Talaba.uz | Ta'lim portali
5.51K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​Tuya to‘ydi
Fil to‘ydi
Faqat sen
"Copy+paste" qilib to‘ymading, talaba😁

Va buni bilib turib qabul qilaveradigan, ... A😁

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Hurmatli talabalar va o'qituvchilar!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq nizom ishlab chiqilgan.

❗️Unda quyidagi jumla bor:
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko’p bo’lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig’ining, filial direktorining) buyrug’i bilan kursdan qoldiriladi.

Lekin ushbu nizomda masofaviy ta'lim jarayonida degan jumla umuman ishlatilmagan, vazirlar mahkamasi ham yaqin kunlarda bu haqida hech qanday qaror qabul qilmagan. Ushbu nizomning 1-bob 2-paragrafida belgilangan mezonlar masofaviy bo'lmagan ta'lim, ya'ni oddiy o'qishga qatnab o'qigan talabalarga tegishli. Karantin davrida o'qishlar onlayn tarzda davom etayotganini inobadga olsak 4ta va undan ortiq fanlardan akademik qarzdor bo'lgan talabani kursdan kursga qoldirishga hech qanday huquqiy asos yo'q.

Bu to'g'risida yaqin kunlarda qaror qabul qilinishi mumkin, lekin bu semestrga taalluqli bo'lmaydi, keyingi semestrdan kuchga kiradi. Yil yakunlanay deganda bunaqa keskin qaror qabul qiladigon darajada nomard bo'lishmasa kerak.

Shu sababli hurmatli rektorlarimiz va professor-o'qituvchilarimizdan talabalarni kursdan-kursga qoldiraman deb qo'rqitmasliklarini so'raymiz. Ular fanlarni o'zlashtirishi uchun pedogogik mahoratingizni ishga solishingiz kerak, qo'rqitishingiz emas.

(c) Yoshlarni qo'llab quvvatlash

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#kayfiyat

-Agar yer 30 marta tezroq aylansa nima bo'ladi?

- Biz oylik maoshimizni (stipendiyamizni) har kuni olamiz janob😁😁

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Savol: Qo‘shni davlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirgan talabalar mamlakatimiz oliy o‘quv yurti talabalari safiga qachon qabul qilinadi?

– Hozirda qo‘shni davlat OTMlaridan kelgan talabalarga masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishga ruxsat berildi. Shuningdek, qo‘shni davlat OTMlaridan talabaning o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, ular fanlar farqini topshiradi va to‘lov-kontrakt pullarini amalga oshirganlaridan keyin talabalar safiga qabul qilinadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️DIQQAT

2020-2021 o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlari haqida


✅ Bu yil abituriyentlarning uyidan chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tishini tashkil etish, test topshiriqlarini soddalashtirish, kirish test sinovlarini sodda shaklda va qisqa vaqt ichida o‘tkazish kabi yengilliklar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

✌️ 2020-2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

👉 Ularni quyidagi havolada tekshirishingiz mumkin.(https://dtm.uz/upload/file/pdf/Fanlar-majmuasi.pdf)

☑️ Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda ko‘pi bilan 700 tagacha o‘rin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi,

🧤 sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qo‘lqop bilan testda ishtirok etishi ta’minlanadi.

🌡 Abituriyentning tana harorati o‘lchangach, binoga kiritiladi.

🚿 Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi. Bularning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Olis cho‘l hududlari aholisi uchun oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qanday imkoniyat yaratilgan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlarida aholining turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2925-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga 2017-2018-o‘quv yilidan boshlab Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlari natijalari bo‘yicha 68 va undan yuqori ballga ega bo‘lgan, olis cho‘l tumanlarida kamida uch yildan buyon istiqomat qilayotgan abituriyentlarni, keyinchalik mutaxassislik bo‘yicha ushbu hududlardagi budjet tashkilotlarida tegishli viloyat hokimligi va oliy taʼlim muassasasi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida kamida 4 yil ishlab berish sharti bilan qo‘shimcha grant asosida imtiyozli qabul qilish huquqi berilgan.

❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Yigirmata saytga bepul kirish muddati naq 30 iyungacha uzaytirildi!

Koronavirus sababli karantin paytida uyali aloqa operatorlari bir qator saytlarga kirishni bepul qilishgan, keyinchalik bunday resurslar ro‘yxati yana to‘ldirilgan. Ta’limiy internet-resurlarga narxlanmaydigan kirish muddati Ucell abonentlari uchun endi 30 iyungacha uzaytirilmoqda!

Kompaniya xabariga ko‘ra, quyidagi internet-resurslarga narxlanmaydigan kirish 2020 yilning 30 iyunigacha (shu kun ham) uzaytirilgan:

dtm.uz
5fan.dtm.uz
onlinetest.dtm.uz
nsfla.dtm.uz
online.inha.uz
xanakademiyasi.uz
online-maktab.uz
maktab.uzedu.uz
talim.uzedu.uz
utube.uz
itschool.uz
coronavirus.uz
maktab.piima.uz
ziyonet.uz
tube.edu.uz
dist.edu.uz
mt.edu.uz
pf.bimm.uz
lib.bimm.uz
mt.bimm.uz

Demak, uydan chiqmagan holda ta’lim olish uchun ushbu resurslardan bepul foydalanishni davom ettirish mumkin!
ESLATMA: Yuqoridagi saytlarga kirganda telefoningizdagi zavoddan o‘rnatilgan brauzer orqali kirish tavsiya etiladi. Keyinchalik o‘zingiz o‘rnatgan boshqa brauzerlar, masalan Opera Mini orqali saytga kirsangiz, megabayt narxlanadi, ya’ni – bu resurslarga kirganingiz uchun pul hisoblanadi (yoki trafik limitingizdan sarflanadi). Shuningdek, saytlarga kirayotganda VPN ishlatmang – bunda ham bepul bo‘lmaydi.

Ⓜ️: Terabayt.uz

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Harbiy oilalar farzandlari uchun OTMga o‘qishga kirishiga tavsiyanomalar berilishi haqida lavha

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Rektor_minbari

Talaba karantin davrida to‘lov-shartnoma pulini to‘lamasa nima bo‘ladi?

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent Orifjon Bozorov O‘zA muxbiri savollariga javob berdi.

– Talaba karantin davrida barcha fanlarni o‘zlashtirsa va to‘lov-kontrakt pulini to‘lamasa nima bo‘ladi?

– Bunday holatda talaba qachon to‘lov-kontrakt pulini to‘liq to‘lagandan so‘ng kursdan — kursga ko‘chiriladi. Kontrakt pullarini to‘lashga imkoni bor talabalar to‘lovni amalga oshirganlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sababi yangi o‘quv yili uchun to‘lov va to‘lanmagan bahorgi semestr uchun to‘lov pullarini birgalikda to‘lash ota-onalar uchun qiyinchilik tug‘diradi.

Shuningdek, to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan bitiruvchi kurs talabalari shartli ravishda istisno tariqasida yakuniy nazoratlarga kiritilishi mumkin, lekin ularga o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovni to‘liq amalga oshirganlaridan so‘ng oliy ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi tegishli diplom beriladi.

– Qo‘shni davlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirgan talabalar mamlakatimiz oliy o‘quv yurti talabalari safiga qachon qabul qilinadi?

– Hozirda qo‘shni davlat OTMlaridan kelgan talabalarga masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishga ruxsat berildi. Shuningdek, qo‘shni davlat OTMlaridan talabaning o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, ular fanlar farqini topshiradi va to‘lov-kontrakt pullarini amalga oshirganlaridan keyin talabalar safiga qabul qilinadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQShning ikki fazogiri kosmosga uchdi!!!

"Falcon 9"
raketasi uchiga o'rnatilgan "Dragon" kapsulasida NASAning ikki fazogiri nihoyat kosmosga uchishga muvaffaq bo'ldi.

Floridadagi Kennedi fazo markazidan mahalliy vaqt bilan 15:22 da raketa osmonga ko'tarildi. Oradan 12 daqiqa o'tib fazogirlar quyi orbitaga yetib bordi va kapsula raketadan ajralib chiqdi. Uni kosmosga olib chiqqan raketa yerga qaytib tushib, okeandagi dron-kemaga muvaffaqiyatli qo'ndi.

Endi "Dragon" kapsulasi kosmosdagi parvozini davom ettiradi. Fazogirlar 19 soat davomida yerni bir marta aylanib chiqadi va shundan so'ng Xalqaro fazo stansiyasiga ulanadi. Ulangandan so'ng bu missiya muvaffaqiyatli amalga oshgan deb hisoblanadi.

Demak, parvozni kuzatishda davom etamiz.

Ⓜ️: bmamadiev

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining matbuot kotibi Farhod Babashevning stipendiyaga oid so'ngi qaror haqida batafsil ma'lumoti.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❓Talabalarning 2019-2020 o‘quv yilining bahorgi semestri uchun belgilangan malakaviy amaliyotlari qanday tashkil etiladi?

✅– Bitiruvchi kurs bo‘lmagan, ya’ni 1,2,3-kurs talabalarining malakaviy amaliyotlari keyingi o‘quv yilining o‘quv grafigida aks ettiriladi. Malakaviy amaliyot keyingi o‘quv yiliga ko‘chiriladi. Bunda o‘quv amaliyoti hajmi saqlanib qolinadi. Ishlab chiqarish amaliyoti davomiyligi qayta ko‘rib chiqiladi.

❓2019-2020 o‘quv yilini yakunlanishi masofaviy ta’lim orqali bo‘ladimi? Agar shunday bo‘lsa masofaviy ta’lim bilan qamrab olish imkoni mavjud bo‘lmagan talabalar nima qiladi?

✅– Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 apreldagi “2019 – 2020 o‘quv yilini masofaviy ta’lim orqali davom ettirish to‘g‘risida”gi 257-sonli buyrug‘iga asosan joriy o‘quv yili masofaviy ta’lim orqali yakunlanadi. Ana shu buyruqda masofaviy ta’lim bilan qamrab olish imkoni mavjud bo‘lmagan talabalarni yozgi ta’til davrida alohida grafik asosida o‘qitiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Nega talabani qiynashimiz kerak?

Nega talabaga maksimal yordam berilmaydi?


"Avtomobil yóllarini loyihalash qurish va eksplutasiyasi institutida kantrakt tólov summasini tólamagan talabalarga Moodle programmasi bloklab qoyildi shu sababli yakuniy nazoratlarni platformaga joylashtirishi iloji bomayapti

Xali bizni uman ogohlantirgani yoq xech Kim yo joydan birdaniga bloklab qóyishdi"


Kanalga ulanish uchun👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Kontrakt pulini to'lamaganligi uchun TOSHKENT AVTOMOBIL YO‘LLARINI LOYIHALASH, QURISH VA EKSPLUATATSIYASI INSTITUTI talabalari moodle tizimidan bloklangan.

Ularga hozir tizimga ma'lumot yuklashga qo'yilmayapti. Yaqinda bitiruv imtihonlari boshlanishi kerak, vazirni gapi bo'yicha ular imtihonlarga qo'yiladi lekin diplom berilmaydi. O'zboshimchalik bilan chora ko'rishga haqlari bormi bularni?

Ⓜ️:
YQQUZB_KANAL
➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#35%_beriladi_mi?

Murojaat yuzasidan : "Ko'p talabalar shaxsiy saxifamga kontraktning 35% ni to'lab berish yuzasidan ko'plab murojaati yuzasidan O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A. Sa'dullayev javob beradi:

--- "Pul summalari o'tkazilgan, 5 iyundan so'ng talabalarning hisob raqamida ko'rina boshlanadi"

Ⓜ️:
Olimbek_Tursunov

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Bog‘cha va o‘quv markazlariga hozircha ruxsat yo‘q

Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi ayrim hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

Infeksiya xavfi bartaraf bo‘lgach, ta’lim muassasalariga ham ruxsat beriladi va bu haqda qo‘shimcha xabar qilinadi.

Ⓜ️: xushnudbek

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​📌 Xitoy, 2020 yil.

— Xiaomi kompaniyasi 6G ustida ish boshladi.

📌 AQSH, 2020 yil.

— SpaceX "Falcon 9" raketasi ichida 2 astronavti bo‘lgan "Crew Dragon" kosmik kemasini orbitaga olib chiqdi.


📌 O‘zbekiston, 2020 yil.

— Universitet talabalari konspektlarni qo‘lda yozib, skanerlab tashlab berishni boshladi.

Fayzibog'dan lotinchaga o'girildi

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Talaba.uz jamoasi barcha bolakaylar va ularning ota-onalarini bayram bilan muborakbod etadi!

Bolajonlarga beg‘ubor yoshlik, sihat-salomatlik, baxt, yangi bilimlarga chanqoqlik, ota-onalarining doimiy mehri va etiborida bo‘lishlarini tilab qolamiz!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Axborot_xati

2020 yil 1 iyun kuni o‘tkaziladigan onlayn konferensiya

👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

- Mavzu:
Latex'da maqola tayyorlash metodikasi
- Boshlanish vaqti: 1 iyun, soat 14:00
- Konferensiyaga havola: http://cc.uz/165v2
- Identifikator: 762 2652 1623
- Parol: 6RKMas


➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA