Talaba.uz | Ta'lim portali
5.5K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
No comment)))

Abituriyentlarga ulashing👇👍
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
Qabul–2020. Eng muhim ma’lumotlar

▪️Bu yil 1 million 270 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda

▪️Test sinovlari 3 smenada bo‘ladi

▪️Har bir smenada 25 ming abituriyent test topshiradi, abituriyentlar orasi 3 metr bo‘ladi

▪️Kirish imtihonlari (test) 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkaziladi

▪️Imtihon jarayoni onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi

▪️Avvalgi yillarda bitirgan
abituriyentlardan 111,5 ming soʻm "минималка" olinadi.

▪️Ushbu to‘lov I va II gurux nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda davlat ta’minotidagi chin yetimlardan undirilmaydi.

🎓 Ijodiy va kasbiy imtihonlar bor yo‘nalishlarda sinov qanday bo‘ladi?

▫️OTMga hamma abituriyent kelib yig‘ilmaydi

▫️OTMlar hududiy imtihon komissiyasini tashkil qiladi

▫️Abituriyentlar o‘z hududida ijodiy imtihon topshiradi

▫️Imtihonlar 1 soat bo‘ladi

▫️Abituriyent imtihonga faqat bir marta keladi. Shu bir kelganda barcha imtihonini topshirib ketadi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​#Болаликка_чипта

— Салом, менга чипта беринг. Бир томонга, фақат уёққа.
— Бир томонга бўлмайди. Бориш-келиш.
— Хўп, бўлмаса бориш-келишга беринг. Бугунга!
— Бугунга йўқ.
— Бўлмаса қачонга бор? Энг яқин вақтга жуда керак!
— Энг яқини... Кечиринг, ўн йил кейинга бор.
— Беринг. Тўла бир кунга!
— Бир кунга йўқ!
— Илтимос, ҳеч бўлмаса бир соатга.
— Фақатгина бир минутга бор.
— Майли, бир минутга бера қолинг.
— Мана ушланг. Сизнинг болалик даврингизга чиптангиз!
— Катта раҳмат!
— Ҳмм... Сўрасак майлими?
— Aлбатта.
— Бор-йўғи бир минутда сиз болалигингизда нима қилмоқчисиз? Нима қилишга улгурасиз?
— Мен ота-онамни қаттиқ-қаттиқ қучоқлайман, икковини, бир вақтда!!!


Сизчи? Агар 1 дақиқа болаликка қайтсангиз нима қилишга улгурасиз? Комментарияда ўз фикрингизни қолдиринг.👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Davlat test markazi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

2020-yil 22-iyun
kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazida Davlat test markazi vakillari ishtirokida “2020-yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarini pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda tashkil etish, qo‘yilayotgan talablar, o‘zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumani davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini bugungi sharoitdan kelib chiqqan holda tashkil etish va o‘tkazish, abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida test sinovi jarayonlarini soddalashtirishga oid amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlanadi.

Tadbirga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etamiz.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#tezkor
📌 KARANTIN SABAB TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTIDA 2020/2021 O‘QUV YILI UCHUN TO‘LOV-KONTRAKT SUMMASI ARZONLASHTIRILADI

Toshkent farmasevtika instituti ham 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlarini bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlaridan kelib chiqgan xolda belgilash rejalashtirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus karantini sababli to‘lov-kontrakt miqdori kamaytirilmoqda va taxminiy 14 million so‘m miqdorida bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, agar real xarajatlar hisobga olinsa 14 million so‘mdan anchagina ko‘p bo‘ladi.

✅ Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasasida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati xam tomonlarning o‘zaro kelishuv bilan shartnoma asosida belgilanadi.

Institut matbuot xizmati

P/S: O'zini o'zi moliyalashtirmayotgan OTMlar ham tezroq kontrakt miqdorini kamaytirsa yaxshi bo'lar edi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Karantin boshlangandan keyin jizzaxlik talabalarning dardi...😂😂

Talabalarga ulashamiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Abituriyentgayordam
Ona tili va adabiyot, Chet tili
fanlar majmuasidan test topshiriladigan yo‘nalishlar
(davomi)👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Abituriyentgayordam
Ona tili va adabiyot, Chet tili
fanlar majmuasidan test topshiriladigan yo‘nalishlar

©"Ma'rifat" gazetasi

Davomi👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​O‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tgan OTMda to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmaydi

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirmaslikka qaror qilindi.

Joriy yilning 19 iyun kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan 10ta OTM rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazildi. Majlisda to‘lov-kontrakt asosda o‘qitish qiymatini belgilash masalasi muhokama qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, prezidentning 2020 yil 12 iyundagi “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-4749-sonli qarorida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosda o‘qitish qiymatini belgilash huquqi berilgan.

Bunda o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma’lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qilishi belgilandi.

“Muhokamalar yakunida pandemiya sharoitidan kelib chiqib, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, talaba-yoshlarning tahsil olishi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash maqsadida 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirmaslikka qaror qilindi.

Bir yillik shartnoma qiymati mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanishini inobatga olib, ushbu miqdor o‘zgarganda masalani qayta ko‘rib chiqishga kelishib olindi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi 967-sonli qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan 10ta OTM tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan.


Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
dtm.uz saytining abituriyentlarga blanka berish jarayonidagi muammo.

Hozircha UPay tizimida yo'lga qo'yilmagan. Kamiga sayt hali ham test rejimida ishlamoqda. Demak, bu degani abituriyentlarning ma'lumotlari sayt tomonidan yo'qotilsa, bunga kim javobgar bo'ladi?

To'lov masalasiga qaytadigan bo'lsak, hali online to'lovda mavjud bo'lmagan usul viloyatlardagi banklarga yetib kelishi qanchalik qiyin bo'ladi?

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Online hujjat topshirish jarayoniga oid savollar
#abituriyent

⚡️Bu yil abituriyentlar abitur.dtm.uz yoki my.gov.uz veb saytlari orqali online hujjat topshiradilar.

✅ Shuningdek, Maxsus komissiya tasdiqlab bergan hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali ham hujjat topshirish mumkin. Ya'ni DXMlar barcha joyda hujjat qabul qilmaydi, faqat ayrim hududlarda ishlaydi. Bu ko'proq yashil hududlarda bo'lsa kerak.

❌ OTMga borib hujjat topshirilmaydi.

⚡️Abituriyentlar online ro'yxatdan o'tayotganda JSHSHIR raqam kiritadilar.

📎 JSHSHIR raqam nima va uni qanday aniqlash mumkinligi bu yerdan bilib olishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/6086

⚡️Online hujjat topshirish jarayonida kerak bo'ladigan hujjatlar:

✔️ Pasport
✔️ Shahodatnoma yoki Diplom
✔️ Imtiyoz beruvchi hujjat (agar ega bo'lsangiz)

❗️Sizdan yuqoridagi hujjatlarning asli yoki skaner qilingan nusxasi talab qilinmaydi. Faqatgina hujjatlardagi ma'lumotlar tizimga kiritiladi xolos.

❗️Ammo imtiyoz beruvchi hujjatlar bundan mustasno. Ya'ni ushbu hujjatning skaner qilingan shakli ham jo'natiladi.

❌ Sizdan talab e'tilmaydi:

🔖 Rasm
🔖 MFYdan ma'lumotnoma
🔖 Tibbiy ma'lumotnoma...

❗️Sizda doimiy ishlaydigan telefon raqam bo'lishi kerak. Chunki DTM bazasidan keladigan SMS xabarni siz tasdiqlashingiz kerak bo'ladi.

⚡️Online hujjat topshirish jarayoni 20-iyulga qadar davom etadi.

📎 Batafsil ushbu videoda👇
https://dtm.uz/post/view/dtm-sayti-orqali-ro-yxatdan-o-tish

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
20.06.2020_18_00 holati.pdf
315.1 KB
💥💥💥14 524 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

Bugun, 20 iyun kunidan boshlab 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi.

Qabulning birinchi kunida respublika bo‘yicha jami 14 524 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Manba: Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi

❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating

Talaba va abituriyentlar kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Test sinovlarini 1 avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda.

“Dastlab 5 avgustdan boshlamoqchi edik, lekin keyinchalik bor imkoniyatlarimizni ishga solib, testlarni 1 avgustdan boshlashga qaror qildik”

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Tezkor #Tarqating

🇺🇿 BUGUN 21 iyun kuni — O‘zbekistonning hamma hududida noyob hodisa, qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi.

Toshkent vaqti bilan ushbu hodisa soat 10:01 da boshlanadi va Quyosh tutilishi 2 soat 59 daqiqa davom etadi.

❗️Tutilishni o‘tkazib yubormaslik uchun barcha gruppalarga tarqating quyosh tutilishini guvohi bo‘lishsin.👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Quyosh tutilishi

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Quyosh tutilishi (2-rasm)😍

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OTMlar murojaat markazlari.pdf
415.6 KB
Davlat oliy ta’lim muassasalari qo‘ng‘iroqlar (koll) markazlari raqamlari

❗️Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar!

2020-2021-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlari o‘tkazish muddati tobora yaqinlashib kelmoqda. 20-iyundan boshlab, onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Shuningdek murojaatlar oqimi keskin ko‘payib bormoqda.

Shularni hisobga olib, abituriyentlarga yordam sifatida davlat oliy ta’lim muassasalarining qo‘ng‘iroqlar (koll) markazlari raqamlari ro‘yxati e’lon qilindi. Barcha tegishli masalalar yuzasidan ro‘yxatda keltirilgan telefon raqamlari orqali bevosita bog‘lanishingiz va savollaringizga to‘liq javob olishingiz mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
21.06.2020.pdf
606.5 KB
2020-2021-o’quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni (2020-yil 21-iyun 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 31 896 nafar.
Shundan joriy yil bitiruvchilari 13 431 nafar.

✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi
ta’lim shakli – 19 872 nafar;
👉 Sirtqi
ta’lim shakli – 11 412 nafar;
👉 Kechki
ta’lim shakli – 612 nafar.

✅ OTMlar joylashgan hudud bo‘yicha:

👉 Andijon viloyati – 2 934 nafar;
👉 Buxoro viloyati – 1 261 nafar;
👉 Farg‘ona viloyati – 1 808 nafar;
👉 Jizzax viloyati – 852 nafar;
👉 Namangan viloyati – 1 642 nafar;
👉 Navoiy viloyati – 1 061 nafar;
👉 Qashqadaryo viloyati – 1 403 nafar;
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 891 nafar;
👉 Samarqand viloyati – 3 149 nafar;
👉 Sirdaryo viloyati – 838 nafar;
👉 Surxondaryo viloyati – 1 749 nafar;
👉 Toshkent shahri – 11 747 nafar;
👉
Toshkent viloyati – 1 846 nafar;
👉 Xorazm viloyati – 715 nafar.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Abiturientlar uchun maxsus video ✅

Hammaga Assalomu Alaykum! 😊🙌

Har yilgi Universitetga kirish imtixonlari va an’anaviy IELTS imtixonlari yaqinligi sababli o’quvchilarimiz bilan imtixon oldi maslahatlar bilan ulashdim! O’ylaymanki barcha abituriyentlar uchun foydali bo’ladi 🔥🚀

⭕️ Videoni tamosha qiling va do’stlaringiz bilan ulashing!

#hammani_ruhlantiramiz🚀
Ⓜ️ Jahongir Pulatov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
📌 Pasporti yo‘qolgan yoki almashtirish uchun topshirgan abituriyentlar nima qiladi?

Ayrim hollarda abituriyentlar pasportini bexosdan yo‘qotib qo‘yadi, yoki turli sabablar bilan pasport almashtirish (yangisini olish) uchun hujjat topshirgan bo‘ladi.

Abituriyent hujjatlarini “pasport stol”ga topshirgan bo‘lsa-yu, lekin hali yangi pasporti tayyor bo‘lmagan va eng asosiysi hujjat topshirishning eng so‘ngi sanasigacha (20 iyul) tayyor bo‘lishiga ko‘zi yetmasa, unda quyidagi tartibda hujjat topshirishi zarur:

1) pasport almashtirish uchun ariza topshirgan “pasport stolga” yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risida murojaat qilinadi;
2) IIB haqiqatdan pasport almashtirish uchun topshirganligini tasdiqlab, maxsus 09-shakl (Forma-09) ko‘rinishidagi ma’lumotnoma to‘ldirib beradi;
3) 09-shaklda fuqaroning surati va pasportda ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar (identifikasiya raqami, pasport seriyasi va raqami) aks ettirilib, ushbu ma’lumotnoma maxsus muhr bilan tasdiqlanadi;
4) tayyor bo‘lgan 09-shakl vaqtinchalik pasport o‘rnini bosadi;
5) ushbu hujjat bilan bemalol OTMga hujjat topshirish mumkin.

Bu hujjat topshirgungacha bo‘lgan vaziyat uchun taalluqli javob.

Lekin boshqa vaziyatlarda, ya’ni abituriyent ro‘yxatdan pasport orqali o‘tgan bo‘lsayu, ammo testgacha pasportini yo‘qotib (o‘g‘irlatib, shikast yetkazib) qo‘ygan bo‘lsa, unda 09-shakl bilan test sinovlariga kiritiladimi yoki yo‘qmi, degan savolga menda aniq javob yo‘q.

Shuningdek, yuqoridagi holatning teskarisi bo‘lishi mumkin, ya’ni 09-shakl bilan ro‘yxatdan o‘tib, testgacha pasporti tayyor bo‘lgan bo‘lsa, pasport bilan kirishi mumkinmi yoki 09-shakl bo‘lishi shartmi?

Menimcha, ikkala holatda ham testga kirishda muammo bo‘lmasa kerak. Yana ham rasmiylar bu vaziyatga oydinlik kiritishlarini so‘rab qolamiz.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA