Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Maktab bitiruvchilari uchun yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentyabrga qadar tegishli takliflarni ishlab chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administrasiyasiga kiritishi belgilandi.

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi va OTMga kirish imtihonlarini unifikasiya qilish va yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentyabrga qadar umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikasiya qilish va yagona imtihonni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administrasiyasiga kiritishi belgilandi.
Shuningdek, belgilab qo‘yilishicha, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Toshkent yuridik universitetining monopoliyasi yakunlandi!

✅ Yurisprudensiya sohasidagi bo'lajak yuristlar (kod: 5240100) yuridik universitetga qo'shimcha ravishda yana kamida 5 ta universitetdan birini tanlash imkoniyati mavjud:

1) Samarqand davlat universiteti
2) Termiz davlat universiteti
3) Namangan davlat universiteti
4) Qoraqalpoq davlat universiteti
5) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

❇️ Toshkent davlat yuridik universitetida 4 ta yangi yo'nalish ochiladi.

Oldingi yillarda ushbu universitetda abituriyentlar hujjatni faqat bitta yo'nalishda – yurisprudensiya bo'yicha topshirishgan. Shuningdek, ikkinchi yildan so'ng, ular tanlagan besh sohadan birini tanladilar.

📌 Yangi yo'nalishlar (ularning kodlari bir xil: 5240100):

1. huquqshunoslik: xalqaro va qiyosiy huquq;
2. yurisprudensiya: davlat huquqiy faoliyati
3. yurisprudensiya: jinoiy-huquqiy faoliyat
4. yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi

Bu yil mazkur 4 yo'nalishda jami 600 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi.

⁉️ Ushbu yo'nalish bo'yicha imtihonlar tarix fanidan (3,2 ball) va chet tilida (3,1 ball) bo'lib o'tadi.

🔆 Yuqoridagi faktlar, o'z navbatida, huquqshunoslikka kirishni istagan abituriyentlar uchun 5 ta yo'nalish tanlash huquqini beradi.

Eslatib o'tamiz, sirtqi va kechki bo'limlar mavjud emas.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️Abituriyentlarga yordam: uyda qolib, bepul “onlayn-repetitor” orqali testlarga tayyorlaning!

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugundan boshlab TV orqali “Online-repetitor” loyihasi boshlanganini ma’lum qildi.

Hammaning ham hozirgi yozgi taʼtil vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q.

Shuning uchun “Online-maktab” kanalida (5-8-sinflarnikini o‘rniga) bugundan boshlab “Online-repetitor” rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Endi mamlakatimizning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi.

“Online-repetitor” loyihasini kuzatib boring va TV orqali testlarga bepul tayyorlaning!

Manba: xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligidagi qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifing boshlandi.

Brifing mavzusi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ–4749-son qarori bilan kiritilayotgan yangiliklar.


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Joriy yilda quyidagi toifadagi abituriyentlar uchun alohida davlat granti asosida kvota ajratiladi:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 2068 o‘rin;

Harbiy qo‘mondonlik tavsiyanomasi bo‘lgan shaxslar - 928 o‘rin;

Harbiylarning farzandlari uchun - 2068 o‘rin;

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun - 551 o‘rin;

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun - 1035 o‘rin;

Ijtimoiy kam ta’minlangan toifadagi xotin-qizlar uchun - 940 o‘rin;

So‘x tumanida yashovchi bitiruvchilar - 500 o‘rin.

Imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694ta o‘rin ajratilmoqda (o‘tgan yili qariyb 5 mingta edi).

Ⓜ️: Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Test sinovlarini karantin tugagach 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda.

“Dastlab 5 avgustdan boshlamoqchi edik, lekin keyinchalik bor imkoniyatlarimizni ishga solib, testlarni 1 avgustdan boshlashga qaror qildik”
, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

P/S: Qat'iy karantin ham 1-avgustgacha davom etishi haqida maxsus komissiya qaror qabul qilgan edi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020

🎓 Magistratura bo‘yicha

⁃ Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, OTMga kelmaydi;

⁃ Hujjatlar qabul qilish 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi;

⁃ Imtihonlar 3-15 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Ⓜ️: Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlab olish

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul_2020
📌 Bu yilgi sinovlarda testlar tarkibiga ham o‘zgartirish kiritilmoqda.

“Bu yil savollar tarkibiga ham alohida e’tibor qaratdik. Odatda 30 ta savol quyidagicha taqsimlangan, ya’ni 6 ta oson, 18 ta o‘rta va 6 ta qiyin. Bu yilgi testlarda oson savollar 3 taga ko‘paytirildi, qiyin savollar esa 3 taga kamaytirildi. Ya’ni abituriyentga 9 ta oson, 18 ta o‘rta, 3 ta qiyin savol tushadi”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev:

“Agar ayrim hududlarda epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa o‘sha hududda test topshirish kunlari yana ortga surilishi mumkin. Maqsad tezgina testlarni o‘tkazib olib, 1 sentyabrdan o‘qishni boshlash emas. Asosiy maqsad abituriyentlarning salomatligini xavf ostiga qoldirmaslik bo‘ladi”.

Ⓜ️: Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Oliy ta'lim muassasalariga kirishda imtiyoz berilgan toifalar

Ⓜ️: Davlat test markazi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Bilasizmi

Oylik ish haqidan kontrakt uchun to‘lov amalga oshirilganda, daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar mavjudmi?

Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlardan to‘lov undirish tartibi saqlab qolinadi

Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun to‘lov undirish tartibi 2020 yilda ham saqlab qolinadi. Bu haqida yangi o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan imtihonlarda ishtirok etishi uchun to‘lov miqdori 111 500 so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari)ni tashkil etmoqda.
«Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar onlayn topshirilganda mablag‘ni turli to‘lov tizimlari (Payme, Click, Paynet singari) orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Abituriyentda mazkur to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, unga hisob raqami chiqarib beriladi, bankka borib to‘lovni amalga oshiradi. Bu borada to‘lovning har qanday usuli orqali imkoniyat yaratish masalasi ko‘rilmoqda»
, dedi Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev.
Davlat test markazi direktori Majid Karimovning so‘zlariga ko‘ra, to‘lov summasini hujjatlarni qabul qilishning eng oxirgi muddati – 20 iyulgacha o‘tkazish mumkin.
«Abituriyent hujjatlarini 1 iyulda topshirgan taqdirda ham, to‘lovni 20 iyulgacha topshirishi mumkin», dedi u.

Ma’lumot uchun, abituriyentlar hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari (belgilangan hududlarda), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (barcha hududlarda) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (dtm.uz) orqali topshirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori bilan test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun to‘lov undirilishi belgilangan
edi. 
Masalan, 2019 yilda va undan avval maktabni (kasb-hunar kollejini, akademik liseyni yoki oliy ta’lim muassasasini) bitirgan abituriyentlar 2020 yilda to‘lov to‘lashlari kerak bo‘ladi. To‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarini tashkil etadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Toshkentda baholarini qo‘ydirib berish evaziga 150 dollar pora talab qilgan kollej o‘qituvchisi ushlandi.

P.S: OTMlarda ham kuchaytirilgan nazorat oʻtkazish kerak. Kalamushlar 🐀 ushlanar edi shunda 😄


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Bilasizmi ❓

Sirtqi taʼlim - ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va oʻrta maxsus maʼlumot olish shakli. Kunduzgi taʼlim shaklidan talaba (oʻquvchi)larning mustaqil oʻqishi bilan farq qiladi. Sirtqi taʼlim muayyan sohadan maʼlumot olish shakli sifatida 19-asrning oxirlarida Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda joriy etilgan boʻlib, ular dastlab eksternat shaklida texnik, harbiy va pedagogik maʼlumot olishga, shuningdek, savod oʻrganishga yoʻnaltirilgan. 20-asrning 20-yillarida oliy taʼlim muassasalarida Sirtqi taʼlim kurslari, keyinchalik boʻlimlari va hozirgi kunda amal qilinayotgan shakllari paydo boʻldi.

Oʻzbekistonda Sirtqi taʼlim 1938 yildan tashkil etildi. Shu yili Oʻrta Osiyo universitetida sirtqi boʻlim tuzildi. Hozir Sirtqi taʼlim oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan maxsus markaz, boʻlim va fakultetlarda amalga oshiriladi. Unda taʼlimning asosiy qismi (60— 70%) talaba (oʻquvchi)larning mustaqil bilim olishiga asoslangan boʻlib, ular 1 yilda 2 marta kunduzgi taʼlim shaklida oʻquv fanlaridan maʼruzalar tinglaydilar hamda semestrlar boʻyicha imtihonlar topshiradilar.

Oʻrta maxsus hamda oliy oʻquv yurtlarida Sirtqi taʼlim oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarining sirtqi fakultet (boʻlim)larida olib boriladi. Darslik va dasturlar, odatda, kunduzgi va Sirtqi taʼlim tizimida umumiy boʻladi. Sirtqi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida (fakultet, boʻlimlarida) taʼlimning predmetkurs tizimi qabul qilingan. Sirtqi taʼlim tizimining mazmuni, talabalar (oʻquvchi)lar tomonidan oʻzlashtiriladigan bilimlarning majburiy minimal darajalari, shuningdek, kirish imtihonlari kunduzgi taʼlim shakli bilan bir xil boʻladi. Taʼlimning sirtqi va kunduzgi boʻlimlarini bitirgan mutaxassislar uchun bir xil namunadagi diplom beriladi. Sirtqi taʼlimda qishloqxoʻjaligi, iqtisodiyot, aloqa va ayniqsa, pedagogika boʻyicha eng koʻp mutaxassis tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Sirtqi taʼlim shakli sogʻliqni saqlash tizimi uchun mutaxassislar tayyorlashda qoʻllanilmaydi.

Sirtqi taʼlim boʻyicha kasb-hunar kollejlariga tayanch umumiy oʻrta taʼlim (9 yillik), oliy oʻquv yurtlariga kasb-hunar kollejlari, akademiklitsey va umumiy oʻrta taʼlim maktablarini bitirganlar yoshlaridan qatʼi nazar qabul qilinadilar.

Oʻzbekistonda 2000/2001 oʻquv yilidan boshlab maxsus Sirtqi taʼlim shakli joriy etilgan boʻlib, unga oʻrta maxsus maʼlumot hamda 3 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan pedagog xodimlar mos yoʻnalishlar boʻyicha qabul qilinadilar. Oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida sirtdan taʼlim olayotganlar uchun ularning asosiy ish joylaridan belgilangan tartibda imtiyozlar beriladi. Oʻzbekistonda ayrim fanlar boʻyicha televizion oʻquv koʻrsatuvlari, televizion olimpiadalar (asosan, umumiy oʻrta taʼlim boʻyicha) kabi Sirtqi taʼlim shakllari ham amal qiladi. 2002/2003 oʻquv yili Oʻzbekistondagi 45 oliy taʼlim muassasasida 61 ming talaba, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 73,7 ming oʻquvchi sirtdan taʼlim oldi. Oʻzbekistonda 1998 yilgacha umumiy oʻrta taʼlim tizimida, 2002 yilgacha aspirantura tizimida ham Sirtqi taʼlim mavjud boʻlgan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarga qo‘shimcha 4 foizli davlat granti ajratilishi tartibi bo‘yicha ma’lumot berildi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
«Iyun oyi oxirida barcha OTMlarda o‘quv jarayonlari yakunlanadi. Hozirda masofaviy ta'limda ishtirok eta olmagan talabalar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Iyul-avgust oylarida ular uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilinadi.

Talaba «yashil» hududda bo‘lsa, OTMga chaqirtirilib joylashtiriladi, pedagoglar tomonidan tarqoq holda darslar o‘tiladi.

Talaba «qizil» zonada bo‘lsa, universitet yoki tumandagi kollejlar orqali kompyuterdan foydalanish, internetga kirish uchun imkoniyat yaratib beriladi. Ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, masofaviy tarzda mashg‘ulotlar olib boriladi»
, – Majidov.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vazir: Masofadan o‘qiy olmagan talabalar uchun yoz oylarida darslar tashkillashtiriladi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning aytishicha xotin-qizlarga ajratilgan 4%lik kvota uchun beriladigan tavsiyanomalarni 2 kundan so'ng MFYdan borib olishlari mumkin bo'ladi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanomalar quyidagi mezonlar asosida beriladi:

- kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va to‘lov kontraktini to‘lashga layoqatsiz bo‘lgan oilalar;

- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan beva ayollarning (er) qizlari;

- otasi yoki onasi nogiron bo‘lgan va kam ta’minlangan oilalar;

- og‘ir uy-joy sharoitlarida yashayotgan va doimiy uy-joyiga ega bo‘lmagan oilalar;

- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan kam ta’minlangan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;

- nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalar;

- oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan bir necha baravar past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin hududlarda yashovchi oilalar farzandlari uchun ularni o‘z hududida muyyan muddat ishlash sharti bilan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
👍1
​#Tezkor_xabar

tel: +994555906838
tel: +994555906837
tel: +994555906831
tel: +995969922742

yoki istalgan +994 va +995
raqamlardan telefon qilishyapti.

Bular shunchaki gudok tashayapti.

Agar siz ularga qaytarib telefon qilsangiz 3 sekund ichida kontaklaringizni ko‘chirib olyapti, agar telefoningizga bank kartangiz ulangan bo‘lsa uniyam yechib olyapti.

Kod: +994 Azarbayjon ekan

Bu tuzoq, Ular sim kartangizga ulanib olib, qabix niyatlarini amalga oshirishmoqchi.

❗️ Hech qachon bu raqamlardan telefon kelsa javob bermang.

Do‘stlarga va GRUPPARGA yuboring, Bu haqida barchani ogohlantiring.👇👇
Do'stlarga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA