Talaba.uz | Ta'lim portali
5.47K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Matematika

Bugungi imtihondan tushgan savollar!

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Buni bilarmidingiz?

Hurmatli abituriyentlar yaqin orada 02.09 sanadagi imtihon ballari e'lon qilinadi.

Ruxsatnomangizning pastidagi QR kod orqali ham test natijalarini bilib olishingiz mumkin!

QR code ni o'qish uchun, sizga alohida dastur kerak bo'ladi!

Barafsil, tez orada...👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
QR Code Scanner-1.4.apk
5.6 MB
Mana shu dasturni ochib, QR kodga kamerani tutasiz. Kamera esa QR kodni skanerlab, sizga test natijalarini e'lon qilgan sahifani ochib beradi!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QR code scanner dasturi orqali qanday qilib test natijalarini bilishimiz mumkin?

Batafsil videoda!


Tushunmagan savollaringiz bo'lsa @Uz_NotoScam ga yozib qoldiring!

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#pozitiv_kayfiyat😂

San'atda o'qiydigan talabalarga online (zoom orqali) darslar boshlanibdi😅👍

(Shaxsan muallifni o'zining ruxsati bilan chiqardik)

Talabalarga ulashamiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng ko'p berilayotgan savol:

QR kodsiz qanday imtihon natijalarini bilib olamiz?

#Javob:

Haligacha test natijalari e'lon qilinmadi. Hozircha QR koddan boshqa test natijalarini qanday bilish mumkinligi haqida aniq ma'lumot yo'q. Mabodo, test natijalari e'lon qilinganda, DTM yana boshqa usulini aytmasa, faqat QR kod orqali test natijalarini bilishingiz mumkin!


Kanalimizni kuzatib boring, eng so'ngi yangiliklarni sizlarga havola qilib boramiz!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
DTM dagilar bergan va'dasini eslatib o'tamiz.

"Imtihon ballarini imtihondan bir kun o'tkandan keyin e'lon qilinadi."

P.s: 23:59gacha vaqt bor hali deb kutib yashash jonga tegdi. Shuncha abituriyentlar qanday ahvolda o'tirganini bila turib, vaqtni cho'zishi axmoqgarchilik!

Bo'ldi, endi ha deb sabrni sinamasdan imtihon ballarini e'lon qilinglar(

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#Tezkor #Rasman

Onlayn darslar fevralgacha davom etadi.

Bugun tashkil etilgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev batafsil to‘xtalib o‘tdi:

Hozirgi kunda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi pandemiya sharoitidan va maxsus komissiya qaroridan kelib chiqib joriy o'quv yilining ikkinchi semestridan an'anaviy ta'limni boshlashni rejalashtirmoqda.

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👉 @TalabaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima emish Namanganda tommi tepalarida mahluq yurgan emish) Menincha barcha bu haqida eshitib bo'ldi.

Kap katta odamlar bitta mahluqni orqasidan yugurib yuribdi🤦‍♂

Bu videoni chiqishi DTM natijalarini unutishga sabab bo'lmaydi)

5 daqiqa qoldi. Hurmatli DTM dagilar. Agar natijalar e'lon qilinmasa, o'sha gap...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#va_nihoyat

Diqqat, 2.09 sanadagi test natijalari e'lon qilindi!

Barcha abituriyentlarga omad😊💪

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Test ballari e'lon qilindi!!!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Diqqat, yangilik!

QR koddan tashqari, shaxsiy kabinetingizga kirib ham test natijalarini ko'rishingiz mumkin
.

Natija-2020 bo'limi ochildi

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hurmatli abituriyentlar sizlar uchun jonkuyar adminlarimiz ayni vaqtda ham faoliyat yuritishmoqda.

Test natijalarini bilishga qiynalyotgan bo'lsangiz, beminnat yordam beramiz!

Faqay iltimos, adminlarni mehnatini hurmat qiling, har hil gaplar qilib kayfiyatini tushirishga harakat qilmang.

Yana bir iltimos, imkon darajasida abituriyent ruxsatnomasining eng pastidagi QR code ni o'zini yuborishga harakat qiling. Yoki bo'lmasam, login va parolni bitta qilib yuboring.

Telefon : 991234567
Parol : 12345678
Shu ko'rinishda yuboringlar iltimos(

Imtihon natijalarini bilish uchun, murojaat qiling: 👇
@Imtihon_JavoblariBot


Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Alhamdulillah endi bo‘sh joynamozlar to‘ladi, Alhamdulillah endi gunoxlar yuviladi. Juma Muborak azizlar, masjidlarda Juma o‘qilmoq muborak.

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👉 @TalabaUz
2_5204436439223241152.pdf
236.1 KB
#matematika
#ingliz tili

Iqtisod fakultetiga topshirganlar uchun yangi testlar.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​OTMlarda o‘qish qachondan an'anaviy shaklga qaytishi hali aniq emas – vazirlik ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarni rad etdi.

Oliy ta'lim muassasalarida ta'limni masofaviy ta'limdan an'anaviy shaklga o‘tkazishdan oldin epidemiologik vaziyat va boshqa barcha jihatlar inobatga olinadi, so‘ng shunga qarab xulosa qilinadi. Lekin qachon an'anaviy ta'lim shakliga o‘tilishi hali ma'lum emas.
Ijtimoiy tarmoqlarda OTMlarda o‘quv yili 2021 yil fevral oyiga qadar masofaviy shaklda davom etishi ma'lum qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlarda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashevning «Sevimli» telekanali muxbiriga bergan intervyusi asos qilib ko‘rsatilgan. Kun.uz muxbiri mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida vazirlik axborot xizmati rahbari bilan bog‘landi.

Vazirlik vakilining aytishicha, u intervyuda ta'limning an'anaviy shakliga epidemiologik holatdan kelib chiqib o‘tilishini, bu balki 2-3 oydan keyin, balki 2-semestrda bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

«Intervyuda men aytgan ayrim gaplar tushib qolgan. Men hamma ham an'anaviy ta'lim shakli samarali ekanini bilishini, lekin bu shaklga o‘tish uchun maxsus komissiya qarori inobatga olinishini, masofaviy ta'lim ikkinchi semestrga qadar ham davom etishini, ikkinchi semestr esa fevralda boshlanishini aytgandim.

Hozirda har ehtimolga qarshi ta'lim shaklini masofaviy tarzda olib borish uchun bir semestrlik dasturlar, videodarslar tayyorlanmoqda. Chunki vaziyatga qarab, an'anaviy shaklga o‘tiladigan bo‘lsa, hamma uchun yaxshi. Lekin biz qaysidir sanani hozirdan aytib qo‘ysak, lekin o‘sha paytga borib an'anaviy shaklga o‘tilmaydigan bo‘lsa, o‘qituvchilar onlayn dars materiallarini tayyorlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yishi, talabalar ham masofaviy shakldagi darslarda to‘liq qatnashmay qo‘yishi mumkin»,
deydi Farhod Babashev.

Vazirlik matbuot kotibi an'anaviy shaklga o‘tish uchun ko‘p jihatlar hisobga olinishini ham aytib o‘tdi.

«Mart oyida 80 ming talaba viloyatlarga qaytarilgan edi. Qabul kvotalari ko‘paygani hisobiga yangi o‘quv yilida 1-kurslar bilan qo‘shib hisoblasa, 100 ming talaba poytaxtga keladi. Odatda, poytaxtda avgust oyida metro, avtobuslarda odamlar kam bo‘ladi, sentyabrdan boshlab esa hamma joyda odamlar ko‘payadi. Shuning o‘zi o‘quv yili boshlanganini bildiradi.

Pandemiya vaziyatida 100 ming talabaning poytaxtga qaytishi ijtimoiy masofa saqlash imkonini pasaytiradi. Bu – an'anaviy ta'lim shakliga o‘tish uchun e'tibor berilishi kerak bo‘lgan bir jihat.

Ikkinchi jihat esa hozir talabalar turar joylarining karantin hududlari sifatida foydalanilayotgani va zaxiraga berilgani bilan bog‘liq. Vaholanki, poytaxtga qaytadigan 100 ming talabaning kamida 30-40 mingida yotoqxonada yashash ehtiyoji bo‘ladi. Bu vaziyatda talabalar ijarada turishiga to‘g‘ri kelib qoladi. Natijada talabalar holatdan norozi bo‘lishi mumkin»,
deya qayd etdi Farhod Babashev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ta'limni an'anaviy shaklga o‘tkazishdan oldin barcha jihatlar inobatga olinadi va shunga qarab xulosa qilinadi. Lekin bu qachon yuz berishi hali ma'lum emas.
Ⓜ️ Kun.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👉 @TalabaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Megabaytingizga achinmasdan ko'rishingizni tavsiya qilaman😄

Abituriyentlar uchun imtixonda shpargalkadan foydalanish sirlari😳

Faqat qo'lga tushib qolsangiz......😂
Hullas videoni tomosha qiling, sizga ALBATTA yoqadi

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Супер контракт» нархи қанча ва кимлар учун?

#abituriyent

Тест натижалари чиқишни бошлагач, абитуриентлардан қўшимча контракт (халқ тилида "супер контракт") ҳақида саволлар кўпайди. Шуларни инобатга олиб, қўшимча контракт ҳақидаги айрим саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламан.

• Қўшимча контракда ўқиш учун неча балл олиш керак?

Фарқи йўқ. Тестга кирган бўлса, кифоя. 1 балл олган бўлса ҳам, қўшимча контрактда ўқиши мумкин. Фақат нархи балига қараб фарқ қилади.

• Қўшимча контракда ўқишни хоҳлаганлар қачон ариза бериш керак?

Ўқишга кира олмаган абитуриентлар қўшимча контрактда ўқиш учун тест натижалари эълон қилингандан бошлаб 1 ой ичида ариза бериши керак.

• Ариза қаерга берилади?

Қўшимча контрактда ўқиш истагида бўлганлар ОТМ ректори номига ариза беради.

• Бешта йўналишдан қайси бирида ўқиш мумкин?

Ўтган йили исталган 3 та йўналишдан бирида супер-контрактда ўқишга рухсат берилганди. Жорий йилда ҳам исталган бешта йўналишдан бирида ўқишга рухсат берилса керак.

• Қўшимча контрактнинг нархи қанча?

Қўшимча тўлов-контракт миқдори амалда ўрнатилган тўлов-контракт миқдорига нисбатан қуйидаги миқдорларда белгиланади:

•1-тоифа

Кириш чизиғига 4 балл етмаганлар нисбатан анча арзон контракт тўлайди. Жумладан:

1 баллгача етмаган абитуриентлар учун - 1,5 баробар;

1.1 баллдан 2 баллгача етмаганлар учун - 2,0 баробар;

2.1 баллдан 3 баллгача етмаганлар учун - 2,5 баробар;

3.1 баллдан 4 баллгача етмаганлар учун - 3,0 баробар.

Масалан, кириш бали 140 бўлган дейлик. 139 балл тўплаган абитуриент контрактнинг 1,5 баробарини тўлайди. Масалан, асли 10 млн сўм контракт бўлса, 15 млн сўм тўласа кифоя.

138,9 балл олган абитуриент эса 2 баробарини тўлайди, яъни 20 млн сўм. Ва ҳ.к.

2-тоифа

56,7 баллдан
кўп тўплаган, лекин кириш чизиғига 4 баллдан кўпроқ етмай қолган абитуриентлар контракт суммасининг 10 бараваридан ошиқ миқдорда тўлайди.

Масалан, яна ўша кириш 140 балл бўлган йўналишни мисол олсак, 135,9 баллдан кам 56,7 баллдан кўп тўплаганлар 2-тоифага тушади.

Жорий йилда 2-тоифа учун нархлар ҳали тасдиқланмади. Ўтган йилдаги нархларни қуйидаги манзилдан (t.me/xushnudbek/3180) кўриб олишингиз мумкин. Шунингдек, жорий йилдан супер-контракт нархларини ОТМлар ўзлари белгилашади.

3-тоифа

56,7 баллдан кам тўплаганлар
(масалан, 1 балл бўлса ҳам) 2-тоифадаги супер-контракт миқдорининг 2 баробарини тўлаб ўқишлари мумкин. Масалан, оддий супер-контракт 15 баробар бўлса, 56,7 баллдан кам тўплаганлар 30 баробар тўлаб, супер-мупер контрактда ўқиши мумкин.

• Қўшимча контракт ҳар йили тўланадими ёки бир марта?

Бир марта тўланади. 1-ўқув йилини тугатгандан сўнг кейинги йилларда эл қатори оддий контрактни тўлаб ўқишади.

• Магистратурада ҳам қўшимча қабул борми?

Ҳа, бор. Фақат магистратурада бакалаврга ўхшаб табақалаштирилган қиммат контракт тўланмайди, оддий контракт нархи қанча бўлса, қўшимча қабул қилинган магистрлар ҳам шунча тўлашади.

• Супер-контрактни бўлиб-бўлиб тўласа бўладими?

Ўтган йили супер-контрактни йил давомида иккига бўлиб ёки ҳаттоки ойларга бўлиб тўлаш имконияти ҳам берилган эди. Жорий йилда ҳам берилса керак.

• Супер-контракт учун таълим кредити олса бўладими?

Йўқ, супер-контракт учун таълим кредити бериш амалдаги қонунчиликда белгиланмаган. Лекин банклар бозор нархларида ўз кредитларини таклиф этиши мумкин.

‼️ЭСЛАТМА: 10 ёки 20 баробар дегани бу энг кам ойлик иш ҳақига нисбатан эмас, ўша йўналишдаги стипендиясиз контракт нархига нисбатан. Яъни стипендиясиз контракт 7 млн сўм бўлса, 10 баробар бўлганда қўшимча контракт учун 70 млн сўм тўланади.
Manba:@xushnudbek

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg