasturi orqali o‘tkazilayotgan ushu tadbirlarni Facebookdagi sahifamiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin

Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​“IELTS Indicator” imtihon natijalari mahalliy oliygohlar uchun imtiyoz sifatida qabul qilinadimi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq milliy yoki xalqaro tilni bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikati bor abituriyentlarga shu chet tilidan maksimall ball berish belgilangan. Ushbu Qarorda IELTS Indicator sertifikati ko‘rsatilmagan.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Kap-katta odamni farzandini rasmiga layk yig'ib yurgan kelinchakka o'xshatdim.

Men ham yaqinda masofaviy ta'lim bo'yicha OTMlar o'rtasida ochiq so'rovnoma o'tkazmoqchi edim. U ham mana shunaqa "ura-ura"chilik bilan o'tarmikin? Yoki shaffoflik bilan ovoz berasizlarmi?

Manba: YQQUZB_KANAL

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️O‘ZBEKISTONDA YANGI MADRASA OCHILDI

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida «Imom Termiziy» o‘rta maxsus islom taʼlim muassasasi ochildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati. Mazkur madrasa davlat rahbarining 2019 yil 17−18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tashkil etildi. 
Taʼlim muassasasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim maskani bo‘lib, bu yerda o‘rta maxsus diniy maʼlumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi. 

Mazkur taʼlim muassasasiga 2020−2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabul imtihonlari asosida o‘qishga qabul qilinadi. Abituriyentlardan hujjat qabul qilish 2020 yilning 15 iyundan boshlab onlayn shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Taʼlim muassasasiga umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari o‘tkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid maʼlumotlar O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sahifalari orqali berib boriladi.

Manba: abt.uz

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ RASMAN!

Bu yil ham abituriyentlar 3ta yo'nalishga hujjat topshiradilar. Bunda ta'lim shakli ham, yo'nalishi ham, tili ham bir xil bo'lishi kerak

👉 6ta ta'lim yo'nalishiga hujjat topshirish amaliyoti keyingi yilga qoldirildi.

Manba: AbituriyentInfo

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Mutasaddi tashkilotlardan QABUL 2020 haqida rasmiy qarorlarni kutayotgan «bechora» abituriyentlar

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyentlarga imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda davlat mukofoti sohiblari, fan olimpiadalari g‘oliblari, nogironligi bor shaxslar kabi ma’lum bir toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar belgilangan.

Mazkur imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan.

Fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqqan holda Davlat test markazi tomonidan mazkur imtiyozlar haqida ma’lumotlar tayyorlandi va markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi (ma’lumotlar to‘ldirib borilmoqda).

Abituriyentlar imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin:

👉 https://dtm.uz/page/imtiyozlar

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Ayni daqiqalarda Milliy rassomchilik va dizayn instituti rahbariyati bilan masofaviy ta’lim sifati bo‘yicha onlayn muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, bugun kun mobaynida quyidagi OTMlar bilan onlayn muloqotlar o‘tkaziladi:
- Buxoro davlat tibbiyot instituti;
- Andijon davlat tibbiyot instituti;
- Namangan davlat universiteti;
- Jizzax davlat pedagogika instituti.


ZOOM dasturi orqali o‘tkazilayotgan ushu tadbirlarni Youtubedagi kanalimiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=fA9H0C8hwgA

Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Alo, bolajonim yaxshimisan? Sog'liklaring joyidami? Qiynalmasdan o'qib yuribsanmi? Hech nimadan kamchiliging yo'qmi? Bo'lsa aytaver. Kunlar ham sovub qoldi. Issiq issiq kiyinib yurgin. Shomollab qolmagin tag'in. Shu desang kecha tush ko'ribman. Tushimda cho'pday ozib ketganmushsan. Och yurmagin, yaxshi yaxshi yegin, xo'pmi. Anavi eski mashinamiz bor edi-ku, kecha dadang o'shani sotdilar. Men ham to'yimizdagi ziragimni arzonroq bo'lsayam, bervordim. Ey shu yoshimda menga pardoz andozni kim qo'yibdi. Ha... Xudo xohlasa kontrakt pulingni tayyor qilib qo'ydik. Nima, o'zinglarchi, deysanmi? Voy bolam sen bizni o'ylama. Xavotir olama. Sen yaxshi o'qisang bo'ldi. Bilasanmi, hamma qo'shnilarimiz menga havas qilishadi. Kelajakda elga, Vatanimizga xizmat qiladigan buyuk san'atkor bo'lishing kerak. Dadang ikkalamizni sendan umidlarimiz katta bolajonim. Biz seni judayam sog'indik...

Aristokratlardan yozib olindi
Manba: Hazratikursdosh

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi.

O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi. Bu haqda “Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorga muvofiq, respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi.

Hududlarda yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Texnoparklar Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Texnoparklar faoliyati vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Qaror bilan 2020—2023-yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali tasdiqlandi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Ijtimoiy tarmoqlarda like bosganlar ro'yxati

Bu kunlarga ham yetib keldik, OTMlarda trollar fabrikasi rasmiylashtirilayotgan bir paytda, ayrim maktablarda rasmiylashtirilib ro'yxatlari shakllantirilib, hisobotlar tayyorlashayotgan ekan.

Bu yerda telegramdagi qanaqadir so'rovnomada o'z maktabiga like bosganlar va like bosishga jalb qilinganlar ro'yxati hisobot tarzida maktab rahbariyatiga yoki Vazirlik boshqarmasiga tayyorlangan.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
100 ta savolga 100 ta javob | Bahodir Sobirov - Navoiy davlat pedagogika instituti rektori

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bobo 10 qavatdan tushib ketganizni yana aytib bering 😂😂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tezkor

⚡️"Keyingi 6 oy - 1 yil ichida karantin rejimi bekor qilinmaydi....

Xukumat chet eldan virusni yuqtirish xavfi bo‘lmaganda karantinni bekor qiladi"- dedi Professor-epidemiolog Xayrulla Mustafayev

Axoli yaqin yarim yil bir yil ichida avvalgi xayotga qaytishi dargumon

"Mahalladagi ayollar"ning ta'kidlashicha, sentyabrdan keyin ham masofaviy ta'lim davom etishi mumkin ekan.☹️☹️😓😓

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🔸Farg‘ona yoshlari diqqatiga: 20:30da murojaatlaringiz Zoom orqali tinglanadi!

🧑🏻‍💻Hoziroq do‘stlaringiz bilan bo‘lishing. Farg'onalik yoshlarning muammolarini o'rganish va takliflarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Zoom ilovasi orqali masofaviy uchrashuv tashkil etilmoqda.

⏰O'tkazib yubormang! Onlayn muloqotimiz soat 20:30 da quyidagi manzilda bo'lib o'tadi:
👉🏻https://us02web.zoom.us/j/89395403785?pwd=RzFyZjU0STEvalRGSUFGOHVCOTJCUT09

ID: 893 9540 3785
Parol: 841788

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Soha_islohotlari

O‘zbekiston Respublikasi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimi bo‘yicha takliflar portali ishga tushirildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada jadallashtirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimi bo‘yicha taklif.edu.uz portali ishga tushirildi.

Mazkur loyihani amalga oshirish taklifi joriy yilning fevral oyida vazirning axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Yusuf Absoatov qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashuvida yoshlar tomonidan ilgari surilgan edi.

Endilikda talabalar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari sohaga oid takliflarini oson usulda berishlari mumkin.

Qayd etish lozimki, mazkur portalda soha rivoji uchun bildirilgan takliflar vazirlik tizimining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha saralanadi hamda eng maqbullari amaliyotga joriy etiladi.

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA