Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Abituriyentning o‘tgan yilgi topshirgan sport imtihoni bu yil ham o‘tadimi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamad Mamanazarov OTMlarga hujjat topshirish bo‘yicha muhim savollarga javob berdi.

❓Savol: O‘tgan yillari sport yo‘nalishida imtihonlari bo‘lgan abituriyentlar boshqa shunaqa sport yo‘nalishidan imtihoni bor oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshira olmagandi. Bu yil ham shunaqa holat takrorlanadimi? Biz birdan ikki yoki undan ortiq o‘quv yurtiga hujjat topshira olamizmi (ya’ni bir marta sport imtihonini topshirsak, bu natija boshqa joylarga ham o‘tadimi ?

✅Alohida iqtidor talab etiladigan hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta’lim yo‘nalishlariga kirishda abituriyentlar faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
ISLOMIY TA’LIM MUASSASALARIGA HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar hujjatlari masofaviy tarzda qabul.muslim.uz sayti orqali qabul qilinadi.
O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga:
2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham)
Talab qilinadigan hujjatlar:

• pasport (elektron shaklda);
• attestat yoki diplom (akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risida) elektron shaklda;
• til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (attestat yoki diplomida yozilgan chet tilidan boshqa xorijiy tilda topshirmoqchi bo‘lganlar uchun) elektron shaklda.

Oliy diniy ta’lim muassasalariga:
Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasiga : 2020 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha (shu kuni ham);
Hadis ilmi maktabiga: 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham).
Talab qilinadigan hujjatlar:

• pasport (elektron shaklda);
• o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTININING QABUL KVOTALARI

Mamlakatimizda oliy taʼlimning talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarida o‘qitishni hududlarda tashkil etish, yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrovini oshirish, oliy taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, talabalarni o‘qishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni taʼminlash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, taʼlim jarayoniga raqamli va pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy usullarni keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

So‘nggi yillarda mamlakatimizning hududlarida oliy taʼlim muassasalarining tashkil etilishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, olis qishloqlardagi yoshlarning oliy maʼlumot olishiga imkoniyatlar yaratayotgan bo‘lsada, Andijon viloyatida maktab va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari 2019 yilgi bitiruvchilarining atigi 11 foizi oliy taʼlim bilan qamrab olingan.
Shu munosabat bilan, yoshlarning ilg‘or pedagogik texnologiyalar yordamida taʼlim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish, hududda iqtisodiyot va qurilish sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash salmog‘ini yana-da kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining Andijon viloyati Andijon shahrida Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilmoqda.
Institutda taʼlim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

2020/2021 o‘quv yili uchun Institutga kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga muvofiq institutda talabalar sonini oshishini inobatga olib, 1200 o‘rinli o‘quv binosi va 400 o‘rinli talabalar turar joyini qurish loyihalarini nazarda tutilmoqda.

Ⓜ️: abt.uz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020/2021 o‘quv yili uchun Andijon iqtisodiyot va qurilish institutiga kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari

Ⓜ️: abt.uz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2021-yil uchun jahondagi eng ilg'or 1000 ta universitet reytingi e'lon qilindi

Xalqaro maydonda universitetlar reytingini aniqlovchi kuchli tadqiqot markazlaridan biri - "Quacquarelli Symonds" (QS) tomonidan bugungi kundagi eng ilg'or mingta universitet ro'yxati e'lon qilindi.

Unga ko'ra, birinchi pog'onani Massachusets Texnalogiya instituti (MIT) egallagan. Qizig'i, MIT uch yildan beri reytingda birinchilikni boy bermay kelmoqda. O'z navbatida ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Stanford va Garvard universitetlari band etishgan.

QS reytingiga AQShning 151 ta universiteti kiritilganligi okeanorti mamlakatida oliy ta'lim qay darajada yuqori ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, reytingdan Buyuk Britaniyaning 84 ta, Xitoyning 51 ta, Janubiy Koreyaning 29 ta, Rossiyaning 28 ta universitetlari joy olgan.

Shuningdek, reytingga Osiyoning 293 ta universiteti kiritilgan bo'lsa, ulardan o'ntasi Markaziy Osiyo hududiga to'g'ri keladi. Ana shu o'nta oliygohning deyarli hammasi Qozog'iston universitetlaridir. Ular orasidagi eng yaxshilaridan biri - Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti 165-orin bilan o'tgan yilgi natijasini anchayin yaxshilagan.

Afsuski, reytingdan O'zbekistonning birorta oliy ta'lim muassasasi o'rin olmadi. Savol tug'iladi, eng yaxshi mingtalikka kirish shunchalik qiyinmi? Buning qanday mezonlari bor?

Ma'lum bo'lishicha, ushbu reytingga kirish uchun bir necha shartlar mavjud. Quyida ulardan eng muhimlarini keltiramiz:

- universitetdagi o'qituvchilar xalqaro miqyosda turli mukofotlarga sazovor bo'lishlari kerak;

- universitet o'qituvchi va talabalarining xalqaro ilmiy jurnallarda tadqiqotlari yuzasidan chop etilgan maqolalari salmog'i hisobga olinadi;

- universitetdagi chet ellik o'qituvchi professorlar va chet ellik talabalarning miqdori ham muhim;

- universitet bitiruvchilarining ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ishga yollanilishi, ya'ni bitiruvchi kadrlarning sifatli ish bilan ta
minlanish darajasi, qolaversa, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari o'rganiladi.

Yuqoridagi sifatlar universitetlar obro'si va nufuzi uchun eng asosiy me'zon bo'lib xizmat qiladi. Ammo bulardan tashqari yana bir jihat bor, bu ta'lim jarayonining tashkillashtirilishidir. Aynan shu omilsiz yuqoridagilarga erishib bo'lmaydi.

So‘nggi yillarda yurtimizda ham oliy ta'lim tizimida sezilarli o'sish amalga oshirilib, davlatimiz tomonidan o'qitish jarayoni xalqaro standartlar asosida qaytadan shakllantirilmoqda. Xususan, yurtimizdagi bir nechta oliygohlar xuddi chet eldagi kabi "moodle" va kredit tizimlariga o'tkazilmoqda. Ishonamizki, xalqaro maydonda samara bergan bunday uslublar o'z natijasini ko'rsatadi. Boshqacha aytganda, O'zbekiston universitetlari ham xalqaro darajada munosib e'tirof etilishiga umid qilamiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil
O'qishni bitirib turmushga chiqaman deb o'ylayotgan qizlar... chuchvarani hom sanabsiz😂🙊

3 yil ishlab berishingiz kerak chekka chekka qishloqlarda...(bo'lajak turmush o'rtog'iz rozi bo'lmasa kerakaa😁)

Grantdagi qizlarga yuboramiz😂👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
20202021_ўқув_йилида_Ўзбекистон_Республикасининг_олий_таълим_муассасаларига.pdf
674.2 KB
❗️2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning Davlat buyurtmasi parametrlari. (Barcha OTMlar)

Bakalavr
Magistratura


P.s: Ko'pchilik kvota hali tasdiqlanmaganini aytishmoqda. Lekin bu nima😄? regulation.gov.uz da yolg'on ma'lumotlar chiqmasa kerak? Ushbu loyiha tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda.

Birinchi bizda keyin yana bizda...☺️

Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Axborot_xati

Turnitin – ilmiy faoliyatda yaqin yordamchingiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyundagi PF-6003-sonli farmoni ijrosini tami’minlash maqsadida Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan “Turnitin – ta’lim sohasidagi sizning yordamchingiz” mavzusidagi vebinar o‘tkazilmoqda.

Vebinarda Turnitin xizmati, akademik halollik va antiplagiat, plagiatni oldini olishning samarali usullari, shartnomalardagi firibgarliklar haqida ma’ruzalar bo‘ladi.

Spiker - Katerina Levchenko, Turnitin NE Europe (Niderlandiya) mintaqaviy direktori.

Vebinar 2020 yil 12 iyun kuni soat 15:00 - 17:00 davomida rus tilida ZOOM platformasida o‘tkaziladi.

Vebinarda ro‘yxatdan o‘tish: http://cc.uz/165w7

Murojat uchun: @RSC_Uz

Ma’lumot uchun, Turnitin - bu plagiatni aniqlashda foydalaniladigan o‘quv jarayonining to‘liq vositasi bo‘lib, talabalarga ilmiy ishlarni to‘g‘ri yozishni o‘rgatishda, iqtiboslarni to‘g‘ri belgilashda va boshlang‘ich manbalarga havolalarni to‘g‘ri rasmiylashtirishda ko‘maklashadi.

Bugungi kunda Turnitin imkoniyatlaridan dunyoning 150 ta mamlakatida 15 mingdan ziyod OTMlar va 30 milliondan ortiq talabalar foydalanadi.
Ⓜ️
: Eduuz

Doʻstlarga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
‼️ Hurmatli abituriyentlar, ijodiy imtihonlarga ham juda oz vaqt qolmoqda 😉

Ⓜ️: grafik_reklama

Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊Assalom-u alaykum, qadrdonim! JUMA tongi muborak bo'lsin.

Do'stlaringizga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha batafsil ma’lumotlar (1-qism)

Kuni kecha AOKAda vazirlik bo‘lim boshlig‘i A.Mamanazarov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha ma’lumot berilgach, vazirlikka ayni masalada murojaatlar soni keskin ko‘paydi.

Endilikda vazirlikka hamyurtlarimizdan bir xil mazmunda eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinib, ular yuzasidan javoblar e’lon qilib boriladi.

Dastlabki yo‘nalish - talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash.

✅ Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Hukumatning 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi;

✅ Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish, ko‘chirib tiklash O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi vakolati doirasida;

✅ Xorijiy davlatlarning akkreditasiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarning o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘g‘risidagi arizasiga rad javobi beriladi;

✅ Nizomga muvofiq fuqarolar o‘qishini ko‘chirish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhiga 2020 -yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishi mumkinligi belgilangan;

✅ Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash jarayonini tashkil etishda onlayn rejimda hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha batafsil ma’lumotlar (2-qism)

✅ O‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolardan quyidagi hujjatlar talab etaladi:

1. Ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ta’lim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kirmaganligi, ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

2. Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;

3. Pasport nusxasi.

✅ Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;

✅ Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi;

✅ Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatdan joy olgan Rossiya Federasiyasi davlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lumotiga asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining www. edu. uz rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Andijonda iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etiladi.

 Vazirlar Mahkamasining “Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining Andijon viloyati Andijon shahrida Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

hududda iqtisodiyot, qurilish soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda iqtisodiyot va qurilish sohasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

o‘quv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

xorijiy yetakchi va nufuzli oliy ta'lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta'minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;

o‘quv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta'minlash maqsadida iqtisodiyot va qurilish sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha maqsadli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

ta'lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

iqtisodiyot va qurilish sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

Belgilanishicha:

Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;

Institut O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;

Institutda ta'lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi;

2020/2021 o‘quv yili uchun Institutga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlanadi;

Institutga talabalarni qabul qilish har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida belgilanadi.

Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 15a -uyda joylashgan O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi texnikum (sobiq Andijon maishiy xizmat kasb-hunar kolleji) bino va inshootlarini (mavjud jihoz va mebellari bilan) tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.

Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Uchta OTM tanlash tartibi qanday bo‘ladi?
#abituriyent

O‘tgan yildan boshlab, qabul jarayonlariga kiritilgan eng katta o‘zgarishlardan biri, bu - abituriyentlarga bir nechta OTMlarga hujjat topshirish imkonining yaratilgani bo‘ldi. O‘tgan yili ushbu jarayonlarni amaliyotdan o‘tkazib olishdi va ancha-muncha ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Shunday bo‘lsada, yana bir marta uchta yo‘nalishni tanlash tartibi haqida qisqacha tushuntirmoqchiman.

Abituriyentlar hujjat topshirayotgan paytda, 3ta yo‘nalishni ustuvor ketma-ketlikda belgilaydi.

Ya’ni birinchi, ikkinchi va uchinchi yo‘nalish sifatida qaysi OTMlarni tanlaganini oldindan belgilashadi.

Bunday vaziyatda abituriyent ustuvor yo‘nalishga kira olmagan taqdirdagina keyingi yo‘nalishda omadini sinab ko‘rishi mumkin. Agar xoh kontrakt, xoh grant bo‘lsin, ustuvor yo‘nalishga to‘plagan bali yetsa, unda keyingi yo‘nalishlar uchun ballari hisobga olinmaydi va tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Ortiqcha savollar bo‘lmasligi uchun, misol tariqasida tushuntiraman.

Aytaylik, farg‘onalik abituriyent tarix yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi ketma-ketlikda OTMlarni tanladi deylik:

1-yo‘nalish: O‘zMU
2-yo‘nalish: Sharqshunoslik universiteti
3-yo‘nalish: FarDU

Abituriyent test sinovlaridan umumiy 150 ball to‘pladi, deylik. Bu ball O‘zMUga kontrakt, TDSHU va FarDUga esa byudjetga yetarli bo‘lsa, unda abituriyent qaysi birini tanlashi mumkin? Sharqshunoslikning byudjetini tanlasa bo‘ladimi?

Yo‘q, bo‘lmaydi! Bunday vaziyatda abituriyentda tanlov imkoniyati yo‘q, u ustuvor yo‘nalish sifatida 1-o‘rinda O‘zMUni belgilagani uchun, shu yerning kontraktiga kirgan hisoblanadi, qolgan 2ta yo‘nalish inobatga olinmaydi. Qachonki u O‘zMUga yetarli ball to‘play olmasagina, keyin Sharqshunoslikka o‘tiladi. Agar abituriyent bali O‘zMU va Sharqshunoslikka ham yetarli bo‘lmagan taqdirdagina, keyin FarDU inobatga olinadi.

Ya’ni ustuvor OTMga kira olmasagina, ball keyingisiga o‘tadi. Agar ustuvor OTMga yetarli ball to‘pladimi, tamom, u xoh byudjet, xoh kontraktga kirgan bo‘lsin, keyingi OTMlarga inobatga olinmaydi, shu yerda to‘xtaydi.

Xullasi kalom, abituriyentga tanlov imkoniyati hujjat topshirish vaqtida beriladi. O‘sha paytda u OTMlar ro‘yxati va ularning ketma-ketligini to‘g‘ri tanlashi kerak, test o‘tgandan keyin unda tanlov yoki o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.

Joriy yilda qabul jarayonlari onlayn bo‘lishini inobatga olsak, abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda mas’uliyat bilan yondoshishlari kerak bo‘ladi.

Ⓜ️: xushnudbek

Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Apple AQSh tarixidagi eng yirik kompaniyaga aylandi

11-iyun kungi savdolar yakuni bo'yicha Apple'ning moliya bozoridagi umumiy kapitallashuvi 1,5 trillion dollardan oshdi. Shunday qilib u AQSh tarixidagi eng qimmat va eng yuksak marrani zabt etgan birinchi kompaniyaga aylandi. Kompaniya qimmatli qog’ozlarining narxi o’tgan haftaga nisbatan 26 dollarga qimmatlashgan, umumiy hisobda bir dona aksiya 352 dollarni tashkil etmoqda.

So'nggi yillarda Apple aksiyalarining umumiy soni kamaymoqda, chunki kompaniya qimmatli qog'ozlarni agressiv ravishda sotib olmoqda, bu esa bozorda qolgan aksiyalarning qiymatini oshirishga yordam beradi. Biroq aksiyalar sonining kamayishi bozor kapitallashuvi bo'yicha hisob-kitoblarga ta'sir etmaydi.

Hozirda Apple kompaniyasining 4,3 milliardga yaqin aksiyalari mavjud bo'lib, bu raqamlarni har bitta aksiya qiymatiga ko'paytirish orqali kompaniyaning amaldagi kapitallashuvi, ya'ni fond bozoridagi qiymatini aniqlash mumkin.

Lekin, ta'kidlash o'rinliki, bu boy kompaniya ham bugungi kundagi global muammo - koronavirus pandemiyasi ta'siridan qochib qutula olmadi. Oxirgi marta Apple aksiyalari fevral oyida o'zining eng qimmat nuqtasiga yetgan bo'lsa, mart oyining oxirigacha 35 foizlik qulashni ko'rsatdi. Shunga qaramay, kompaniya o'sishda davom etmoqda.

Eslatma: Amerika tarixida 1 trillionlik chiziqni ham birinchi bo'lib aynan Apple bosib o'tgan. Bu voqea 2018-yilning avgustida ro'y bergan. Hisob-kitoblarga ko'ra, bir necha yil ichida Apple kompaniyasining umumiy qiymati 2 trillion dollarga yetishi kutilmoqda
.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Тезкор #Абитуриент_2020

Айтишларича, 2020-2021 ўқув йили учун қабул квоталари тасдиқланган.

Институтларга қабул жараёнлари бу йил 20 июндан бошланади ва бир пайтнинг ўзида 5 йўналишга ҳужжат топшириш имконияти
берилади.👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​#Prezident

Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar – mamlakatimizning oltin fondi

Bundan bir yil oldin, 2019 yil 24 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilm-fan namoyandalari bilan uchrashgan edi.

Olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratib, ular uchun ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.

Shunga muvofiq, Toshkentdagi Talabalar shaharchasi hududida 6 ta 9 qavatli turar joy bunyod etildi. 216 ta xonadon jihozlangan holda foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbari bugun mazkur uylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

- Sizlarni, sizlar orqali bu yerda yashaydigan barcha oilalarni tabriklayman, mana shu shinam, zamonaviy uylar muborak bo‘lsin! O‘zim ham qishloqdan kelib, 15 yil ijarada yashagan odam sifatida bu narsaning qadrini juda yaxshi his qilaman.

Biz olim va pedagoglardan natija kutardigu, sharoitini so‘ramasdik. Sizlarni ham rozi qiladigan vaqt-soat keldi. Ilmli odamlar – mamlakatimizning oltin fondi. Ularning qo‘lida kelajagimiz bo‘lgan bolalarimiz tarbiyalanadi. O‘qituvchilar uyli bo‘lib, oilasidan ko‘ngli to‘q bo‘lsa, kasbiga mehr bilan, Vatanga sadoqat bilan ishlaydi. Bu uylar sizlarga buyursin, shu yerda to‘ylar qilinglar. Farzandlaringiz, nevaralaringiz ota-onam ilmni tanlab kam bo‘lmadi, deb yursin, – deya ezgu niyatlar bildirdi Prezident.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Talaba.uz | Ta'lim portali pinned a video
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaqt kutmaydi...⏱

Borida qadrla!
🙇

Barchaga Assalomu Alaykum, hayrli tong.🌞 Kuningiz mazmunli va barakali o’tishini tilab qolamiz, 🌸

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA