Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​Abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti) Yagona billing tizimiga integratsiya qilingan bo‘lib, to‘lov uchun invoys shakllantirish, to‘lovlarni tekshirish kabi jarayonlar onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Dasturda abutiriyentlarning toifasidan kelib chiqqan holda invoys hosil qilinadi. Ya’ni, to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘lgan abituriyentlarga invoys shakllantiriladi, to‘lovni amalga oshirmaydigan toifadagi abituriyentlarga esa invoys shakllantirilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng shaxsiy kabinetida qayd varaqa bilan birga invoys hosil bo‘lgan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati yakunlangun (20-iyul)ga qadar, to‘lovlarni amalga oshirishlari lozim.

To‘lovni Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli, abituriyentlardan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raymiz va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda test sinovlarida ishtirok eta olmasliklarini eslatib o‘tamiz.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING O‘QISHINI TA’LIM SHAKLLARI ARO KO‘CHIRISH BO‘YICHA ESLATMA

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​⚡️ Milliy universitet talabalari uchun yangi stipendiya joriy etilishi mumkin❗️

O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov nomidagi stipendiya ta’sis etiladi

Batafsil
: http://oliygoh.uz/talaba/erkin-vohidov-stipendiyasi-joriy-etiladi

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Samarqand davlat tibbiyot institutiga 18 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vada qilgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida yashovchi 3 nafar fuqaroni Samarqand davlat tibbiyot institutiga 18 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb “Daryo”ga xabar beradi Davlat xavfsizligi xizmati.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida ishlovchi shifokor Samarqand davlat tibbiyot institutidagi yuqori lavozimli tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni mazkur oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Shaxs 18 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning hamtovog‘i bo‘lgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali shifokori ham qo‘lga olindi.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ⓜ️ Daryo.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 17-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 193 169 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 482 011 nafar (40,4 %).


✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 673 450 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 493 296 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 26 423 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 1 046 442 nafar;
👉 Rus tili – 109 554 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 34 629 nafar;
👉 Boshqa tillar – 2 544 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 61 587 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 49 008 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti – 46 957 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 42 916 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti - 42 426 nafar.
Ⓜ️ DTM

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Maqsad aniq boʻlsa, imkon topiladi 😄

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan va o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Xorijiy (jumladan qo‘shni) davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan (olgan) talabalarning 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirishga amaldagi tartiblarga muvofiq quyidagi holatlarda ruxsat etilmaydi:

- davlat akkreditasiyasidan o‘tmagan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlarga;

- masofaviy (onlayn) ta’lim shaklida tahsil olayotganlarga.

- Xorijda o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabaning o‘qishi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi pochta manziliga yo‘llanmasa, talabaning o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasidagi xujjatlar to‘plamini to‘liq yo‘llamasa.

- Shu bilan birga, xorijiy (jumladan qo‘shni) davlatlardagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga taklif etayotgan norasmiy firmalar, fuqarolar va boshqa shu kabi firibgarlarga ishonib qolmaslik tavsiya etiladi. Zero, shu toifadagi shaxslar talabalikka qabul qilish yoki o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hech qanday vakolatga ega emas.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Abituriyentlar diqqatiga:

👉 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga abituriyent sifatida fuqarolik pasporti (pasport olish yoshiga yetmaganligi va boshqalar) bilan bog‘liq muammolar tufayli ro‘yxatdan o‘ta olmayotgan fuqarolarga yashab turgan manziliga yaqin bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga murojaat etishlarini tavsiya etamiz.

🔴Ma’lumot uchun: respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishning so‘ngi muddati 2020 yil 20 iyul.
Ⓜ️ Eduuz

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​❗️Diqqat!

👉 So‘xlik abituriyentlar uchun
MUHIM yangiligimiz bor:

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, istiqbolda mazkur hududning iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida ushbu tuman uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta o‘rin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratilgan edi.

⚠️Aytishlaricha, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlanipti.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
⚠️ DIQQAT, E ’ L O N !

➡️ Pasport yoshiga yetmagan, pasport olishga ulgurmagan hamda pasportini yaqinda olgan, ammo abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘ta olmayotgan abituriyentlar diqqatiga !


❗️2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga kirishda fuqarolik pasporti olish yoshiga yetmagan, fuqarolik pasporti olish yoshiga yetgan, ammo pasport olishga ulgurmagan abituriyentlar yashash joylariga yaqin bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilganda ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-SHAKL MA’LUMOTNOMA bo‘lishi shart.

✅Fuqarolik pasportini yaqinda olgan, ammo Davlat test markazining dasturidan abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘ta olmayotgan fuqarolar mazkur fuqarolik pasportlari bilan yashash joylariga yaqin bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Ⓜ️ Eduuz

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
2020-2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2020-yil 18-iyul 18:00 holatiga)

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 262 551 nafar.
Shundan, joriy yil bitiruvchilari 498 377 nafar (39,47 %).


✅ Ta’lim shakli bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli –706 657 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 527 003 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 28 891 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 1 105 994 nafar;
👉 Rus tili – 116 615 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 37 224 nafar;
👉 Boshqa tillar – 2 718 nafar.

✅ Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 Samarqand davlat universiteti – 64 723 nafar;
👉 Andijon davlat universiteti – 50 818 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti – 49 541 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 44 791 nafar;
👉 Termiz davlat universiteti - 44 505 nafar.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Ikkita kichkina suhbatlashyapti. Biri ikkinchisini tirsagi bilan turtib, so‘raydi:

- Nechaga kirgansan?
- To‘rtga. O‘zing-chi?
- Bilmayman.
- Aroq ichasanmi?
- Yo‘q.
- Chekasanmi?
- Yo‘q.
- Qizlar bilan yurasanmi?
-Yo‘q.
- Demak, hali uchda ekansan...

------------------------------------------------------
Assalomu alaykum Azizlar

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ikkinchi mutaxassislik uchun o'qish istagi bor oliy ma'lumotga ega mutaxassislarni Jizzax davlat pedagogika institutiga o'qishga taklif qilamiz, siz hech qanday imtihon va tanlovsiz o'qishga qabul qilinishingizni eslatib o`tamiz.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida yurtimiz yoshlari 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
#uzbekiston24

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avaz Ohundan bu mening otam qo‘shig‘ini xazil ko‘rinishi😅 (Rosa talabalar bop ekan)

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
🔥 Diqqat yangilik !

Bir gap aytaman, hammaga tarqatishingiz mumkin. TASDIQLANGAN!

Keyingi yil, yoki keyingi yilning keyingisidan maktab bitiruv imtihonlari bo'lmaydi... To'g'rirog'i imtihon bo'ladi, faqat o'sha natija bilan Oliygohga kira olasiz... Ya'ni OTM va maktab imtihoni birlashtirilmoqda. Natija Shahodatnoma uchun ham, o'qishga kirish uchun ham taalluqli bolishi mumkin.

Kim aytdi deyishsa Sarvar Bahodirov deng, vazir Shermatovdan eshitibti, "Hafta aksentlari" ko'rsatuvida, deng...

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inetrvyu 24 | Inomjon Majidov - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bilan suhbat
#uzbekiston24

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA9
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLARNI 2020-2021 O‘QUV YILIDA QUYIDAGI TA’LIM YO‘NALISHLARIDA IKKINCHI MUTAXASSISLIK BO‘YICHA TAHSIL OLISHGA TAKLIF ETADI:


KUNDUZGI VA KECHKI TA’LIM SHAKLLARIDA:

📚 5120100 Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha)

KUNDUZGI, KECHKI VA SIRTQI TA’LIM SHAKLLARDA:

📙 5120300 Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

📘 5120500 Sharq falsafasi va madaniyati

📗 5210300 Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)

📕 5231000 Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)


BUNING UCHUN OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLAR:

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasiga 2020 YIL 20 IYULDAN 20 AVGUSTGA qadar bo‘lgan muddatda murojaat qilishlari mumkin.

Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, hujjatlar universitet rasmiy vebsayti uz orqali qabul qilinadi.(ON-LINE QABUL) Ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish to’g’risidagi Nizom

QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLAR TAQDIM ETILADI:

✔️ Rektor nomiga ariza(matn oxiridagi namunaga qarang);

✔️ Oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi nusxasi(xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);

✔️ Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

✔️ Diplom, uning ilovasi, pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat universitetga qabul qilish buyrug`i chiqarilishidan oldin oliy ma’lumotli mutaxassis tomonidan shaxsan ko‘rsatiladi va 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat taqdim etiladi.

👨‍💻 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib:

Ikkinchi oliy ma’lumot olish bo‘yicha kiruvchining birinchi ma’lumoti bilan taqqoslangan holda, o‘quv rejalari va dasturlaridagi farqlarni aniqlab, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘qish kursini belgilaydi(birinchi yoki ikkinchi kursga);

Kiruvchining tegishli kursda o‘qishi uchun o‘quv rejalari va dasturlaridagi aniqlangan farqlarni topshirish tartibi va muddatlarini belgilay

Ikkinchi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kiruvchilarni talabalar safiga qabul qilish qabul komissiyasi qaroriga asosan o‘qish uchun kontraktda belgilangan mablag‘ miqdori belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng 15 sentyabrdan kechiktirilmay Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Ikkinchi oliy ma’lumot olish bo‘yicha o‘quv jarayoni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida amalda kadrlar tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakli bo‘yicha, shuningdek, talaba qabul qilingan kursga oid amaldagi normativ-uslubiy hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:
71-233-34-28, (95) 515-15-05

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️Bugun hujjat topshirishning oxirgi kuni!

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishi, ma’lumotlarini tahrirlashi yoki yangi ma’lumot qo‘shish, shuningdek avval tanlagan yo‘nalishlarini o‘zgartirishi uchun bugun oxirgi imkoniyat. Tunda soat 23:59 dan keyin baza yopiladi va keyin hech qanday o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi.

‼️ O‘tgan yilda bitirgan abituriyentlar testga kirish uchun to‘lanadigan to‘lovni (111 ming 500 so‘m) bugun to‘lashlari shart. Bugun to‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Ertaga yoki undan keyin qilingan to‘lovlar befoyda bo‘ladi.
Ⓜ️ Xushnudbek

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA