Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​❗️ Mustaqil ish topshirish majburiymi?

"Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida"gi nizomining III-bob 17-bandiga ko'ra "Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi". III-bob 19-bandiga ko'ra esa "Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi(38.5 ball) saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi....... joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi(38.5 ball) va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi."

Ya'ni talaba joriy va oraliq nazoratlaridan umumiy 38.5 balldan yuqori, 39.0 ball to'plagan taqdirda mustaqil ish topshirmasa ham yakuniy nazoratiga kiritiladi. Mustaqil ishlar talabaning mustaqil o'rganish ko'nikmalarini rag'batlantirish va uni bilimini to'g'ri baholash maqsadida, o'qituvchi yuqori baho qo'yishi uchun istisno tariqasida kiritilgan qo'shimcha yuklama hisoblanadi. Talaba ushbu yuklamani bajarib o'zi uchun qo'shimcha ball jamg'arishi va aksincha bajarmay qo'shimcha ball jamg'armasligi o'z ixtiyorida.

Agar talaba oraliq va joriy nazoratidan 39 va undan yuqori ball to'plasa ham fan o'qituvchisi tomonidan mustaqil ish topshirilmagani vaj qilinib yakuniy nazoratiga kiritilmasa, "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida"gi nizomining III-bob 19-bandini buzgan hisoblanadi.

❗️Eslatma: Ushbu nizom OTMlarda modul tizimida ta'lim olayotgan talabalarga tegishli. Kredit modul tizimidagi talabalarga taalluqli emas. Ularning o'zini ichki nizomi bor.

Yoshlarni qo'llab quvvatlash ma'muriyati

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
💥💥💥 DENOVDA TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI OCHILADI

✅ Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etiladi.

✅ Institut – Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi davlat oliy taʼlim muassasasi. U 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab eshiklarini ochadi. TerDU Denov filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha institutda o‘qishni davom ettiradi. Umuman olganda talabalar har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

✅ Institutda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ilg‘or xorijiy, shu jumladan Turkiya oliy taʼlim muassasalari bilan kelishuv asosida qo‘shma taʼlim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash hamda talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Hudud yoshlari uchun tadbirkorlik va startap loyihalarini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda talabalarning amaliyotlarini tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» biznes-inkubatori tashkil etiladi.

✅ Institutga yuqori salohiyatga, shu jumladan fan nomzodi, falsafa doktori hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi. Institutni salohiyatli pedagoglar bilan taʼminlash maqsadida mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tegishli sohalar bo‘yicha 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklari, 2021 yildan boshlab esa tayanch doktoranturada kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlariga mehnatga haq to‘lashda mos ravishda YaTS razryadlariga ko‘ra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.

✅ Institutning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. SamDU institutni otaliqqa olib, taʼlim jarayonini tashkil etish masalalarida unga ko‘mak beradi. O‘z navbatida, institut Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi umumtaʼlim maktablari, o‘rta maxsus taʼlim muassasalarida chet tili va aniq fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi.

✅ Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan «Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash» loyihasi doirasida institut axborot-texnologiyalari, biologiya, kimyo va fizika bo‘yicha zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi. Ilgari TerDU Denov filialiga berilgan Denov qurilish va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari institutda saqlab qolinadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Qabul–2020. Eng muhim ma’lumotlar

▪️Bu yil 1 million 270 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda

▪️Test sinovlari 3 smenada bo‘ladi

▪️Har bir smenada 25 ming abituriyent test topshiradi, abituriyentlar orasi 3 metr bo‘ladi

▪️Kirish imtihonlari (test) 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkaziladi

▪️Imtihon jarayoni onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi

▪️Avvalgi yillarda bitirgan
abituriyentlardan 111,5 ming soʻm "минималка" olinadi.

▪️Ushbu to‘lov I va II gurux nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda davlat ta’minotidagi chin yetimlardan undirilmaydi.

🎓 Ijodiy va kasbiy imtihonlar bor yo‘nalishlarda sinov qanday bo‘ladi?

▫️OTMga hamma abituriyent kelib yig‘ilmaydi

▫️OTMlar hududiy imtihon komissiyasini tashkil qiladi

▫️Abituriyentlar o‘z hududida ijodiy imtihon topshiradi

▫️Imtihonlar 1 soat bo‘ladi

▫️Abituriyent imtihonga faqat bir marta keladi. Shu bir kelganda barcha imtihonini topshirib ketadi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlari bo‘yicha batafsil

✅➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️OTMlarga hujjat 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.

📑 Talab qilinadigan hujjatlar:

👉 Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun
• pasport;
• diplom;
• til bilishi sertifikati;
• imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

👉 2020 yil bitiruvchilari uchun
• pasport;
• bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

✅➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️#DIQQAT

Testlarda oson savollar koʻpayadi

Joriy o‘quv yili qabulida test sinovlari belgilanganidek beshta fandan emas, baklavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan ikkita fandan o‘tkaziladi va test topshiriqlaridagi qiyinchilik darajasi yuqori bo‘lgan topshiriqlar soni qisqartiriladi. Avvalgi yillarda har bir variant uchun 6 tadan eng oson savol berilgan bo‘lsa. Bu ularning soni o‘rtacha 10 ga ko‘paytiriladi.
Hozirda abituriyentlarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida matnli testlar, ya’ni matn ustida ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan test topshiriqlari tuzilmoqda.

Ⓜ️: Abituriyent

✅➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Karantin tugasa televizor kanallarida "Uydan chiqing" degan yozuv chiqarmikan😂a.

Ⓜ️:
Qalbarmoni

Do’stlarga ulashing😁👇👇
@TALABAUZ
Bugun, huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning tavallud ayyomlari!

31 yoshni qarshilgan Xushnudbek akani menimcha ko'p talaba-abituriyentlar yaxshi tanishsa kerak)) Ancha yordamlari teggan! Kanalimizga ham ular yozgan postni tashlab turamiz)))

Butun, @TalabaUz kanali obunachilari nomidan tug'ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz. Umringiz uzoq bo'lsin👏

Bundanda yuqori martalabalarga erishib yuring🤲


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
xotin qizlar @TalabaUz.docx
25.6 KB
⚡️QAROR LOYIHASI: Xotin-qizlar uchun har yili 4 foizli qo‘shimcha davlat granti ajratiladi

"Xotin-qizlarning respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok uchun tavsiyanomalar berish tartibi" to‘g‘risidagi qaror loyihasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qaror loyihasining muhokama muddati o‘z nihoyasiga yetgan va tez orada rasman qabul qilinishi kutilmoqda

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TDSHU professor-o‘qituvchilari DTM bilan hamkorlikda sharq tillaridan test namunalarini ishlab chiqishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16 apreldagi PQ–4680-son qarorida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga avvallari o‘tkazib kelingan ko‘p balli tizim asosidagi imtihonlar o‘rniga sharq tillaridan test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Xususan, yangi o‘quv yilidan boshlab universitetga o‘qishga qabul qilishda turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillaridan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkaziladi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan turk, arab, fors, dariy, hind (hindiy), urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va yapon tillari bo‘yicha test namunalari ishlab chiqildi.

✅Sharq tillari bo‘yicha ishlab chiqilgan test namunalari bilan tanishish.(https://dtm.uz/page/sharqtillar)

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning PQ-4680-sonli qaroriga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari va boshqalar) bo‘yicha respublikadagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda joriy etiladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavollargaJavoblar

100 ta savolga 100 ta javob | Akmal Sulaymonov – Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i

Savol:
Bu yil ham oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishdagi test topshiriqlari qo‘llaniladimi?

Youtube orqali ko‘rish

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘qituvchilar “like” yig‘ish bilan ovora

Xohlaysizmi, yo‘qmi, biz­ning karantin vaqtidagi xatti-harakatlarimizni ijtimoiy tarmoq boshqaradigan bo‘lib qoldi. So‘nggi paytlarda o‘qituv­chilar orasida videorolik yoki shunga o‘xshash narsalarini “Telegram”dagi kanallarga joylab “Iltimos, menga “like” bosib yuboring” deb murojaat qilish juda avjiga chiqdi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
HAR KUNI ERTALAB

Har tong Afrikada ohu uyg'onadi va u eng tez sherdan tezroq yugurishi kerakligi yoki uning o'ljasiga aylanishini biladi!

Har tong Afrikada sher uyg'onadi va u eng sekin ohudan tez yugurishi kerakligini yoki ochlikdan o'lishini biladi!

Sen shermisan yoki ohu ahamiyati yo'q.

QUYOSH CHIIQANDA YUGURAYOTGAN BO'LISHING KERAK👆

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETINING IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALIGA KIRISH UCHUN TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR TO‘PLAMI VA KIRISH SHARTLARI

TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali qabuli bo‘yicha maʼlumot:
• o‘qish kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi; 
• o‘qish muddati uch yil;
• filialda o‘qitish davlat granti asosida amalga oshiriladi;
Qabul kvotasi yiliga 255ta, shundan o‘zbek guruhiga 230 nafar (210 nafar o‘g‘il bola, 20 nafar qiz bola ), rus guruhiga 25 nafar (20 nafar o‘g‘il bola, 5 nafar qiz bola). 
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorga qo‘yilgan talablar:

• yoshi 18 yoshdan kichik va 25 yoshdan katta bo‘lmaslik;
• bo‘yi erkaklar uchun 165 santimetrdan va ayollar uchun 160 santimetrdan past bo‘lmaslik;
• sudlanmagan bo‘lishi;
• jismonan sog‘lom bo‘lishi.

Talab qilinadigan hujjatlar:
• Pasport nusxasi (aslini ko‘rsatgan holda); 
• O‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa);
• Umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan birga)ning asl nusxasi;
• Asli ko‘rsatilgan holda harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (chaqirilish muddati uzaytirilgan holda) nusxasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi;
• Doimiy propiska joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda);
• 3.5x4.5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
• Sudlangan yoki sudlanmaganlik holati bo‘yicha maʼlumotnoma (Davlat xizmatlari markazidan).

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​💥‼️ Bitiruvchilari oliy taʼlimga kam kirgan tuman mutasaddilariga chora ko‘riladi

❗️ Qaysi tumandan, qaysi maktabdan bitiruvchilarning oliy taʼlimga kirish ko‘rsatkichi past bo‘lsa, o‘sha tuman va maktab mutasaddilariga nisbatan chora ko‘riladi.

Bu haqda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Xalqaro press-klubning Farg‘ona viloyatidagi sayyor sessiyasida chiqish qilgan Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, maktablar faoliyatini ikki qismga bo‘lish mumkin – oliy taʼlimga tayyorlov va kasbga yo‘naltirish.

«Birinchi yo‘nalishdagi faoliyat – oliy taʼlimga, universitetga tayyorlash. Qaysi tumanda maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirish darajasi past bo‘lsa, demak, o‘sha tuman boshqarmasi yaxshi ishlamagan, ularga nisbatan chora ko‘riladi. Keyingi yildan boshlab taʼlim boshqarmalari mehnat faoliyati samaradorligini baholashning asosiy yo‘nalishi shu bo‘ladi.

Farg‘onaning o‘zida 942ta maktab bo‘lsa, 100taga yaqinidan bironta bitiruvchi oliy taʼlimga kirmagan. Buning natijasida qator muammolar kelib chiqadi – mahallada oliy maʼlumotli odam bo‘lmaydi, eng oddiy mutaxassislar ham yetishmaydi. Shu bois bitiruvchilari oliy taʼlimga kirmagan maktab direktoriga, shu tuman boshqarmasiga chora ko‘riladi. Bitta ham bitiruvchisi universitetga kira olmasligi mumkin emas.

Ikkinchi yo‘nalishdagi faoliyat haqida. Bitiruvchilarning 20 foizi institutga kirsa, 20 foizi kasb-hunar maktablariga borsa, qolgan 50-60 foizichi?

7-sinfdan boshlab proforiyentatsiya – kasbga yo‘naltirish jarayoni boshlanishi kerak. O‘quvchi qaysi yo‘nalishni tanlaydi? Oliy taʼlim bo‘lsa, universitetga tayyorlanadi, o‘ziga qiziq bo‘lgan sohaga kerakli fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan dastur bilan shug‘ullanadi.

Qaysi kasblar borligini ham maktablarda o‘qitmas ekanmiz. O‘quvchilar qaysi kasblar borligini bilmaydi.

Hamma sektor rahbarlariga asosiy vazifa qilib qo‘yildi – o‘quvchi 10-sinfni bitirib, yozgi taʼtilga chiqqanida sektor rahbarlari ularni kimgadir shogirdlikka, qaysidir yo‘nalishga ishga qo‘yadi. Maktabni bitirayotganda kasbga moslashib, pul topishni o‘rganib chiqadi. Biron jinoyatchilikka, noqonuniy harakatga, xorijda qiynalib, kam maoshli ishga ketishiga hojat qolmaydi», deya Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#Rasman

Yangi o‘quv yilidan ayrim oliygohlarda masofaviy o‘qitish joriy etiladi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi, deb xabar bermoqda Davlat test markazi.

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar:

— masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi;

— dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;

— tegishli OTMlarning o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etiladi va zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.

Shuningdek, 2020 yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘riladi.

“2020 yil 1 sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integrasiyalashuvini ta’minlash maqsadida fundamental va innovasion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi”,—deyiladi xabarda.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#OTM_yangiliklari

Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilar bilan onlayn xayrlashdi

Toshkent davlat stomatologiya institutida bu yilgi magistratura bitiruvchilarini tantanali qutlash marosimi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida institutning magistratura bosqichini 6 ta mutaxassislik bo‘yicha 34 nafar yigit-qizlar tamomladi.

Bitiruvchilar orasida Ibn Sino stipendiyasi g‘olibi, startap loyihalar sovrindorlari, xorijiy va respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari, rasionalizatorlik takliflar va patentlar hammualiflari bor.

Shuningdek, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiyaning yetakchi oliygohlarida o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytgan magistrlar ham mavjud.

Institut mavqeini ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shgan, o‘qishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan 3 nafar bitiruvchining ota-onasiga institut jamoasi nomidan “Tashakkurnoma” taqdim etildi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🌐Yevropada o'qish boshqacha 😁

❗️ Barcha talabalarga tarqating.

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA