Talaba.uz | Ta'lim portali
5.51K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlari bo‘yicha batafsil

✅➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️OTMlarga hujjat 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.

📑 Talab qilinadigan hujjatlar:

👉 Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun
• pasport;
• diplom;
• til bilishi sertifikati;
• imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

👉 2020 yil bitiruvchilari uchun
• pasport;
• bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

✅➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️#DIQQAT

Testlarda oson savollar koʻpayadi

Joriy o‘quv yili qabulida test sinovlari belgilanganidek beshta fandan emas, baklavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan ikkita fandan o‘tkaziladi va test topshiriqlaridagi qiyinchilik darajasi yuqori bo‘lgan topshiriqlar soni qisqartiriladi. Avvalgi yillarda har bir variant uchun 6 tadan eng oson savol berilgan bo‘lsa. Bu ularning soni o‘rtacha 10 ga ko‘paytiriladi.
Hozirda abituriyentlarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida matnli testlar, ya’ni matn ustida ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan test topshiriqlari tuzilmoqda.

Ⓜ️: Abituriyent

✅➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Karantin tugasa televizor kanallarida "Uydan chiqing" degan yozuv chiqarmikan😂a.

Ⓜ️:
Qalbarmoni

Do’stlarga ulashing😁👇👇
@TALABAUZ
Bugun, huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning tavallud ayyomlari!

31 yoshni qarshilgan Xushnudbek akani menimcha ko'p talaba-abituriyentlar yaxshi tanishsa kerak)) Ancha yordamlari teggan! Kanalimizga ham ular yozgan postni tashlab turamiz)))

Butun, @TalabaUz kanali obunachilari nomidan tug'ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz. Umringiz uzoq bo'lsin👏

Bundanda yuqori martalabalarga erishib yuring🤲


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
xotin qizlar @TalabaUz.docx
25.6 KB
⚡️QAROR LOYIHASI: Xotin-qizlar uchun har yili 4 foizli qo‘shimcha davlat granti ajratiladi

"Xotin-qizlarning respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok uchun tavsiyanomalar berish tartibi" to‘g‘risidagi qaror loyihasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qaror loyihasining muhokama muddati o‘z nihoyasiga yetgan va tez orada rasman qabul qilinishi kutilmoqda

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TDSHU professor-o‘qituvchilari DTM bilan hamkorlikda sharq tillaridan test namunalarini ishlab chiqishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16 apreldagi PQ–4680-son qarorida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga avvallari o‘tkazib kelingan ko‘p balli tizim asosidagi imtihonlar o‘rniga sharq tillaridan test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Xususan, yangi o‘quv yilidan boshlab universitetga o‘qishga qabul qilishda turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillaridan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkaziladi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan turk, arab, fors, dariy, hind (hindiy), urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va yapon tillari bo‘yicha test namunalari ishlab chiqildi.

✅Sharq tillari bo‘yicha ishlab chiqilgan test namunalari bilan tanishish.(https://dtm.uz/page/sharqtillar)

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentning PQ-4680-sonli qaroriga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari va boshqalar) bo‘yicha respublikadagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda joriy etiladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavollargaJavoblar

100 ta savolga 100 ta javob | Akmal Sulaymonov – Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i

Savol:
Bu yil ham oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishdagi test topshiriqlari qo‘llaniladimi?

Youtube orqali ko‘rish

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘qituvchilar “like” yig‘ish bilan ovora

Xohlaysizmi, yo‘qmi, biz­ning karantin vaqtidagi xatti-harakatlarimizni ijtimoiy tarmoq boshqaradigan bo‘lib qoldi. So‘nggi paytlarda o‘qituv­chilar orasida videorolik yoki shunga o‘xshash narsalarini “Telegram”dagi kanallarga joylab “Iltimos, menga “like” bosib yuboring” deb murojaat qilish juda avjiga chiqdi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
HAR KUNI ERTALAB

Har tong Afrikada ohu uyg'onadi va u eng tez sherdan tezroq yugurishi kerakligi yoki uning o'ljasiga aylanishini biladi!

Har tong Afrikada sher uyg'onadi va u eng sekin ohudan tez yugurishi kerakligini yoki ochlikdan o'lishini biladi!

Sen shermisan yoki ohu ahamiyati yo'q.

QUYOSH CHIIQANDA YUGURAYOTGAN BO'LISHING KERAK👆

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETINING IXTISOSLASHTIRILGAN FILIALIGA KIRISH UCHUN TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR TO‘PLAMI VA KIRISH SHARTLARI

TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali qabuli bo‘yicha maʼlumot:
• o‘qish kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi; 
• o‘qish muddati uch yil;
• filialda o‘qitish davlat granti asosida amalga oshiriladi;
Qabul kvotasi yiliga 255ta, shundan o‘zbek guruhiga 230 nafar (210 nafar o‘g‘il bola, 20 nafar qiz bola ), rus guruhiga 25 nafar (20 nafar o‘g‘il bola, 5 nafar qiz bola). 
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorga qo‘yilgan talablar:

• yoshi 18 yoshdan kichik va 25 yoshdan katta bo‘lmaslik;
• bo‘yi erkaklar uchun 165 santimetrdan va ayollar uchun 160 santimetrdan past bo‘lmaslik;
• sudlanmagan bo‘lishi;
• jismonan sog‘lom bo‘lishi.

Talab qilinadigan hujjatlar:
• Pasport nusxasi (aslini ko‘rsatgan holda); 
• O‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa);
• Umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan birga)ning asl nusxasi;
• Asli ko‘rsatilgan holda harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (chaqirilish muddati uzaytirilgan holda) nusxasi yoki harbiy guvohnoma nusxasi;
• Doimiy propiska joyi bo‘yicha belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda);
• 3.5x4.5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
• Sudlangan yoki sudlanmaganlik holati bo‘yicha maʼlumotnoma (Davlat xizmatlari markazidan).

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​💥‼️ Bitiruvchilari oliy taʼlimga kam kirgan tuman mutasaddilariga chora ko‘riladi

❗️ Qaysi tumandan, qaysi maktabdan bitiruvchilarning oliy taʼlimga kirish ko‘rsatkichi past bo‘lsa, o‘sha tuman va maktab mutasaddilariga nisbatan chora ko‘riladi.

Bu haqda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Xalqaro press-klubning Farg‘ona viloyatidagi sayyor sessiyasida chiqish qilgan Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, maktablar faoliyatini ikki qismga bo‘lish mumkin – oliy taʼlimga tayyorlov va kasbga yo‘naltirish.

«Birinchi yo‘nalishdagi faoliyat – oliy taʼlimga, universitetga tayyorlash. Qaysi tumanda maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirish darajasi past bo‘lsa, demak, o‘sha tuman boshqarmasi yaxshi ishlamagan, ularga nisbatan chora ko‘riladi. Keyingi yildan boshlab taʼlim boshqarmalari mehnat faoliyati samaradorligini baholashning asosiy yo‘nalishi shu bo‘ladi.

Farg‘onaning o‘zida 942ta maktab bo‘lsa, 100taga yaqinidan bironta bitiruvchi oliy taʼlimga kirmagan. Buning natijasida qator muammolar kelib chiqadi – mahallada oliy maʼlumotli odam bo‘lmaydi, eng oddiy mutaxassislar ham yetishmaydi. Shu bois bitiruvchilari oliy taʼlimga kirmagan maktab direktoriga, shu tuman boshqarmasiga chora ko‘riladi. Bitta ham bitiruvchisi universitetga kira olmasligi mumkin emas.

Ikkinchi yo‘nalishdagi faoliyat haqida. Bitiruvchilarning 20 foizi institutga kirsa, 20 foizi kasb-hunar maktablariga borsa, qolgan 50-60 foizichi?

7-sinfdan boshlab proforiyentatsiya – kasbga yo‘naltirish jarayoni boshlanishi kerak. O‘quvchi qaysi yo‘nalishni tanlaydi? Oliy taʼlim bo‘lsa, universitetga tayyorlanadi, o‘ziga qiziq bo‘lgan sohaga kerakli fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan dastur bilan shug‘ullanadi.

Qaysi kasblar borligini ham maktablarda o‘qitmas ekanmiz. O‘quvchilar qaysi kasblar borligini bilmaydi.

Hamma sektor rahbarlariga asosiy vazifa qilib qo‘yildi – o‘quvchi 10-sinfni bitirib, yozgi taʼtilga chiqqanida sektor rahbarlari ularni kimgadir shogirdlikka, qaysidir yo‘nalishga ishga qo‘yadi. Maktabni bitirayotganda kasbga moslashib, pul topishni o‘rganib chiqadi. Biron jinoyatchilikka, noqonuniy harakatga, xorijda qiynalib, kam maoshli ishga ketishiga hojat qolmaydi», deya Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#Rasman

Yangi o‘quv yilidan ayrim oliygohlarda masofaviy o‘qitish joriy etiladi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi, deb xabar bermoqda Davlat test markazi.

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar:

— masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi;

— dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;

— tegishli OTMlarning o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etiladi va zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.

Shuningdek, 2020 yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘riladi.

“2020 yil 1 sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integrasiyalashuvini ta’minlash maqsadida fundamental va innovasion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi”,—deyiladi xabarda.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#OTM_yangiliklari

Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilar bilan onlayn xayrlashdi

Toshkent davlat stomatologiya institutida bu yilgi magistratura bitiruvchilarini tantanali qutlash marosimi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida institutning magistratura bosqichini 6 ta mutaxassislik bo‘yicha 34 nafar yigit-qizlar tamomladi.

Bitiruvchilar orasida Ibn Sino stipendiyasi g‘olibi, startap loyihalar sovrindorlari, xorijiy va respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari, rasionalizatorlik takliflar va patentlar hammualiflari bor.

Shuningdek, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiyaning yetakchi oliygohlarida o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytgan magistrlar ham mavjud.

Institut mavqeini ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shgan, o‘qishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan 3 nafar bitiruvchining ota-onasiga institut jamoasi nomidan “Tashakkurnoma” taqdim etildi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🌐Yevropada o'qish boshqacha 😁

❗️ Barcha talabalarga tarqating.

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Mashxur Millader olim Bill Geyts restoranda ovqatlanayotgan edi. Ovqatlanib bo'lgach hisobdan so'ng ofitsiantga 5$ choychaqa berdi. Ofitsiant buni ko'rib ensa qotirdi. Bill Geyts undan: "Biror nima xato bo'ldimi?" - deb so'radi.
- O'tgan gal qizingiz choychaqa uchun 500 $ bergan edi. Siz esa dunyoning eng boy odami bo'la turib atiga 5$ beryapsizmi?
Bill Geyts kulib javob berdi:
- U dunyoning eng boy kishisining qizi, men esa bor yo'g'i yog'och kesuvchining o'g'liman xolos!

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kasbiy(ijobiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtiriladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidovning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda vazirlik rasmiy telegram kanali.

Unga koʻra, kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilgan holda:

• test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun 11-iyuldan 20-iyulgacha;

• alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun 25-iyuldan 10-avgustgacha oʻtkaziladi.

• Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

• Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:

• bir abituriyentga imtihonda bir soatdan ortiq vaqt sarflamaslik;

• abituriyentning oliy taʼlim muassasasiga bir marta kelib ketishini taʼminlash inobatga olinadi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OLIY HARBIY INSTITUTLARGA QABUL 1 FEVRALDAN 1 APRELGACHA EDI. KARANTIN SABABLI QABUL SURILADIMI?

Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun tuman mudofaa ishlari bo‘limlarida (karantin sababli joriy etilgan cheklov choralariga ko‘ra qizil hudud etib belgilangan tumanlardan tashqari) ayni paytda saralash tadbirlari ijtimoiy masofani saqlagan holda davom ettirilmoqda. Jarayon 20 maydan boshlangan.

Saralashning keyingi, yaʼni viloyat bosqichi 8 iyundan – 30 iyungacha viloyat mudofaa ishlari bo‘limlarida o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqich – harbiy-kasbiy tanlov bosqichi oliy harbiy taʼlim muassasalarida 1 iyuldan – 25 iyulgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Karantin sababli respublikamizdagi vaziyat o‘zgarsa, mazkur rejaga ham o‘zgartirishlar kiritiladi va bu haqda abituriyentlikka nomzodlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan xabardor qilinadi.


Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA