Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
TDTU.zip
2.9 MB
📕Toshkent Davlat Transport Universiteti barcha yo'nalishlari bo'yicha savollar to'plami

Manbani topishga yordam berayotgan obunachilarimiz va Oliygoh faollariga katta rahmat aytib qolamiz!😁

Eslatma❗️❗️❗️
Boshqa kanal adminlari ma'lumotlarni tarqatishda, bizning kanalni manba sifatida ko'rsatishlarini so'rab qolamiz.✅

Bu fayl .zip kengaytmasi bilan tashlangan iloji boricha kompyuterda ochishga harakat qilib ko'rasizlar, bo'lmasa Play Marketdan .zip fayl ochadigan programma oling✅

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari

Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va kuniga 2 marta, havo salqin paytda o‘tkaziladi.

Bunda, test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 gacha,
2️⃣-smenada 17:00 dan 20:00 gacha bo‘ladi.

Abituriyentlarni kiritish:

1️⃣-smenada 06:30 dan,
2️⃣-smenada 15:30 dan boshlanadi.

Shuning uchun, abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga test sinovlari boshlanishidan 1-1,5 soat oldin kelishlari kerak bo‘ladi.

Test sinovlari davomiyligi bo‘yicha eng ko‘p Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida 12 kun, eng kam Farg‘ona viloyatida 10 kun davom etadi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

🔖 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz)laridan olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Abituriyentlardan ruxsatnomalarni avgust oyi yakuniga qadar yuklab olib, chop etib olishlarini so‘raymiz.

✅ Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

❕ “Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
Ilmiy pedagogik layoqatni aniqlash bo'yicha manbaalar.zip
7.8 MB
#Magistratura_yordam

📕Ilmiy pedagogik layoqatni aniqlash bo'yicha manbaalar

Eslatma❗️❗️❗️
Boshqa kanal adminlari ma'lumotlarni tarqatishda, bizning kanalni manba sifatida ko'rsatishlarini so'rab qolamiz.✅

Bu fayl .zip kengaytmasi bilan tashlangan iloji boricha kompyuterda ochishga harakat qilib ko'rasizlar, bo'lmasa Play Marketdan .zip fayl ochadigan programma oling✅

Kanalimiz
: https://t.me/TalabaUz
Botga murojaat: @TalabaUz_MurojaatBot
#XX_ASR_TAQDIRLARDA_AKS_ETGAN_TARIX
#JULIO_ANDREOTTI

1968-1972 yillarda deputatlar palatasida Xristian-demokratik partiya fraksiyasining raisi. 1995 yili mafiya bilan aloqada ayblanib, sudga tortilgan. 1946 yili saylangan Ta'sis majlisi a'zosi sifatida u premer-ministr Alchida de Gasperining kotibi lavozimini egalladi, va to 1953 yilgacha ana shu vazifada qoldi. Juzeppe Pella Liberal partiya asosida unga markaz hukumatini tuzganida o’z siyosiy qarashlarida yangi premer-ministrga nisbatan so’lroq, bo’lgan Andreotti ishsiz qoldi. Pekin 1954 yildayoq, Julio Andreotti Amintori Fanfani kabinetiga Ichki ishlar ministri sifatida kirdi. Keyinchalik u Moliya ministri (1955 yildan 1958 yilgacha), xazina boshlig’i (1958— 1959), Yustitsiya ministri (1959— 1966, 1974) lavozimlarini egallagan, shuningdek, 1966— 1968 yillari Aldo Moro hukumatida Sanoat va savdo ministri bo’lgan.

🔥Batafsil o'qish uchun: https://telegra.ph/ITALIYA-SIYOSATINING-QARI-TULKISI-08-22

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor #intervyu

“Yoshlarni qo’llab-quvvatlash” loyihasi asoschisi Egamnazar Abulboqiyev blogging olamini tark etmoqda.

Biz u bilan nega bunday qarorga kelgani, unga nisbatan tahdidlar, Oliy ta’lim vazirligiga munosabatlar kabi mavzularda suhbatlashdik. 

Batafsil oʻqing 👉 https://clck.ru/QTiWA

⭕️ Barcha talabalar uchun✅✅
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#nima_deysiz😂😂😂😢

Uch farzandini kontraktda o‘qitgan Eshmat otani tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishdi. Otaning polda yotgan telefonida to‘rtinchi farzandidan kelgan quyidagi sms xabari ochiq qolgandi:

—Dada, tabriklang! Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindim.

Do'stlarga yuboring😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kasamxadjayeva Farangiz Hasan qizi 2006-yil 24-yanvarda Toshkent shahrida tuĝilgan. Ayni paytda Uchtepa tumani Chòponota mahallasida istiqomat qilar edi. 20- avgust kuni soat 9-10 larda chiqib ketgan uyidan. Shundan beri yo'q iltimos yordam beringlar. Ko'rgan bilganlar shu nomerga telefon qilsin.
+998998233556

Imkon darajasida guruh va kanallarda tarqatinglar!
❗️Test sinovlari oʻtkazilishiga doir muhim maʼlumotlar

1️⃣ Pandemiya sababli ota-onalar uchun kutish joyi tashkil etilmaydi va ota-onalar test sinovlariga kelmasligi tavsiya etiladi. Test sinovlarini TV orqali, shuningdek, test2020.uz sayti orqali onlayn kuzatish mumkin boʻladi;

2️⃣ Test sinovlari 2-sentabrdan kuniga 2 marta, havo salqin paytda o‘tkaziladi.
🔹Test sinovlarining boshlanishi:
1-smena
08:00 da boshlanadi va 11:00 da yakunlanadi. 2-smena 17:00 da boshlanadi va 20:00 da yakunlanadi.
🔹Abituriyentlarni kiritish:
1-smenada
06:30 dan, 2-smenada 15:30 dan boshlanadi.

3️⃣ Abituriyentlar imtihonga faqat pasporti va «Abituriyent ruxsatnomasi» bilan kelishi shart. Pasportning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat (pasport nusxasi va haydovchilik guvohnomasi) oʻtmaydi. Pasporti yoʻq abituriyent imtihonga kiritilmaydi.

4️⃣ Abituriyentlarning uyidan test sinoviga kelishi va uyiga qaytib ketishi uchun hokimliklar va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda bepul transport tashkil etiladi. Tashkil etilgan transportda test sinoviga borib-kelish majburiy emas.

5️⃣ Test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni 30-avgustgacha nihoyasiga yetkaziladi. Test sinovi boʻladigan hududlar 30-avgustdan 15-sentabrgacha yopiladi.

6️⃣ Agar test o‘tkaziladigan kun ob-havo tufayli, qattiq shamol va yog‘ingarchilik kuzatilsa, shu kungi test boshqa kunga, ya’ni barcha imtihonlar tugagandan keyingi kunlarga ko‘chiriladi.

7️⃣ Abituriyentlar ertaga, 22-avgustdan boshlab, abitur.dtm.uz saytidan «Abituriyent ruxsatnomasi»ni yuklab olishlari mumkin. Test sinoviga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni qogʻozda chiqarilgan shaklda olib kelish shart. Ruxsatnomasiz kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi. Bundan tashqari, «Abituriyent ruxsatnomasi» test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​“Adolat” SDP Hukumatga ta’lim sohasi bo‘yicha
takliflar yubordi

O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan deputatlar joylarda fuqarolar bilan o‘tkazgan yuzma-yuz muloqotlarida aholi tomonidan islohotlar natijasi yuzasidan ijobiy fikrlar bildirilmoqda. Shu bilan birga muloqotlar jarayonida fuqarolar tomonidan bugungi kunda bir qator dolzarb bo‘lib turgan masalalar ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, Respublikamizning olis tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi, kundalik daromadi bugungi kunda cheklangan fuqarolar tomonidan farzandlarining oliy ta’lim olishi bilan bog‘liq muammolar qo‘yilmoqda. Ushbu masalalar pandemiya davrida o‘ta muhim bo‘lganini hisobga olgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi Hukumatga bir qator takliflar taqdim etdi:

Birinchidan, birinchi mutaxassisiligi bo‘yicha kunduzgi oliy ta’limda o‘qigan va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha sirtqi ta’limga hujjat topshirgan ayniqsa, pedagogika sohasi bo‘yicha abituriyentlar uchun imtixon va suhbatlar o‘tkazmasdan, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yish. Ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda oliy ta’limga ega pedagogik kadrlar yetishmasligi aniq, faqat o‘rta maktab tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning 40 foizga yaqinini o‘rta maxsus ma’lumotga egadir.

Ikkinchidan, pandemiyaning davriyligini inobatga olgan hamda xorijiy tajribaga asoslangan holda barcha OTMlarda talabalar uchun oyma oy to‘lov tizimini joriy etish hamda to‘lovni muayyan muddatga kechiktirib to‘lash imkoniyatini yaratish.

Uchinchidan, maxsus sirtqi ta’limni nafaqat pedagogika yo‘nalishida, balki barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun joriy etish maqsadga muvofiq. Bu bilan korxona va tashkilotlar uchun xodimlarining oliy ma’lumotli bo‘lishlariga imkon yaratiladi.

To‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul tizimini muayyan tuman va shaharlar uchun emas, balki cohalar ehtiyojidan kelib chiqqan holda tarmoqlar bo‘yicha joriy etishni yo‘lga qo‘yish. Hozirda bu tizim Respublikaning olis hududlarga zarur bo‘lgan tibbiyot va pedagogika yo‘nalishlari uchun joriy etilgan.

Beshinchidan, Ta’lim tizimiga masofaviy o‘qish turini joriy etilishi sababli qo‘shni davlatlarda sirtqi va masofaviy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning, bugungi pandemiya sharoitida, 2021-2022 o‘quv yilda o‘qishini yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishiga imkon yaratish.

Va oltinchidan, Pandemiya davrini hisobga olgan holda 2020-2021 o‘quv yilida foizsiz ta’lim kreditini berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Bunda Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi qarorining birinchi bandida belgilangan imtiyozni, ya’ni nol foiz stavka bilan kredit ajratish tizimini joriy qilish.

O‘zbekiston “Adolat” SDP mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi, ko‘plab oliy ta’lim olish istagidagi yoshlarimizga qo‘shimcha imkoniyat yaratib berish bilan bir qatorda, hozirgi pandemiya davrida talaba yoshlarning bilim olishini uzluksiz davom ettirish imkoniyatini beradi, deb hisoblaydi.

“Adolat” SDP Matbuot xizmati

🎓 Talabalar rasmiy kanali
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba va abituriyentlarning yana bir ishongan tog'i yakson qilindi.

Kuni kecha Yoshlarni qo'llab-quvvatlash loyihasi asoschisi Egamnazar Abdulboqiyev uni "sindirishganini" aytib blogging olamini tark etdi.

Kecha tunda esa yirik bloglardan biri, talaba yoshlar va abituriyentlarni qo'llab-quvvatlayotgan TentakMinds sahifasi o'chirib yuborilayotganini e'lon qildi.

Bunga qadar ushbu kanal egasi kimligini hech kim bilmas edi, anonim tarzda tanqidiy maqolalar yozar edi. Vaziyat shu darajada jiddiylashib ketganmi!? bilmadim, yoshlarga haq huquqlarini talab qilishni o'rgatayotgan blogerlar yuqori turuvchi davlat organlari nishoniga aylanmoqda.

OTV va DTM | Xalq va Blogerlar
3 | 0


🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bu qaysi davlatning bayrogʻi?

Siz nima deb oʻylaysiz 🤔.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi

Ma’lumki, 22-avgustdan abituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

❕ Mazkur ruxsatnoma kimlarga berilmaydi:

👉 Test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga (ular o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari kerak);

👉 Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga;

👉 Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin keyinchalik tizimdan akkauntini o‘chirgan abituriyentlarga;

👉 Tegishli tartibda ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga (ayrim abituriyentlar tizimga kirib, pasport ma’lumotlarini kiritgan, lekin ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan);

👉 Test sinovlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abituriyentlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari);

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

ОТМларнинг бакалавриатига ўқишга қабул қилиш тартибига айрим ўзгартиришлар киритилди

Ҳукумат қарори (499-сон, 21.08.2020 й.) билан Олий таълим муассасаларининг бакалавриатига талабаларни ўқишга қабул қилиш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

✅ Қарор билан Бадиий академиянинг тасвирий санъат бўйича республика танлови ғолиблари ОТМга танловдан ташқари кириш имтиҳонларисиз давлат грантлари асосида қабул қилиниши бекор қилинди.

🔰 Низомга киритилган қўшимчаларга кўра:

👉 Бадиий академиянинг тасвирий ва амалий санъат ҳамда дизайн йўналишлари бўйича республика танлови ҳамда мазкур йўналишлардаги халқаро танловларнинг ғолибларига Давлат комиссиясининг қарори билан тегишли ОТМларнинг касбий (ижодий) имтиҳонларида соҳа бўйича энг юқори балл белгиланган фандан максимал балл олиш имтиёзи берилади;

👉 агар касбий (ижодий) имтиҳонларда энг юқори балл бир нечта фанлардан белгиланган бўлса, абитуриентга имтиёзли максимал балл олиш учун фанлардан бирини танлаш ҳуқуқи берилади;

👉 агар айрим таълим йўналишларида 1 та фандан касбий (ижодий) имтиҳон ўтказиш белгиланган бўлса, абитуриентга мазкур фан бўйича максимал балл берилади.

🎓 Талабалар расмий канали👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kunlarning birida qalam o‘chirg‘ichga shunday debdi:
— Bilasanmi, o‘chirg‘ich, men juda afsusdaman.
— Nega?
— so‘rabdi ajablanib o‘chirg‘ich. — Hech bir xato ish qilmading-ku!
— Sababi, men tufayli bot-bot shikastlanasan, hamisha men qilgan xatolarni o‘chirasan. Har gal xatolarimni o‘chira turib, ma’lum bir bo‘lagingni yo‘qotasan, shu asnoda kundan — kunga kichrayib boraverasan.
— Shundayku-ya, lekin men ko‘rib turganingdek, shu vazifani bajarish, ya’ni xatoga yo‘l qo‘yganingda, uni o‘chirib senga ko‘mak berish uchun yaratilganman. Vaqt kelib tamom bo‘lishimni va meni boshqasiga almashtirishingni ham bilaman. Shunday bo‘lsada, o‘z xizmatimdan juda baxtiyorman. Shunday ekan, kel endi, afsuslanishni bas qila qolgin! Seni xafa holda ko‘rishni xohlamayman.


Men o‘chirg‘ich va qalamning o‘zaro suhbatidan qattiq ta’sirlanib, o‘yga toldim. O‘ylab qarasak, ota-ona farzandining xatolarini tuzatadigan o‘chirg‘ichga o‘xshaydi.

Ularning ham vaqt o‘tgan sayin jussalari o‘z shaklini asta-sekin yo‘qotib, sochlariga oq qoralaydi. Farzandlar kun kelib o‘zlariga yangi sherik, ya’ni turmush o‘rtoq topadilar. Ota-ona esa bundan o‘zini, shubhasizki yanada baxtiyor his etadi.

Jondan suyuk farzandining afsus chekishlarini yoxud g‘amgin holda ko‘rishni sira istamaydi.
Yashar ekanman, «qalam» bo‘lib keldim. «O‘chirg‘ich» ota-onamning kundan-kunga kichiklashib, yemirilib borishlari meni butkul dilxum etadi. Bir kun kelib, falakning gardishi ila menda bor-yo‘g‘i o‘chirg‘ich qirindilari, xotiralari qoladi, xolos …

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2021 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinadigan lisenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxati

2020 yil 24 avgustdagi PF–6044-son Farmoniga ilova

👉 Auditorlik faoliyati;
👉 Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyati;
👉 Fonogrammalarni tayyorlash faoliyati;
👉 Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyati;
👉 Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalashda:
- umumiy foydalanish punktlari, shu jumladan qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlarining umumiy foydalanish punktlari tomonidan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;
- qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mahalliy telekommunikasiya tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;
- qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan shaharlararo telekommunikasiyalar tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;
- qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan xalqaro telekommunikasiyalar tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish.
👉 Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni lisenziyalashda investisiya fondi faoliyati;
👉 Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini lisenziyalashda ko‘priklar va tonnellardan foydalanish faoliyati;
👉 Mudofaa ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati;
👉 Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizasiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini lisenziyalashda:
- axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish;
- axborotning kriptografik himoya vositalarini ta’mirlash;
- axborotning kriptografik himoya vositalaridan foydalanish
👉 Baholash faoliyati;
👉 Rieltorlik faoliyati;
👉 Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi bo‘yicha faoliyat;
👉 Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish faoliyati;
👉 Farmasevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish bundan mustasno):
- tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish;
- tibbiy buyumlari tayyorlash;
- tibbiy buyumlarini ulgurji realizasiya qilish;
- dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
👉 Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlash signalizasiyalarini loyihalashtirish faoliyati;
👉 Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini lisenziyalashda:
- yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish faoliyati;
- yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish faoliyati.

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg