Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📌 Karantin 1-avgustgacha uzaytirildi, katta ehtimollik bilan OTMlarga kirish imtihonlari 1-avgustdan keyin boshlanadi.

Ⓜ️: YQQUZB_KANAL

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​📌 Domla falsafasi:

Onlayn yakuniy nazorat olish kuni:

Xushyor bo'ling talabalar, testga bir marta imkon beriladi. Nechchi ball olsangiz,o'sha muhrlanadi, keyin umuman o'zgartirib bo'lmaydi. Bizni kuzatishyapti, nazoratdamiz.
O'zgartirishga haqqimiz yo'q!

Xuddi shu domla yakuniy imtihondan so'ng:

Hurmatli talabalar, bunaqasi ketmaydi: 30 ta talabadan 15 tasi 100% to'g'ri ishlagan, bu reallikdan yiroq holat, shularning natijalarini hozir o'chirib tashlayman, boshqatdan topshiradi!

P/S: Hurmatli obunachi, bu vaziyatdan nima xulosa chiqaryapsiz?

Ⓜ️: YQQUZB_KANAL

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ta’limga oid internet resurslari

1. uzedu.uz – Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb sayti.
2. ziyonet.uz – Ta’lim tarmog‘i portali.
3. eduportal.uz – Xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portali.
4. cict.uz – Xalq ta’limi sohasidagi AKTni rivojlantirish markazi.
5. utube.uz – Ta’lim videoportali.
6. xt.uzedu.uz – Maktab ta’lim jarayonini boshqarish tizimi.
7. avloniy.uz – Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI.
8. masofa.uz - Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI masofadan o‘qitish portali.
9. Qt.masofa.uz - Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI masofadan qayta tayyorlash kurslari.
10. akt.uzedu.uz – Axborot kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish tizimi.
11. tanlov.uzedu.uz – Xalq ta’limi tizimidagi ko‘rik tanlovlarni o‘tkazish dasturi.
12. forum.uzedu.uz - O‘zbekistonRespublikasi Xalq ta’limi vazirligiforumi.
13. Mfond.uz – O‘zbekistonRespublikasi maktab xayriya fondi.
14. www.uz – Milliy axborot qidiruv tizimi.
15. gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xukumatportali.
16. my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
17. lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
18. prezident.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb – sayti
19. pm.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
20. http://parliament.gov.uz - o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi
21. www.press-service.uz – O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining matbuot xizmati
22. strategy.uz –Taraqqiyot strategiyasi markazi
23. regulation.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarining muhokamasi
24. meningfikrim.uz - Jamoatchilik tashabbuslari yagona platformasi
25. manaviyat.uz/ - Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi
26. meros.uz – O‘zbekiston madaniyat me’rosi
27. kultura.uz – O‘zbekiston madaniyat yangiliklari
28. marifat.uz - «Ma’rifat» gazetasi tahririyati.
29. stateartmuseum.uz - O‘zbekiston davlat san’at muzeyi.
30. temurid.uz – Temuriylar tarixi muzeyi.
31. aloqamuzeyi.uz – Aloqa muzeyi.
32. 365.gov.uz/uz - Voqealar va tadbirlar portali.
33. http://e-adabiyot.uz – Adabiyot bo‘stoni.
34. http://www.natlib.uz/ - O‘zbekiston milliy kutubxonasi.
35. http://kitob.uz/ - Respublika Bolalar Kutubxonasi.
36. hunar.uz - "Hunarmand" uyushmasi.
37. taqvim.uz – Respublika Bolalar Kutubxonasi.
38. afisha.uz – Afisha Tashkenta.
39. eticket.railway.uz - O‘zbekiston temir yullari, elektron chiptalar.
40. uzairways.com - O‘zbekiston havo yullari, elektron chiptalar.
41. ek.uz - Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali.
42. tickets.uz - Avia chiptalarni bron qilish.

Xorjiy davlatlar ochiq axborot ta’lim resurslari
43. http://intuit.ru/ - Nasionalnыy otkrыtыy universitet INTUIT
44. http://kopilkaurokov.ru O‘qituvchilar uchun sayt.
45. www.yaklass.ru – Maktab o‘quvchilari uchun ta’limiy internet resursi.
46. www.intuit.ru – Milliy ochiq universitet, Rossiya.
47. www.dnevnik.ru – Raqamli ta’lim platformasi, Rossiya.
48. https://www.edx.org/ - onlayn kurslar.
49. https://www.coursera.org/ - onlayn kurslar.
50. https://www.udacity.com/ - onlayn kurslar.

Ⓜ️: innovatsiyalar

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#DOLZARB #eslatma

📌 Konspekt yozmaslik yakuniy nazoratiga kiritmaslikka sabab bo'la oladimi?

Konspekt yozish aslida hech qanday me'yoriy hujjatlarda ham ichki nizomda ham keltirilmagan. Avvallari internet, qo'l telefoni, ma'lumot tashuvchi flesh xotiralar bo'lmagani sabab, o'qituvchilar o'tkan darslar talabalar tomonidan konspekt qilib borilgan va ushbu konspektlarga asosan imtihonlarga tayyorgarlik ko'rilgan. Hozirgi kunga kelib esa o'qituvchilar tomonidan talabalarga konspekt qildirishni go'yoki qonun talab qilayotganidek konspekt qilmagan talabalarga o'zboshimchalik bilan cheklovlar qo'yishmoqda. Konspekt qilishning hech qanday yomon tarafi yo'q, talaba o'z xohishiga ko'ra ma'ruza matnlarini yozib borishi va o'qituvchi buning uchun qo'shimcha ball berishga haqli.

Lekin talaba konspekt qilmagani uchun ma'ruzachi uni yakuniy va oraliq nazoratlariga kiritmaslik huquqiga ega emas. Shu o'rinda talaba joriy nazoratidan o'ta olmagan taqdirda ham ma'ruzachi uni oraliq nazoratiga kiritmaslik huquqiga ega emas. Oldin ham keltirib o'tkanimizdek mustaqil ish topshirmaslik talabani yakuniy nazoratiga kiritmaslikka sabab bo'la olmaydi, shu o'rinda konspekt ham. O'quv semestri davomida talaba joriy va oraliq nazoratlarini hech qanday cheklovlarsiz o'zlashtirib, topshirib boradi. Semestr so'ngida talaba 2ta joriy nazorati va 2ta oraliq nazoratidan umumiy 70 ballning 55 foizi (38.5 ball) va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratiga kiritiladi.

Fan o'qituvchisi tomonidan talaba konspekt yozmagani va mustaqil ish topshirmagani vaj qilinib yakuniy nazoratiga kiritilmasa, "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida"gi nizomining III-bob 19-bandini buzgan hisoblanadi.

📌 Prezident topshirig'iga ko'ra keyingi o'quv yilidan boshlab konspekt, mustaqil ish, kurs ishi va shu kabi o'zini oqlamagan majburiyatlardan voz kechiladi va qonun bilan belgilab qo'yiladi.

❗️Eslatma: Ushbu nizom OTMlarda modul tizimida ta'lim olayotgan talabalarga tegishli. Kredit modul tizimidagi talabalarga taalluqli emas. Ularning o'zini ichki nizomi bor.

P/S: Ushbu post konspekt yozib, uni rasmga olib professor-o'qituvchilarning telegramiga yuborayotgan talabalarning bu masala yuzasidan huquqiy asos so'ragani sabab yozildi.

Yoshlarni qo'llab quvvatlash ma'muriyati

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
💥⁉️ Savol: Bu yilgi kirish test sinovlarida abituriyentlar binoga qo‘lqop, niqob bilan kiritiladi, deyilmoqda. Ushbu himoya vositalarini o‘zimiz tayyorlab qo‘yamizmi yoki taʼminlanadimi?

✅ Javob: Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ham davom etib turgan bir sharoitda 16 martdan O‘zbekistonda koronavirus tarqalishiga qarshi karantin choralari eʼlon qilingan bo‘lsa, 25 martdan eʼtiboran Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar jamoat joylariga niqobsiz chiqqan holat qayd etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – tegishli choralar qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan. Bundan kelib chiqib joriy yilda kirish test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar tibbiyot qo‘lqopi va niqob(maska)lar bilan kelishlari lozim bo‘ladi.

‼️ Manba:
Davlat test markazi rasmiy veb sayti

P.S. Jamoat joyida niqob (maska) majburiyligi tushunarli, hech bo‘lmaganda tibbiyot qo‘lqoplarini kirish joylarida tekinga qo‘yishsa yaxshi bo‘larmidi?

Har holda abituriyentlar ham hujjat topshirish jarayonida 115.000 so‘mdan to‘lashmoqda
.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Maktab bitiruvchilari uchun yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentyabrga qadar tegishli takliflarni ishlab chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administrasiyasiga kiritishi belgilandi.

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi va OTMga kirish imtihonlarini unifikasiya qilish va yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentyabrga qadar umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikasiya qilish va yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administrasiyasiga kiritishi belgilandi.
Shuningdek, belgilab qo‘yilishicha, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Toshkent yuridik universitetining monopoliyasi yakunlandi!

✅ Yurisprudensiya sohasidagi bo'lajak yuristlar (kod: 5240100) yuridik universitetga qo'shimcha ravishda yana kamida 5 ta universitetdan birini tanlash imkoniyati mavjud:

1) Samarqand davlat universiteti
2) Termiz davlat universiteti
3) Namangan davlat universiteti
4) Qoraqalpoq davlat universiteti
5) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

❇️ Toshkent davlat yuridik universitetida 4 ta yangi yo'nalish ochiladi.

Oldingi yillarda ushbu universitetda abituriyentlar hujjatni faqat bitta yo'nalishda – yurisprudensiya bo'yicha topshirishgan. Shuningdek, ikkinchi yildan so'ng, ular tanlagan besh sohadan birini tanladilar.

📌 Yangi yo'nalishlar (ularning kodlari bir xil: 5240100):

1. huquqshunoslik: xalqaro va qiyosiy huquq;
2. yurisprudensiya: davlat huquqiy faoliyati
3. yurisprudensiya: jinoiy-huquqiy faoliyat
4. yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi

Bu yil mazkur 4 yo'nalishda jami 600 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi.

⁉️ Ushbu yo'nalish bo'yicha imtihonlar tarix fanidan (3,2 ball) va chet tilida (3,1 ball) bo'lib o'tadi.

🔆 Yuqoridagi faktlar, o'z navbatida, huquqshunoslikka kirishni istagan abituriyentlar uchun 5 ta yo'nalish tanlash huquqini beradi.

Eslatib o'tamiz, sirtqi va kechki bo'limlar mavjud emas.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Abituriyentlarga yordam: uyda qolib, bepul “onlayn-repetitor” orqali testlarga tayyorlaning!

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugundan boshlab TV orqali “Online-repetitor” loyihasi boshlanganini ma’lum qildi.

Hammaning ham hozirgi yozgi taʼtil vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q.

Shuning uchun “Online-maktab” kanalida (5-8-sinflarnikini o‘rniga) bugundan boshlab “Online-repetitor” rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Endi mamlakatimizning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi.

“Online-repetitor” loyihasini kuzatib boring va TV orqali testlarga bepul tayyorlaning!

Manba: xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifing boshlandi.

Brifing mavzusi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ–4749-son qarori bilan kiritilayotgan yangiliklar.


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Joriy yilda quyidagi toifadagi abituriyentlar uchun alohida davlat granti asosida kvota ajratiladi:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 2068 o‘rin;

Harbiy qo‘mondonlik tavsiyanomasi bo‘lgan shaxslar - 928 o‘rin;

Harbiylarning farzandlari uchun - 2068 o‘rin;

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun - 551 o‘rin;

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun - 1035 o‘rin;

Ijtimoiy kam ta’minlangan toifadagi xotin-qizlar uchun - 940 o‘rin;

So‘x tumanida yashovchi bitiruvchilar - 500 o‘rin.

Imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694ta o‘rin ajratilmoqda (o‘tgan yili qariyb 5 mingta edi).

Ⓜ️: Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Test sinovlarini karantin tugagach 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda.

“Dastlab 5 avgustdan boshlamoqchi edik, lekin keyinchalik bor imkoniyatlarimizni ishga solib, testlarni 1 avgustdan boshlashga qaror qildik”
, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

P/S: Qat'iy karantin ham 1-avgustgacha davom etishi haqida maxsus komissiya qaror qabul qilgan edi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020

🎓 Magistratura bo‘yicha

⁃ Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, OTMga kelmaydi;

⁃ Hujjatlar qabul qilish 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi;

⁃ Imtihonlar 3-15 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Ⓜ️: Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlab olish

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Bu yilgi sinovlarda testlar tarkibiga ham o‘zgartirish kiritilmoqda.

“Bu yil savollar tarkibiga ham alohida e’tibor qaratdik. Odatda 30 ta savol quyidagicha taqsimlangan, ya’ni 6 ta oson, 18 ta o‘rta va 6 ta qiyin. Bu yilgi testlarda oson savollar 3 taga ko‘paytirildi, qiyin savollar esa 3 taga kamaytirildi. Ya’ni abituriyentga 9 ta oson, 18 ta o‘rta, 3 ta qiyin savol tushadi”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev:

“Agar ayrim hududlarda epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa o‘sha hududda test topshirish kunlari yana ortga surilishi mumkin. Maqsad tezgina testlarni o‘tkazib olib, 1 sentyabrdan o‘qishni boshlash emas. Asosiy maqsad abituriyentlarning salomatligini xavf ostiga qoldirmaslik bo‘ladi”.

Ⓜ️: Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oliy ta'lim muassasalariga kirishda imtiyoz berilgan toifalar

Ⓜ️: Davlat test markazi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Bilasizmi

Oylik ish haqidan kontrakt uchun to‘lov amalga oshirilganda, daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar mavjudmi?

Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlardan to‘lov undirish tartibi saqlab qolinadi

Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirish tartibi 2020 yilda ham saqlab qolinadi. Bu haqida yangi o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan imtihonlarda ishtirok etishi uchun to‘lov miqdori 111 500 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari)ni tashkil etmoqda.
«Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar onlayn topshirilganda mablag‘ni turli to‘lov tizimlari (Payme, Click, Paynet singari) orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Abituriyentda mazkur to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, unga hisob raqami chiqarib beriladi, bankka borib to‘lovni amalga oshiradi. Bu borada to‘lovning har qanday usuli orqali imkoniyat yaratish masalasi ko‘rilmoqda»
, dedi Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev.
Davlat test markazi direktori Majid Karimovning so‘zlariga ko‘ra, to‘lov summasini hujjatlarni qabul qilishning eng oxirgi muddati – 20 iyulgacha o‘tkazish mumkin.
«Abituriyent hujjatlarini 1 iyulda topshirgan taqdirda ham, to‘lovni 20 iyulgacha topshirishi mumkin», dedi u.

Ma’lumot uchun, abituriyentlar hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari (belgilangan hududlarda), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (barcha hududlarda) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (dtm.uz) orqali topshirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori bilan test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun to‘lov undirilishi belgilangan
edi. 
Masalan, 2019 yilda va undan avval maktabni (kasb-hunar kollejini, akademik liseyni yoki oliy ta’lim muassasasini) bitirgan abituriyentlar 2020 yilda to‘lov to‘lashlari kerak bo‘ladi. To‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarini tashkil etadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Toshkentda baholarini qo‘ydirib berish evaziga 150 dollar pora talab qilgan kollej o‘qituvchisi ushlandi.

P.S: OTMlarda ham kuchaytirilgan nazorat oʻtkazish kerak. Kalamushlar 🐀 ushlanar edi shunda 😄


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA