Talaba.uz | Ta'lim portali
5.49K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​Talabalardan karantin paytida shartnoma pulini to’lashni talab qilish to’g’rimi?

AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bo’lim boshlig’i Mamanazarov Abdusamad ishtirokida brifing o’tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Talabalardan karantin paytida shartnoma pulini to’lashni talab qilish, aks holda imtihonlarga kiritmaslik to’g’rimi?

Javob: Karantin vaqtida talabalarning masofaviy ta’limi yo’lga qo’yilgan, biroq talabalarni shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun talabalik safidan chetlatish kun tartibiga kiritilmagan.

✔️ Shartnoma pulini to’lamagan talaba imtihonga kiritiladi, biroq kursdan kursga ko’chirilgani to’g’risida buyruq rasmiylashtirilmaydi.


🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Muhim so'rovnoma:

Kanalimizda asosan kimlar ko'p? 🎓Talaba 📔Abituriyent 🧐 Erkin kuzatuvchi
Anonymous Poll
65%
Talabaman
24%
Abituriyentman
10%
Erkin kuzatuvchiman
​​#Tezkor

Diqqat! Talabalar bosh ko'tardi!

Bir nechta faol talabalar Yoshlarni qo'llab-quvvatlash loyihasi negizida "Talabalar harakati" ijtimoiy loyihasini boshladi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi talabalarni qiynayotgan muammolarda ularni birlashtirib, bor kuchlarini ushbu muammolarni hal etishga qaratish.

Kontraktni arzonlashtirsh masalalarida yetarlicha takliflar va faktlar bor, faqatgina sizlarni qo'llab-quvvatlashingiz kerak xolos. Hozirgi kunda dolzarb bo'layotgan kontrakt summasini arzonlashtirish masalasida bir nechta faol talabalar boshchiligida hukumatga petitsiya yuborilmoqda. Ushbu harakatlar ijobiy natijasini ko'rsatishi uchun barcha talabalar hamda ularning ota-onalari birlashishlari kerak.

Talabalar birlashaylik 👉 Talabalar harakati 👈 Ushbu kanalni guruhi ham bor. Unga barchani qo'shing. Ushbu postni esa maksimal darajada tarqating.

Olg'a! Bo'sh kelmanglar!

🎓 Talabalar rasmiy kanali
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​Onlayn dars nima o'zi?

On-layn dars degani bu- ishlamaydigan moodle platformasida internetga uncha tushunmaydigan domlaning bir nimalarni o'rganib olib vazifani konspekt qil deb buyruq berishi.

On-layn dars bu-Leksiyani zo'rg'a o'tadigan ustozni leksiya matnini word shaklida moodle ga joylab qo'yishi va uni talaba ochib ham ko'rmasligi.

On-layn dars bu-Kopirovat qilingan word matnini vazifaga javob sifatida joylab qo'yish...



Yurtimiz pandemiya sharoitida lekin on-layn dars deb talabaga yuqoridagidek sifatsiz on-layn dars berish kerak degani emasku. Jahon tajribasidan o'rnak olamiz deyapmiz lekin jahon tajribasida aslida bunday emas. Talabani kuzatib turadi talaba ham o'z xoxishiga ko'ra darslarga qatnashadi. Yoqtirmagan darslarini "on-layn" tugul "of-layn" darsiga ham kirmaydi. Bizdachi? Agar moboda bizda "on-layn" darsga kirmay qolsin "umuman kirmagansan degan tamg'a urilib shu talaba ham ota-onasini kasalga chiqarib baho olmasa boshqa yo'l bilan olib bo'lmaydi. Shunday aftoritor tuzum xislatlarini o'zida namoyon qilgan domlalarniku aytmasa ham bo'ladi. Ularni qovog'iga qarab ish tutish balkim bizni mintalitetimizga singib ketgandir. Oliy Ta'lim tizimi tinimsiz tanqidga uchramoqda lekin Oliy ta'lim vazirligi bularga javob berishni paysalga solmoqda. Talabani haq-huquqi bor chunki domlalarni oyligi chiqayotgan maoshni ular "kontrak" sifatida to'lamoqda.



Postim yakunida nima demoqchiman? Sentabrdan OTM dagi o'qishlarni "Onlayn" rejimda boshlashga tayyorlanayotgan Oliy ta'lim vazirligi jahon tajribasidan to'g'ri namuna olishini va agar iloji bo'lsa shunga yarasha kontrak miqdorini pasaytirishini talab qilgan bo'lardim. Zero Onlayn dars uchun proffessor-o'qituvchilardan unchalik ko'p sarf-xarajat talab etilmaydi.

Jurabek Rustamov✍

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
COVID-19 pandemiyasi paytida odamlarga yordam berishni istaysizmi?

🔹Ijtimoiy yoki tibbiy volontyor sifatida faoliyat yuritmoqchimisiz?

🔹Ro‘yhatdan o‘ting va ko‘ngillilar safiga qo‘shiling.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi va ko'ngilli yoshlar tashabbusi bilan Volontyor.uz platformasi yaratildi.

Yaxshilik qilish istagi bor yoshlarimiz volontyorlar safasiga qo‘shilishlari
mumkin.

🎓 Talabalar rasmiy kanali
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​ Tebsa tebrabmas Vazirlik diqqatiga!!!

Yurtimizda 16 martdan buyon "Covid - 19" pandemiyasi sabab karantin e'lon qilingan. Shuncha vaqtdan beri, odamlarni yig'ib qo'ygan jamg'armalari ham tamom bo'lmoqda. Odamlar qiynalmoqda, ularga davlat tomonidan to'g'ridan to'g'ri pul yordami berilmagach, masofaviy ta'limni talab darajasida qilinmaganligi (internet, vaqt oz berilishi va boshqa sabablar), o'qituvchilarning ham ko'piga masofaviy ishlashga ruxsat berilganidan keyin. Har yilgiga qaraganda kam xarajat qilinganidan keyin nega xech bo'lmasa kontrakt summasini sal arzonlashtirish taklifiga panja orasidan qaramoqdasizlar. Asl niyat nima o'zi chet davlatlardagidek talabalar namoyish qilishimi, birlashib norozilik bildirishimi. Ahir, bugungi kunni, holatni sizlarning ham "ochiq ko'zlaringiz" ko'ryabdimi? Nega shuncha ijtimoiy tarmoqlarda kechayotgan muhokamalarga sal bo'lsada munosabat bildirmaysizlar. Talabalarda ham pul tugadi nima qilsin, o'g'rilik qilsinmi, avvalgidek sharoit bo'lsa ishlab topishar edi ammo hozirda karantinda ko'plab soxalarga cheklovlar kiritilganini bilasizmi? Xullas qanchadan qancha maqolalar chiqishidan qat'iy nazar o'zlarining "sukunat" pozitsiyani qo'llar ekan, bunday Vazirlikka talabalar qanday ishonishga xam xayron... Shuni aytsalar kerakda "Tebsa tebranmas" deb...
✍️Olimbek Tursunov

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​"Perevod" qilayotgan talabalar diqqatiga! Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha batafsil qo‘llanma bilan tanishib chiqing.

5-avgustga qadar talabalar o‘qishlarini boshqa OTM yoki fakultetga ko‘chirish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etamiz.

Batafsil: https://oliygoh.uz/talaba/talabalar-oqishini-kochirish-boyicha-qollanma

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​Arafa kunining ro‘zasi o‘tgan va kelgusi yil gunohlari uchun kafforatdir

Imom Tabaroniydan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh(s.a.v)ning odatlari zikr qilinadi. Unda Nabiy sollallohu alayhi vasallam haftaning dushanba va payshanba kunlari, oyning oydin kechalari, ya’ni 13, 14 va 15-kechalari hamda Zulhijja oyining avvalgi 10 kunida nafl ro‘za tutardilar, degan mazmunda hadis keladi. Ulamolar, mana shundan kelib chiqib, imkon topgan, sihati ko‘tarsa, shu oyning fazilatidan bahramand bo‘lishni istaganlar nafl ro‘za tutganlari afzal, deydilar.

Shu bilan birga, mana shu 10 kun ichida Arafa kuni – ertaga hayit degan kun ro‘zasi haqida Rasuli akram alayhissolatu vassalamdan mashhur hadis bor:

“Arafa kunning ro‘zasi bir yil avvalgi va bir yil keyingi gunohiga kafforot bo‘ladi, deb umid qilaman”, - deb marhamat qilganlar.

Bir kunlik ro‘za mana shunday ulug‘ ajrning egasi qiladi, shuning uchun ham xalqimizning bunga ishtiyoqi bor va shunga harakat qilishadi. Shunga binoan, hajga bormaganlar Arafa kunining ro‘zasini tutsalar, katta savobga ega bo‘lishadi, InshaaAlloh.

2020 yil 30 iyul, payshanba kuni bu yilgi hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha Arafa kuni hisoblanadi. Tongdan avval shu kunning ro‘zasini kun botgunga qadar Alloh roziligi uchun tutishga niyat qilinadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
​​❗Vazirlik talabalar kontrakt narxini arzonlatishni istamayapti!

2020/21 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz qoldirilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Muxbir vazirlik vakiliga: «Kuzgi semestrda o‘qish masofadan tashkil etilsa yoki ayrim kurslarda o‘qish sentyabrdan emas, oktyabr oyidan boshlansa, kontrakt narxi ham shunga mos tarzda kamaytiriladimi?» deya savol bilan murojaat qildi.
Farhod Babashev dastlab pandemiya munosabati bilan e’lon qilingan karantin cheklovlari davrida OTMlarning barcha professor-o‘qituvchi va xodimlariga belgilangan tartibda ish haqlari va mehnat ta’til pullari o‘z vaqtida to‘liq, jumladan talabalarga stipendiya to‘lovlari ham amaldagi normativ hujjatlar asosida to‘lab kelinayotganini ta’kidladi.

«Bu borada talabalarga professor-o‘qituvchilar 2020 yilning 1 aprelidan boshlab, masofaviy ish rejimiga o‘tgan holda tasdiqlangan fan dasturlari asosida belgilangan darslarni onlayn ko‘rinishida o‘tib kelmoqda.
OTMlar talabalarga masofaviy (onlayn) ta’lim berish joriy etilgani munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy bazasini yaratishga qo‘shimcha mablag‘lar sarflamoqda.
Bundan ko‘rinib turibdiki, amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori, o‘qitishning haqiqiy xarajatlariga nisbatan kam (bugungi kunda xarajatlarning 69 foizini qoplamoqda xolos) belgilangani sababli to‘lov-kontrakt miqdorlarini kamaytirishning imkoni mavjud emas»,
– dedi u.

Babashevning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli fuqarolarning iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolganini inobatga olgan holda vazirlik 2020/21 yilgi o‘quv mavsumida talabalarning to‘lov-kontrakt miqdorida o‘zgarish qilishni rejalashtirmayapti.
«Bu borada tegishli hujjat yaqin kunlarda OAVga e’lon qilinadi. Shu hujjatda batafsil barchasini ko‘rishingiz mumkin», – deya vazirlik mutasaddisi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Kontrkat narxlarini tushirish bo'yicha ochilgan Talabalar harakati guruhi ZO'RTV nigohida!

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Iydul Azho muborak, dindoshimiz!

Barchangizni biz uchun eng ulug‘ va eng qadrli bayram – Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Shunday ulug‘ kunlarga sog‘-salomat yetkazgani uchun mehribon Allohga cheksiz hamdu sanolar va maqtovlar bo‘lsin! Haq taolodan barcha ibodatlarimizni qabul aylab, ezgu maqsadlarimizning amalga oshishini iltijo qilib so‘raymiz. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin ☺️.


🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
O‘zbekiston oliygohlari dunyo reytingida nechchi minglatikka kiradi?

Google akaning aytishicha, O‘zbekiston bo‘yicha "nomer odin" oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan O‘zMU dunyo bo‘yicha 4080-o‘rinda ekan.

Ikkinchi o‘rinda ToshPTI Nukus filiali 5715-o‘rinni egallagan. (Qoyil, ToshPTI qolib, uning filiali yuqorilab ketibdi)

Keyingi o‘rinlarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Samarqand davlat universitetlari 7586 hamda 8630-o‘rinlarni egallagan.

Qolgan oliy ta’lim muassasalari esa bundan ham pastki o‘rinlarda bo‘lsa kerak. Har holda Google aka nimanidir bilmasa gapirmaydi
©

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ayrim noinsoflar spam bergani uchun 90 000ga yaqin norozi talabalar yig'ilgan guruh o'chib ketdi.

Guruhga spam berganlarga xudoni o'zi insof bersin. Kimlarnidir mehnatini bir pul qilishga uringanlarga ko'rsatib qo'yish uchun ham oxirigacha boraman. Hozircha telegram moderatorlariga bu masalada shikoyat yubordik.

Yangi guruh tashkil qilindi - @TalabalarHarakati_guruhi
Ⓜ️ Talabalar harakati

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashavooor. 11-sinf oʻquvchisi bir paytning oʻzida 32ta OTM talabasi boʻldi 😳.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​​​Bugun 1-avgust!

Ha, bugun 1-avgust bo‘lishiga qaramasdan poytaxt ko‘chalari bum-bo‘sh, xuddi kinolardagi tashlab ketilgan shaharga o‘xshaydi.

Lekin 4-5 yil oldin 1-avgust bunaqa emas edi. Bu kunga alohida tayyorgarlik ko‘rilar edi. Taksistlar yo‘lkira narxini besh-olti barobarga oshirib olishar edi.

Yil bo‘yi birov ishi ham bo‘lmagan etikdo‘zning ishi yurishib ketar edi, uning vazifasi shippakning ichiga imkon boricha ustalik va butun san’atini ishga solib o‘ta mohirona telefonni joylashtirish edi. Odamlar sal qolsa etikdo‘zning qabuliga yozilish uchun navbatga turishar edi.

Zangiotada chala mullalar va lo‘lilarning ishi-ku, imtihondan bir hafta oldin boshlanib ketar edi.

- Ha, qayoqqa ketyapsan?
- Zangiotaga borib bir duo olib kelaylik.
- O‘qish-chi?
- O‘qish to‘xtab turadi, Zangiota ruhlarini shod qilmasak, o‘qishga kirolmas ekanmiz. 😂😂


Tilamchi lo‘lilarning ham duolarida o‘zgarishlar bo‘lar edi, “Eng katta o‘qishlarga kirib keting, imtihonda savollar oson tushsin, ko‘zingizni yumib ishlab chiqing” shunga o‘xshash 😂

Milisiya amakilar ham aynan shu kuni ishni qilib qolishar edi, hatto milisiyalargacha x-variant sotishar edi, ular ham ertalabdan o‘lja izlab ko‘chaga chiqqan yirtqichdek harakat qilishar edi.

Kimdir bunkerga kirib ketgan, kimdir x-variant izlagan, ota-onalar, bobo-momolar abituriyentlardan ko‘ra ko‘proq harakat qilishar edi.

Kimdir esa o‘sha chekka bir qishlog‘idan faqat bilimigagina ishonib kelgan va o‘sha x-variantchilarni ko‘ziga ko‘rsatib qo‘yar edi.

Ishqilib 1-avgust universitet farroshigacha pul qiladigan kun edi. Korrupsiya miqyosini tasavvur qilyapsizmi? Lo‘ligacha “leviy” qiladigan tizim yo‘q bo‘ldi.

To‘liq yo‘q bo‘ldi deb ayta olmayman, chunki hali DTM va Davlat qabul komissiyasining boshida o‘zgarishni xohlamaydigan, har qanday yangilikni o‘zlariga dushman deb biladigan “dinozavr”lar bor ekan, bu tizim hali ham kimlargadir katta daromad manbai bo‘lib qolaveradi.

Bugun 1-avgust - hech qanday kun. Uyda o‘tir. Pandemiya. Karantin. 😂
Ⓜ️ Tentakminds

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Kontrakt narxini nega arzonlatish kerak?

Yangi o‘quv yilida ham darslar onlayn tarzda boshlanishi ortidan O‘zbekiston talabalari ijtimoiy tarmoqlarda "namoyish harakatlari"ni boshlab yuborishdi. Eng sara fikrlarni sizlar bilan baham ko‘ramiz:

M. Muhiddinovna

Ho‘sh... Bozorga chiqsak tovarni narxga mutanosibligiga e’tibor qilamiz. Pulimizni bekorga sovurmaymiz. Chunki ISRROF - HAROM ekanini yaxshi bilamiz.
Sifat narxga mos bo‘lmasa ham sotib oladigan odam yoki aqli rivojlanmagan yoki pulini qayerga qo‘yishini bilmaydigan (aslida puli cho‘ntagiga sig‘mayotganlar ham bunday qilmaydi) sog‘lom fikrga ega bo‘lmagan shaxsni ishi.

Bizchi? O‘qiyveramiz!

Oliy ma’lumot olish hammaga ham emas, davlatimizga ming rahmat! O‘qishga kirganimizga SHUKR! Bu kunlarga yetmaganlar qancha...?!
Ne ko‘yga solishsa ham bitirib ketsak, bir parcha diplomni olsak bo‘ldidaa!!!
Kimga kerak ortiqcha muammo to‘g‘rimi ?
Andishasizlikka yo‘ymanglaru, hammasi bir tiyinga qimmat! Gruppada abituriyentlar bo‘lsa takror-takror o‘qib oling, Oliy ta’lim tizimimiz uxlamasdan bedor bo‘lib o‘qishingizga, bezovtalanib o‘ylanishingizga , mobodo kira olmay qolsangiz dunyolarni ko‘zlaringizga tor bo‘lishiga ARZIMAYDI !!! ARZIMAYDI ARZIMAYDI!!!
Ⓜ️ Talabalar harakati

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
​​BUGUN BRIFING!

Bugun AOKA binosida soat 13:00 vaqti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ishtirokidagi brifing bo‘lib o‘tadi.

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakolatidagi savollar, jumladan, magistratura qabul yakunlari, o‘qishni ko‘chirish va tiklash masalalari, shuningdek, ikkinchi va undan keyingi ta’limga qabulning qachon boshlanishi, ijodiy imtihonlardagi o‘zgarishlar hamda shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokamaga sabab bo‘layotgan to‘lov kontraktni arzonlatish haqidagi eng muhim savollarga javob beriladi degan umiddamiz!

Brifing UzReport TV telekanalida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
#brifing

Magistraturaga eng ko'p xorijiy tillar, axborot texnologiyalar va iqtidodiyot yo'nalishlari bo'yicha hujjat topshirgan.

O'zbekiston Milliy universiteti eng ko'p hujjat qabul qilgan!

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA