Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi 2020-2021 o‘quv yili uchun Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishiga 9-sinf bitiruvchilarini hujjatlarini Online ro‘yxatga olishni boshladi.
JIDU hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining qo’shma hamkorlik dasturi asosida ochiladigan MDXMI litseyi guruhlariga (ta'lim shakli rus tilida) o‘quvchilarni ro’yxatdan o’tkazish boshlanganligini e’lon qiladi.
Ro‘yxatdan o‘tishni al.uwed.uz havolasi orqali amalga oshirish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish 2020 yil 30 - iyunga qadar davom etadi.
neptune.uz sayti orqali testlarga Online shaklida tayyorgarlik ko’rish mumkin.
Qo'shimcha yangiliklar va o'zgarishlar haqida ma’lumotlarni:
1.www.aluwed.uz akademik litsey saytidan
2.https://t.me/aluwed_uz telegramdagi kanalidan
3.71-244-84-19; 99-808-46-96; 90-957-46-96 telefon raqamlari orqali olishlaringiz mumkin.
4. 97 -783-85-19 online tayorgarlik ko'rish bo'yicha ma'lumotlar olish mumkin.

Академический лицей Университета мировой экономики и дипломатии (УМЭД) приступил к онлайн-регистрации выпускников 9-х классов в области Точных наук (экономики) на 2020-2021 учебный год.
УМЭД и Московский государственный институт международных отношений (МГИМО) на основе совместной программы сотрудничества объявляет о регистрации учеников в лицейские классы МГИМО.
Пройти регистрацию можно online на сайте al.uwed.uz.
Регистрация продолжается до 30 - июня 2020 года включительно.
На сайте neptune.uz можно пройти подготовку к тестам в режиме online.
Дополнительную информацию вы можете получить:
1. www.aluwed.uz на сайте академического лицея;
2. https://t.me/aluwed_uz. на телеграмм-канале;
3. А также по номеру 71-244-84-19; 99-808-46-96; 90-957-46-96
4. По вопросам neptune.uz обращаться 97-7838519
#Axborot_xati

2020 yil 28-29 may kunlari respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan onlayn konferensiyalar, tadbirlar

👉 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

- Mavzu: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo: XXI asr ijtimoiy-gumanitar fanlari dolzarb muammolari, integrasiya va istiqbol tendensiyalari
- Boshlanish vaqti: 28 may soat 13:45
- Konferensiyaga havola: http://cc.uz/165uw
- Identifikator: 858 6147 3333

👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

- Mavzu: “Ogahiy hayoti va ijodi - yoshlar tarbiyasi uchun namuna” masalasida ogahiyshunoslar davra suhbati
- Boshlanish vaqti: 28 may soat 09:00

👉 Miro Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

- Xalqaro hamkorlar: Azarbayjon ijtimoiy tadqiqotlar Markazi, Dog‘iston davlat universiteti, Al-Forobiy nomidagi Qozoq Miliy universiteti, Manas nomidagi Qirg‘iz-Turk universiteti, Tojik Milliy universiteti

- Mavzu: Yevrosiyo makonida taьlim muammolarining zamonaviy paradigmalari
- Boshlanish vaqti: 29 may soat 14:00
- Konferensiyaga havola: http://cc.uz/165uv
- Identifikator: 825 5096 1083

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Ayni daqiqalarda kontrakt va yakuniy imtihonlarga oid video konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

ZOOM dasturi orqali o‘tkazilayotgan ushu konferensiyani Youtubedagi kanalimiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin:

https://youtu.be/SqOuCX4HrQ0

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
📌 Ayni daqiqalarda kontrakt va yakuniy imtihonlarga oid video konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. ZOOM dasturi orqali o‘tkazilayotgan ushu konferensiyani Youtubedagi kanalimiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz…
Yaxshigina mavzularda suhbat boʻlyapti, lekin internetimiz 🐌. Hali bizga anchagina bor ekan. Online suhbatlarga va shu internet bilan bogʻliq boshqa sohalarga. 3ta gapdan 2tasi eshitilmay qotib qolyapti.

Tomga chiqsammikin a😅

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ha, mayli bizda nima bo‘lsam ham, butun insoniyat uchun xursand bo‘lishimiz kerak, Ilon Mask koinotni zabt etmoqda.

Toshkent vaqti bilan 01:33 da butun dunyo nigohlari AQSH tomon qaratiladi.

Albatta hammasi ALLOHdan, niyat qilaylik bizning yurtimizda ham Ilon Masklar chiqsin.

Barchasini jonli tarzda mana bu link orqali tomosha qilishingiz mumkin.

🚀 https://youtu.be/rjb9FdVdX5I

Manba: tentakminds

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Benjamin Franklin "Har tong 5 da uyg'onib o'zidan so'rar edi!
Men bugun nima yaxshi ish qila olaman?
Barvaqt uyqu va barvaqt uyg'onish erkak kishini sog'lom boy va dono qiladi!

Hayrli tong Azizlar !

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​ R.R. XAKIMOV O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING O‘RINBOSARI — TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI REKTORI LAVOZIMIDAN OZOD ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Raxim Rasuljonovich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Kontrakt to'lamasa o'qishdan chetlatiladimi?

To'liq video
— https://www.youtube.com/watch?v=SqOuCX4HrQ0&feature=youtu.be

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali
​ R.R. XAKIMOV O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING O‘RINBOSARI — TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI REKTORI LAVOZIMIDAN OZOD ETILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 maydagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari…
Toshkent davlat yuridik universiteti rektorini hurmat qiladigan talabalar juda ham ko'p ekan. Qoyil qoldik👍

Lex.uz da chiqqan ushbu ma'lumot, aslida boshqacharoq ekan tushunishimiz bo'yicha.

R. Xakimov "Adliya vaziri o'rinbosari-TDYuU rektori" lavozimidan ozod etildi. Chunki ushbu lavozim tugatildi. Lekin Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimi saqlanib qolingan ekan...

Talabalarga ulashamiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bu yil imtihonlar bekor qilinib o'tkan semestr baholari qo'yilsa, 3ga yopgan davlat grantida ta'lim olayotgan talabalar stipendiyasi yana kuyadimi?

To'liq video
— https://www.youtube.com/watch?v=SqOuCX4HrQ0&feature=youtu.be

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Masofaviy ta'lim jarayonida fanlarni pora bilan yopsa bo'ladimi?

To'liq video
— https://www.youtube.com/watch?v=SqOuCX4HrQ0&feature=youtu.be

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ҳозир тушунмайдиган лекин мактаб пайтда қилган ишларим ҳақида

Агар қайсидир синфдошинг сочини калга олдириб келса, пойлаб бориб шапкасини ечиб қочиш керак ва у ялтираган боши билан сени қувади. Калликни нимаси кулгили эдикан ҳайронман. (карантинда сочини калга олдирворган смайлик😁)

Бирорта қизни орқасидан келиб ўнг елкасига туртардим-да, психологик факторлар сабаб у орқасига ўнг томони билан ўгирилишини билган ҳолда, унинг чап томонига ўтиб олардим, типа қиз орқасига қараса ҳеч ким йўққа ўхшаб туюларди. Бир куни Умида ўнг елкасига туртсам-да чап томони билан, яъни мен ўтиб кетаётган томон билан қараб қолди... Натижа аёндир😂 Пешонаси ғурра там ота онангни чақир, лавинапасна...

Партадошим Барно билан мабодо уришиб қолсак, партани ўртасидан демилитаризация қилинган чизиқ тортиб ўтирамиз. 😁Не дай бог агар ручканг ё дафтарингни учи мени ҳудудимга ўтиб қолса Барно!😏 Лекин одатда мени тирсагим уни ҳудудига ўтиб қоларди ва у мени қўлимга тарсиллатиб соларди😂

Агар ўқитувчи дарсга кириб, сумкасини қўйиб мен ҳозир мажлисга кириб чиқаман, мана буни ёзиб турларинг деб чиқиб кетса тамом, синфмас бу Лас-Вегас, блэкджек, диснейленд там зоопарк😁

Катта танаффусда қизлар сипо бўлиб, киборларча 4 киши тўпланишиб, Клод Моненинг 19 аср тасвирий санъатидаги импрессионизмга қўшган ҳиссаси ҳақида суҳбатлашиб ўтиришса, биз боллар “эшакминди“ ўйнардик😂

© Нурбек Aлимов

Дўстларга улашинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ta'lim sohasi kelajakda qanday bo'ladi?

To'liq ko'rsatuvni ko'rish uchun - https://www.youtube.com/watch?v=jnq1Ndehrbc

Ⓜ️ MFaktor

Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Institutda 3 yil o‘qishning shartlari qanday? Bunda kimlar o‘qishi mumkin?

"Samarqand" gazetasining bugungi sonida e’lon qilingan bu haqda fikr yuritilgan.

Ⓜ️: gazetalar_sharhi

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talabalar uchun lifehack 😃

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
100 ta savolga 100 ta javob | Qo‘ng‘irotboy Sharipov - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

Joriy yilda magistraturaga hujjat topshirish qay tartibda amalga oshiriladi?

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Prezident

OTMlarda raqobatni rivojlantirish masalasini o‘rgatishga e’tibor kuchaytiriladi

Bugun, 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga qat’iy o‘tishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Yig‘ilishda raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligi ta’kidlandi.

Oliy ta’lim tizimida raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi o‘qish shaklini ochish, yangi fan joriy qilish va ushbu maqsadlar uchun akademik soatlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Raqobat sohasiga oid nizolarning malakali ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Toshkent yuridik universitetida shu yo‘nalish bo‘yicha sudyalar malakasi oshirish, sudyalarni ushbu yo‘nalishda ixtisoslashtirish va alohida sud kollegiyasini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
ASSALOMU ALAYKUM!

Jilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
Umid qil, Rahmondan degandek bugun.
Ming kundan afzaldir, ming kundan uzun,
Alloh muborak qilgan JUMAdir bugun!

🌙 JUMA MUBORAK!

——————
Do’stlarni tabriklashni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
💭 BILASIZMI...?

📘Kembrijdagi oʻquv mashgʻulotlari vaqtida, shahzoda Charlz bilan qiziq holat yuz bergan. Barcha mashgʻulotlarga u bilan yonida tan soqchisi ham boradi va u bahs-munozaralarda qatnashadi. Oʻquv yili oxirida, oʻqituvchilar unga ham imtihon topshirishni taklif qilishadi. Natijada u shahzodaning oʻzidan ham koʻp bal toʻplaydi va diplom oladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Samarqandda Malayziya universiteti filiali ochiladi

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.To‘xtasinov va Malayziya universiteti (City University of Malaysia) prezidenti Dr.James kecha(28-may) o‘tkazilgan onlayn xalqaro hamkorlik uchrashuvida bu haqidagi memorandum imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilida ikkala oliygoh o‘rtasida oldindan rejalashtirib kelinayotgan ta’lim yo‘nalishlari va qo‘shma dasturlar tashkil etiladi. Institut tarkibida bakalavr ta’lim bosqichida jurnalistika va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha City University of Malaysianing filiali ochiladi. Shuningdek, bakalavr ta’lim bosqichida 2+1 qo‘shma dasturi asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tashkil etiladi. 

Institut axborot xizmatining ma’lum qilishicha, onlayn hamkorlik uchrashuvi davomida SamDChTIda ochiladigan City University of Malaysia filialining o‘quv binolarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, qabul jarayonlarini tashkil etish, kvotalar hamda shartnoma to‘lovi miqdorini belgilash yuzasidan fikrlashib olindi.
Ⓜ️: UzA
➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA