Talaba.uz | Ta'lim portali
5.51K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Munosabat

Karantin sharoitida oliy ta’lim muassasalari xarajatlari o‘zgarmadi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun masofaviy ta’lim berish joriy etilganligi munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy-texnik bazasini yaratishga ham oliy ta’lim muassasalari tomonidan qo‘shimcha mablag‘lar sarflanmoqda.

Shu bilan bir qatorda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari o‘zgarmaydi, faqatgina kommunal xizmatlardan karantin davrida foydalanish qisqarishi hisobiga qisman xarajatlar kamaysa-da, bazaviy kontrakt qiymati ijtimoiy miqdorda belgilanganligini inobatga olish lozim.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/2127

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ 5-iyundan 🟢 “yashil” hududlarda ta’lim markazlari, to‘garaklar faoliyatiga ruxsat berildi.

Bunda darslar 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda tashkil etilishi kerak.

Shuningdek, xodimlar va bolalarning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalarni mashg‘ulotlar chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bugun soat 12:00da Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Davlat test markazi direktori Madjit Karimov, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, bir guruh oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing bo'lib o'tadi

Qabul jarayoniga oid qanday savollaringiz bo'lsa yoki ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashevga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin +998 (90) 319-76-70 Brifingda ishtirok etmoqchi bo'lsangiz, Farhod akaga telefon qilib manzilni aniqlab boraverasiz.

Eslatma: Brifing ishtirokchilaridan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilish, tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash so‘raladi.

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Savol:

Men 1-kurs talabasiman, shu yil o‘qishimni o‘zim yashaydigan hududga ko‘chirmoqchiman, lekin bitta fanimdan yiqildim bu narsa o‘qishimni ko‘chirishimga ta’sir qilmaydimi?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizomning 9-bandida fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladigan holatlar berilgan bo‘lib, ularning orasida akadekik qarzdorlik uchun o‘qishni ko‘chirishni rad etish degan asos mavjud emas.

Shu bilan birga mazkur nizomning 10-bandida Talabalarning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) belgilangan tartibda o‘quv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni topshirish tartibi va muddatlarini (joriy semestr davomida), o‘qitish kursi (semestri) hamda o‘qishga qabul qilishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shartlarini belgilaylashga haqli ekanligi keltirib o‘tilgan.
Bundan kelib chiqadiki siz o‘qishingizni ko‘chirishingiz mumkin. Akadekmik qarzdorlikni topshirish muddati va tartibini oliy ta’lim muassasasi rektori belgilaydi.

Savolga huquqshunos
Gʻaybullayev Farruxmirzo javob
berdi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#DIQQAT

📌 Hurmatli Professor-o'qituvchilar, talabalar hamda ularning ota-onalari!

Koronavirus pandemiyasi sabab barcha oliy ta'lim muassasalari masofaviy ta'lim shakliga o'tdi. Ushbu ta'lim davrida kimlardadir muammolarga yana kimlardadir qulayliklarga sabab bo'lmoqda. Yaqinda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan yashirin so'rovnoma o'tkazildi. Unda nisbatan kam talaba qatnashdi, sababi so'rovnomadagi savollar ko'pligi, zerikarliligi.

Yoshlarni qo'llab quvvatlash loyihasi masofaviy ta'lim sifati bo'yicha ochiq so'rovnomaga bugun RASMAN START BERDI. Siz Yoshlarni qo'llab quvvatlash kanal va guruhda joylashgan o'zingiz ta'lim olayotgan muassasangizda masofaviy ta'lim sifati bo'yicha baho berib komentariyasida izoh qoldirishingiz mumkin.

❗️Barcha salbiy va ijobiy izohlar inobatga olinadi. Ovoz berganlar va izoh qoldirganlar telegram ijtimoiy tarmog'ida sirligicha qoladi. Salbiy izoh qoldirganlar rahbariyat tomonidan tazyiqqa uchramasligiga kafolat beriladi. Agar rahbariyat tomonidan no xolis fikr bildirishga majburlansa Yoshlarni qo'llab quvvatlashning murojaat botiga yozsin.

🏛 Masofaviy ta'lim 2020
so'rovnomasi 10 kun davom etadi. 10 kundan so'ng ma'lumotlar jamlanib Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga yuboriladi.

Quyidagi havolalar orqali hududlarda joylashgan oliy ta'lim muassasalariga, masofaviy ta'lim sifati bo'yicha baho berib fikringizni yozib qoldirishingiz mumkin(Eslatma:Ushbu giper-havola @YQQUZB_KANAL kanali a'zolari uchun ishlaydi. Kanalga a'zo bo'lib so'ng havola ustiga bosing):

TOSHKENT SHAHRI
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI
ANDIJON VILOYATI
BUXORO VILOYATI
JIZZAX VILOYATI
QASHQADARYO VILOYATI
NAVOIY VILOYATI
NAMANGAN VILOYATI
SAMARQAND VILOYATI
SURXONDARYO VILOYATI
SIRDARYO VILOYATI
TOSHKENT VILOYATI
FARG'ONA VILOYATI
XORAZM VILOYATI

Blogerlar hamda obunachilarimiz ushbu xabarni boshqalarga ham ulashib qatnashuvchilar masshtabi kengayishiga hissa qo'shing

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Ayrim abituriyentlar istisno tariqasida OTMga sirtqi shaklda grant asosida qabul qilinadi

O‘zbekistonla yosh fudbolchilarni tayyorlash maqsadida maxsus maktablar tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida qayd etildi.

Hujjatda belgilanishicha:

O‘zbekiston OTMlarida yangi fakultet tashkil etiladi


✅ futbol mahorati maktablari O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

✅ futbol mahorati maktablarida ta’lim jarayoni ikki bosqichda: (umumiy o‘rta ta’limning tayanch ta’limi V-IX sinflar hamda umumiy o‘rta ta’lim bosqichlarida boshlang‘ich professional ta’lim X-XI sinflar darajasida) amalga oshiriladi;

✅ futbol mahorati maktablarining IX sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma hamda XI sinf bitiruvchilariga futbol bo‘yicha trener mutaxassisligidan boshlang‘ich professional ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab futbol mahorati maktablarida o‘rnatilgan tartibda sportchi lavozimi joriy etiladi va mazkur lavozimda faoliyat yuritish istagini bildirgan maktabning XI sinf bitiruvchilariga ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng ikki yilgacha istisno tariqasida faoliyat yuritishlariga ruxsat beriladi;

✅ 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab futbol mahorati maktablari qoshida futbol klublari tashkil qilinadi hamda mazkur klublarning o‘yinchilar tarkibi tegishli futbol mahorati maktablarida sportchi lavozimida faoliyat yuritayotganlar hamda ushbu maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilardan shakllantiriladi.

Shuningdek, loyihaga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga o‘quvchilarni qabul qilish hamda akademiyada o‘quv jarayonlarini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab tashkil qilish haqidagi taklifiga rozilik beriladi.

Ta’kidlanishicha, akademiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

✅ akademiya davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan boshlang‘ich professional davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati futbol bo‘yicha qobiliyatli va iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga, shuningdek professional futbol jamoalariga professional futbolchi sifatida tayyorlashga yo‘naltiriladi;

✅ akademiya o‘quvchilari akademiyada o‘qish davomida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining zaxira tarkibi hisoblanadi;

✅ akademiyada o‘quvchilar soni 132 nafarni tashkil etib, ta’lim jarayoni ikki bosqichda (umumiy o‘rta ta’limning tayanch ta’limi (VI-IX sinflar) hamda umumiy o‘rta ta’lim bosqichlarida boshlang‘ich professional ta’lim (X-XI sinflar) darajasida futbol mahorati maktablari uchun belgilangan ta’lim dasturlari asosida) amalga oshiriladi;

✅ akademiyaning IX sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma hamda XI sinf bitiruvchilariga futbol bo‘yicha trener mutaxassisligidan boshlang‘ich professional ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi;

✅ akademiya bitiruvchilari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati: futbol” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakliga istisno tariqasida qo‘shimcha davlat granti asosida test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadilar;

✅ akademiya o‘quvchilariga bepul ta’lim olish, futbol mahorati maktabining o‘quvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda akademiyaning o‘quvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi;

✅ respublika akademiyasining xodimlariga ixtisoslashtirilgan futbol mahorati maktablari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.

Do'stlarga ulashing👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#OTM_yangiliklari

Termiz davlat universitetida yangidan tashkil etilayotgan Axborot texnologiyalar fakulteti uchun mo‘ljallangan yetti qavatli zamonaviy binoning qurilishiga start berildi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020

Brifing soat 13:00da bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan brifing vaqti soat 12:00dan 13:00ga ko‘chirildi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#RASMAN

#abituriyent
Bu yil faqat 2 ta fandan imtixon bo‘lib o‘tadi. 1-blok 3.2 ball 2-blok 3.1 ball beriladi.

Jami 189 ball to‘plash mumkin.

Testlarni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

➖➖➖➖➖➖
Do‘stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#abituriyent

Testlarni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
So‘xlik yoshlar oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinishi uchun 500 ta kvota ajratiladi

Bu haqda tuman hokimligining Axborot xizmati ma’lumot berdi.

Yaqin kelajakda ta’lim sohasidagi muammolar ham to‘liq bartaraf etilib, yangi maktab va qo‘shimcha binolar qurilishi rejalashtirildi.

So‘xlik yoshlar oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinayotganida o‘z ona tillari – tojik tilida imtihon topshirishlari ham yig‘ilishda ma’lum qilindi.


Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyentlar uydan chiqmagan holda testga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

✅Vazirlik sayti orqali
✅DTM sayti orqali
✅Davlat xizmatlari orqali

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali pinned a photo
64ta ob’yektda testlar topshiriladi, 1 kunda 3 smenada test qabul qilinadi. Binolarning ro‘yxati 5 kun ichida e’lon qilinadi.

Imtixonga tibbiy niqob va qo‘lqop bilan kiritiladi.

1 blokga jami 96 ball,
2 blokga jami 93 ball beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#brifing

Bu yil kam ta’minlangan, qiynalgan ayollar va ularning farzandlari uchun 800 o‘rinli byudjetda o‘rin beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bexzod MUSAYEV, Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:

Test sinovlarini o‘tkazish karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Bunda:

👉 abituriyentlarni binoga kiritishda tana harorati o‘lchanadi hamda niqob va rezina qo‘lqoplari bilan ta’minlanadi;

👉 test sinovlari o‘tkaziladigan bino hududi va ichki qismida kuniga 4 marta dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

Test sinovlari har bir abituriyentga kamida 3 kv.m. o‘lchamda joy ajratilgan holda sig‘imi 650-700 kishidan oshmagan binolarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2019 yilda o‘tkazilgan 64 ta binodan foydalangan holda, kunlik ikki-uch smenada o‘tkaziladi. Bunda, bir smenada 24654 (2019 yilda 35220) nafar, kunlik 73962 (2019 yilda 70440) nafargacha abituriyent test sinovlarini topshirishi mumkin bo‘ladi.


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Test sinovlari jarayonlari onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi;

Test sinovlari joriy yilda 3 smenada bo‘ladi (o‘tgan yili 2 smenada bo‘lgan);

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
DTM rahbariyatiga videoroliklarni tayyorlash topshirig‘i berildi.

Videoroliklarda o‘qishga kirish uchun xujjatlarni qanday topshirishdan tortib testlarni qay tartibda ishlashgacha tushintirib o‘tiladi. Videoroliklar TVda ko‘rsatiladi.

Testga kirish ruxsatnomasini xujjatlarni topshirgandan keyin bir xaftada ichida olishi mumkin. Abituriyent istalgan joyda testni topshirishi mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA