Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊Assalom-u alaykum, qadrdonim! JUMA tongi muborak bo'lsin.

Do'stlaringizga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil oʻqishga kirish osonmi...?

✅ Bu yil chet el universitetlariga kirish qiyinlashadimi...?

✅ Koronavirus imkoniyatlarimizni cheklamaydimi...?

✅ Izlagan imkon topadi, izlamagan bahona topadi...!

"Hasan va Husan Mamasaidov"lar tomonidan bu mavzu haqida video, koʻring va ulashing.
Ⓜ️ VoronkaUz

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Magistraturaga qabul jarayonlarida yangiliklar yaratildi

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bir necha fanlarni imtihonlaridan o'ta olmaganman, lekin do'stim hamma fanlardan a'lo baholarga o'tgan....

Hozir o'sha do'stim "Microsoft"da injiner lavozimida ishlamoqda....

Men esa "Microsoft" egasiman

© Bill Gates

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Bu yil OTM larni tugatayotgan bitiruvchi Bakalavr lar Elektronni Quar Codli Diplom ko'rinishi.

http://qrdiplom.edu.uz Bu sayt orqali 2020-2021 yil OTM bituruvchilari uchun Elektronni Quar Codli diplom berishi nazarda tuilgan. Barcha bitiruvchilarga ulashing.

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Oliy ta'lim muassasalaridagi bo‘sh ish o‘rinlar nega ommaga e'lon qilinmaydi? Muammo, tahlil, takliflar

Oliy ta'lim sifati ko‘p jihatdan ta'lim jarayonining asosiy ishtirokchilari bo‘lgan pedagog xodimlarning bilimi, ilmiy salohiyati, kasbiy mahoratiga bog‘liq. Bu esa ko‘p jihatdan oliy ta'lim muassasalaridagi pedagog xodimlar bo‘sh ish o‘rinlari ommaga ochiq e'lon qilinganiga, ishga olish jarayoni qay darajada ochiq, shaffof, xolis va sog‘lom raqobat asosida tashkil etilganiga bog‘liq....

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 3-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 371 930 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 207 969 nafar (55,92 %).


✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 242 075 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 124 145 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 5 710 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 325 425 nafar;
👉 Rus tili – 37 260 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 8 084 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 161 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 23 269 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 20 296 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 14 693 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti – 14 445 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 14 365 nafar.

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020 #Magistratura #AbituriyentgaEslatma #AbituriyentgaTavsiya

DIQQAT, E’LON!

MAGISTRATURAGA O‘QISHGA KIRISH UCHUN HUJJATLARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZUVCHILAR DIQQATIGA!

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Mazkur hujjat topshirish jarayonida TEST SINOVLARI topshiriladigan HUDUD belgilanishi lozim.

‼️ Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil” hududlarga o‘zgarish ehtimolligi saqlanib qolmoqda. Shu bois, talabgorlar TEST SINOVLARI topshiriladigan hudud sifatida O‘ZI bugungi kunda YASHAB TURGAN hududni belgilashi TAVSIYa ETILADI.

Shundagina vaqtni ortiqcha sarflash cheklanadi va masofani bosib o‘tishga ehtiyoj yuzaga kelmaydi.

➡️ Veb-saytga bu yerdan o‘tish mumkin: magistr.edu.uz

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi ““MEI” Milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali 2020 yil 1 iyuldan 31 iyulgacha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilishni boshlaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Uchta OTMga rektor tayinlandi

Hukumat qarori (420-son, 03.07.2020 y.) bilan:

➖ G'ayrat Azatovich Muratov Toshkent shahridagi Adju universitetining rektori etib;

➖ Kamal Saidakbarovich Rizayev Toshkent farmasevtika institutining rektori etib;

➖ Jamshid Shuxratullayevich Inoyatxodjayev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
#xushnudbek

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#milliysertifikat
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari

✅ Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarida qatnashish maqsadida mart va aprel oylari uchun ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar uchun test sinovlari 2020-yil 7-8-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Test joyi, kuni va vaqtini “Shaxsiy kabinet”ingiz orqali bilib olishingiz mumkin.

🔖 Test sinovi topshiriladigan bino hududiga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma) bilan kelishingiz so’raladi.

❕ Eslatma: Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo’shimcha test sinovi o’tkazilmaydi.

Barchangizga omad tilaymiz!!!

Davlat test markazi


🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига: «Қабул-2020» лойиҳаси ишга тушди!

Мана, қабул жараёнларининг бир неча куни ортда қолди ва 400 мингга яқин абитуриентлар онлайн рўйхатдан ўтиб бўлишди. Лекин шундай бўлса-да жуда кўп абитуриентлар онлайн рўйхатдан ўтишда бироз муаммоларга дуч келаётганини ёки 5та йўналиш танлашда қийналишаётганини маълум қилишмоқда.

Кўплаб талаб ва истакларни инобатга олиб, гарчи бироз кечроқ бўлса ҳам, Сизлар учун янги хизматни таклиф қилмоқчимиз.

Абитуриентларни ҳуқуқий ҳимоя қилиш ҳамда уларга қабул жараёнлари бўйича керакли маслаҳатларни бериш мақсадида «Қабул-2020» лойиҳаси ишга тушди.

👉 qabul2020.uz 👈

Ушбу хизматдан фойдаланиш учун абитуриентлар 2 хил тарифни танлаши мумкин.

1) VIP тарифи.

Бунда абитуриентга тўлиқ профессионал хизмат кўрсатилади.

Токи онлайн рўйхатдан ўтишдан тортиб, бешта йўналиш танлашгача, тест натижаларини билиб беришдан тортиб, апелляция жараёнларигача, ҳаттоки, абитуриент талаба бўлгач таълим кредити олишда кўмаклашишдан тортиб, кира олмай қолса супер-контрактни расмийлаштиришгача бўлган барча жараёнларда абитуриентлар ҳуқуқий ҳимояга олинади.

Шунингдек, абитуриент билан телефон орқали малакали репетитор ўқитувчилар боғланиб, улардан бирламчи тест олишади ва билимларини баҳолаб, қайси йўналишларга топшириш кераклиги бўйича маслаҳат беришади.

Абитуриент ўзига бириктирилган мутахассисга қабул жараёнларига оид исталганча ҳуқуқий саволлари ёки тушунмаган жойлари бўйича мурожаат қилиши мумкин бўлади.

2) Оддий тариф.

Бунда абитуриент билан Телеграм орқали доимий алоқа ўрнатилади ва унинг ҳуқуқий саволларига тушунтиришлар бериб борилади. Шунингдек, абитуриент онлайн рўйхатдан ўтказиб берилади, унга бешта йўналиш танлашда кўмак берилади.

Юқоридаги хизматлар — пуллик. Чунки ушбу лойиҳада катта жамоа меҳнат қилади.

Агар Сизда тўлов қилиш имконияти бўлмаса, унда хавотирга ёки тушкунликка тушиш шарт эмас. Сиз бемалол бепул асосда ДТМ сайти ёки Ягона портал орқали ўзингиз ҳужжат топширишингиз ҳам мумкин. Бу унчалик қийин иш эмас аслида.

👉 qabul2020.uz 👈

Лекин ўз ишининг усталаридан профессионал хизматга эҳтиёжингиз бўлса, унда qabul2020.uz сайтига киринг ва ўзингизга маъқул келган хизматга буюртма беринг. Қисқа фурсатларда операторлар Сиз билан боғланишади.

Ишонинг, бу лойиҳа Сиз учун жуда қизиқ бўлади. Ва биз учун ҳам, албатта.
#xushnudbek

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 400 000 dan oshdi

2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 4-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 400 989 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 222 344 nafar (55,45 %).

✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 259 638 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 135 164 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 6 187 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 350 871 nafar;
👉 Rus tili – 39 980 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 8 908 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 230 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 24 748 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 21 432 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 15 789 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 15 565 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti – 15 458 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Los Angelesdagi "Samarqand"da kimlar yashaydi? Amerikaga birinchi kelgan O'zbeklar ko'chasi!!!

#MrOtabekTV

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​MILLION DOLLAR MUKOFOT...!
Ming yillik masalalari!!!


Kley matematika instituti tomonidan e'lon qilingan "ming yillik masalalari" (Millennium Prize Problems) uzoq yillardan beri isboti topilmayotgan yetita matematik muammodan iborat. Bu masalalarning har birining yechimi uchun Kley instituti million AQSH dollari miqdorida mukofot va'da qilgan. Kley instituti mukofotni e'lon qilarkan, uni 1900-yilda e'lon qilingan Gilbert muammolari bilan qiyosladi. O'sha muammo uchun va'da qilingan mukofot XX-asr matematiklariga juda katta ta'sir o'tkazgani ta'kidlandi. Gilbert muammolari 23 ta masaladan iborat edi. Ulardan aksariyati hozir yechimi topilgan. Yechimsiz qolganlaridan biri-Riman gipotezasi "Ming yillik masalalari"ga ham kiritilgan.

Hozirgacha ushbu yetti masaladan faqat bittasigina yechimini topdi: Peterburglik matematik olim Grigoriy Yakovlevich Perelman "Puankare" gipotezasi isbotini topib, yechimini e'lon qildi.

Qolgon oltita muammo esa hamon yechimini kutmoqda, ular:

P- NP klasslarining tengligi nazariyasi

Xodj gipotezasi

Riman gipotezasi

Yang - Mills nazariyasi

Navy - Stoks tenglamalari

Berch va Svinerton-Dayer gipotezasi

P.S. Peterburglik matematik olim Grigoriy Yakovlevich Perelman 2010-yil "Puankare" gipotezasi isbotini topib, yechimini e'lon qildi. Ammo u mukofotdan voz kechdi. U o‘zi va yolg‘iz onasi uchun beriladigan arzimagan nafaqa hisobiga g‘aribona kun kechiradi, Kompyuter va yana boshqa allambala hisoblash texnikalaridan foydalanmaydi. Peterburg chetidagi kichik kulbasida doimiy bir nuqtaga tikilganicha muttassil o‘ylanib o‘tiradi. Undan intervyu olmoqchi bo‘lgan jurnalistlarni va voz kechilgan mukofotni o‘z hisobiga o‘tkazib berishni so‘rab va talab qilib(!) kelayotganlarni esa sanog‘i ham yo‘q. Lekin Perelman o'z onasidan boshqa hech kim bilan gaplashmaydi. Onasining aytishicha hozir u qolgan muammolardan birining ustida bosh qotiryotgan bo‘lishi mumkin ekan. Mukofotni olish yoki "Hayriya fondi" kabi boshqa tashkilotlarga o‘tkazish haqidagi fikrga esa uni javobi qat'iy: "Ilm pul bilan o‘lchanmaydi!!!"

🎓Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚡️ Talabalar va abituriyentlar uchun yana bir xushxabar.

Qabul jarayonlari oldidan, abituriyentlar va talabalar uchun yengillik yaratish maqsadida rasmiy yangiliklar berib boruvchi Oliygoh.uz sayti ishga tushurildi!

✅ Ushbu sayt orqali: Xalqaro grantlar, barcha oliygohlar haqida ma'lumotlar, rasmiy yangiliklar, qabul jarayonlari, imtihon vaqtlari, abituriyentlar va talabalar uchun eng kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Oliygoh.uz - barcha abituriyentlar va talabalar uchun yagona interaktiv ma'lumot portali.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Otabek Mahkamovning xususiy Universitet ochish haqidagi rejalari!!!!!

#MrOtabekTV

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Hozir ko'pchilik e'tibor bermayotgan va oqibati adolatsizlikka sabab bo'luvchi muammo – testda abituriyent o'qimagan darslikdan savol tushishi mumkinmi? Ha, mumkin! Nega?

Xabaringiz bor, yaqin yillarda maktablar 11 yillik tizimga qaytdi. O'tgan yillarda yoki hozir ham akademik litseylar va kollejlarni tamomlab, o'qishga topshiradigan abituriyentlar bor. Ya'ni abituriyentlar ikki toifaga bo'linib qoldi: maktabni bitirganlar, litsey yoki kollejni bitirib o'qishga topshiruvchilar.

Aniq aytishimiz mumkinki, maktabning 10- va 11-sinf darsliklari hamda litsey yoki kollej darsliklarida farqli jihatlar, bittasida bor ma'lumot ikkinchisida mavjud bo'lmagan holatlar mavjud.

Afsuski, bu muammo o'tgan yili ham bor edi. Davlat test markazi maktab darsligida ham, litsey va kollej darsligida ham bor umumiy ma'lumotlardan test tushadi, deyishiga qaramasdan, maktabni bitirib borgan abituriyentga kollej yoki litsey darsligidan testlar tushdi va ushbu test olingan ma'lumot maktab darsligida yo'q edi. Yoki buning aksi bo'ldi.

Yaqinda DTM bilan bog'lanib bu borada ma'lumot so'raganimizda o'tgan yilgi gapni takrorladi: maktab darsligida ham, litsey yoki kollej darsligida ham bo'lgan, umumiy ma'lumotlardan test tusharkan. Bu yil ham o'tgan yilgi muammo takrorlanmasligiga hech kim kafolat bermaydi.

Davlat test markazi joriy yilda shu holatga jiddiy e'tibor berishini, ozgina e'tiborsizlik sabab adolatsizlik yuzaga kelib qolmasligni so'ragan bo'lardik. Har holda gap minglab abituriyentlar va ularning taqdiri haqida ketyapti. Balki, DTM bunga jiddiy e'tibor bergandir. Ammo yana bir karra e'tiborliroq bo'lish zarar qilmaydi va adolatsizlikning oldi olinadi, nazarimizda.

© Masofaviy ta'lim

Talaba.uz kanaliga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#Qabul2020
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 5-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 422 032 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 231 696 nafar (54,90 %).

✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 272 135 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 143 301 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 6 596 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 369 012 nafar;
👉 Rus tili – 42 257 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 9 497 nafar;
👉 Boshqa tillar – 1 266 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 25 793 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 22 109 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti - 16 677 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 16 253 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti – 16 030 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA